SHAXSNING DAXLSIZLIK HUQUQI VA SHAXSIY MAʼLUMOTLAR TIZIMIDA UNUTILISH HUQUQINING OʻRNI

Main Article Content

Abstract:

Tezisda raqamlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashning huquqiy asoslari oʻrganilgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Yevropa Ittifoqining Umumiy Maʼlumotlarni Himoya qilish Reglamenti (GDPR) tahlil qilinib, ularning oʻxshash va farqli jihatlari aniqlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari koʻrsatib oʻtilgan. Tezisda, sunʼiy intellekt texnologiyalari va shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik masalalari ham muhokama etilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish sohasida muhim qadamlar qoʻygan boʻlsa-da, qonunchilikni yanada takomillashtirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va xalqaro tajribani oʻrganish orqali milliy tizimni rivojlantirish zarur.

Article Details

How to Cite:

Mansurova, N. (2025). SHAXSNING DAXLSIZLIK HUQUQI VA SHAXSIY MAʼLUMOTLAR TIZIMIDA UNUTILISH HUQUQINING OʻRNI. Science and Technology in the Modern World, 4(16), 35–40. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/55074

References:

Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (2019-yil 2-iyul, OʻRQ-547-son).

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // https://lex.uz/docs/-35869

“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni. // https://lex.uz/acts/-82956

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. // https://lex.uz/docs/-111453

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi. // https://lex.uz/acts/-97664

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-oktabrdagi №916 sonli “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi Qarori.

Umumiy Maʼlumotlarni Himoya qilish Reglamenti (GDPR). // https://gdpr-info.eu/

Turdibekov J. Q. “Shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilishda fuqaroviy-huquqiy yondashuv” BMI. TDYU, 2023-yil.

Toobin J. “The Solace of Oblivion”. // The New Yorker, 2014.