«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-01-30

JINOYAT TERGOVIDA SUNʻIY INTELLEKT VA INSON OMILI

Mazkur maqolada jinoyat tergovi jarayonida sunʻiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning huquqiy va amaliy jihatlari tergovchi faoliyati misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sunʻiy intellektning axborot-tahliliy vosita sifatidagi oʻrni, uning tergovchi qaror qabul qilish jarayoniga taʻsiri hamda inson omilini toʻliq almashtira olmasligi masalalari yoritiladi. Shuningdek, sunʻiy intellektdan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan huquqiy xatarlar va ularni cheklash zarurati asoslab beriladi.

Ulugbek Usmanov

4-8

2026-01-29

KASBIY TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TA’LIMNI TASHKIL ETISH

Mazkur maqolada kasbiy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, ta’lim jarayonini tashkil etishdagi o‘rni hamda zamonaviy raqamli vositalarning pedagogik samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitini shakllantirish, o‘qitish jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish va ta’lim sifatini oshirish masalalari tahlil qilingan.

Dagarova Zarnigor Ziyod qizi

9-11

2026-01-29

ВЛИЯНИЕ ГИПОТИРЕОЗА НА ПОКАЗАТЕЛИ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ У ЖЕНЩИН ПОСЛЕ ОПЕРАЦИЙ НА ЩИТОВИДНОЙ ЖЕЛЕЗЕ

Заболевания щитовидной железы широко распространены среди женщин, что обусловливает высокую частоту хирургических вмешательств по поводу узлового и многоузлового зоба, аутоиммунных поражений и опухолевых процессов. После операций на щитовидной железе нередко развивается послеоперационный гипотиреоз, требующий пожизненной заместительной гормональной терапии. Однако даже при достижении целевых лабораторных показателей у части пациенток сохраняются жалобы на утомляемость, снижение работоспособности, эмоциональную лабильность и ухудшение социальной адаптации. В этой связи оценка качества жизни как интегрального показателя физического и психоэмоционального состояния приобретает особую значимость. Изучение влияния гипотиреоза на показатели качества жизни у женщин после тиреоидных операций позволяет объективизировать функциональные последствия заболевания и оптимизировать тактику послеоперационного наблюдения.

Мадвалиева Хушноза Мансуржоновна

12-13

2026-01-29

SHAXS VA JAMIYATNING BADIIY TALQINI

Mazkur maqolada XIX asr Amerika adabiyotining yirik vakili Mark Tven hamda XX asr o‘zbek adabiyotining yetuk adibi Abdulla Qahhor ijodida realizm va satiraning ijtimoiy mohiyati qiyosiy-tahliliy jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqotda har ikki adib asarlarida jamiyat hayotining badiiy talqini, ijtimoiy illatlarning fosh etilishi, shaxs va muhit munosabatining tasviri tahlil qilinadi. Mark Tven ijodidagi yumor va istehzoga asoslangan satira hamda Abdulla Qahhor asarlaridagi achchiq kinoya va psixologik realizmning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Maqolada realizm va satiraning nafaqat badiiy uslub, balki ijtimoiy tanqid va ma’naviy tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi.

Mahliyo Tojimirzayeva Botirjon qizi

14-16

2026-01-29

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI O‘RNI VA ISTIQBOLLARI

Raqamli texnologiyalarning tezkor rivojlanishi zamonaviy jamiyatni tubdan o‘zgartirmoqda. Axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni boshqarish jarayonlari kundan-kunga murakkablashib bormoqda. Shu kontekstda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari IT sohasida innovatsion vosita sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Sun’iy intellekt inson aqlining murakkab jarayonlarini, jumladan tahlil qilish, qaror qabul qilish va bashorat qilish kabi vazifalarni kompyuter tizimlariga yuklash imkonini beradi. Shu sababli, SI texnologiyalarini o‘rganish va ularni IT sohasida samarali qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Aslidinova O‘g‘iloy Abbosjon qizi, Ulasheva Shaxlo Tagayevna

17-19

2026-01-29

O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTON O‘RTASIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY HAMKORLIKNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI (1991-2026-YILLAR)

Maqolada O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikning 1991-2026-yillardagi shakllanish bosqichlari silsilasi historik komponent bilan tahlil etiladi. Mustaqillikdan boshlab ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi, iqtisodiy va savdo aloqalarining mustahkamlanishi, strategik sheriklikka erishish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil davomida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar, transport-logistika integratsiyasi, investitsiya loyihalari va hududlararo forumlar mazmunan asoslanganligi yoritiladi. Maqola O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyot uchun ahamiyatini ko‘rsatadi.

