«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-04-17

O‘ZBEKISTONDAGI ERONIYLARINING DAFN MAROSIMLARI

Ko‘p sonli bo‘lmagan diasporalar va etnik guruhlar muammosi butun dunyoda mavjud bo‘lgan hozirgi davrda millatlararo totuvlik bilan ajralib turadi. Jumladan O‘zbekistonda millati, diniy e’tiqodi, tilidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning yakdilligini ta’minlash siyosati yurgizilib, bizning mamlakatimizda ko‘p sonli bo‘lmagan xalqlar yoki etnik guruhlar muammosi amaliy jihatdan muvaffaqiyatli hal etilmoqda.

Botirov Sarvar Bahrom o‘g‘li

4-6

2026-04-16

J. RUMIYNING "OVCHI VA LOCHIN" RIVOYATINING MOHIYATI VA UNING TARBIYAVIY AHAMIYATINI TAHLIL ETISH ("ICHINGDAGI ICHINGDADIR" ASARI ASOSIDA)

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiyning "Masnaviy ma'naviy" asaridagi "Ovchi va lochin" rivoyatining falsafiy-tarbiyaviy mohiyati "Ichingdagi ichingdadir" asari kontekstida tahlil etiladi. Tadqiqotda adabiyotlar tahlili va shaxsiy ilmiy mushohada metodlari qo'llanilgan. Rivoyatning ramziy ma'no qatlamlari, inson ruhiy kamoloti va ma'naviy tarbiya bilan bog'liq jihatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalarida lochin timsoli orqali insonning asl vatani – ilohiy olam sari intilishi, dunyo moddiy ne'matlariga bog'lanib qolish xavfi hamda o'z-o'zini anglash zarurati kabi g'oyalar yoritilgan.

Obidjonova Nigina

7-10

2026-04-16

O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MIGRATSIYASI JARAYONIGA BOḠLIQ QARORLAR VA ISLOHATLAR

Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasi jarayoniga oid qabul qilingan qarorlar va amalga oshirilayotgan islohatlar tahlil qilinadi. Mehnat migratsiyasi va unga doir muhim qonuniy o‘zgarishlar, mamlakatimizda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha joriy etilgan yangi tizimlar ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijga ishlash uchun yuborilgan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi va qaytgan mehnat migrantlarini qayta integratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan islohatlar muhokama qilinadi. Shuningdek, mehnat migratsiyasiga oid yangi qarorlarning samarasini oshirish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.

Kalmuratov Sansizbay Toktabaevich

11-14

2026-04-17

RAQAMLI MADANIYAT VA YOSHLARNING BO‘SH VAQTINI SAMARALI TASHKIL ETISH JARAYONLARI

Maqolada raqamli madaniyatning yoshlar bo‘sh vaqtiga ta’siri, onlayn va oflayn faoliyatlar nisbatining o‘zgarishi, kontent iste’moli, o‘zini rivojlantirish va ijtimoiylashuv jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etishda media savodxonlik, ota-ona va ta’lim muassasalari hamkorligi hamda raqamli platformalardan maqsadli foydalanishning amaliy yo‘llari yoritiladi.

Yusuf M. Ergashev

15-20

2026-04-17

AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI - SHAXS HUQUQ VA ERKINLIKLARINING MUSTAHKAM KAFOLATI

Maqolada aybsizlik prezumpsiyasi  tushunchasi, prezumpsiyaning  asosiy jihatlari, uning mazmun – mohiyati,  milliy va xorijiy normalar  asosida tahlil qilinadi, prezumpsiyaning  jamiyat hayotidagi  bugungi  kundagi ahamiyati haqida  ma’lumotlar beriladi.

Sadikova Shaxnozahon Muhammadsobirovna

21-25

2026-04-17

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ADABIY VA XALQ ERTAKLARINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darslarida adabiy va xalq ertaklaridan foydalanishning ahamiyati va uning afzalliklari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada yangi O‘qish savodxonligi darsliklarida berilgan turli xalq ertaklari va adabiy ertak namunalari ham tahlil qilinadi va ularning jarayondagi ahamiyati va afzalliklari, o‘quvchilar dunyoqarashi va mantiqiy fikrlashlarini oshirishdagi o‘rni haqida fikrlar bildirilgan.

