«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-03-07

ЗАВИСИМОСТЬ ЗНАЧЕНИЙ ИНДЕКСА МАССЫ ТЕЛА И УРОВНЯ ЦИСТАТИНА-С У БОЛЬНЫХ НА РАННИХ СТАДИЯХ ИНСУЛИНОРЕЗИСТЕНТНОСТИ

По оценкам ВОЗ в 2016 году более 1,9 миллиарда взрослых старше 18 лет имели избыточный вес. Из них свыше 650 миллионов страдали ожирением (ВОЗ 2021). Поэтому ожирение можно считать новой неинфекционной «эпидемией» нашего времени.

Садыкова Шахбоза Шахобидиновна

4-5

2025-03-06

ALGORITMLAR VA MA’LUMOTLAR TUZILMALARI

Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarini tahlil qilish" mavzusi kompyuter fanlari va dasturlashda asosiy tushunchalar va metodlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tezisda algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarining samarali ishlashini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan asosiy prinsiplar, turli algoritmik usullar va ularning amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.

Madadjon O‘ktamov , Yayra Qodirova

6-9

2025-03-10

MATEMATIKA VA FIZIKA MOMOLARNI YECHISHNING OMMAVIY MUNOSABATI

Matematika va fizika fanlari o‘rtasidagi munosabatlar ilmiy tafakkur va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi. Fizik hodisalarni matematik formulalar yordamida tushuntirish va muammolarni yechish matematika va fizikaning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ushbu integratsiya o‘quvchilarga ilmiy yondashuvni o‘rganish, tizimli tahlil qilish va murakkab muammolarni samarali hal qilish imkonini beradi.

Madadjon O‘ktamov, Baxtiyor Rajabaliyev

10-12

2025-03-10

DISKRET MATEMATIKANI KOMPYUTER FANIDA ROLI

Diskret matematika kompyuter fanining nazariy asoslaridan biri bo‘lib, algoritmlar, ma’lumot tuzilmalari, mantiqiy dasturlash, kriptografiya va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tezisda diskret matematik tushunchalar – mantiqiy ifodalar, graflar nazariyasi, kombinatorika va algoritmik murakkablik nazariyasining kompyuter fanida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Zamonaviy dasturlash va axborot xavfsizligidagi muammolarni hal etishda diskret matematik usullarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ushbu fan algoritmik fikrlashni shakllantirish va optimallashtirish masalalarida qanday yordam berishi yoritiladi.

Madadjon O‘ktamov, Mirkomil Raxmonov

13-15

2025-03-10

MATEMATIK ANALIZNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Ushbu tezisda matematik analizning zamonaviy muammolari ko'rib chiqiladi. Matematik analiz, ayniqsa, uning zamonaviy rivojlanishida, sezilarli darajada kengayib, yangi sohalarga kirib bormoqda. Muammoning asosiy qismlari sifatida funktsiyalarni tadqiq qilish, limit, differensial va integral hisoblarining amaliy qo'llanilishi, shuningdek, matematik analizning operatsion va fazoviy yondashuvlari o'rganiladi.

Madadjon O‘ktamov , Ravshan Toshmuhammedov

16-19

2025-03-10

BIOINFORMATIKA VA MALUMOTLARNI QAYTA ISHLASH

Bioinformatika — biologik ma'lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun kompyuter texnologiyalari va matematik usullarni qo'llaydigan ilmiy soha. U genetik, proteomik va boshqa biologik ma'lumotlarni tahlil qilib, kasalliklarni aniqlash va dori-darmonlarni rivojlantirishda yordam beradi. Ma'lumotlarni qayta ishlash — ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, tahlil qilish va foydali xulosalar chiqarish jarayoni. Bioinformatikada bu jarayon biologik ma'lumotlarni to'g'ri shaklda tahlil qilib, yangi ilmiy natijalarga erishishda muhim rol o'ynaydi.

Farxod Xudayberdiyev, Shohboz Musirmanov

20-23

2025-03-10

MATEMATIK STATISTIKADA ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR

Matematik statistika sohasida so'nggi yillarda katta o'zgarishlar va rivojlanishlar sodir bo'lmoqda. Tezisda statistik tahlilning zamonaviy metodlari, ularning matematik asoslari va amaliy qo'llanilishlari ko'rib chiqiladi. Ayniqsa, yuqori o'lchovli ma'lumotlar, tasodifiy jarayonlar, va kompleks tizimlar uchun mo'ljallangan yangi statistik yondashuvlar va modellarga e'tibor qaratilgan. Tezishda bayon etilgan zamonaviy statistik metodlar, mashina o'rganish, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar (big data) tahlili bilan integratsiya qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi. Bularning barchasi statistik tahlilni yanada aniqroq, samaraliroq va kengroq qo'llash imkoniyatlarini yaratadi.

