ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA INGICHKA TOLALI TUT IPAK QURTI (BOMBYX MORI L.) SANOAT DURAGAYLARINI SAMARALI PARVARISHLASH AGROTEXNIKASI VA UNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
Mazkur maqolada Andijon viloyatining agroekologik sharoitida sanoat ahamiyatiga ega ingichka tolali tut ipak qurti (Bombyx mori L.) duragaylarining biologik va texnologik ko‘rsatkichlari 3 yil davomida o‘tkazilgan laboratoriya tajribalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda “Mayin tola-1”, “Mayin tola-2”, “Navbahor-1”, “Navbahor-2” hamda nazorat sifatida “Yapon × Xitoy” duragaylari parvarishlanib, ularning hayotchanligi, ipakchanligi va ozuqadan foydalanish samaradorligi baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, “Mayin tola-1” va “Navbahor-2” duragaylari yuqori biologik barqarorlik va pilla hosildorligi bilan ajralib turgani aniqlandi. Shuningdek, kichik yoshdagi ipak qurtlarini plyonka ostida parvarishlash agrotexnikasining takomillashtirilgan usuli pilla mahsuldorligini oshirish hamda tut bargidan foydalanish samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishi isbotlandi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
##submission.howToCite##:
##submission.citations##:
Bekkamov Ch.I., Mirzaliyeva D.B., Alimjonova Sh.Sh., Abdullayeva M.J. Plyonka ostida boqish jarayonini lichinkalarning biologik va yetishtrilayotgan pillalarning texnologik ko`rsatkichlariga ta`siri. International scientific and practical conference “Application of innovative technologies and effective use of genetic-selection achievements in increasing livestock productivity” february18, 2025.201-205
Nasirillaev B.U., Xudjamatov S.X., Abdiqodirov M.A. Tut ipak qurtining hayot siklini qisqartirish davomida pilla mahsuldorligi ko`rsatkichlarining o`zgarishi. Research and education, (2024). 3(2), 43–49. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/re/article/view/6283
Nasirillayev B.U., To‘xtamurodova M.M., Xudjamatov S. X. Tut ipak qurtining rivojlanishida lichinkalik davri qisqa bo`lgan zotlarni yaratish istiqbollari. Research and education, (2025). 4 (1), 33-41. https://researchweb.uz/index.php/researchedu/article/view/344
Mirzaxadjayev M., Mirzaxadjayev B., Umarov Sh., Sodiqov D. Ipak qurtini choyshab ostida boqish so`kichagining konstruktsiyasi va sinov natijalari .// O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. .Toshkent. 2019. №2.38 b.
Yakubov A.B. Ingichka tolali ipak qurti duragaylarini barg tanqisligida, yangi texnologiya asosida parvarishlash. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali №4 (32) son,2023yil 51-53 b.
