RAQAMLI INFRATUZILMANING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI EKSPORT DIVERSIFIKATSIYASIGA TA’SIRI
Main Article Content
Abstract:
Ushbu tadqiqot ishi raqamlashtirishning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun eksportni diversifikatsiya qilishda qanday ta’sir qilishini empirik jihatdan baholaydi. Tadqiqot OLS, Tasodifiy ta’sir (RE) va Fiksirlangan ta’sir (FE) modellaridan foydalanilgan bo‘lib, kelib chiqqan natijalardan shuni aytish mumkinki, davlatlarning raqamli infratuzilma darajasini yaxshilashlari mamlakat eksport diversifikatsiyasini oshirishiga va eksport konsentratsiyasini esa kamayishiga olib keladi. Undan tashqari tadqiqotning nazorat o‘zgaruvchilari sifatida kiritilgan bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilar ichidan yalpi asosiy kapital hajmi, inson kapitali va ishsizlik darajalari ko‘rsatkichlari ham eksportni diversifikatsiya qilishda juda muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi. Umuman olganda, ushbu tadqiqot Markaziy Osiyoda Axborot Kommunikatsiya va Texnologiyalari (AKT) ya’ni raqamli infratuzilmani yangilash eksportni diversifikatsiya qilishda va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Article Details
How to Cite:
References:
Gnangnon, S. K. (2020). Effect of the internet on services export diversification. Journal of Economic Integration, 35(3), 519-558.
Mirzaye, S., & Mohiuddin, M. (2025). Digital transformation in international trade: Opportunities, challenges, and policy implications. Journal of Risk and Financial Management, 18(8), 421.
Sultanova, G., & Naser, H. (2024). The impact of information and communication technologies on export diversification: Evidence from developing countries. The Journal of International Trade & Economic Development, 1-35.