Madadjon O‘ktamov , Mahliyo Choriyeva

24-27

2025-03-10

LOYIHA BOSHQARUVIDA SOLIQ TIZIMINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Loyiha boshqaruvida soliq tizimining o‘rni va ahamiyati muhim masalalardan biri hisoblanadi. Soliq qonunchiligi loyihaning moliyaviy natijalariga, investitsion jozibadorligiga va umumiy rentabelligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada loyihalarni boshqarishda soliqlarning ta’siri tahlil qilinib, soliq yuki va imtiyozlarining loyihalarga ta’siri baholanadi. Shuningdek, soliqlarning samarali boshqaruvi orqali loyihalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari muhokama qilinadi.

Azimbayev Oybek Baxtiyor o‘g‘li

28-30

2025-03-10

EKSPOZITSIYA YARATISHDA LOYIHALALASH USULLARINI QO‘LLASH AMALIYOTI BO‘YICHA BA’ZI MULOHAZALAR

ushbu maqolada muzeyshunoslikdagi eng muhim qismi bo‘lgan ekspozitsiya va uni yaratish ishlarini tashkil etish bo‘yicha so‘z yuritilgan bo‘lib, mazkur maqola o‘zining dolzarbligini yoqotmaydi deyish mumkin.

Qarshiyev Xikmatilla Quvvatovich

31-33

2025-03-17

QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING ILMIY-AMALIY ASOSLARI: XORIJ VA O‘ZBEKISTON MISOLIDA

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va strategik rivojlantirish uchun zaruriy shart – moliyaviy resurslar va ularning faol jalb etilishi hamda to‘g‘ri taqsimlanishi hisoblanadi. Iqtisodiyot tarmoqlariga moliyaviy resurslar ta’minoti borasida qimmatli qog‘ozlar bozori (fond bozori)ning o‘rni nihoyatda muhim. Bu borada qimmatli qog‘ozlar bozori, fond birjalari va ularning tashkil etilishi, xususiyatlari borasida xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning nazariy qarashlari, fikr-mulohazalarining turlicha ekanligini ko‘ramiz.

Abror Ibodullaev

34-37

2025-03-17

ФИЗИЧЕСКАЯ КУЛЬТУРА И ПРОФИЛАКТИКА ДЕВИАНТНОГО ПОВЕДЕНИЯ СРЕДИ СТУДЕНЧЕСКОЙ МОЛОДЕЖИ УЗБЕКИСТАНА

В современном обществе проблема девиантного поведения среди студенческой молодежи является актуальной и требует эффективных методов профилактики. Одним из ключевых инструментов в данном направлении выступает физическая культура, которая способствует формированию здорового образа жизни, укреплению дисциплины, социализации и повышению стрессоустойчивости студентов. В статье рассматривается влияние физической культуры на профилактику девиантного поведения среди молодежи Узбекистана, анализируются основные факторы риска и предлагаются практические рекомендации по внедрению программ физического воспитания в образовательных учреждениях.

Рузиева Махлиё Каюмовна

38-40

2025-03-17

ВОЗРОЖДЕНИЕ И ПОПУЛЯРИЗАЦИЯ НАЦИОНАЛЬНЫХ ВИДОВ СПОРТА И ИГР В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ УЗБЕКИСТАНА КАК ФАКТОР СОХРАНЕНИЯ КУЛЬТУРНОЙ ИДЕНТИЧНОСТИ

Статья посвящена исследованию роли национальных видов спорта и игр в высших учебных заведениях Узбекистана как фактора сохранения культурной идентичности. Анализируется исторический контекст развития национальных видов спорта и игр в Узбекистане, рассматривается их роль в формировании культурной идентичности студентов. Предлагаются конкретные меры по возрождению и популяризации национальных видов спорта и игр, которые окажут положительное влияние на формирование чувства гордости за страну, укрепление связей между поколениями, развитие творческого потенциала и формирование здорового образа жизни у студентов.

