BANK TIZIMIDA MUAMMOLI AKTIVLARNI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKT VA ML TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI

Main Article Content

Abstract:

Bank sektorining transformatsiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasida kredit risklarini boshqarish samaradorligini oshirish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, ayniqsa, muammoli qarzdorlik (non-performing loans, NPL) sohasida. Qarzdorlarning to‘lovga qobiliyatini baholash tizimini isloh qilish, IFRS 9 standartlari va Basel III tavsiyalarini joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralariga qaramay, muddati o‘tgan qarzlar darajasi hanuzgacha ayrim kredit tashkilotlarining, ayniqsa chakana va mikro moliyaviy segmentlarda, moliyaviy barqarorligiga sezilarli bosim o‘tkazmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda umumiy kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda, biroq bu ko‘rsatkich tashqi iqtisodiy silkinishlar va kredit anderrayting jarayonlari sifatiga nisbatan yuqori sezuvchanlikni saqlab qolmoqda.

Article Details

How to Cite:

Xodjayev , H. . (2025). BANK TIZIMIDA MUAMMOLI AKTIVLARNI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKT VA ML TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI. Science and Technology in the Modern World, 4(19), 168–171. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/57752

References:

O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (2023-yil 17-iyuldagi tahrirda).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PQ–4707-sonli qarori “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi (2020–2025-yillar) to‘g‘risida”.

Basel Committee on Banking Supervision. Guidelines on Management of Non-Performing Exposures and Forbearance. Bank for International Settlements, 2019.

IFRS Foundation. IFRS 9 Financial Instruments. London: IFRS, 2022.

Xodjayev X.M. (2023). Zamonaviy yondashuvlar asosida O‘zbekiston bank tizimida kredit xavfini baholash. Finanslar va bank jurnali, №1, 44–51-betlar.

Safarov U.K. (2024). O‘zbekiston bank amaliyotida intellektual tizimlarni joriy etish istiqbollari. Davlat boshqaruvi akademiyasi ilmiy to‘plami, №1, 72–79-betlar.

Maxkamova Sh.B. (2022). Banklarda raqamlashtirish va risk-menejment: muammolar va istiqbollar. O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi axborotnomasi, №2, 61–68-betlar.