«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-05-19
Статьи
KREDIT VA QARZ MAJBURIYATLARINI HISOBGA OLISH VA ULARNI NAZORAT QILISHDA AUDITORLIKNING ROLI
Ushbu tezisda korxonalarda kredit va qarz majburiyatlarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish va ularni auditorlik nazorati orqali tekshirishning ahamiyati tahlil qilinadi. Majburiyatlarning to‘g‘ri hisobga olinishi moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlabgina qolmay, qaror qabul qiluvchilar uchun aniq va o‘z vaqtida axborot taqdim etadi. Auditorlik jarayoni esa kredit va qarzlarning yuzaga kelishi, to‘lov muddati, foiz xarajatlari va moliyaviy risklar bo‘yicha chuqur tekshiruv olib borishga imkon yaratadi. Tezisda auditning nazorat va aniqlik vazifasi bilan birga, tavsiyalar beruvchi roli ham ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-05-19
MOLIYAVIY HISOBOTLARNING XALQARO STANDARTLARINING KONTSEPTUAL ASOSLARI
Ushbu maqola moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (IFRS) ning kontseptual asoslarini chuqur tahlil qiladi va ularning global miqyosda moliyaviy hisobotlarda shaffoflik, taqqoslanuvchanlik va ishonchlilikni ta’minlashdagi muhim rolini ta’kidlaydi. Maqolada IFRS tamoyillari, ularning tarixiy rivojlanishi, zamonaviy moliyaviy tizimlardagi ahamiyati hamda O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda joriy etishdagi qiyinchiliklar va imkoniyatlar keng yoritiladi. Tadqiqot IFRS ning nazariy va amaliy jihatlarini tushuntirish orqali moliyaviy sektor ishtirokchilariga ushbu standartlarning global va mahalliy kontekstdagi o‘rnini tushunishda yordam berishga qaratilgan.
2025-05-19
DIVIDENDLAR VA FOIZ DAROMADLARI HISOBINING MOLIYAVIY HISOBOTLARDAGI AKS ETTIRILISHI
Ushbu tezisda aksionerlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi dividendlar va foiz daromadlarining buxgalteriya hisobida yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishi masalalari yoritilgan. Foiz va dividend shaklidagi passiv daromadlar korxonaning investitsiya faoliyati natijasi sifatida shakllanib, umumiy daromad tuzilmasining ahamiyatli qismini tashkil etadi. Tezisda ularning buxgalteriyadagi aks ettirilish tartibi, hisobot shakllarida ifodalanishi, soliq hisobidagi o‘ziga xosliklari va ularning moliyaviy natijalarga ta’siri amaliy yondashuv asosida bayon qilingan.
2025-05-19
SOLIQ VA YIG‘IMLAR MAJBURIYATLARINI HISOBGA OLISHDA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINING ROLI
Mazkur tezisda soliq va yig‘imlar bo‘yicha soliqqа tortish majburiyatlarini hisobga olishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ahamiyati, ulardan foydalanish tartibi va qo‘llanishdagi amaliy imkoniyatlar tahlil qilinadi. Soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, to‘lov intizomi, real vaqt rejimidagi monitoring, axborotlarning aniqligi va xavfsizligini ta’minlashda avtomatlashtirilgan tizimlarning tutgan o‘rni ilmiy va amaliy jihatdan asoslanadi.
2025-05-19
HISOB-KITOBLAR OPERATSIYALARIDA BANK HISOB VARAQLARI HARAKATINING TAHLILI VA HISOBLASH USULLARI
Ushbu tezisda korxonalarda hisob-kitoblar operatsiyalarida bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladigan pul mablag‘lari harakatining tahlili va bu harakatlarni hisoblash usullari ko‘rib chiqilgan. Bank hisobvaraqlari orqali yuritiladigan operatsiyalar korxona moliyaviy intizomi, to‘lovga layoqatliligi va pul oqimlarining shaffofligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tezisda bank hisobvaraqlari harakatlarini hisobga olishning buxgalteriyadagi aks ettirilish tartibi, bu harakatlar asosida shakllantiriladigan moliyaviy ko‘rsatkichlar va ularning tahlil metodlari yoritilgan. Amaliy misollar orqali bank aylanmalari samaradorligini baholash usullari ham bayon etilgan.