Козлова Галина Геннадьевна

41-44

2025-03-17

XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA INVESTITSION MUHIT SAMARADORLIGI

Ko‘pincha investitsion muhit va investitsion jozibadorlik iqtisodiy adabiyotlarda sinonim sifatida ko’rib chiqiladi. Lekin birinchi kontseptsiya yanada kengroq va ko’proq imkoniyatlarga ega. Bu mamlakat, mintaqadagi investitsion muhitning asosiy xarakteristikasi iqtisodiy tarmoq va hududiy sanoatdir.  Investitsiya jozibadorligi esa biror bir ob’yekt yoki investitsiya loyihasi hisoblanadi.

Bobur Ochilov

45-46

2025-03-18

BIOLOGIYA DARSLARIDA DIDAKTIK MATERIALLARNI ISHLAB CHIQISH VA ULARDAN FOYDALANISH

Ushbu tezis biologiya darslarida didaktik materiallarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tezisda didaktik materiallarning o'quv jarayonidagi o'rni va ahamiyati, ularni ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlari, shuningdek, biologiya darslarida didaktik materiallardan samarali foydalanish usullari tahlil qilingan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida didaktik materiallarni yaratish va ulardan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan.

Baxmal Komilova, Ozoda Jumayeva

47-49

2025-03-18

JAMOATCHILIK FIKRIGA ASOSLANGAN MOLIYALASHTIRISH TAJRIBASI: RIVOJLANGAN DAVLATLAR MISOLIDA TAHLIL

Ushbu tezisda jamoatchilik fikriga asoslangan moliyalashtirish (jamoatchilik moliyalashtirishi) tajribasi rivojlangan davlatlar misolida tahlil qilinadi. Jamoatchilik moliyalashtirishi startaplar, kichik biznes va ijtimoiy loyihalar uchun muhim moliyaviy mexanizm bo‘lib, turli shakllari va amaliyotlari mavjud. Tezisda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yevropa Ittifoqidagi jamoatchilik moliyalashtirishi amaliyoti o‘rganilib, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yoritiladi. Shu bilan birga, ushbu moliyaviy modelning afzalliklari, duch kelinayotgan muammolar va kelajakda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari jamoatchilik moliyalashtirishining iqtisodiy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini aniqlashga yordam beradi.

Babajon Xusinov

50-53

2025-03-19

TA’LIMDA SMART TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Zamonaviy ta’lim jarayonida smart texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish va interaktivlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Smart ta’lim tizimlari elektron ta’lim platformalari, aqlli doskalar, virtual va kengaytirilgan reallik, sun’iy intellekt asosida ishlovchi ta’lim dasturlari kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, masofaviy ta’limni rivojlantirish va individual yondashuvni qo‘llash imkonini beradi. Smart texnologiyalar ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish bilan birga, o‘qituvchilarga ham metodik jihatdan qulay vositalarni taqdim etadi.

Farrux Qodirov, Mushtariy Musayeva

54-58

2025-03-24

SMART TЕХNОLОGIYALАRI HАQIDА TUSHUNCHА

SMART texnologiyalari – bu insonlarning kundalik hayotini soddalashtirish, samaradorlikni oshirish va vaqtni tejashga qaratilgan aqlli texnologiyalar tizimi. SMART tizimlar, asosan, turli qurilmalar va ilovalarni bir-biriga ulab, avtomatlashtirish va real vaqtda boshqaruv imkonini yaratadi. Masalan, SMART uylar, SMART transport tizimlari va SMART shaharlar. Bu texnologiyalar internet, sun'iy intellekt va IoT (Internet of Things) kabi sohalarni o'z ichiga oladi. SMART texnologiyalari kelajakda odamlarning hayotini sezilarli darajada o'zgartirishi kutilmoqda.

Mirjalol Mehriddinov , Sevinch Negmatova

59-62

2025-03-24

BULUTLI VА TАQSIMLАNGАN HISОBLАSHNING FАRQLI JIHАTLАRI

Ushbu maqolada bulutli va taqsimlangan hisoblash tizimlari o‘rtasidagi asosiy farqlarni tahlil qilinadi. Bulutli hisoblash internet orqali resurslarni markazlashgan holda taqdim etish tizimiga asoslangan bo‘lsa, taqsimlangan hisoblash bir nechta mustaqil kompyuter yoki tugunlarning birgalikda ishlashiga asoslanadi. Maqolada ushbu texnologiyalarning ishlash tamoyillari, afzallik va kamchiliklari, xavfsizlik darajasi, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash usullari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, ularning real hayotdagi qo‘llanilishi, samaradorlik darajasi va o‘zaro aloqasi haqida ham ma’lumotlar beriladi. Mazkur tadqiqot bulutli va taqsimlangan hisoblash texnologiyalarining zamonaviy IT sohasidagi ahamiyatini yoritib, ularni tushunishda yordam beradi.

