«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2024-12-06
Статьи
ATOM PLANETAR MODELINING KLASSIK FIZIKA TASAVVURLARIGA MOS KELMASLIGI HAMDA YADRO ZARYADINI ANIQLASH
Ushbu maqola atomning planetar modeli va uning klassik fizika qonuniyatlariga mos kelmasligini tahlil qiladi. Atom tuzilishining rivojlanish tarixi, jumladan, yadro zaryadini aniqlash jarayonlari va ularning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Nils Bor tomonidan taklif qilingan atom nazariyasi va Bor postulatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi. Maqolada Bor nazariyasining zamonaviy kvant mexanikasi asoslari bilan qanday bog‘liq ekanligi va uning atom tuzilishini tushunishga qo‘shgan hissasi o‘rganiladi.Ushbu yondashuvning ilmiy-texnologik rivojlanishdagi roli, xususan, spektroskopiya, kvant hisoblash va energiya tizimlaridagi amaliy ahamiyati ham tahlil qilinadi.
2024-12-06
MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI TAHLILI
Ushbu maqola zamonaviy dasturiy ta’minot loyihalarida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini to‘g‘ri tanlashning ahamiyatiga bag‘ishlangan. Unda MySQL, MariaDB, Oracle, PostgreSQL, MSSQL, SQLite, MongoDB, Redis, Cassandra, va DynamoDB kabi mashhur ma’lumotlar bazalari tahlil qilinadi. Maqolada DBMSning relyatsion va nosql turlarining asosiy afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilib, turli texnologiyalar va yondashuvlarning biznes va dasturiy ta’minot uchun mosligini baholashga yordam beradigan jihatlar ta’kidlangan. Shuningdek, katta ma’lumotlar (Big Data), bulutli texnologiyalar va ma’lumotlar omborlari bilan ishlash masalalari ham yoritilgan.
2024-12-09
T. VULF HIKOYACHILIGI TADRIJI
Mazkur maqolada XX asr modern hikoyachiligida mustahkam mavqega ega ijodkor Tomas Vulf hikoyachiligi, taraqqiyot bosqichlari, poetik o‘ziga xosligi tahlil qilinadi.
2024-12-09
DEVELOPING AND MANAGING UZBEKISTAN’S ECONOMY AND KEY SECTORS THROUGH INVESTMENTS
This article examines the role of investments in fostering economic development and transforming key sectors in Uzbekistan. It evaluates ongoing reforms aimed at creating an investor-friendly climate, focusing on the energy, agriculture, infrastructure, and IT sectors. The article discusses challenges in investment management and proposes strategies to enhance governance, transparency, and sustainable growth.
2024-12-11
O‘QUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA MUSTAQIL TA’LIMDAN FOYDALANISHNING METODIK MAZMUNI VA UNDA AXBOROTLASHGAN MUHIT TUSHUNCHASI
Kasbiy faoliyat – bu maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida olingan maxsus nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmuasiga ega bo‘lgan shaxsning mehnat faoliyati turi. Insonda ma’lum bir kasbning mavjudligi uning ushbu turdagi ishlarni malakali bajarishi mumkinligini anglatadi. Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limdan foydalanishning metodik mazmuni va unda axborotlashgan muhit tushunchasi haqida fikr yuritilgan.
2024-12-11
YO‘L BITUMINING EKSPLATATSION XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISH VA BAHOLASH
Ushbu tezisda yo‘l qulishidamateriallarning ahamiyati, yo‘l sifatini aniqlash, va uni yo‘l qurilishida samarali qo‘llash, yo‘llarning uzoq muddatli xizmat qilishida muhim roli, ekologik xavfsiz bitum materiallarini yaratish yo‘llarini izlashning dolzarb masala keltirilgan.
2024-12-12
UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA DTS, DTT VA KASB STANDARTLARI
Ushbu tezisda umumiy o‘rta ta’limning standarti va maktab direktorining kasb standartlari haqida ma’lumot berilgan.
2024-12-16
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA EKOLOGIK BARQARORLIK
Ushbu maqola raqamli texnologiyalar va ekologik barqarorlik o’rtasidagi aloqalarni tahlil qiladi. Raqamli texnologiyalar, masalan, aqlli energiya tzimlari, loT(Internet of Things) va sun’iy intellekt kabi ilg’or yechimlar atrof-muhitni saqlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashda qanday muhim rol o’ynashini ko’rsatib beradi.Maqolada resurslarni samarali boshqarish,qayta tiklovchi energiya manbalarini qo’llash,yashil transport tizimlari va atrof-muhitni monitoring qilish kabi yo’nalishlarda raqamli texnologiyalar yordamida ekologik barqarorlikka erishish imkoniyatalari ko’rib chiqiladi.Shu bilan birga ,sanoat va transport sohalarida texnologiyalarni qo’llashning ekologik izni kamaytirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.Raqamli texnologiyalarni ekologik barqarorlik bilan uyg’unlashtirish kelajakda barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo’ladi.
