«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-04-01
Статьи
INTERNET XAVFSIZLIGI VA ASOSI TAXDIDLAR
Internet xavfsizligi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, u shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, tarmoq infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bilan bog‘liq. Zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi bilan internetga bog‘liq tahdidlar ham ko‘payib, ularning murakkabligi oshmoqda. Ushbu mavzu internet xavfsizligining asosiy tamoyillari, global tahdidlar va ularga qarshi kurash usullarini qamrab oladi. Internet xavfsizligi – bu kompyuter tizimlari, tarmoq infratuzilmalari va foydalanuvchilarning ma’lumotlarini zararli dasturlar, kiberhujumlar, fishing (phishing), zararli kodlar (malware) va boshqa xavflardan himoya qilish tizimidir. Ushbu mavzu doirasida eng keng tarqalgan tahdidlar, jumladan, DDoS hujumlari, MITM (Man-in-the-Middle) hujumlari, ransomware dasturlari, shaxsiy ma’lumotlarning buzilishi, ijtimoiy muhandislik (social engineering) va IoT (Internet of Things) qurilmalarining himoyasizligi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Mavzu, shuningdek, internet xavfsizligini ta’minlash usullarini tahlil qiladi. Masalan, shaxsiy va korporativ ma’lumotlarni himoya qilish uchun shifrlash texnologiyalari (encryption), ikki faktorli autentifikatsiya (2FA), antivirus va firewall tizimlaridan foydalanish, muntazam dasturiy ta’minot yangilanishlarini amalga oshirish va kiberhujumlarga qarshi himoya strategiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
2025-03-31
TARMOQ TEXNOLOGIYALARI VA ULARDAGI YANGI TENDENSIYALAR
Ushbu maqolada zamonaviy tarmoq texnologiyalarining asosiy tamoyillari, ularning rivojlanish bosqichlari va yangi tendensiyalari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Xususan, 5G va 6G texnologiyalarining joriy etilishi, sun’iy intellekt (AI) asosida optimallashtirilgan tarmoqlar, bulutli hisoblash, Internet of Things (IoT), kiberxavfsizlik, kvant tarmoqlari, chekka hisoblash (Edge Computing) va blokcheyn texnologiyalarining tarmoq infratuzilmasiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tarmoq texnologiyalarining sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga ta’siri va ular bilan bog‘liq xavfsizlik muammolari ko‘rib chiqiladi. Maqolada fan va texnologiya sohasidagi yetakchi tadqiqot ishlari, ilmiy maqolalar va ekspertlarning fikrlari asosida tahlillar beriladi.
2025-03-31
UYG‘UR XALQINING MUSIQIY CHOLG‘ULARI HAQIDA
Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanʼati va madaniyatida baxshilarning ijro yo‘llari insoniyat madaniyati rivojlanishiga muhim oʻrin tutgani haqida ma’lumotlar keltirilgan
2025-03-31
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklari samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Global miqyosda raqamli transformatsiya jarayonlari moliyaviy institutlar, xususan, tijorat banklari faoliyatida yangi yondashuvlar va texnologik innovatsiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), blokcheyn texnologiyalari, mobil va internet-banking xizmatlarining kengayishi bank xizmatlarining ko‘lami va sifatini tubdan o‘zgartirmoqda.
2025-03-31
KORXONALARNING INVESTITSIYA RESURSLARINI SHAKLLANTIRISH VA ULARNI BOSHQARISH
Mazkur ilmiy tezisda zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning investitsiya resurslarini shakllantirish va ularni samarali boshqarish masalalari chuqur tahlil qilingan. Korxonaning iqtisodiy o‘sishida investitsiyalarning tutgan o‘rni, ularning manbalari va yo‘naltirilish mexanizmlari asosida kompleks yondashuv ishlab chiqilgan. Ishda investitsiya resurslarining ichki (korxona foydasi, amortizatsiya ajratmalari, moliyaviy zaxiralar) va tashqi (kreditlar, aksiyalar, investorlar, davlat grantlari) manbalari alohida ko‘rib chiqilib, ularning har birining afzalliklari va cheklovlari tahlil etilgan.