Sаipоvа Hilola Abduhamitovna

26-28

2026-04-17

«ТЕОРЕТИКО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ОЦЕНКИ ДОКАЗАТЕЛЬСТВ В УГОЛОВНОМ ПРОЦЕССЕ»

В работе раскрываются теоретико-правовые основы института оценки доказательств в уголовном процессе Республики Узбекистан. Анализируются понятие, сущность и значение оценки доказательств, прослеживается генезис систем оценки от ордалической и шариатской моделей до современной смешанной модели свободной оценки по внутреннему убеждению. Исследуются нормативные основы и принципы оценки доказательств, закреплённые в Конституции Республики Узбекистан в редакции 2023 года и действующем Уголовно-процессуальном кодексе 1994 года. Выявлены системные проблемы правового регулирования: терминологическая неопределённость оценочных категорий, отсутствие чётких критериев допустимости, дисбаланс полномочий сторон на досудебных стадиях, пробелы в регулировании электронных доказательств, сохраняющаяся роль признания обвиняемого, отсутствие градуированных стандартов доказанности. По каждой проблеме сформулированы конкретные предложения по совершенствованию уголовно-процессуального законодательства Республики Узбекистан.

Ботиров Дониёр Толиб ўғли

29-35

2026-04-17

INGLIZ TILINI MUSTAQIL O‘RGANISH USULLARI

Ushbu maqolada ingliz tilini mustaqil o‘rganishning zamonaviy va samarali usullari batafsil yoritilgan. Xususan, til o‘rganishda motivatsiyaning ahamiyati, o‘quv jarayonida muntazamlikni ta’minlash, shuningdek, turli xil innovatsion resurslar — mobil ilovalar, onlayn platformalar, video va audio materiallardan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Maqolada, shuningdek, lug‘at boyligini oshirish, grammatik bilimlarni mustahkamlash hamda tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, mustaqil o‘rganish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar, jumladan, motivatsiyaning pasayishi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik va amaliyot yetishmasligi kabi omillar ham tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Mazkur maqola til o‘rganishni mustaqil ravishda yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘quvchilar va talabalar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Mamatmo’minova Oygul Nurmat qizi

36-38

2026-04-17

DUNGAN XALQI VA UNING O’RTA OSIYOGA KIRIB KELISHI

Mazkur maqola Dungan xalqi va uning O’rta Osiyoga kirib kelish tarixi haqida bo’lib, unda asosan dungan xalqining kelib chiqishi va ularning O’rta Osiyoga ko’chib o’tish sabablari va ularning bu yerdagi joylashuvi yoritib berilgan.

Abdullayeva Zarnigor Xusanovna

39-41

2026-04-18

АКТУАЛЬНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ЭВОЛЮЦИИ И РЕГИОНАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ИСЛАМСКОГО БАНКОВСКОГО СЕКТОРА

В текущих условиях всё большую роль играют финансовые инструменты ислама, базирующиеся на принципах исламского банкинга. На фоне глобальной финансовой и геополитической турбулентности, а также неконтролируемых потоков капитала между рынками, вызванных спекуляциями, формируются серьёзные препятствия для развития экономики как на национальном, так и на мировом уровне. К таковым относятся ценовая нестабильность, завышенные процентные ставки и неэффективное распределение финансовых ресурсов. Чтобы преодолеть эти вызовы, необходимо диверсифицировать национальные рынки путём внедрения инновационных и действенных принципов и инструментов. Как раз такие подходы и механизмы составляют ключевую особенность исламской банковской системы.

Абдуллоев Фуркат Олимджонович

42-44

2026-04-20

THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE "ULTIMA RATIO" PRINCIPLE AND ITS PLACE IN CRIMINAL LAW

This article examines the “ultima ratio” principle in criminal law — the idea that criminal legislation should be applied only as a last resort. This principle defines the limits of the application of criminal law, aiming to prevent excessive criminalization and punishment. The article analyzes the historical formation of the principle, its application in modern legal systems, and its theoretical approach. It also discusses the principle's role in law, its relationship with the principles of subsidiarity and proportionality. The article highlights the significance of the ultima ratio principle in ensuring the legitimacy and effectiveness of criminal law through the views of foreign scholars.

Saidakbar Ibroximov

45-52

2026-04-21

INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINI BUZGANLIK UCHUN FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK: MILLIY QONUNCHILIK VA RAQAMLI MUHIT MUAMMOLARI

Mazkur tezisda intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning nazariy va amaliy jihatlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar rivoji natijasida yuzaga kelayotgan yangi huquqiy muammolar, jumladan, onlayn platformalar va sun’iy intellekt bilan bog‘liq huquqbuzarliklar o‘rganiladi. Tadqiqotda mavjud huquqiy mexanizmlarning samaradorligi baholanib, ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari suriladi.

Usmonqulova Maftuna Vali qizi

53-55

2026-04-21

АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИДА КОРПОРАТИВ БОШҚАРУВ: ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАР ВА АМАЛИЁТ

Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикасининг “Акциядорлик жамиятлари ва акциядорларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида”ги Қонуни асосида корпоратив бошқарувнинг ҳуқуқий асослари таҳлил қилинади. Акциядорлик жамиятларини бошқариш органлари, акциядорларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари, ахборот очиқлиги, дивиденд сиёсати ҳамда корпоратив низоларни ҳал этиш масалалари кўриб чиқилади. Корпоратив бошқарувни такомиллаштиришга оид таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.

