QIZLAR NEGA TA’LIM OLISHI ZARUR?

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abstrak:

Bugungi kunga shukronalar bo‘lsinki, har sohaga qarasak ayol qizlar qadami yetgan, nafosati va iffatini saqlagan holda erkaklar bilan teng faoliyat olib bormoqdalar. Bu quvonarli, albatta. Lekin, tarixga, atigi 100 yil ortga nazar tashlasak qizlar tugul yigitlar ta’limiga ham qattiq qarshiliklar bo‘lgan. Buni biz jadidlarning katta mehnati singgan “yetmishvoylar” taqdirida ham ko‘rishimiz mumkin. Ta’lim uchun tirishgan, Berlinga borib bilim olgan o‘sha 70 talaba o‘zlarining jonkuyarlaridan bir necha kun o‘tib qaro yer bilan yuzlashganlar. Ya’ni 1938-yil oktabr oyida og‘ir ayblovlar bilan otib tashlanganlar. Ular xalq uchun, millat farzandlarining kelajagi, yurtning istiqboli uchun ilm oldilar va hatto ular orasidagi qizlar tug‘ishdan, ona bo‘lishdan ko‘ra yuksakroq o‘qishni tanladilar ana shu sharafli yo‘lda jon beradilar. Shunda bir savol tug‘iladi: “Biz nega o‘qiyapmiz?” Ana shu savol meni tun-u kun o‘ylantiryapti. Hozir qaysi oilaga boqmang, talabalik baxtiga erishgan farzandi kamida bittadan bor. Bu hozirgi zamon yoshlarining bilimga ishtiyoqi kattaligidanmi yoki odamlar orasidagi mavqeyini ko‘tarish uchun harakatmi?

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##