2025-03-31
LOYIHANI MUVAFFAQIYATLI AMALGA OSHIRISH UCHUN BOSHQARUV STRATEGIYALARINI O'ZGARTIRISH
Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda boshqaruv strategiyalarining roli. Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun to'g'ri boshqaruv strategiyalari zarur. Boshqaruv strategiyalari loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Rejalashtirish, resurslarni taqsimlash, jamoa bilan ishlash va risklarni boshqarish jarayonlari boshqaruv strategiyalariga bevosita ta'sir qiladi.
2025-03-31
MOLIYAVIY INSTITUTLARDA LOYIHA RISKLARINI BOSHQARISH
Moliyaviy institutlarda loyiha risklarini boshqarish jarayoni nafaqat xavflarni kamaytirishga, balki iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta'minlashga yordam beradi. Diversifikatsiya, monitoring, texnologik yangiliklar va samarali qarorlar qabul qilish orqali risklarni boshqarish, moliyaviy institutlarga global bozorlar va o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarga moslashish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, sanoat diversifikatsiyasi va eksport strategiyalarining samaradorligi, moliyaviy institutlar uchun muvaffaqiyatli loyiha amalga oshirishda asosiy omil bo‘ladi Loyiha risklarini boshqarishda diversifikatsiya strategiyasining o‘rni katta.
2025-03-31
INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA RISKLARNI MINIMALLASHTIRISH MASALALARI
Risklarni boshqarish va minimallashtirish usullari ya`ni risklarni minimallashtirish va samarali boshqarish uchun bir nechta usullarni qo‘llash zarur. Quyidagi usullar ko‘plab investitsiya loyihalarida muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Diversifikatsiya: Investitsiya portfelini turli sohalar va aktivlarga tarqatish orqali risklarni kamaytirish mumkin. Agar bir sohada zarar ko‘rilsa, boshqa sohalardagi foyda ushbu zararlarni qoplashga yordam beradi. Zaruriy tahlillar: Investitsiya loyihasining boshlanishidan oldin keng qamrovli bozor tahlili, moliyaviy prognozlar va siyosiy hamda iqtisodiy risklar hisobga olinishi lozim. Bu tahlillar risklarni oldindan ko‘rish va tegishli strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi. Riskni taqsimlash:
2025-03-31
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA INNOVATSION STRATEGIYALARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida innovatsion strategiyalarni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Mamlakat iqtisodiyoti va bank sektorining barqaror rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy bank xizmatlarini takomillashtirish maqsadida fintech ekotizimining kengayishi, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar (Big Data) texnologiyalaridan foydalanish, blokcheyn va ochiq bank (Open Banking) tizimlarini tatbiq etish zarurati dolzarb masala sifatida ko‘rilmoqda. Tezisda O‘zbekiston bank sektoridagi mavjud holat va innovatsion rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinib, bank xizmatlarining raqamlashtirilishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimining avtomatlashtirilishi hamda kreditlash jarayonlarining optimallashtirilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritiladi. Shu bilan birga, innovatsion rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy muammolar – axborot texnologiyalariga investitsiyalarning yetishmovchiligi, kibertahdidlarning ortishi va bank tizimining fintech ekotizimiga yetarlicha integratsiyalanmaganligi kabi masalalar o‘rganiladi.
2025-03-31
O`ZBEKISTONDA SOLIQ QARZINI UNDIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda soliq qarzini undirish tizimini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Soliq qarzlarini samarali boshqarish va undirish bo‘yicha xorijiy tajribalar o‘rganilib, ularni milliy qonunchilik va amaliyotga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, soliq qarzini kamaytirish va undirish samaradorligini oshirish uchun raqamli texnologiyalar, soliq monitoringi tizimlari va muqobil yechimlar tavsiya etiladi. Maqolada soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
2025-03-31
ЎЗБЕКИСТОНДА ИККИНЧИ ЖАҲОН УРУШИ ЙИЛЛАРИДА АҲОЛИНИ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИШЛАРИГА ЖАЛБ ЭТИЛИШИ VA УЛАРНИНГ МЕҲНАТ ШАРОИТИ
Ушбу мақолада Иккинчи жаҳон уруши йилларида Ўзбекистон аҳолисини хусусан аёллар, ёшлар, кексалар ва ногиронларни қишлоқ хўжалик ишларига жаб этилиши, уларнинг фидокорона меҳнати ва oғир меҳнат шароитилари каби масалалар хусусида фикр юритилади.
2025-03-31