2025-05-19
MOLIYAVIY VA SOLIQ HISOBOTLARINI TAYYORLASHDA DASTLABKI HUJJATLARNING ROLI
Mazkur tezisda moliyaviy va soliq hisobotlarining shakllantirilishida dastlabki buxgalteriya hujjatlarining ahamiyati, ularning aniqligi va ishonchliligi hisobot sifatiga qanday ta’sir qilishi, hamda hisobotlar tayyorlanishida hujjat aylanishining roli yoritilgan. Hisobot yuritish jarayonida boshlang‘ich hujjatlarning tuzilishi, tasdiqlanishi va ularni rasmiylashtirishdagi xatoliklarning oqibatlari tahlil etiladi.
2025-05-19
BUXGALTERIYA AXBOROT TIZIMLARINI MHXS TALABLARIGA MOSLASHTIRISHDA TEXNOLOGIK YONDASHUVLAR
Mazkur tezisda buxgalteriya axborot tizimlarining xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) talablariga muvofiqlashtirish masalalari o‘rganiladi. Raqamli texnologiyalarni joriy qilish, avtomatlashtirilgan dasturlarni xalqaro me’yorlarga moslashtirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash orqali korxonalarning moliyaviy hisobotlarining aniqligi, shaffofligi va solishtiriluvchanligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
2025-05-19
XO‘JALIK JIHOZLARI VA INVENTARNING BUXGALTERIYA HISOBI BO‘YICHA AUDIT TEKSHIRUVLARINING TASHKIL ETILISHI
Mazkur tezisda xo‘jalik jihozlari va inventarning buxgalteriya hisobi bo‘yicha audit tekshiruvlarini tashkil etish tartibi, huquqiy-me’yoriy asoslari, hisobda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va auditda aniqlanadigan muhim jihatlar tahlil qilingan. Inventar va xo‘jalik jihozlarining hisobga olinishi, inventarizatsiya jarayoni va audit yondashuvi orqali ularning haqiqiy holatini aniqlash masalalari yoritilgan. Tezisda shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ichki nazorat vositalari va audit tekshiruvlarining takomillashuviga oid amaliy tavsiyalar ham berilgan.
2025-05-19
XALQARO BANK OPERATSIYALARI VA ULARNI HISOBGA OLISHNING MILLIY STANDARTLARGA MOSLASHTIRILGAN MODELI
Mazkur tezisda xalqaro bank operatsiyalarining mazmun-mohiyati, ularning hisobi va milliy standartlarga integratsiyalashgan shaklda yuritilishining amaliy modeli tadqiq qilingan. Tezisda xalqaro hisob-kitoblar, valyuta operatsiyalari, akkreditivlar, inkasso va bank kafolatlari bo‘yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi, ularni hujjatlashtirish tartibi va O‘zbekiston Respublikasi milliy buxgalteriya standartlariga moslashtirish yo‘llari yoritilgan. Amaliy tajribalar asosida xalqaro amaliyot va milliy tartibotlar o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatilgan va ularni bir-biriga yaqinlashtirish uchun takliflar ishlab chiqilgan.
2025-05-19
LIZING ASOSIDA ASOSIY VOSITALAR HARAKATINI AKS ETTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI VA USLUBIY YONDASHUVI
Mazkur ilmiy tezisda lizing asosida asosiy vositalar harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirishning nazariy asoslari, xalqaro va milliy amaliyotda shakllangan uslubiy yondashuvlari chuqur tahlil etilgan. Ayniqsa, moliyaviy va operatsion lizing o‘rtasidagi farqlar, aktivlarning hisobga olinishi, amortizatsiya siyosatiga ta’siri va hisobotlarda ko‘rsatish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslangan. Lizing asosidagi asosiy vositalar harakati korxona resurslaridan samarali foydalanish, investitsion faollikni oshirish va buxgalteriya axborotining shaffofligini ta’minlashdagi o‘rni ko‘rsatilgan.
2025-05-19
O’ZBEKISTON TIJORRAT BANKLARIDA KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida kredit siyosatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda mamlakat bank tizimining joriy holati tahlil qilinadi, kredit siyosatidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Xususan, kreditlash jarayonida risklarni boshqarish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, korporativ boshqaruvni yaxshilash va xalqaro tajribani qo‘llash masalalari o‘rganiladi. Tadqiqot O‘zbekiston bank sektorida davlat ishtirokini optimallashtirish, kredit portfeli sifatini oshirish va iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirishni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Ishda statistik tahlil, taqqoslash va xalqaro amaliyotni mahalliy sharoitga moslashtirish usullaridan foydalanilgan. Natijalar bank tizimining barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.