2024-12-16
MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR (FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI
Mazkur maqolada mamlakatimizda bank va moliya xizmatlarini raqamlashtirish va rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yurtimizda anʼanaviy banklar va raqamli banklarning faoliyatini taqqoslash natijasida mamlakatimizdagi bank xizmatlarini rivojlantirish borasida xulosalar shakllantirilgan.Va bu maqolada moliyaviy xizmatlarda fintechni qoʻllanishi, amaliy ahamiyati, moliyaviy xizmatlarni ishlab chiqishda yengillashtirish maqsadida fintechning oʻrni yoritib berilgan.
2024-12-16
METAVERSE VA UNING IQTISODIY IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada metaverse tushunchasi va uning iqtisodiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Metaverse – bu virtual reallik va kengaytirilgan reallik texnologiyalari asosida yaratilgan raqamli olamdir. Ushbu yangi iqtisodiy muhitda iste'mol, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari virtual platformalar orqali amalga oshiriladi. Maqolada metaverse iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, raqamli mol-mulk, virtual xizmatlar, kriptovalyutalar va tokenizatsiya kabi elementlarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, metaverse’ning startaplar, korporatsiyalar va investitsiya sohasidagi imkoniyatlari, shuningdek, global mehnat bozoriga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Maqola metaverse iqtisodiyoti rivojlanishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va xavflarni ham ko‘rsatib o‘tadi.
2024-12-16
INTERNET TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA AQLLI UY LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH
Maqolada aqlli uylar tizimlarining asosiy komponentlari, ularning energiya samaradorligi, xavfsizlik, avtomatik boshqaruv va atrof-muhitga ta'siri haqida kengaytirilgan ma'lumotlar taqdim etilgan. Tadqiqotlarda aqlli uy tizimlarining foydalanuvchilar ehtiyojlariga moslashishi, energetik resurslardan samarali foydalanish va xavfsizlikni ta'minlashda qanday yutuqlarga erishilganligi o‘rganilgan. Shuningdek, tizimlar o‘rtasida integratsiya qilish va xavfsizlikni mustahkamlashga doir takliflar ilgari surilgan.
2024-12-16
RAQAMLI VA IJTIMOIY MEDIA MARKETING VA UNING IMKONIYATLARI
Texnologiyalar rivojlanayotgan bugungi jarayon marketingi, ayniqsa, ijtimoiy media marketingi har qanday biznesning rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Ushbu maqolada uning turli usullari haqida ko'proq ma'lumot berilgan.
2024-12-16
T.VULF “NO CURE FOR IT”, “RETURN” HIKOYALARIDA AVTOBIOGRAFIK MANZARALAR TASVIRI
Mazkur maqolada AQSH adabiyotining yorqin namoyondasi T.Vulf hikoyalarida muallif avtobiografik uslubi tahlilini uning “No cure for it” , “Return” hikoyalari misolida ko’ramiz.
2024-12-16
KIBERXAVFSIZLIK VA UNING RAQAMLI IQTISODIYOTDAGI ROLI
Ushbu maqolada kiberxavfsizlik, kiberhujumlar va zararli dasturlar haqida fikr yurutadi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan kiberxavfsizlikning ahamiyati yanada oshgan. Ushbu maqolada kiberxavfsizlikning raqamli iqtisodiyotdagi muhim rolini tahlil qilishga qaratilgan. Kiberxavfsizlikning asosiy jihatlari, uning iqtisodiy tizimdagi ahamiyati shuningdek zamonaviy xavf-xatarlar va ularga qarshi kurashish usullari ko'rib chiqiladi. Raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatga erishish uchun zamonaviy texnologiyalar va xavfsizlik choralari o'zaro uyg'un bo'lishi zarur. Ushbu maqolada kiberxavfsizlikni kelib chiqishi va iqtisodiyotdagi roli haqida fikr mulohazalar keltirilgan.
