MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY KO`RSATKICHLARI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abstrak:

Ushbu ishda milliy iqtisodiyot tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar keng yoritib berilgan. Milliy iqtisodiyot davlat hududida faoliyat yuritayotgan barcha xo‘jalik subyektlari – uy xo‘jaliklari, korxonalar, davlat va tashqi sektor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmui sifatida talqin qilinadi. Annotatsiyada milliy iqtisodiyotning shakllanishi, amal qilish mexanizmi va uning iqtisodiy tizimdagi o‘rni batafsil tahlil qilinadi. Mazkur mavzuda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ahamiyati alohida e’tiborga olingan bo‘lib, ular orqali mamlakat iqtisodiyotining umumiy holati, barqarorligi va rivojlanish sur’atlarini baholash imkoniyati ochib beriladi. Jumladan, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, inflyatsiya darajasi, ishsizlik darajasi, davlat byudjeti holati, tashqi savdo balansi va milliy valyuta kursi kabi asosiy ko‘rsatkichlarning mazmuni, hisoblash usullari hamda iqtisodiy jarayonlarga ta’siri izohlangan. Ushbu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotda yuz berayotgan ijobiy va salbiy jarayonlarni aniqlashda muhim vosita ekanligi asoslab berilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##