2025-05-19
MOLIYAVIY AKTIVLAR BO‘YICHA DAROMADLAR VA ULARNING HISOBOTDAGI IFODALANISHI
Mazkur tezisda korxonaning moliyaviy aktivlaridan olinadigan daromadlar turlari, ularning shakllanish manbalari va buxgalteriya hisobotlarida aks ettirilish tartibi chuqur tahlil qilingan. Foizlar, dividendlar va realatsiya daromadlari moliyaviy aktivlardan eng ko‘p uchraydigan foyda manbalari hisoblanadi. Tezisda ularning hisobga olinishi, moliyaviy natijalarga ta’siri va hisobot shakllaridagi ifodalanish holatlari nazariy hamda amaliy yondashuv asosida yoritilgan.
2025-05-19
XALQARO AMALIYOTDA BANKLAR BUXGALTERIYA HISOBI YURITILISHINING SOLISHTIRMA TAHLILI
Ushbu tezisda turli mamlakatlar banklarida buxgalteriya hisobining yuritilishi tahlil qilinadi, ularning xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS/IFRS) asosida yuritilayotgan amaliyotlari O‘zbekiston banklarida qo‘llanilayotgan usullar bilan solishtiriladi. Bank hisobining aniqligi, shaffofligi va real investitsion muhitga ta’siri nuqtai nazaridan yondashuvlar ilmiy jihatdan baholanadi.
2025-05-19
UZOQ MUDDATLI VA QISQA MUDDATLI INVESTITSIYALARNING HISOB YURITILISHIDAGI FARQLAR
Ushbu tezisda korxonalarda amalga oshiriladigan moliyaviy investitsiyalarning muddatiga qarab turli buxgalteriya hisob yuritilishi o‘rganiladi. Xususan, uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni tan olish, baholash, qayd etish va hisobotda aks ettirishning milliy hamda xalqaro standartlardagi asosiy farqlari, amaliy tajribadagi qo‘llanilishi hamda moliyaviy natijalarga ta’siri tahlil qilinadi.
2025-05-19
MOLIYAVIY BARQARORLIKKA MAJBURIYATLAR DINAMIKASINING TA’SIRI VA TAHLILI
Ushbu tezisda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligiga ularning qisqa va uzoq muddatli majburiyatlari miqdori, tarkibi va dinamikasining qanday ta’sir ko‘rsatishi chuqur tahlil qilinadi. Majburiyatlarning o‘sishi yoki kamayishi moliyaviy resurslar oqimi, to‘lovga qobiliyat va qarz yukining optimal darajada saqlanishiga qanday ta’sir etishi ilmiy asosda yoritiladi.
2025-05-19
MAHSULOT TANNARXINI SHAKLLANTIRISHDA BOSHQARUV HISOBINING STRATEGIK AHAMIYATI
Mazkur tezisda mahsulot tannarxini shakllantirishda boshqaruv hisobining o‘rni, uning axborotli, analitik va strategik qaror qabul qilishdagi funksiyalari yoritilgan. Tannarxni hisoblashda faqat an’anaviy buxgalteriya yondashuvlariga tayanish korxonaning samaradorligini to‘liq baholash imkonini bermaydi. Boshqaruv hisobi esa tannarxni belgilashda xarajatlarni normativ, rejalashtirilgan va fakt asosida taqqoslash, xarajatlarni tahlil qilish va ularni optimallashtirish orqali korxonaning moliyaviy va strategik samaradorligini oshiradi. Tezisda boshqaruv hisobi orqali mahsulot tannarxi qanday shakllanishi, bunda qaysi usullar va axborotlar asosiy manba bo‘lishi, amaliy tahlillar va takliflar asosida yoritib berilgan.