Шодиева Сарвиноз Ғайратовна

56-59

2026-04-21

ECONOMIC AND GEOGRAPHIC CHARACTERISTICS OF UZBEKISTAN AND XINJIANG

This article examines the economic and geographic characteristics of Uzbekistan and the Xinjiang Uyghur Autonomous Region. It analyzes their strategic location, natural resources, economic potential, and transport significance in the Eurasian region. The study shows that both territories play an important role in regional trade, logistics, and economic integration. It also highlights key challenges such as water scarcity, environmental problems, and climate change that affect their sustainable development.

Gang Cao

60-62

2026-04-21

INTERAKTIV VA ELEKTRON FORMATDAGI KOMPLEKS O’QUV LUG’ATLARNING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI

Mazkur ilmiy tezisda interaktiv va elektron formatdagi kompleks o‘quv lug‘atlarining zamonaviy imkoniyatlari, ularning ta’lim jarayonidagi roli hamda lingvodidaktik ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Elektron lug‘atlarning multimodal xususiyatlari, sun’iy intellekt elementlari bilan integratsiyasi, korpus texnologiyalari bilan bog‘liqligi va foydalanuvchi interfeysining rivojlanish tendensiyalari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, interaktiv lug‘atlar nafaqat til o‘rganishda, balki mustaqil ta’lim va akademik kompetensiyalarni rivojlantirishda muhim vosita ekanligi aniqlanadi.

Murodullayeva Nilufar Sunnatillo qizi

63-67

2026-04-21

MOLIYA INFRATUZILMASI SHAROITIDA FISKAL SIYOSATNING IQTISODIY O‘SISHDAGI ROLI

Zamonaviy iqtisodiy sharoitda milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda moliya infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Davlatning fiskal siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy makroiqtisodiy instrumentlaridan biri bo‘lib, u davlat byudjeti orqali daromadlarni shakllantirish va xarajatlarni taqsimlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Fiskal siyosatning bosh maqsadi - iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlik darajasini oshirish hamda ijtimoiy farovonlikni yaxshilashdan iborat.

Yaxshimuratova Xasiyat Xudaybergenovna

68-70

2026-04-21

O‘ZBEKISTONDA FISKAL SIYOSATNI TAKOMILLASHTIRISH ASOSIDA IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA ILMIY YONDASHUVLAR

Mustaqillikdan so‘ng respublikamiz iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash hamda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib kelmoqda. Ayniqsa, fiskal siyosatni takomillashtirish orqali byudjet intizomini mustahkamlash, soliq tizimini modernizatsiya qilish va davlat xarajatlarining samaradorligini oshirish iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda fiskal siyosat nafaqat davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish vositasi, balki iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta’minlovchi strategik mexanizm sifatida ham qaraladi.

Yaxshimuratova Xasiyat Xudaybergenovna

71-73

2026-04-21

“FOZIL ODAMLAR SHAHRI” ASARIDA JAMIYAT VA DAVLAT O‘RTASIDAGI UYG‘UNLIK MASALALARI

Ushbu maqolada Sharq Uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida ilgari surilgan jamiyat va davlat o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari tahlil etiladi. Maqolada Farobiyning ideal jamiyat haqidagi qarashlarining bugungi kunda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdagi nazariy-metodologik ahamiyati ochib berilgan.

Ochilova Sabo Sherboy qizi

74-75

2026-04-21

DEMORATIK QADRIYATLARNI SOTSIALIZATSIYA QILISH VA INSONNING AJRALMAS HUQUQLARI

Ushbu maqolada davlatlarda qay darajada inson huquqlari himoyasiga e’tibor qaratilganligi,uning buzilishiga,chetlab o’tilishiga yo’l qo’yilmasligi kabi vositalarni tahlil qilinadi.Shuningdek,uning fuqarolar hayotida qanday muhim ahamiyatga egaligi va davlat hokimiyati tomonidan ta’minlanishi kerak bo’lgan fuqarolarning huquq va erkinliklari va buning ta’sirida vujudga kelishi mumkin bo’lgan omil ko’rsatib o’tiladi.Inson huquqlari tarixan olib qaraganda,qadimda paydo bo’lgan va davlatlar orasida shakllanib borgan.Buning sababi shuki, fuqarolarning shu huquqlarga  ehtiyoj sezishi, davlat va jamiyat hayotida alohida o’rin tutganligi va davlatlar shu asnoda o’z fuqarolarning xavfsizligi,huquqlari va ularining burch va majburiyatlarini shu orqali belgilab qo’ygan.

Mo’minjonov Oyatbek Sobirjonovich

76-80

2026-04-21