2024-12-16
YASHIL IQTISODIYOT SHAROTIDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING AVFZALLIKLARI
Yashil iqtisodiyot sharoitida muobil energiya manbalaridan foydalanish ko’plab avfzalliklarini yaratadi. Qayta tiklanadigan energiyadek ushbu manbalar cheklangan resurslargabog’liqlikni kamaytirish shu bilan birga atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirish tufayli barqarorlikka hissa qo’shadi.Muqobil energiya o’tish ish o’rinlarini yaratish bilan birga iqtisodiy o’sisga yordam beradi. Energiya xavfsizligi va mustaqilligini oshiradi.Bundan tashqari muqobil energiya manbalarining tejamkorliklari ularni uzoq muddatli energiya ehtiyojlari uchun loyiq yechimga aylantiradi. Oxiri muqobil energiya manbalarini qabul qilish iqlim o’zgarishlarini yumshatadi. Kelajak avlodlar uchun esa barqaror kelajakni ta’minlashda hal qiluvchi kelajakni ta’minlashda hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Muqobil energiya manbalariga ish o’rnini yaratish, gaz chiqindilarini kamaytirish, energiya xavfsizligini oshirish, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, iqlim o’zgarishini yumshatish barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlash kabilar kiradi.Gidro energitika, quyosh, shamol,giotermal energiya kabi qayta tiklanadigan energiya manbalarini yashil iqtisodiyotga kiritish yana barqaror va ekologik toza energiya infratuzulmasini qurish uchun muhim adam hisoblanadi.
2024-12-16
INTERNET TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA AQLLI UY LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH
Hozirgi davrda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi kundalik hayotimizni avtomatlashtirishga zamin yaratmoqda. Ushbu loyiha Internet texnologiyalari yordamida aqlli uy tizimini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, asosiy maqsad zamonaviy uy-joylarni samarali boshqarish, xavfsizlikni ta’minlash va energiya sarfini optimallashtirishdan iborat. Ushbu loyiha asosiy vazifalarini diniy intelikt yordamida bajaradi.
2024-12-16
SMART SHAHARLAR: RAQAMLI INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY O‘SISH
Maqolada aqlli infratuzilmaning shaharlar konsultatsiyasidagi ahamiyatini va uning iqtisodiy o'sishiga ta'sirini tahlil qiladi. Raqamli texnologiyalar, IoT (Internet of Things), big data, sun'iy intellekt kabi qurilmalarning shahar tizimlarini boshqarishga ta'sir qilish natijasida hosil bo'ladigan resurslarni samarali boshqarish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va aholi turmush sifatini nazorat qilish o'rganiladi. iqtisodiy, iqtisodiy o'sishni kompyuterda infratuzilmaning hissasi muhim
2024-12-16
ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNALOGIYALARNI O’RNI
Ushbu maqola axbоrоt texnologiyalarining rivоjlаnishi bugungi kunda butun dunyo bo'ylab yuridik va jismoniy shaxslarning o'zaro elektron kanallar orqali savdolarni amalga oshirishga keng yo'l ochmoqda. Internet yagona axborot tizimi sifatida biznesni yagona rivojlanish bosqichga o'tishiga imkon berdi. Natijada, elektron biznes va elektron tijorat yirik va kichik firma va kompaniyalar, jismoniy shaxslar hayotiga kirib keldi.
2024-12-16
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA ULARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI
Ushbu maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid bir qator muhim muammoli masalalar o‘rganilgan bo‘lib u: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qo‘llanilishi va kelajagi; Qishloq va suv xo‘jaligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llanilishi; Kichik suv oqimlari energiyasidan foydalanish; Shamol energiyasi va undan foydalanish imkoniyatlari; Quyosh haroratidan energiya olish; Quyosh nuridan energiya olish; Energiya ta’minotida geotermal energiya resurslaridan foydalanish; Biomassa energiyasidan foydalanish; Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi qurilmalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash kabi boblarni qamrab olgan.
2024-12-16
AXBORIY MADANIYATNI SHAKILLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI VA VOSITALARI
Ushbu ilmiy maqolada axboriy madaniyatni shakillantirish va rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Maqolada axboriy madaniyatning ta'rifi, uning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar va rivojlantirish vositalari tahlil qilingan. Axboriy madaniyatni shakllantirishda jamiyat, davlat va ta'lim tizimining o‘rni muhim ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning o‘zgaruvchan tendensiyalari, axboriy madaniyatni rivojlantirishda qanday rol o‘ynashini o‘rganish va ularga mos ravishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan. Maqolada axboriy madaniyatni rivojlantirish uchun takliflar va yechimlar ham keltirilgan.