Ramatov Murat Qalvayevich

20-23

2026-01-29

ABDURAHMON JOMIY “XAMSA”SINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI

Mazkur annotatsiyada buyuk mutafakkir va shoir Abdurahmon Jomiyning “Xamsa” asari hamda uning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Jomiyning “Xamsa”si Sharq mumtoz adabiyotidagi an’anaviy beshlik dostonlar tizimi asosida yaratilgan bo‘lib, unda insonparvarlik, axloqiy poklik, adolat, ma’naviy kamolot va ilohiy ishq g‘oyalari yetakchi o‘rin tutadi. Asarda tasavvufiy qarashlar badiiy obrazlar, ramzlar va falsafiy mushohadalar orqali chuqur ifodalangan. Jomiy badiiy tilning nafisligi, obrazlar tizimining boyligi va poetik uslubining yuksakligi bilan ajralib turadi. “Xamsa” nafaqat adabiy, balki ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim manba hisoblanadi.

Shahriyeva Muattar

24-26

2026-01-30

PEDAGOGIK KONFLIKTLARN BARTARAF ETISHDA MEDIATORLIK KO‘NIKMALARI

Ushbu maqolada pedagogik jarayonda yuzaga keladigan konfliktlarning kelib chiqish sabablari hamda ularni samarali bartaraf etishda mediatorlik ko‘nikmalarining o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ta’lim muhitida o‘qituvchi, o‘quvchi, ota-ona va ta’lim muassasasi ma’muriyati o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar ta’lim sifati va tarbiyaviy jarayon samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois pedagogning mediator sifatidagi roli alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada mediatorlikning asosiy tamoyillari — xolislik , empatiya, faol tinglash, muloqotni boshqarish va murosaga erishish ko‘nikmalari yoritilib, ularning pedagogik konfliktlarni konstruktiv hal etishdagi imkoniyatlari ochib beriladi.

Dilmurodova Zilolaxon Muhammadjon qizi , Abdurahmonova Sayyoraxon Shaxobiddinova

27-30

2026-01-31

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BOLALAR

Jamiyatning barqaror rivojlanishi avvalo undagi bolalarning farovonlik darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar — bu oilaviy, iqtisodiy, psixologik yoki sog‘liq bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan, jamiyat va davlat tomonidan qo‘shimcha yordamga ehtiyoj sezadigan yoshlar toifasidir.

Xusanova Mohinur Nodirbek qizi

31-33

2026-01-31

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIOTEXNOLOGIYA SOHASIDAGI MATERIAL UZATISH SHARTNOMALARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING DOLZARB MASALALARI

Maqolada O‘zbekistonda biotexnologiya sohasida biologik materiallarni uzatish shartnomalarini tartibga soluvchi huquqiy tizimning hozirgi holati tahlil qilinadi va islohotlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mavjud qonunchilikdagi kamchiliklarni aniqlash, xalqaro eng yaxshi tajribalarni o‘rganish va O‘zbekiston sharoitiga mos qonunchilik islohotlarini taklif qilishdan iborat. O‘zbekistonda biotexnologiya sohasida material uzatish shartnomalarini bevosita tartibga soluvchi maxsus qonun hujjatlari mavjud emas va bu xalqaro hamkorlik, innovatsiya rivojlanishi hamda genetik resurslarni himoya qilishda jiddiy muammolar yaratmoqda. Ishda doktrinal huquqiy tadqiqot usuli qo‘llanilgan bo‘lib, O‘zbekiston Fuqarolik kodeksi, xalqaro shartnomalar va Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa Ittifoqi hamda Xitoy tajribalari qiyosiy tahlil qilingan. Hozirgi Fuqarolik kodeksidagi umumiy shartnoma turlari biotexnologiyaning o‘ziga xos talablarini, jumladan xavfsizlik standartlari, intellektual mulk huquqlari, foyda taqsimlash va etik masalalarni to‘liq qamrab olmaydi. Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya va Nagoya protokoli kabi xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilingan, ammo ularni amalga oshiruvchi qonunchilik yetarli darajada shakllantirilmagan. Taklif etilayotgan yechim sifatida Fuqarolik kodeksiga biotexnologiya bo‘yicha maxsus bob qo‘shish va to‘liq Biotexnologiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilish zaruriyati asoslanadi. Tadqiqot natijalari qonun chiqaruvchilar, siyosatchilar va biotexnologiya muassasalari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasida ham qo‘llanilishi mumkin.

