«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-09-30
Статьи
SHOLI SELEKSIYASIDA TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA ISTIQBOLLI NAMUNALARNI TANLASH
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida sholi seleksiya namunalarining texnologik sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqotlarda donning qobiqliligi, shishasimonligi, don yorilishi, umumiy va butun guruch chiqimi kabi asosiy sifat mezonlari tahlil qilindi. Tajribada Guliston navi standart sifatida qabul qilinib, boshqa seleksiya namunalarining ko‘rsatkichlari shu nav bilan taqqoslandi. Olingan natijalarga ko‘ra, 20-09-3 va 20-11-2 namunalarida yuqori butun guruch chiqimi qayd etildi, Guliston navi va D-47-17 namunalarida don yorilish darajasi past bo‘lib, yuqori sifatli guruch olish imkonini berdi. Ushbu ko‘rsatkichlar istiqbolli namunalarni tanlab olish va kelgusida yangi seleksiya navlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-09-30
CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB QILISHDA HUQUQIY KAFOLATLAR VA NIZOLARNI HAL QILISH MEXANIZMLARI
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy modernizatsiya strategiyasida xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (XTI) iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi hal qiluvchi resurs hisoblanadi. XTI ni jalb qilishning ajralmas sharti esa investorlarning o‘z kapitalini yo‘qotish xavfidan himoyalanishiga bo‘lgan ishonchidir. Bu ishonch, bir tomondan, mustahkam huquqiy kafolatlarga, ikkinchi tomondan, yuzaga keladigan nizolarni xalqaro me’yorlar asosida tez va shaffof hal etish mexanizmlariga asoslanadi. Huquqshunos olimlar huquqiy mexanizmlarning samaradorligini oshirish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlaydilar. Ushbu tezisning maqsadi O‘zbekistonning amaldagi investitsiya qonunchiligi (xususan, 2019-yildagi O‘RQ-598) va nizolarni hal qilishga oid evolyutsion huquqiy bazasi doirasida chet el investorlarining himoyasini chuqur tahlil qilishdan iborat.
2025-09-30
YASHIL BANK AMALIYOTLARINI JORIY ETISHDA MIJOZLARGA BOG‘LIQ MUAMMOLAR VA ULARNING BANK FAOLIYATIGA TA’SIRI
Yashil bank amaliyotlarini joriy etishda nafaqat banklarning tashabbuslari, balki mijozlarning xulq-atvori ham muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda iste’molchilar ekologik barqarorlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlashini bildirayotgan bo‘lsalar-da, ularning kundalik moliyaviy xatti-harakatlari bu qarorlarini har doim ham aks ettirmaydi. Shu bois, mijozlarning yashil bank xizmatlariga bo‘lgan munosabatini chuqur o‘rganish va ularni faol ishtirok etishga undovchi mexanizmlarni ishlab chiqish nafaqat mijozlarning tabiat bilan do‘stona munosabati uchun zarurdir, balki yashil bank amaliyotlarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-09-30
ESHITISH QOBILYATI ZAIF BOLALARDA NUTQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING MAXSUS USULLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada eshitish qobilyati zaif bolalarda nutqiy tafakkurni rivojlantirishning maxsus usullari va ularning samaradorligi bolalarda nutq rivojlanishi, og’zaki nutqning ahamiyati, og’zaki nutqini rivojlantirish usullari to’g’risida mulohazalar yuritilgan. Nutq bu til deb ataluvchi, o'ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq harakatdagi til bo'lib, nutq a'zolarining harakati jarayonida paydo bo'ladi va so'z shakllari, so'z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Nutq madaniyati, madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha ma'lum lingvistik me'yorlar, etikaviy va estetikaviy talablar bilan aloqador bo'lgan tushuncha hisoblanadi.
2025-09-30
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI VA SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektni rivojlantirish dasturlari va samaradorligini oshirish imkonyatlarini berdi. Axloqiy munosabatlarning shakllanishi tashqi va ichki omillar bilan belgilanadi. Ushbu tadqiqotda tashqi omillar ko'proq o'rganildi, chunki maktabgacha yoshda ichki omillarning ta'siri (yetarli darajada sub'ektivlik, yetuk aks ettirish, yaxlit o'ziga xoslik va boshqalar) ahamiyatli emas. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar ro'y beradi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi.
2025-09-30
BOLALARDA NUTQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING VOSITA VA USULLARI
Ushbu tezisda bolalarda tafakkurning rivojlantirishning vosita va usullari haqida bir qancha ma’lumotlar berilib o’tadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o’rgatish, nutqini rivojlantish, nutriy munosabatga, muammolarga o’rgatishdir. Bolalarning tafakkur va nutq rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va emotsional omillar, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Nutq va tafakkur rivojlanishida didaktik o‘yinlar, interfaol metodlar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Xulosa va tavsiyalar qismida bolalarning psixologik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun pedagoglar va ota-onalar hamkorligining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tezisda maktabgacha ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2025-09-30
DIFFERENSIYALASHGAN TA'LIMNING TURLI DARAJADAGI TALABALARNING O'ZIGA BO'LGAN ISHONCHIGA TA'SIRI: INDIVIDUAL YONDASHUV
Ushbu maqolada differensiyalashgan ta’limning talabalarda o’ziga bo’lgan ishonchni shakllantirishdagi o’rni tahlil qilingan. Individual yondashuvning samaradorligi, turli darajadagi talabalarga moslashtirilgan topshiriqlarning psixologik ta’siri hamda o’ziga ishonchning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilgan.