2025-05-19
BYUDJET TASHKILOTLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Ushbu tezisda byudjet tashkilotlarida amal qilayotgan mehnatga haq to‘lash tizimining asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Amaldagi tizimning kamchiliklari aniqlanib, ularni bartaraf etish hamda xodimlarni samarali rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
2025-05-19
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALARNING BAHOLANISHI VA QAYTA BAHOLASH TARTIBI
Mazkur tezisda ishlab chiqarish korxonalarida asosiy vositalarning baholash prinsiplari, qayta baholash tartibi hamda ularning moliyaviy hisobotlardagi ahamiyati tahlil qilingan. Baholashning an’anaviy va zamonaviy yondashuvlari, ularning soliq va buxgalteriya hisobi bo‘yicha ta’siri hamda milliy va xalqaro standartlar talablari asosida qiyosiy yondashuvlar yoritilgan. Tezisda asosiy vositalarning real qiymatlarda aks ettirilishini ta’minlash orqali boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
2025-05-19
MAQSADLI JAMG‘ARMALAR BILAN BOG‘LIQ XARAJATLARNI AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARDA AKS ETTIRISH YO‘LLARI
Ushbu tezisda byudjet tashkilotlarida davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida – xususan, UzASBO va byudjet nazorati platformalarida – to‘g‘ri aks ettirish, nazorat qilish va tahlil qilish mexanizmlari yoritiladi. Mablag‘lar harakatining shaffofligi, xarajatlarning maqsadliligi va moliyaviy hisobotlarda ishonchlilikni oshirishga xizmat qiluvchi raqamli yechimlar o‘rganiladi.
2025-05-19
ICHKI AUDITORLARNING MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNING FAOLIYATINI BAHOLASH MEZONLARI
Mazkur tezisda korxonalarda ichki auditorlarning kasbiy malakasi, ularning tayyorgarlik darajasi, kasbiy etikasi va amaliy faoliyati samaradorligini baholash mezonlari yoritilgan. Ichki auditning sifati bevosita auditorning nazariy bilimlari, tahliliy ko‘nikmalari va yondashuv uslublariga bog‘liqligi asoslanib ko‘rsatilgan. Shuningdek, milliy va xalqaro amaliyotda auditorlarning faoliyatini baholash mezonlari o‘rganilib, ichki audit sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
2025-05-19
AYLANMA MABLAG‘LARNING YETARLILIGI VA ULARNING MOLIYAVIY KO‘RSATKICHLARGA TA’SIRI
Mazkur tezisda korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini uzluksiz olib borishda aylanma mablag‘larning yetarliligi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, aylanma mablag‘lar hajmi va tarkibi moliyaviy ko‘rsatkichlarga, xususan likvidlik, to‘lovga qobiliyat, rentabellik va aylanma koeffitsiyentlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi nazariy va amaliy asosda tahlil qilinadi.
2025-05-19
MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI AVTOMATLASHTIRILGAN BUXGALTERIYA DASTURLARIDA YURITISH
Mazkur tezisda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya dasturlari orqali avtomatlashtirilgan shaklda yuritilishi, bu jarayonning tartibi, qulayliklari va nazoratdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil etilgan. Avtomatlashtirish orqali ma’lumotlarning aniqligi, tezligi va boshqaruv qarorlarining sifat darajasi oshiriladi, xarajatlar tuzilmasi bo‘yicha real vaqtda tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
2025-05-19
KICHIK BIZNESDA BIR POG‘ONALI BUXGALTERIYA TIZIMINING YURITILISH TARTIBI VA HUQUQIY ASOSLARI
Ushbu tezis kichik biznes subyektlarida bir pog‘onali (yagona) buxgalteriya tizimining asoslari, uning yuritilish tartibi, yuridik va soliq jihatdan belgilangan mezonlar, shuningdek soddalashtirilgan hisob yuritish shaklining amaliy afzalliklari haqida tahliliy fikrlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston qonunchiligi asosida buxgalteriya siyosatini soddalashtirish va soddalashtirilgan moliyaviy hisobotlarni yuritishning qonuniy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.
2025-05-19
BANK OPERATSIYALARINING SOLIQ HISOBI BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI VA ULARNI YURITISHDAGI FARQLAR
Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank orqali amalga oshiradigan moliyaviy operatsiyalari bilan soliq hisobi o‘rtasidagi bog‘liqlik, buxgalteriya va soliq hisobi uslublaridagi asosiy farqlar, bank to‘lovlarining soliq yuki va hujjat aylanishiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Rasmiy hujjatlar, buxgalteriya yozuvlari va soliq hisobotlarining o‘zaro muvofiqligi moliyaviy nazorat, qonunchilikka rioya va moliyaviy shaffoflikning kafolati sifatida yoritiladi.