Mamanazarov Sardor Shuxratovich

34-46

2026-01-31

DRABLLARDA PRAGMALINGVISTIK HODISALARNING TAHLILI

Mazkur maqolada zamonaviy badiiy adabiyotda keng tarqalib borayotgan ixcham janrlardan biri — drabllarda pragmalingvistik hodisalarning namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida qisqa hajmda chuqur ma’no ifodalovchi drabblar tanlanib, ularda presuppozitsiya, implikatura, kontekstga bog‘liqlik, pragmatik paradoks va emotsional-ta’sirchan nutq aktlarining roli ochib beriladi. Tahlil jarayonida “Siniq deraza”, “Yotoqxona”, “Qasd va xalos”, “Hayrat” hamda “Tashlandiq” kabi drabllar misolida minimal til birliklari orqali maksimal semantik va pragmatik yuklama qanday hosil bo‘lishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, drabllarda aytilmagan fikr aytilganidan ko‘ra muhimroq bo‘lib, o‘quvchi matn mazmunini kontekst va yashirin ma’nolar orqali anglaydi. Shuningdek, drabllar o‘quvchini faol interpretatsiyaga undab, badiiy nutqning kommunikativ va psixologik ta’sirchanligini oshiradi. Maqola drabllarni pragmalingvistik nuqtayi nazardan o‘rganish zamonaviy adabiyot tahlilida muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi.

Jalolova Mohinur Bahramjonovna

47-50

2026-01-31

ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH (G‘ARBIY FRONTDA O‘ZGARISH YO‘Q) ROMANI MISOLIDA

Ushbu maqolada Erix Mariya Remarkning ‘‘G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q’’ romani asosida darslikda berilgan parchani dars jarayonida o‘quvchilarga tushunarli tarzda ochib berilgan, O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib o‘rgatilgan, Dars jarayonida rolli o‘yinlardan foydalanilgan, Multimedia vositalaridan ham samarali foydalanilgan.

Jo‘raboyeva Xalima

51-53

2026-01-31

ОСОБЕННОСТИ КЛИНИЧЕСКОГО ТЕЧЕНИЯ И ИММУНОЛОГИЧЕСКОГО СТАТУСА ПРИ ХРОНИЧЕСКОМ АДЕНОИДИТЕ У ДЕТЕЙ

Хронический аденоидит у детей является актуальной проблемой педиатрии и оториноларингологии, обусловленной высокой распространённостью заболевания и частыми рецидивами. Патология сопровождается длительным воспалением глоточной миндалины и нарушениями системного и местного иммунитета. В работе представлены результаты изучения клинических проявлений хронического аденоидита у детей и особенностей иммунологического статуса. Установлено, что изменения показателей клеточного и гуморального иммунитета коррелируют с выраженностью клинических симптомов заболевания. Полученные данные подтверждают значимость клинико-иммунологического подхода к диагностике и лечению хронического аденоидита у детей.

Исмaтова Камола Аскаровна, Умарова Шалола Зиёдулла кизи

54-55

2026-01-31

SUG‘URTA KOMPANIYALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI RISK OMILLARI VA ULARNI BOSHQARISHQA QAYTA SUG‘URTA MEXANIZMINING AMALDAGI HOLATI

Ushbu tezis sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi asosiy risk omillarini hamda ularni boshqarish mexanizmlarining amaldagi holatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda anderrayting, investitsiya, likvidlik va bozor risklarining sug‘urta kompaniyalari moliyaviy holatiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, risklarni boshqarishda qo‘llanilayotgan mexanizmlar, jumladan, portfel diversifikatsiyasi, aktivlar va majburiyatlar muvozanati (ALM), kapital yetarliligi va prudensial nazorat choralari baholanadi. Tadqiqot natijalari moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda samarali risk-menejment tizimining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Moyliyev Murod Baxtiyorovich

56-59

2026-01-31

XALQ QO‘SHIQLARIDA BORLIQ, INSON VA QADRIYATLAR TALQINI

O‘zbek xalq qo‘shiqlari milliy madaniyatning eng qadrlik unsurlaridan biri bo‘lib, unda insonning ichki dunyosi, jamiyat hayoti va milliy qadriyatlar badiiy obrazlar orqali talqin etiladi. Qo‘shiqlarda tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlik, insonning ichki his-tuyg‘ulari, sevgi, mehr-oqibat, vatanparvarlik, sabr va axloqiy qadriyatlar tasvirlanadi. Shu orqali qo‘shiqlar yosh avlodning ijtimoiy ongini shakllantiradi, ularni milliy va madaniy meros bilan tanishtiradi hamda insoniylik g‘oyalarini singdiradi. Xalq qo‘shiqlari nafaqat tarixiy va ijtimoiy voqealarni, balki insonning ruhiy olami va qadriyat tizimini ham aks ettiradi. Shuning uchun ular jamiyatning ijtimoiy-falsafiy va madaniy xotirasini saqlashda muhim vosita hisoblanadi.