Farrux Qodirov , Mashxura Mamadaliyeva , Charos Toʻrayeva

63-69

2025-03-24

JISMONIY TARBIYA DARSIDA GIBRID TA'LIMIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilar jismoniy harakatlari orqali bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish bilan bir qatorda, bilim va ilm egalashga va o’zlashtirishga xizmat qiladi.

Muzaffar Mirbabayev

70-73

2025-03-24

QATTIQ JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG‘IMINI ANIQLASH" LABORATORIYA ISHINI BAJARISHDA O‘QUVCHILARNING TASAVVURLARINI VA "TO‘LA FIKRLASH" KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada "Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlash" laboratoriya ishini bajarish jarayonida o‘quvchilarning tasavvurlarini kengaytirish va to‘la fikrlash (deep thinking) ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda zamonaviy o‘qitish metodlari, jumladan, raqamli laboratoriya asboblari, kompyuter modellashtirish, interaktiv simulyatsiyalar va muammoli ta’lim usullari qo‘llanildi. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy texnologiyalar va yondashuvlar yordamida o‘quvchilar aniq natijalarga erishishi, eksperimentlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishi va o‘z bilimlarini mustahkamlashi mumkin. Shuningdek, maqolada laboratoriya ishlarining samaradorligini oshirish yo‘llari ham tahlil qilingan.

Muxlisa Eshboboyeva

74-76

2025-03-24

XALQARO AUDIT STANDARTLARI (XAS) ASOSIDA BANK FAOLIYATINI AUDIT QILISHNING ASOSIY TAMOYILLARI

Mazkur tezisda xalqaro audit standartlari (XAS) asosida bank faoliyatini audit qilishning nazariy va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Hozirgi globallashuv sharoitida banklarning moliyaviy hisobotlari bo‘yicha auditorlik xulosasining ishonchliligi va xalqaro talablarga muvofiqligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tezisda XASning asosiy tamoyillari — auditorning mustaqilligi va xolisligi, kasbiy shubha bilan yondashish, oqilona ishonch darajasini shakllantirish, auditni to‘g‘ri rejalashtirish va risklarni baholash, hujjatli dalillarga asoslangan audit xulosasini tayyorlash kabi muhim jihatlar atroflicha tahlil qilinadi. Bank faoliyatini XAS asosida audit qilishda uchraydigan dolzarb muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, hamda xalqaro standartlarning milliy amaliyotga moslashuvi bilan bog‘liq tavsiyalar berilgan. Shuningdek, tezisda bank auditi jarayonining bosqichlari bosqichma-bosqich yoritilib, har bir bosqichda XAS talablari qanday qo‘llanishi lozimligi izohlanadi. Tadqiqot natijalari banklar faoliyatining shaffofligi, ishonchliligi va samaradorligini oshirishda xalqaro standartlarga asoslangan audit jarayonining o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.

Ortiqov Dilmurod Sobir o‘g‘li

77-80

2025-03-24

KORXONALAR FAOLIYATIDA ICHKI MOLIYAVIY NAZORAT USULLARI VA NAZORAT QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Ushbu maqolada korxonalar faoliyatida ichki moliyaviy nazorat usullari va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Ichki moliyaviy nazorat tizimi korxonaning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning to‘g‘ri tashkil etilishi korrupsion xavflarni kamaytirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Zokirov Zafarjon Zokirovich

81-84

2025-03-24

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA LOYIHA BOSHQARUVI

Barqaror rivojlanish va loyiha boshqaruvining integratsiyasi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda loyiha boshqaruvining integratsiyasi juda muhimdir. Loyiha boshqaruvchilari, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni birgalikda boshqarish orqali loyiha natijalarining barqarorligini ta'minlashlari kerak. Bu jarayonlarni samarali boshqarish uchun, loyiha boshqaruvchilari ko'plab ilg'or yondashuvlar va texnologiyalardan foydalanishlari mumkin. Masalan, barqaror loyiha boshqaruvi uchun yangi texnologiyalar va raqamli vositalar yordamida ekologik va iqtisodiy natijalarni aniq o'lchash mumkin. Bu texnologiyalar orqali loyiha boshqaruvchilari yanada samarali qarorlar qabul qilishlari mumkin. Loyiha boshqaruvchilari uchun barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi chaqiriqlar. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda loyiha boshqaruvchilari turli chaqiriqlarga duch kelishadi. Eng katta chaqiriqlardan biri — resurslarning cheklanganligi va global o'zgarishlarga tezkor javob berishdir.