2025-05-19
O‘QUVCHILARDA LEKSIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI (INGLIZ TILI TA’LIMI MISOLIDA)
Ushbu tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar vositasida o‘quvchilarning leksik kompetentligini rivojlantirishning samarali usullari va strategiyalari haqida muhokama qilinadi. Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rgatish jarayonida leksik bilimlarni shakllantirishning dolzarb muammolari, raqamli vositalarning foydalari va qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalarni til o‘rgatishga integratsiyalash leksik rezervni tez va barqaror o‘zlashtirishga imkon beradi, degan xulosaga keladi.
2025-05-19
ONLAYN SAVDO BILAN SHUG’ULLANUVCHI KORXONALARDA TOVARLAR HISOBINI YURITISH TARTIBI
Ushbu maqolada online savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda tovarlar hisobini yuritish tartibi tahlil qilinadi. Elektron tijoratning rivojlanishi bilan birga, mahsulotlarning aniq hisobini yuritish va boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada tovar hisobini yuritishning asosiy usullari, avtomatlashtirilgan tizimlar, inventarizatsiya jarayoni va hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, zamonaviy dasturiy ta’minot vositalaridan foydalanishning afzalliklari ham ko‘rib chiqiladi.
2025-05-19
ЁЛҒОН ГУВОҲЛИК БЕРИШ ЖИНОЯТИНИНГ КРИМИНОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ
Жиноят процессининг адолатли ва холис ўтишида гувоҳлик ахборотларининг аҳамияти беқиёс. Гувоҳ шахс томонидан берилган маълумотлар нафақат тергов органлари, балки суд ҳукмини шакллантиришда ҳам ҳал қилувчи аҳамият касб этади. Шу сабабли, гувоҳнинг билиб туриб ёлғон ахборот бериши — ёлғон гувоҳлик бериш — жиноят жараёнига жиддий салбий таъсир кўрсатади. Бу жиноят криминология фанининг ўзига хос тадқиқот объекти сифатида, унинг содир этилиш сабаблари, шароити, субъектив ва объектив омиллари, ҳамда унга қарши кураш чоралари чуқур таҳлил қилинишини тақозо этади.
2025-05-19
“HAMKORBANK” ATBDA LIZING OPERATSIYALARI TAHLILI
Hamkorbank" aksiyadorlik-tijorat banki 33 yil davomida respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan filiallarning keng tarmog’ini tashkil etdi. Hozirgi vaqtda bankda 209 ta xizmat ko’rsatish punkti mavjud, ulardan 32 ta filial, 158 ta minibank, 19 ta to’lovlarni qabul qilish punkti mavjud. Shuningdek, bank 5 ta lizing kompaniyasi faoliyatini tashkil etdi.
2025-05-19
TIJORAT BANKLARIDA INVESTITSION PORTFELINI OPTIMALLASHTIRISHNING RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLAR AMALIYOTLARI
Tijorat banklarida investitsion portfelini optimallashtirish yoʻllarining quyidagi jihatlari yoritib berilgan ular: tijorat banklarida investitsion portfelini optimallashtirishning ilmiy-nazariy qarashlari, tijorat banklarida investitsion portfelini optimallashtirishning o’ziga xos xususiyatlari, O’zbekiston tijorat banklarida investitsion portfelini optimallashtirishning metodologik asoslari, tijorat banklarida investitsion portfelini optimallashtirishning rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotlari, O’zbekistonda tijorat banklari investitsion portfelini optimallashtirishning me’yoriy-huquqiy asoslari, O’zbekistonda tijorat banklari investitsion portfelini optimallashtirishning amaliy holati va tahlillari, O’zbekistonda tijorat banklari investitsion portfelini optimallashtirishdagi muammolari aniqlanib, O’zbekiston tijorat banklarida investitsion portfelini optimallashtirish yo’llari yuzasidan ilmiy amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
2025-05-19
O’ZBEKISTONDA KRIPTOVALYUTA BOZORINING TAHLILI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI
O’zbekiston Respublikasining kriptovalyuta bozorlarini rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilishni asosiy maqsad qiladi va nazariy qarashlardan ko’ra amaliy tahlillarga tayanadi. So’nggi yillarda kriptovalyuta bozorlari tobora ko’proq investorlar va moliya institutlarining e’tiborini tortmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ular hali ham kriptovalyutalarini investitsiya sifatida ko’rishadi, chunki ular tez o’sish potentsialiga ega deb hisoblashadi. Bundan tashqari, texnologik yangiliklar, ya’ni blockchain texnologiyasi va DeFi kabi yangi loyihalar kriptovalyutalari uchun qiziqarli imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, kriptografik pullar pul o’tkazmalarini tez va arzon narxlarda amalga oshirish imkonini beradi.