2025-09-30
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING BOLALAR RUHIY SALOMATLIGIGA SALBIY TA'SIRINI OLDINI OLISH
Maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning bolalar ruhiy salomatligiga ta'siri, ularning salbiy oqibatlari va bunday muammolarni oldini olish bo’yicha samarali choralar ko’rib chiqiladi. Raqamli dunyo imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hamda bola psixikasini himoya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi.
2025-09-30
1946-1991 ЖЫЛЛАРЫ ҚАРАҚАЛПАҚСТАНДА ТЕМИР ЖОЛ ҚУРЫЛЫСЫНЫҢ ӘМЕЛГЕ АСЫРЫЛЫЎЫ
Бул тезисте Қарақалпақстанның темир жол қурылысының әмелге асырылыўы тарийхы сөз етиледи. Бунда темир жол транспортларының раўажланыўы республика економикасына тәсири сондай-ақ аўыл хожалығының өсиўине шараятлар жаратып бергенлиги көрсетип берилген.
2025-09-30
LINGUISTIC ANALYSIS OF CHATGPT MODEL RESPONSES (ANALYSIS OF CHATGPT RESPONSES FROM A LINGUISTIC PERSPECTIVE)
This paper presents a linguistic analysis of texts generated by ChatGPT, an artificial intelligence-based language model. The study examines the stylistic, grammatical, pragmatic, and discursive characteristics of ChatGPT’s responses. The goal is to assess the model’s linguistic competence, its closeness to human-like communication, and to identify its current limitations. Findings offer insights into the model’s role in modern linguistics and contribute to discussions on the future of artificial intelligence in language-related fields.
2025-09-30
MINTAQAVIY RIVOJLANISH PROGNOZLARINI ISHLAB CHIQISHDA EKONOMETRIK METODOLOGIYANI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada mintaqaviy rivojlanish prognozlarini shakllantirish jarayonida ekonometrik metodologiyani takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilindi. Hududiy rivojlanishning dinamikasi, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va resurslardan foydalanish samaradorligini aniq baholash uchun ekonometrik usullarning roli yoritildi. Tadqiqot davomida 2010–2023-yillar uchun O‘zbekiston hududlari bo‘yicha panel ma’lumotlardan foydalangan holda regressiya, ARIMA va VAR modellarini integratsiyalashgan yondashuv sifatida qo‘llashning ustunliklari ko‘rsatib berildi. Olingan natijalar mintaqaviy siyosatni ilmiy asoslash va prognozlarning aniqligini oshirishga xizmat qiladi.
2025-09-30
ЧАСТОТА И ОСОБЕННОСТИ ТИРЕОИДНОЙ ПАТОЛОГИИ У ЖЕНЩИН С ПРИВЫЧНЫМ НЕВЫНАШИВАНИЕМ БЕРЕМЕННОСТИ
Тиреоидная патология является одним из наиболее значимых эндокринных факторов, влияющих на исход беременности, и занимает важное место в структуре причин привычного невынашивания. Установлено, что нарушения функции щитовидной железы, включая субклинический гипотиреоз, гипотиреоз и аутоиммунный тиреоидит, встречаются у 25–40 % женщин с повторными репродуктивными потерями, что существенно выше по сравнению с общей популяцией. Даже незначительные отклонения тиреоидного статуса оказывают неблагоприятное влияние на имплантацию эмбриона, формирование плаценты и поддержание беременности на ранних сроках.
2025-09-30
IJTIMOIY TARMOQLAR UCHUN MULTIMEDIYAVIY KONTENT YARATISHDA ONLAYN INSTRUMENTLAR ROLI
Mazkur tezisda ijtimoiy tarmoqlar uchun multimediyaviy kontent yaratishda onlayn instrumentlarning roli, ularning samaradorligi va pedagogik, jurnalistik va kommunikativ jarayonlardagi ahamiyati tahlil qilingan. Ishda zamonaviy raqamli vositalar (Canva, CapCut, Genially, Powtoon va boshqalar) yordamida kontent ishlab chiqish jarayoni, ularning auditoriya bilan o‘zaro muloqotni kuchaytirishdagi o‘rni, shuningdek, O‘zbekiston tajribasi ko‘rsatib berilgan. Jumladan, texnik va metodik cheklovlar, mualliflik huquqi masalalari ham tahlil qilingan. Ish yakunida onlayn instrumentlardan samarali foydalanish orqali kontent sifatini oshirish va foydalanuvchilarning raqamli savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltirib o’tilgan.
2025-09-30
