«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-01-29

АДЕНОИДНИНГ ИНТЕРСТИЦИАЛ ПРОЛИФЕРАТИВ ВА ААНГИОМАТОЗЛИ ШАКЛИДА РИВОЖЛАНАДИГАН МОРФОЛОГИК ЎЗГАРИШЛАР

Аденоиднинг ушбу морфологик шакли , яъни интерстициал пролифератив яллиғланишли гипертрофия шакли ни микроскопик жиҳатдан ўрганиш шуни кўрсатдики, ютқин лимфоид тугун таркибида лимфоид фолликулалар пайдо бўлмаганлиги, уларнинг ўрнига диффуз ҳолда лимфоид ҳужайраларнинг пролиферацияланиб, кўпайганлиги аниқланади. Бунда, лимфоид ҳужайралар ретикуляр строма ҳужайралари билан аралашган ҳолда кўпайиб, диффуз кўринишда инфильтрацияланганлиги аниқланади. Бу жараёнда строманинг гистиоцитар ҳужайраларидан асосан ретикуляр ҳужайралар кўпайганлиги, улардан ёш ретикулобластлар, дендритли ва интердигитирловчи ретикуляр ҳужайралар пролиферацияланиб кўпайганлиги аниқланади.

Хусанов Шоятбек Рустамжонович, Мамажонов Баходир Салижонович

4-6

2026-01-28

ЛИФОФОЛЛИКУЛЯР АДЕНОИДЛАРНИНГ ШАКЛИДА БОЛАЛАРДА ЮЗАГА КЕЛАДИГАН МОРФОЛОГИК ЎЗГАРИШЛАР

Болалардла лимфоид аъзолардан МАЛТ-тузилмасининг дастлабки бўғини бурун халқум сохасидаги, лимфоид фолликуланинг гиперплазияси, ёшга ва жинсга боғлиқ тарзда турли клиник морфологик шакллари мавжуд. Улардан лимфопролифератив (лимфофолликуляр гипер-трофия), интерстициал пролифератив яллиғланишли гипертрофия, ангио-матозли гипертрофия, склеротик гипертрофия турларига ажратилади. Болаларда аденоидни турли шаклларида тўқима гиперплазияси, бирламчи ва иккиламчи лимфоид фолликулалар герминатив майдони ва лимфоцитар халқасининг кенгайиши асосан, лимфопролифератив шаклида  кескин ривожланган бўлса, энг кам ўзгаришлар склеротик шаклида аниқланган.

Хусанов Шоятбек Рустамжонович, Мамажонов Баходир Салижонович

7-9

2026-01-28

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK SHAROITIDA INFRATUZILMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY MEXANIZMLARI TAKOMILLASHTIRISH

Hozirgi globallashuv va iqtisodiy raqobat sharoitida infratuzilma tarmoqlarining barqaror rivojlanishi mamlakatlar iqtisodiy o‘sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Transport, energetika, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash va ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish katta hajmdagi moliyaviy resurslarni talab etadi. Davlat byudjeti imkoniyatlarining cheklanganligi sharoitida ushbu ehtiyojlarni to‘liq qoplash imkoniyati mavjud emasligi sababli infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda muqobil mexanizmlarni joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va boshqarishning samarali institutsional shakli sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Boqijonov Javohirbek Umidjon o'g'li

10-12

2026-01-30

КОРХОНАЛАР РАҚОБАТБАРДОШЛИГИНИ БАҲОЛАШНИНГ НАЗАРИЙ-УСЛУБИЙ МАСАЛАЛАРИ

Бозор иқтисодиёти шароитида корхоналар фаолияти самарадорлиги ва барқарор ривожланиши, аввало, уларнинг рақобат муҳитида ўз ўрнини сақлаб қолиши ва мустаҳкамлашига боғлиқ бўлади. Глобаллашув жараёнларининг чуқурлашуви, ички ва ташқи бозорларда рақобатнинг кескинлашиши, ресурслар танқислиги ҳамда истеъмолчилар талабларининг тез ўзгариши корхоналардан юқори даражада мослашувчанлик ва стратегик бошқарувни талаб этмоқда. Шу нуқтаи назардан, корхоналар рақобатбардошлигини баҳолашнинг назарий-услубий асосларини ишлаб чиқиш иқтисодий тадқиқотларнинг долзарб йўналишларидан бири ҳисобланади. Рақобатбардошликни илмий жиҳатдан тўғри баҳолаш корхонанинг кучли ва заиф томонларини аниқлаш, ресурслардан оқилона фойдаланиш, инвестицион қарорларни асослаш ҳамда узоқ муддатли стратегияларни шакллантириш имконини беради.

Абдумуротов Шохрух Шавкат ўғли

13-17

2026-01-30

TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA`MINLASHDA RISK-MENEJMENTNI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI

O‘zbekistonda jadal islohotlar sharoitida respublika moliya tizimini muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan tijorat banklarni samarali va barqaror faoliyat yuritishi mamlakat iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirish va uning pul kredit siyosatini samarali tashkil qilish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3066 qarorida iqtisodiyotni barcha sohalarida bo‘lgani kabi tijorat banklarni boshqaruv tizimining davr talablariga mos ravishda olib borish va tijorat banklar faoliyati barqarorligini jahon standartlari talablariga to‘liq javob berishini talab etadi.

Madaminov Bekzod Allayarovich

18-21

2026-01-31

«СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ВНУТРЕННЕГО АУДИТА В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ»

Данная диссертация посвящена углубленному анализу роли и значимости системы внутреннего аудита в коммерческих банках в современных финансово-экономических условиях, а также научному обоснованию приоритетных направлений ее совершенствования. В исследовании освещаются функциональные задачи внутреннего аудита в эффективном выявлении и управлении кредитными, ликвидными, операционными и комплаенс-рисками, возникающими в банковской деятельности. Также подробно анализируется роль системы внутреннего аудита в обеспечении финансовой стабильности банка, улучшении показателей качества активов и рентабельности, а также укреплении механизмов корпоративного управления.