2025-05-19
JAHONDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH JORIY HOLATI VA MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISHDA MOLIYAVIY NAZORAT USULLARIDAN FOYDALANISH TENDENSIYALARI
Xorijiу davlatlar tajribalarini o‘rganishni qo‘shni mamlakat sifatida Qozog‘iston Respublikasidan boshlash maqsadga muvofiq.
2025-05-19
ITALYAN TILIDAGI ANTONIMIK KORRELATSIYALI MAQOLLARNING LEKSIK GRAMMATIK TAHLILI
Mazkur maqola italyan tilidagi antonimik korrelatsiyali maqollarning leksik va grammatik jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu maqollarning semantik tarkibi va sintaktik tuzilishi o‘rganilib, ularning ma’no va grammatik struktura jihatidan qanday shakllanishi aniqlanadi. Maqolada ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish usulidan foydalanilgan bo‘lib, italyan tilshunosligida maqollar tizimi va antonimiya hodisasi bo‘yicha ilgari olib borilgan tadqiqotlar ko‘rib chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, antonimik korrelatsiyali maqollar til tizimida muhim semantik munosabatlarni aks ettirib, lingvistik va madaniy jihatdan ahamiyatli birliklar hisoblanadi.
2025-05-19
НЕВРОЛОГИЧЕСКИЕ ПЕРЕСЕЧЕНИЯ: ИССЛЕДОВАНИЕ МЕХАНИЗМОВ КОМОРБИДНОСТИ МЕЖДУ СИНДРОМОМ БЕСПОКОЙНЫХ НОГ И МИГРЕНЬЮ
Синдром беспокойных ног представлен двумя типами – первичным и вторичным. Первичный синдром беспокойных ног может быть спорадическим или иметь генетическую предрасположенность. Вторичный синдром беспокойных ног может сосуществовать с различными состояниями, такими как сахарный диабет, железодефицитная анемия, депрессия, тревожность, болезнь Паркинсона, заболевания почек, беременность, ревматоидный артрит, полинейропатии, пояснично-крестцовая радикулопатия и др. На сегодняшний день патофизиология синдрома беспокойных ног до конца не изучена. Считается, что генетические аспекты, аномальный метаболизм железа, дофаминергическая дисфункция и центральная опиоидная система играют основную роль в проявлении синдрома беспокойных ног.
2025-05-19
ИССЛЕДОВАНИЕ НЕЙРОВЕГЕТАТИВНЫХ КОРРЕЛЯЦИЙ: ВЕГЕТАТИВНАЯ ДИСФУНКЦИЯ И НАРУШЕНИЯ МЕНСТРУАЛЬНОГО ЦИКЛА У ПОДРОСТКОВ ЖЕНСКОГО ПОЛА
Исследование изучает сложную взаимосвязь между дисфункцией вегетативной нервной системы и нарушениями менструального цикла у девушек-подростков, восполняя существенный пробел в понимании механизмов репродуктивного здоровья в период развития.
2025-05-19
ВЗАИМОСВЯЗЬ НАРУШЕНИЯ НОЧНОГО СНА ОТ УРОВНЯ ГОЛОВНОЙ БОЛИ ПРИ МИГРЕНИ
Многочисленные теории взаимосвязи мигрени и нарушений сна основаны на общей точке соприкосновения, зависящей от циркадных флуктуаций, где утренний и ночной пик приступов мигрени непосредственно сталкивается со стадиями ночного сна. Частота быстрых движений глаз (REM) во время сна вынуждает пациентов просыпаться из-за onset головной боли, и, наоборот, мигрень не позволяет пациентам справиться с болью, что нарушает сон, особенно стадию глубокого сна.
2025-05-19
MAHSULOT TANNARXINI REJALASHTIRISH VA TAHLIL QILISH USULLARINI SAMARALI QO‘LLASH MASALALARI
Mazkur tezisda sanoat mahsulotlari tannarxini rejalashtirish va tahlil qilish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy qilishning afzalliklari keltirilgan. Mamlakatimiz sanoat tarmoqlarida raqamli innovatsiyalar yordamida korxonalar moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan, mahsulot tannarxini rejalashtirish va tahlil qilishning samarali natijalari yoritiladi.