2024-12-16
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ СТРАХОВЫХ УСЛУГ В РАЗВИТИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА
Страхование играет ключевую роль в экономических системах развитых стран, и для продвижения национальной экономики необходимо разработать эффективную систему страховой защиты. Это включает в себя внедрение новых видов страхования, использование современных страховых технологий и повышение качества предоставляемых страховых услуг. Также необходимо совершенствовать методы и формы надзора в сфере страхования. Страховая отрасль может способствовать социально-экономическому развитию страны через использование ресурсов страховых компаний для укрепления финансовой системы и сферы инвестиций.
2024-12-16
KOMPYUTER DASTURLARIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHDA FOYDALANISH
Maqolada kompyuter dasturlari yordamida amaliy mashg‘ulotlarni virtual tarzda bajarish qulayliklari, yo‘llari haqida fikr yiritilgan va amaliy mashg‘ulotlarni Multisim dasturidan foydalanib bajarish ko‘rsatib berilgan.
2024-12-17
OBYEKT MUVOZANATINI ROSTLASHDA DASTURIY VOSITA ARXITEKTURASINING SINFLARI VA FUNKSIONAL VAZIFALARI
Ushbu tezisda obyekt muvozanatini rostlashda dasturiy vosita arxitekturasining sinflari va funksional vazifalari to’g’risida fikr yuritilgan.Unda dasturiy vosita arxitekturasini ishlab chiqishning asosiy vazifalari, sinflarga ajratilishidagi ahamiyati, tamoyillari va bir qancha xususiyatlari borasida ma’lumotlar berilgan.
2024-12-23
FLUTTERDA HOLAT BOSHQARUVI (STATE MANAGEMENT) TEXNIKALARINING QIYOSIY TAHLILI: PROVIDER, RIVERPOD, BLOC VA GETX SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada Flutterda holat boshqaruvi texnikalarining qiyosiy tahlili to’g’risida fikr yuritilgan.Unda Provider, Riverpod, Bloc va GETX texnikalarining ishlash samaradorligi, amaliy qo’llanilishi, mobil ilovalarning afzalliklari va kamchiliklari borasida tahlillar asosida ma’lumotlar berilgan.
2024-12-23
РЕЛИГИЯ ЗОРОАСТРИЗМА
Данная статья Заратустре которые проповедовал на территориях северо-восточного Ирана, Афганистана, Таджикистана и Пакистана. После получения откровения пророка Заратустру не принимали и изгоняли из многих стран, и за 10 лет ему удалось вовлечь в свою веру только собственного брата Маидьомангху. Тем не менее, после проповеди для легендарного царя Виштаспы тот принял новую веру и стал помогать Заратустре распространять своё учение.
2024-12-23
SАNОАT KОRXОNАLАRINI MОLIYАVIY QО'LLАB -QUVVАTLАSHDА BАNK KREDITLАRINING RОLINI ОSHIRISH
Ushbu mаqоlаdа sаnоаt kоrxоnаlаrini mоliyаviy qо'llаb-quvvаtlаshdа bаnk kreditlаrining аhаmiyаti, ulаrning iqtisоdiy о'sishgа tа'siri vа rаqоbаtbаrdоshlikni оshirishdаgi rоli tаhlil qilinаdi. Bаnk kreditlаri sаnоаt kоrxоnаlаrining investitsiоn lоyihаlаrini mоliyаlаshtirish, texnоlоgik yаngilаnishlаrni аmаlgа оshirish hаmdа ishlаb chiqаrish hаjmini kengаytirishdа аsоsiy mоliyаviy mаnbа sifаtidа kо'rib chiqilаdi. Shuningdek, mаqоlаdа kreditlаsh jаrаyоnidа yuzаgа kelаdigаn muаmmоlаr vа ulаrni hаl etish yо'llаri bо'yichа tаvsiyаlаr berilаdi.
2024-12-25
J.STEWARD ASARLARI BADIIY TAHLILI
XX asrda AQSHdagi realist romanchilik misli ko'rilmagan o’zgarishlarni boshdan kechirdi. Bu davrda ijod qilgan yozuvchilar o’z asarlarida g’oyaviy mazmundorlikni ifodalab o’zgacha uslubda qalam tebratishdi. Ular ayniqsa o’zlikni anglash masalasiga katta e’tibor berdilar. Ana shunday yozuvchilar orasida J.Steward ham o’zining bebaho ijod namunalari bilan barcha kitobxonlar nazariga tushdi. Ushbu maqolada biz muallif asarlarining adabiy tahlili haqida so’z yuritamiz.
2024-12-25