FARG’ONA VODIYSIDA RADIO VA TELEVIDENIYA TARIXI (1928–1991 YILLAR)
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu tezisda Farĝona vodiysida radio va televideniya tizimining 1928–1991 yillar oralig‘idagi shakllanishi va rivojlanish jarayoni tarixiy-arxiviy manbalar asosida tahlil etilgan. Tadqiqotda vodiyning uch viloyati — Farg‘ona, Namangan va Andijonda radioeshittirishlar hamda televideniya faoliyatining bosqichma-bosqich kengayib borishi, ularning texnik, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy ahamiyati yoritiladi. Xususan, 1928–1939 yillardagi “radiofikatsiya” jarayoni, Ikkinchi jahon urushi davridagi axborot roli, 1950–1980-yillardagi teleradio infratuzilmaning shakllanishi va 1991 yilgacha bo‘lgan mustahkamlash davri tahlil qilingan. Tezisda vodiyning mintaqaviy radiostansiyalari o‘zbek jamiyatida siyosiy barqarorlik, madaniy uyg‘onish va jamoaviy ongni shakllantirishda tutgan o‘rni ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi arxivi, “Farĝona vodiysi radiotizimi tarixi” (1928–1989).
Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyat ijroqo‘mlari arxiv hujjatlari (1932–1991).
Mukarramov J. O‘zSSRda teleradio tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari. Toshkent, 1985.
Karimova D.S. Namangan radiosi tarixi: shakllanishi, taraqqiyoti va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati. Namangan, 2025.
Abdullaev A. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari tarixi (1920–1990-yillar). Toshkent: Fan nashriyoti, 2003.