Xalmatova Munojat Yarashovna

85-87

2025-03-24

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРОЕКТНОГО ОБУЧЕНИЯ НА УРОКАХ БИОЛОГИИ

В условиях модернизации общего образования особое внимание уделяется процессу развития личности, востребованной современным обществом. Роль школьного образования в этом процессе заключается в социализации подрастающего поколения, направленной на «формирование активной личности, которая, овладев нормами культуры и социальными ролями способна влиять на социокультурную среду». Важными задачами современного образования становятся не только формирование системных знаний, учебных умений и навыков, но и развитие коммуникативных умений и умений осуществлять самоуправление учебно-познавательной деятельностью.

Faibnazarova Feruza Pardabayevna, Safarova Nargiza Kamalovna

88-91

2025-03-25

MICE TURIZM BOZORINING SO’NGI YILLARDAGI HOLATI VA TAHLILI

MICE turizmi so’nggi yillarda butun dunyo bo'ylab sezilarli o'zgarishlarga uchradi. Ushbu turizm turi, avvalambor, biznes va professional tadbirlarni tashkil etish uchun muhim platforma bo'lib, jahon iqtisodiyoti va texnologik rivojlanishning ta'siri ostida rivojlanmoqda. Ushbu maqolada MICE turizmining so'nggi yillarda o'zgarishlari va yangi trendlar tahlil qilinadi. Pandemiya davridan keyingi tiklanish jarayoni, raqamli va gibrid tadbirlar formatsiz, ekologik barqarorlik, shuningdek, mintaqaviy farqlar va preferensiyalarni inobatga olgan holda MICE bozorining evolyutsiyasi haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, bu turizm sohasi uchun yangi imkoniyatlar va tajribalar, shu jumladan, innovatsion texnologiyalar, masofaviy ish va xususiy tadbirlar, mijozlarga yo'naltirilgan xizmatlar va yangi biznes strategiyalari tahlil qilinadi.

Madrimova Aziza Ambiyat qizi

92-96

2025-03-28

NEW TYPE OF WOOD-POLYMER COMPOSITES

Household waste is generated in residential areas, including workplaces. The accumulated solid household waste is transported to specially designated locations using specialized vehicles. When solid household waste remains stationary for an extended period at permanent storage sites, biological changes occur under external influences, leading to the decomposition of the organic components of the waste. During the chemical and biochemical transformation process of decomposition reactions, various by-products are released, which disperse into the air through the wind and spread across residential areas. At the same time, soil, water, and the atmosphere become contaminated.

Q.N. Khoshimov, S.Q. Sodiqjonov, A.A. Ataxojayev, A.M. Razzoqova, E.A. Egamberdiyev

97-100

2025-03-28

INTERNET TEXNALOGIYALARINING ZAMONAVIY RIVOJLANISHI

Ushbu maqola internet texnologiyalarining zamonaviy rivojlanishini ko'rib chiqadi va turli sohalardagi ta'siri haqida ma'lumot beradi. Maqolada 5G texnologiyasining yuqori tezlikdagi internet rivojlanishini boshlashda o'ynayotgan roli, bulutli yuk, Internet of Things (IoT), sun'iy intellekt (AI) va mashina o'rnatish texnologiyalarining rivojlanish, kibershaxsiyatsizlik va internetga oid muammolarga yordam berishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalarning keng tarqalishi, virtual (VR) vailgan haqiqat haqiqat (AR) texnologiyasining internetda o'z o'rnini topishi haqida ham so'z yuritiladi. Maqola internetning rivojlanishining rivojlanishi va uning ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik o'zgarishlar haqida fikr bildiradi. Yangi texnologiya innovatsion yechimlarni katta muammoga ega bo'lsa-da, muammo va ma'lumotlarni himoya qilish masalalari.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Boytemirova Dilso’z Tolib qizi