2025-05-19
IDENTIFICATION OF BIOLOGICAL MATERIALS OF CATTLE USING GENETIC MARKERS
Genetic material (DNA) related to cattle is extracted from biological samples provided for research. These samples may include meat samples, skin samples, hair, horns, and bone samples. Specific requirements are set for pieces of animals' muscle or other tissues. The methods of DNA extraction from different biological materials of cattle vary by method. Аfter extraction the concentration of extracted DNA was quantified by using the Qubit 4.0 fluorometer (Thermo Fisher Scientific, USA) and the Qubit dsDNA HS Assay Kit (Thermo Fisher Scientific, USA), following the manufacturer's recommended protocols. For the PCR amplification process of the extracted cattle DNA samples, the "COrDIS Cattle" kit was used. The PCR amplification process was performed using the COrDIS Cattle kit protocol. The following amplification requirements are recommended as standard parameters. It is important to control the heating rate during the temperature rise from 59°C to 72°C to be 0.3°C per second. Due to the high complexity of the amplification involving 15 primer pairs, this heating rate is crucial for the optimal efficiency of the reaction.
2025-05-19
О РОЛИ ВРАЧА В СВЯЩЕННЫХ ТЕКСТАХ
Вопрос о роли медицины и врачей в религиозных учениях остаётся актуальным как в историко-культурологическом, так и в этическом аспекте. В эпоху глобализации и духовного переосмысления ценностей всё больше внимания уделяется интеграции морально-нравственных основ в профессиональную деятельность врачей. Священные тексты распространённых религий — Библия, Коран, Веды и другие — не только затрагивают вопросы здоровья, болезни и исцеления, но и формируют высокие этические стандарты, задавая ориентиры гуманности, сострадания и ответственности в медицинской практике.
2025-05-19
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ШАРОИТИДА БАРГ ШОЛҒОМНИ ЁЗГИ ЭКИШ МУДДАТЛАРИНИ АНИҚЛАШ
Ушбу мақолада янги сабзавот-барг шолғом Қорақалпоғистон Республикасида янги экин бўлганлиги учун ёзги мавсумда экишнинг мақбул муддатларини аниқлаш ва ундан юқори ҳосил олиш мақсадида тадқиқотлар олиб борилганда олинган тадқиқот натижалари келтирилган.
2025-05-19
ИММУНОГИСТОХИМИЧЕСКИЙ И ГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПРОФИЛЬ ДЕТСКИХ ОПУХОЛЕЙ ГОЛОВНОГО МОЗГА: ПЕРВЫЙ ОПЫТ УЗБЕКИСТАНА
Впервые в Узбекистане проведено исследование, направленное на изучение иммуногистохимического и молекулярно-генетического профиля опухолей головного мозга у детей. В исследование включены 126 пациентов в возрасте от 1 года до 17 лет, прооперированных в Национальном детском медицинском центре. Изучена экспрессия маркеров Ki-67, GFAP, S-100, Olig2, Synaptophysin, а также мутации IDH1 и BRAF V600E. Результаты показали четкую связь между типом опухоли и экспрессией биомаркеров. Комплексный анализ позволил улучшить диагностику, определить прогностические факторы и заложить основу для стандартизации подходов к лечению опухолей ЦНС у детей.
2025-05-19
КОМПЛЕКСНАЯ МОРФОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ОПУХОЛЕЙ ГОЛОВНОГО МОЗГА У ДЕТЕЙ: ОТ ГИСТОЛОГИИ ДО МОЛЕКУЛЯРНОЙ ВЕРИФИКАЦИИ
Данное исследование посвящено комплексной морфологической характеристике опухолей головного мозга у детей, впервые выполненной в Узбекистане с использованием гистологических, иммуногистохимических и молекулярно-генетических методов. Изучены образцы более 150 детей с опухолями ЦНС, прооперированных в 2021–2025 гг. Оценивалась экспрессия маркеров Ki-67, GFAP, S-100, Olig2, CD34, Synaptophysin, а также мутации IDH1 и BRAF V600E. Проведен анализ связи между морфологическим типом опухоли и биомаркерами. Результаты позволяют уточнить диагностику, прогноз и разработать алгоритм морфологической верификации опухолей у детей.
2025-05-19