Мастура Хакимовна Мусаева

22-27

2026-01-31

«TIJORAT BANKLARDA ASOSIY VOSITALAR HISOBI VA TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH»

Mazkur tezis tijorat banklarida asosiy vositalar hisobi va ularning tahlilini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, bank aktivlarini samarali boshqarish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini ochib beradi. Tadqiqot doirasida bank faoliyatida asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati, ularning tarkibi va tasnifi, shuningdek, asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning amaldagi usullari chuqur tahlil qilinadi. Moliyaviy hisobotlarda asosiy vositalarning dastlabki va balans qiymatini aniqlash, amortizatsiya hisoblash mexanizmlari hamda ularning hisobot ishonchliligiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi.

Xasanova Robiya Pathullayevna

28-32

2026-01-31

MAISHIY TEXNIKA EKSPORTIDA ENERGIYA SAMARADORLIGI VA YASHIL IQTISODIY KOʻRSATKICHLAR

Soʻnggi yillarda global iqtisodiyotda yashil rivojlanish va energiya samaradorligi istiqbollari eksport siyosatining muhim komponentiga aylanmoqda. Maishiy texnika — oqimli isteʼmol boʻlimi boʻlib, uning energiya samaradorligi uylar va tijorat binolarida elektr isteʼmolining sezilarli qismini tashkil qiladi; shu sababli mahsulotlar eksporti ham global yashil talab va standartlarga mos boʻlishni talab etadi (IEA, 2025). Energiya-samarali texnikalar eksportini rivojlantirish nafaqat atrof-muhitni saqlash, balki eksport salohiyatini oshirish, yangi bozorlar va yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish imkoniyatlarini beradi. Ushbu maqola maishiy texnika (maishiy elektr jihozlari) eksportida energiya samaradorligi elementlarini qanday integratsiyalash mumkinligini va buning qanday yashil iqtisodiy koʻrsatkichlar (indikatorlar) orqali baholanishi lozimligini Oʻzbekiston sharoitida oʻrganadi.

Kushanova Maxbuba

33-36

2026-01-31

ИНСТИТУЦИОНАЛЬНЫЕ МЕХАНИЗМЫ ПОВЫШЕНИЯ РЕСУРСНОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ В ЦИФРОВОЙ СИСТЕМЕ ЗДРАВООХРАНЕНИЯ

Цифровая трансформация в современном мире становится не просто технологическим процессом, а фундаментальным фактором структурных изменений в социально-экономических системах, включая систему здравоохранения. Электронные медицинские записи, телемедицина, цифровые платформы мониторинга и интеграция медицинских данных формируют новые модели организации медицинской помощи, меняя логику управления ресурсами, принятия решений и распределения финансовых потоков. В этом контексте цифровое здравоохранение перестаёт быть вспомогательной инфраструктурой и всё в большей степени выступает как самостоятельный экономико-управленческий механизм.

Зиёдуллаев Кахрамон

37-41

2026-01-31

O‘ZBEKISTON BANK TIZIMIDA MOLIYAVIY BARQARORLIK VA NAZORATNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHI

2024–2025 yillarda O‘zbekistonning bank-moliya tizimi ilk bor Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki tomonidan kompleks baholashdan (FSAP) o‘tkazildi. Ushbu baholash yakunlariga ko‘ra bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobotlar e’lon qilindi. Ana shu tavsiyalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil oxirida 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan islohotlar bo‘yicha **“Yo‘l xaritasi”**ni ishlab chiqdi va tasdiqladi. Mazkur hujjat bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, milliy bank nazorati tizimini xalqaro standartlarga (jumladan, Bazel III va MHXS 9) muvofiqlashtirish, banklar barqarorligini mustahkamlash hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash choralarini o‘z ichiga oladi (O‘zR MB, 2025).

Xodjayeva Jeyrona Ravshonbek qizi

42-44

2026-01-31

SUG‘URTA KOMPANIYALARINING MOLIVIY XAVFSIZLIGINING USLUBIY JIHATLARI

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta tizimi moliya bozorining muhim tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda aholi manfaatlarini himoya qilish, risklarni qayta taqsimlash va investitsion resurslarni shakllantirish vazifalarini bajaradi. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish va moliyaviy risklarning murakkablashuvi sug‘urta kompaniyalarining ishonchli va barqaror faoliyat yuritishini talab etadi. Shu nuqtayi nazardan, sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy xavfsizligini ta’minlash masalasi nafaqat alohida korxona darajasida, balki butun moliya tizimi barqarorligi uchun ham strategik ahamiyat kasb etadi.

Nosirov Jasur Tursunpulotovich

45-47

2026-01-31

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YERDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish masalalari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yerning umummilliy boylik sifatidagi o‘rni, undan oqilona va samarali foydalanishning huquqiy asoslari, shuningdek, yer resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan normativ-huquqiy mexanizmlar yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Yer kodeksi normalari asosida yer bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning huquqiy poydevori tahlil etilgan. Shuningdek, yerdan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar, jumladan yer degradatsiyasi, meliorativ holatning yomonlashuvi hamda maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etishning huquqiy yo‘llari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari yer qonunchiligini modernizatsiya qilish, ekologik talablarni kuchaytirish va yer resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.

Asanova Iroda Dilmuxammad qizi, Kubayev Djasur Abdumuminovich

48-51

2026-01-31