101-106

2025-03-31

5G TEXNOLOGIYASINING AFZALLIKLARI VA XAVFSIZLIK MASALALARI

Ushbu maqolada 5G texnologiyasining asosiy afzalliklari va xavfsizlik masalalari tahlil qilinadi. 5G aloqa texnologiyasi yuqori tezlik, past kechikish va kengaytirilgan tarmoq sig‘imi kabi bir qator ustunliklarga ega bo‘lib, u sanoat, transport, tibbiyot va ta’lim sohalarida innovatsion imkoniyatlar yaratmoqda. Shu bilan birga, 5G texnologiyasining keng joriy etilishi kiberxavfsizlik, ma’lumotlar maxfiyligi va milliy xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni ham yuzaga keltirishi mumkin. Ushbu maqolada 5G tarmog‘ining texnik va amaliy jihatlari, uning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri hamda xavfsizlik tahdidlari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Eshquvvatova Sevinch

107-110

2025-03-31

KOMPYUTER TARMOQLARI TURLARI: LOKAL, GLOBAL VA METROPOLITAN

Ushbu maqolada tarmoq texnologiyalarining rivojlanish tarixi, uning bosqichlari va muhim innovatsiyalar yoritiladi. Dastlabki kompyuter tarmoqlari 1960-yillarda paydo bo‘lib, ARPANET loyihasi orqali zamonaviy internetning asosi yaratilada. Keyinchalik Ethernet, TCP/IP protokollari va simsiz tarmoqlar kabi texnologiyalar rivojlandi. XXI asrda esa 5G, sun’iy intellekt integratsiyalangan tarmoqlar va IoT kabi ilg‘or yechimlar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqola tarmoq texnologiyalarining tarixiy taraqqiyoti va kelajakdagi tendensiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Asadova Shaxina Halim qizi

111-115

2025-03-31

WIRELESS (WI-FI) TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISHI VA TURLARI

Ushbu maqolada simsiz aloqa yaʼni Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi, uning asosiy turlari va zamonaviy qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Wi-Fi texnologiyasi bugungi kunda global miqyosda eng keng qo‘llaniladigan simsiz aloqa texnologiyalaridan biri bo‘lib, u internetga ulanishni tez, qulay va samarali amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, Wi-Fi turlarining farqlari, jumladan, Wi-Fi 4 (802.11n), Wi-Fi 5 (802.11ac), Wi-Fi 6 (802.11ax) va Wi-Fi 6E texnologiyalarining imkoniyatlari, tezligi va samaradorlik jihatlari o‘rganiladi. Maqolada Wi-Fi 7 texnologiyasining kelajakdagi istiqbollari ham yoritilib, uning internet tezligi va tarmoq sig‘imi bo‘yicha kutilayotgan yutuqlari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, Wi-Fi texnologiyasining zamonaviy qo‘llanilish sohalari, jumladan, uy tarmoqlari, korporativ infratuzilma, sanoat  tizimlari, aqlli shaharlar va jamoat joylarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Wi-Fi xavfsizligi, muammolari va ularni bartaraf etish usullari haqida ham ma’lumot beriladi. Maqola yakunida simsiz texnologiyalarning kundalik hayotimizdagi oʼrni, ularning afzalliklari va kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha umumiy xulosalar keltiriladi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Neʼmatova Sevinch Azamatovna

116-121

2025-03-31

TCP\IP MODELINING ASOSIY PRINSIPLARI VA ISHLASH TAMOYILLARI

TCP/IP modeli zamonaviy internet va tarmoq texnologiyalarining asosi bo‘lib, uning modulli tuzilishi, mustaqilligi, standartlashtirilganligi va global qo‘llanilishi tarmoq infratuzilmasining samarali ishlashini ta’minlaydi.Maqolada TCP/IP modelining to‘rtta asosiy qatlami – tarmoq interfeysi, internet, transport va amaliy qatlamlar ning vazifalari va ishlash jarayoni tushuntiriladi. Har bir qatlamning tarmoqlardagi o‘rni, paketlarni uzatish va qabul qilish mexanizmlari ham yoritiladi. Shuningdek, modelning modullilik, standartlashtirish, mustaqillik va globallik kabi asosiy prinsiplari ko‘rib chiqiladi.Maqola TCP/IP modelining real hayotdagi qo‘llanilishi va uning internet, korporativ tarmoqlar, mobil aloqa va IoT kabi sohalardagi ahamiyatini ham ochib beradi. Ushbu material tarmoq texnologiyalarini o‘rganayotgan talabalar va IT mutaxassislari uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Eshdavlatova Muxlisa Isroil qizi