Abdullayeva Madina, T.Shokirov

60-62

2026-01-31

ZAMONAVIY JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TA’LIM TIZIMINING MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada globallashuv, raqamlashtirish va bilim iqtisodiyoti sharoitida ta’lim tizimining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim mazmunining mehnat bozori talablariga mos kelmasligi, ta’limdagi raqamli tafovut, axloqiy tarbiya va ijtimoiy mas’uliyatning yetarli darajada shakllanmagani, shuningdek ta’lim tizimidagi boshqaruv muammolari kabi asosiy muammolar ochib beriladi.

Akramova Shaxnoza Valiyevna

63-66

2026-01-31

TIZIMLI-ALGORITMIK YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING DASTURLASHGA BO'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH

Ushbu maqolada talabalarning dasturlashga bo'lgan qiziqishini oshirishda tizimli-algoritmik yondashuvning ahamiyati ko'rib chiqilgan. Zamonaviy ta'lim jarayonida dasturlash ko'nikmalarini rivojlantirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida tizimli fikrlash va algoritmik yondashuvni o'quv jarayoniga integratsiya qilish orqali talabalarning o'quv faolligini oshirish, dasturlash tillarini o'zlashtirishda samaradorlikni yaxshilash imkoniyatlari tahlil qilingan.

Xazratov Fazliddin Xikmatovich

67-68

2026-01-31

ONA SUTI BILAN OZIQLANTIRISHNING MUDDATIDAN OLDIN TUG‘ILGAN BOLALAR UCHUN AHAMIYATI

Ona suti bilan oziqlantirish muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar parvarishida muhim va ajralmas omil hisoblanadi. Ona suti tarkibidagi biologik faol moddalar, immunoglobulinlar, o‘sish omillari hamda fermentlar muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning yetilmagan organizmini himoyalash va rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ona suti bilan oziqlantirish infeksion kasalliklar xavfini kamaytirib, ovqat hazm qilish tizimining moslashuvini tezlashtiradi hamda nekrotik enterokolit kabi og‘ir asoratlarning oldini olishga yordam beradi. Ushbu annotatsiyada muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar uchun ona sutining afzalliklari, uning immunologik, metabolik va neyro-rivojlanishdagi ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan.

Tashmatova Rohatoy Akmaljon qizi, Qambarov Zafarbek

69-71

2026-01-31

MUDDATIDAN OLDIN TUG‘ILGAN BOLALARDA NAFAS YETISHMOVCHILIGI

Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda nafas yetishmovchiligi neonatologiyada eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu holat asosan o‘pka to‘qimasining yetilmaganligi, surfaktant yetishmovchiligi va nafas markazining funksional nomukammalligi bilan bog‘liq. Nafas yetishmovchiligi gipoksiya, metabolik buzilishlar va ko‘plab asoratlarning rivojlanishiga olib keladi. Ushbu maqolada muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda nafas yetishmovchiligining etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi hamda zamonaviy davolash va profilaktika usullari yoritilgan. Erta tashxis qo‘yish va kompleks yondashuv chaqaloqlar yashab qolish darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Tashmatova Rohatoy Akmaljon qizi

72-74

2026-01-31

KORXONALARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TAHLIL QILISHNING IQTISODIY AHAMIYATI

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning uzluksiz va samarali faoliyat yuritishi ularning moliyaviy holati va barqarorligiga bevosita bog‘liqdir. Moliyaviy barqarorlik korxonaning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish, ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom ettirish hamda uzoq muddatli rivojlanishni ta’minlash qobiliyatini ifodalaydi. Shu bois korxonalarning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi va u boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy analitik vositalardan biri hisoblanadi.

Mavlonov Ozod Ulug‘bekovich

75-77

2026-01-31

АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА ПОВЕДЕНИЕ ПОТРЕБИТЕЛЕЙ ПРИ ПОКУПКЕ ТУРИСТИЧЕСКИХ УСЛУГ

В данной статье рассматриваются факторы, влияющие на покупательское поведение потребителей на каждом из этапов процесса принятия ими решения о покупке.

Хожикулов Бектош Эшмаматович

78-84

2026-01-31