MINTAQA IQTISODIY BARQARORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SANOAT TARKIBIY O‘ZGARISHLARINING MOHIYATI

Main Article Content

Аннотация:

Mazkur tezisda mintaqa iqtisodiy barqarorligini ta’minlash jarayonida sanoat tarkibiy o‘zgarishlarining o‘rni va ularni mohiyatini tushuntiruvchi nazariy qarashlar ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida sanoat tarmoqlari va ularning tarkibiy oʻzgarishlari muhim oʻrin tutadi. Sanoatning iqtisodiyotdagi roli uning nafaqat yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi, balki texnologik yangilanish, eksport salohiyati, innovatsion rivojlanish darajasi va bandlikka qoʻshgan hissasi bilan ham belgilanadi. Tarkibiy oʻzgarishlar – bu iqtisodiy resurslarni past samarali tarmoqlardan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan tarmoqlarga qayta taqsimlash jarayoni boʻlib, zamonaviy industrial siyosatning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Xorazm viloyati sanoati anʼanaviy ravishda qishloq xoʻjaligiga tayangan boʻlsa-da, soʻnggi yillarda sanoat ishlab chiqarishining hajmi va tarmoqlar tarkibida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermoqda. Bu jarayon iqtisodiy modernizatsiya, investitsiyalarni jalb qilish, texnologik yangilanish va davlat tomonidan qabul qilingan sanoat siyosati bilan bevosita bogʻliqdir.

Article Details

Как цитировать:

Jumaniyazov , N. . (2025). MINTAQA IQTISODIY BARQARORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SANOAT TARKIBIY O‘ZGARISHLARINING MOHIYATI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(23), 41–45. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/61394

Библиографические ссылки:

Porter, M. The Competitive Advantage of Nations. – New York : Free Press, 1990. – 855 p.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. PF-60-son Farmon “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” // Lex.uz. – 2022. – URL: https://www.lex.uz

Vohidov A., Hasanov M., Yusupov B. Hududiy iqtisodiyot va sanoatni diversifikatsiya qilish. – Toshkent: Fan, 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, 2020–2024-yillar. – Toshkent: O‘zStatQo‘m, 2025. – https://stat.uz

Ergashev Sh. Raqamli iqtisodiyot va sanoatni diversifikatsiya qilish. – Toshkent: Innovation Press, 2024. – 214 b.

Jahon banki. World Development Report 2024: Thriving with Technology. – Vashington: Jahon banki nashriyoti, 2024. – 356 b. – https://www.worldbank.org

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. PF 158 son Farmon «O‘zbekiston — 2030 strategiyasi to‘g‘risida». 2023 yil 11 sentabr. – Toshkent: Lex.uz (O‘zbekiston Qonun hujjatlari milliy bazasi).

Xotamov I.S., Madraximova G.R. Sanoat iqtisodiyoti: Darslik. – Toshkent: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2022. – 252 b.