122-128

2025-03-31

IPV4 VA IPV6 PROTOKOLLARI FARQLARI VA AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada IPv4 va IPv6 protokollari o‘rtasidagi asosiy farqlar va ularning afzalliklari tahlil qilinadi. IPv4 – 32-bitli manzil tizimiga ega bo‘lib, cheklangan IP-manzillar soni sababli hozirgi kunda yetarli emas. IPv6 esa 128-bitli manzil tizimiga asoslangan bo‘lib, juda katta IP-manzillar diapazonini ta’minlaydi. IPv6 xavfsizlik, tezlik, marshrutizatsiya samaradorligi va avtomatik konfiguratsiya kabi jihatlarda ustunlikka ega. Maqolada ushbu protokollarning ishlash tamoyillari, ularning foydalanuvchilarga ta’siri va kelajakdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Husanova Gulasal Alisher qizi

129-133

2025-03-31

DASTURIY TAʼMINOT ASOSIDA ISHLOVCHI TARMOQ (SDN) TEXNOLOGIYASI

SDN (Software-Defined Networking) – bu tarmoq infratuzilmasini dasturiy ta’minot orqali boshqarish texnologiyasidir. SDN an’anaviy tarmoqlardan farqli ravishda boshqaruv va ma’lumot uzatish qatlamlarini ajratib, tarmoqni markazlashtirilgan holda boshqarish imkonini beradi. Ushbu texnologiya tarmoq resurslarini dinamik taqsimlash, avtomatlashtirish va optimallashtirishni ta’minlab, ma’lumot markazlari, bulutli hisoblash tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va korxona infratuzilmasida keng qo‘llaniladi. SDN kontrolleri OpenFlow kabi protokollar yordamida tarmoq qurilmalariga buyruqlar yuborib, ularning ishlashini boshqaradi. SDN texnologiyasi moslashuvchanlik, samaradorlik va xavfsizlikni oshirish imkonini bersa-da, uning joriy etilishi va kiberxavfsizlik tahdidlari muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Husanova Husniya Abdurahmon qizi

134-138

2025-03-31

OPERATSION TIZIMLARNING TURLARI VA FUNKTSIYALARI

Ushbu maqolada operatsion tizimlarning turlari va ularning asosiy funksiyalari tahlil qilingan. Operatsion tizimlar kompyuter tizimlarining ajralmas qismi bo‘lib, foydalanuvchilarga qulay interfeys yaratish, apparat va dasturiy ta’minot o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlash hamda resurslarni boshqarish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Maqolada operatsion tizimlarning bir vazifali va ko‘p vazifali, bir foydalanuvchili va ko‘p foydalanuvchili, tarmoq, real vaqt rejimidagi va taqsimlangan turlari o‘rganilgan. Shuningdek, operatsion tizimlarning jarayonlarni boshqarish, xotirani taqsimlash, fayl tizimini tashkil etish, kiritish-chiqarish qurilmalarini muvofiqlashtirish va xavfsizlikni ta’minlash kabi asosiy funksiyalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Ganchiyev Jo‘rabek Hojimuqon o‘g‘li

139-144

2025-03-31

TARMOQ XAVFSIZLIGI. ASOSIY TAHDIDLAR VA HIMOYA CHORALARI

Tarmoq xavfsizligi tarmoqlar, ma’lumotlar va tizimlarni kiber tahdidlardan himoya qilishga mo’ljallangan amaliyotlar, siyosatlar va texnologiyalarni anglatadi. U ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlaydi. Uning ahamiyati ruxsatsiz kirish va ma’lumotlar buzilishining oldini oladi. Korxonalarni moliyaviy yo’qotishlardan va obro’siga putur  yetkazishdan himoya qiladi.GDPR, HIPAA va ISO 27001 kabi qoidalarga muvofiqligini ta’minlaydi. Tarmoq xavfsizligiga asosiy tahdidlar. Ma’lumotlarni buzishi yoki o’g’irlashi mumkin bo’lgan zararli dastur. Hisob ma’lumotlarini o’g’irlash uchun ishlatiladigan aldamchi elektron pochta yoki xabarlar. Xizmatlar mavjud bo’lmasligi uchun tarmoqni ortiqcha yuklash. 

