German tilida so‘zlashuvchi hududlarda islomshunoslik fanining shakllanishi va uning siyosiy manfaatlar bilan aloqasi
Main Article Content
Аннотация:
Arabiston yarim orolida Islom dini paydo bo‘lishi arablar uchun o‘ziga xos va muhim ahamiyatga ega hodisa sifatida baholanadi. Qabilaviy hayoti va joylashuvi arablarni siyosiy jihatdan zaiflashtirgan, ularni sivilizatsiyalashgan hududlar ustidan hukmronlik qilish imkoniyatidan mahrum etgandi. Ammo islom dini paydo bo‘lishi arablarni yagona e’tiqod asosida birlashib, mustahkam jamiyatga aylana boshlashiga sabab bo‘ldi. Islom dini arablar hayotida tub burilish yasab, ularni siyosiy va ijtimoiy jihatdan yangi darajaga olib chiqdi. Qur’on nozil qilinganidan keyin arab dunyosi birlashib, yangi imperiya shakllantira oldi. Islom madaniyati paydo bo‘lishi bilan birinchi bor yozma arab madaniyati shakllandi. Islomiy tamaddun arab tilida o‘z aksini topdi va bu til ilm-fan va madaniyat tili sifatida keng tarqaldi. Biroq, Islom dini tarqalgan hududlardagi madaniy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ba’zi hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ham keltirib chiqardi. Islom dini nafaqat diniy hayotga, balki siyosiy va iqtisodiy tizimlarga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi. Arablar islom dini vositasida keng hududlarga tarqalib, o‘z madaniyatlarini boshqa xalqlarga singdira oldilar.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Krämer, Gudrun (2012). Was leistet die islamische Theologie, was die Islamwissenschaft nicht leistet? In: Das Verhältnis zwischen islamischer Theologie und Islamwissenschaft.
Jokisch, Benjamin (2021). Islamwissenschaft: Globalisierung einer philologischen Disziplin. In: ZfR 37, S. 204–221.
Khorchide, Mouhanad (2013). Islam ist Barmherzigkeit: Grundzüge einer modernen Religion. Herder Verlag.
Rohe, Mathias (2016). Das islamische Recht: Geschichte und Gegenwart. München: C.H. Beck.
Nagel, Tilman (2000). Die islamische Welt bis 1500. München: Oldenbourg Verlag.
Schulze, Reinhard (2011). Islamwissenschaft als Kulturwissenschaft. In: Zeitschrift für Kulturphilosophie 5(1), S. 55–68.
Kaddor, Lamya (2010). Muslimisch – weiblich – deutsch! Mein Weg zu einem zeitgemäßen Islam. Piper Verlag.
