RANGLAR SEMANTIKASI VA MADANIY KODLAR: SEMIOTIK, LINGVOMADANIY VA PRAGMATIK TALQIN
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
Ushbu maqolada ranglar zamonaviy tilshunoslik va semiotika nuqtayi nazaridan madaniy axborotni tashuvchi murakkab belgilar tizimi sifatida tahlil qilinadi. Rang belgisining belgilovchi va belgilanuvchi qismlaridan iboratligi klassik semiotik model asosida yoritilib, rang ma’nolarining biologik idrokdan ko‘ra madaniy talqin bilan belgilanashi asoslab beriladi. Ranglarning lingvomadaniy, somatik, predmetli, makon va zamonga oid, biomorf hamda ma’naviy kodlar orqali ko‘p qatlamli semantik tuzilishga ega ekani ko‘rsatilib, ularning madaniy-spetsifik va universal jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Oq, qizil va qora ranglar misolida rang ma’nolarining turli madaniyatlarda turlicha kodlanishi hamda zamonaviy ijtimoiy amaliyotda, xususan moda va kiyinish madaniyatida semantik siljish jarayonlari izohlanadi. Tadqiqot natijalari ranglarni semiotik belgi, lingvomadaniy kod va pragmatik signal sifatida o‘rganish til, madaniyat va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib berishini ko‘rsatadi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
##submission.howToCite##:
##submission.citations##:
Маслова, В. А., Пименова М. В. Коды лингвокультуры. – М.: Флинта, Наука, 2016,- 180 с.; Маслова, В. А. Культурные коды как путь описания взаимодействия языка и культуры // Материалы Междунар. науч. конф., Минск, 22-23 декабря 2020 г. – Минск : МГЛУ, 2021. – С. 101–104.; Красных В.В. Этнопсихолингвистика и лингвокультурология. Лекционный курс. – М.: Гнозис, 2002. – 284 с.
Xudoyberganova D. Lingvokulturologiyada madaniy kod tushunchasi va talqini//O`zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2019. – №3. –Б.35
Полвонова С. Маданий коднинг назарий масалалари // https://journal.fledu.uz/uz/madanij-kodning-nazarij-masalalari/
https://zamin.uz/madaniyat/68277-sevimli-kiyim-ranglari-harakteringizni-oshkor-qiladimi.html