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Jomurodova Go’zal Abror qizi

145-149

2025-03-31

BULUTLI HISOBLASH VA UNING TARMOQLARGA TA’SIRI

Ushbu maqolada bulutli hisoblash (Cloud Computing) tushunchasi va uning tarmoq infratuzilmasiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Bulutli hisoblash – bu internet orqali hisoblash resurslari (serverlar, ma’lumotlar bazalari, dasturlar va tarmoq xizmatlari) ni taqdim etuvchi texnologiya bo‘lib, u IaaS (Infrastructure as a Service), PaaS (Platform as a Service) va SaaS (Software as a Service) kabi xizmat modellarini o‘z ichiga oladi.Bulutli hisoblashning tarmoqlarga ta’siri bir qancha muhim jihatlar bilan namoyon bo‘ladi. Birinchidan, tarmoq yuklanishi sezilarli darajada oshadi, chunki foydalanuvchilar katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashga ehtiyoj sezadilar. Ikkinchidan  internet tarmoqlariga bog‘liqlik kuchayadi, chunki bulut xizmatlarining ishlashi barqaror va tezkor internetga bog‘liq.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Jabborova Oʻgʻiloy Husan qizi

150-155

2025-03-31

KRIPTOGRAFIYA VA SHIFRLASH USULLARI

Ushbu maqolada quyidagi asosiy jihatlar ta’kidlangan: Kriptografiya tushunchasi – ma’lumotlarni shifrlash va himoya qilish sohasi ekanligi.  Asosiy tamoyillar – maxfiylik, yaxlitlik, autentifikatsiya va inkorsizlantirish tushunchalari. Kriptografiya turlari – Simmetrik shifrlash (AES, DES) – tezkor, ammo kalit almashinuvi muammosi bor. Assimetrik shifrlash (RSA, ECC) – ochiq va yopiq kalitdan foydalanadi. Xesh-funksiyalar (SHA-256, MD5) – ma’lumot yaxlitligini tekshiradi. Amaliy qo‘llanilishi – Internet xavfsizligi (SSL/TLS, HTTPS). Elektron imzo. Blokcheyn texnologiyasi (kriptovalyutalar). Bank tizimlari va moliyaviy xavfsizlik.  Kriptografiya zamonaviy axborot xavfsizligida muhim rol o‘ynaydi va texnologiyalar rivoji bilan birga takomillashib boradi va kriptografik shifrlash usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shifrlashning asosiy turlari va ularning ishlash usullari  tasvirlangan.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Jomurodova Go’zal Abror qizi

156-160

2025-03-31

SUNʼIY INTELLEKT VA UNING QOʻLLANILISHI

Ushbu maqolada sunʼiy intellekt (SI) tushunchasi, uning rivojlanish tarixi va zamonaviy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Sunʼiy intellekt – bu inson aql-idrokini taqlid qiluvchi kompyuter tizimlari va dasturlar majmuasi bo‘lib, u mashinasozlik, tibbiyot, ta’lim, moliya va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda.Maqolada SI texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, mashinaviy o‘rganish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash va robototexnika haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, sunʼiy intellektning inson hayotiga ijobiy va salbiy ta’sirlari, kelajakdagi istiqbollari va muammolari tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sunʼiy intellekt texnologiyalari kelajakda yanada rivojlanib, turli sohalarda innovatsion yechimlarni taqdim etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, uning xavfsizlik, maxfiylik va axloqiy jihatlari ham muhim masala sifatida ko‘rib chiqilishi lozim.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Bozorova Iroda Zarif qizi

161-166

2025-03-31

KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING TURLARI

Mazkur maqolada kompyuter tarmoqlari va ularning turlari haqida ma’lumot beriladi. Tarmoqlarning asosiy turlari geografik qamroviga (LAN, MAN, WAN, PAN), tuzilishiga (mijoz-server va peer-to-peer) hamda topologiyasiga (yulduzsimon, shakarsimon, halqasimon va to‘liq bog‘langan) qarab tasniflanadi. Shuningdek, kompyuter tarmoqlarining ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari ham yoritib berilgan.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Husanova Husniya Abdurahmon qizi

167-171

2025-03-31

BULUTLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada bulutli texnologiyalar tushunchasi, ularning turlari va asosiy afzalliklari haqida ma'lumot beriladi. Bulutli texnologiyalar – bu ma'lumotlarni saqlash, boshqarish va qayta ishlash uchun internet orqali xizmat ko'rsatish tizimi bo‘lib, ular IaaS, PaaS va SaaS kabi asosiy turlarga bo‘linadi. Maqolada bulutli texnologiyalarning qulaylik, tejamkorlik, xavfsizlik, masshtablilik va tezkor ishga tushirish kabi asosiy afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning biznes, ta’lim, sog‘liqni saqlash va moliyaviy xizmatlar sohalarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Bulutli texnologiyalar samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Husanova Gulasal Alisher qizi

172-177

2025-03-31