«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-07-05
Статьи
FANLARARO HAMKORLIK ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING MUHIM JIHATLARI
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishda fanlararo integratsiya asosidagi metodik yondashuvlar tahlil qilingan. Jumladan, fanlar uyg‘unligi orqali tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va asoslangan xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlari yoritilgan. Metodik modelning bosqichlari, mazmuni va amaliy ahamiyati ochib berilgan.
2025-07-05
УКРАИНА ВА РОССИЯ КОНФЛИКТИ: МАРКАЗИЙ ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИ ГЕОИҚТИСОДИЙ ВА ГЕОСИЁСИЙ ҲАРАКАТЛАРИ
Мазкур мақолада Россия ва Украина конифликт шароитида Марказий Осиё мамлакатларининг геоиқтисодий ва ташқи сиёсий йўналишларига таъсири таҳлил қилинган. Логистика, энергетика ва дипломатия соҳаларида янги ташаббусларни илгари сураётган давлат сифатида Ўзбекистонга алоҳида эътибор қаратилган. Минтақавий алоқалардаги ўзгаришлар, суверенитетни мустаҳкамлаш ва ташқи иқтисодий йўналишларни диверсификация қилиш борасидаги саъй-ҳаракатлар ўрганилган.
2025-07-05
TURLI TIZIMLI TILLARDA QARASHLILIK/TEGISHLILIKNING IFODALANISHI
Dunyo tilshunosligida qarashlilik/tegishlilik kategoriyasini o‘rganishga yondashuvlar turlicha. Bu muammo nafaqat alohida tillar misolida, shuningdek, qiyosiy aspektda ham o‘rganilgan. Masalan, rus tilshunosligida posessivlik muammosi Ye.A.Bastrakova tomonidan qiyosiy aspektda tekshirilgan. Olima rus tilida posessivlikning ifodalanishini ingliz va fin-ugor tillaridagi qarashlilik kategoriyasi bilan qiyoslagan. U to‘g‘ri ta’kidlaganidek, posessivlik kategoriyasi deyarli barcha tillarda mavjud. Ammo turli tillarda bu kategoriyani ifodalovchi vositalar bir-biridan farqlanadi.
2025-07-07
СТРАТЕГИЯ УЛУЧШЕНИЯ ИСХОДОВ ЛЕЧЕНИЯ ОСТРОГО ОБТУРАЦИОННОГО ХОЛЕЦИСТИТА В ГЕРОНТОЛОГИЧЕСКОЙ ПРАКТИКЕ
Исследование оценивало эффективность поэтапной тактики (первичная декомпрессия желчных путей ЭРХПГ + отсроченная лапароскопическая холецистэктомия) у 142 пациентов 75+ лет с острым обтурационным холециститом. Группа сравнения (n=136) получала экстренную холецистэктомию. Двухэтапный подход снизил летальность с 15.4% до 4.2% (p<0.01), частоту кардиопульмональных осложнений — с 28% до 9%. Сроки госпитализации сократились на 30% (18.3±2.1 vs 12.8±1.7 дней). Стратификация риска по шкале P-POSSUM и коррекция полиморбидности до операции уменьшили интраоперационные риски на 40%. Тактика рекомендована для ослабленных больных.
2025-07-07
MODERN PRINCIPLES OF MODERN ENGLISH THEORETICAL LITERARY STUDIES AND LINGUOPOETIC ANALYSIS (BASED ON THE CONCEPT OF R. WELLEK AND O. WARREN)
Modern English theoretical literary studies have undergone significant transformation, with numerous frameworks emerging to analyze literary texts through diverse perspectives. One of the foundational works that shaped modern literary theory is the concept of literary theory articulated by René Wellek and Austin Warren in their seminal book Theory of Literature. This aticle examines the modern principles of English literary studies, focusing on their evolution and the role of linguopoetic analysis. It draws specifically from the theoretical approaches developed by Wellek and Warren, exploring their understanding of literature, language, and the intersection between literary theory and linguistics. The research further investigates how linguopoetic analysis, grounded in linguistic structures, plays a critical role in interpreting literary works. The discussion highlights the continuing relevance of Wellek and Warren’s ideas in contemporary literary theory, particularly in their emphasis on form, function, and the symbiotic relationship between language and aesthetics.
2025-07-07
KARTOSHKANI ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARIDAN HIMOY QILISHDA AGROTEXNIK KURASH TADBIRLARI
Hozirgi kunda aholining kunlik oziq-ovqat ratsiyonida kartoshka asosiy iste’mol mahsulotlaridan hisoblanib, uning tarkibidagi muhim bo‘lgan uglevodlar, vitaminlar va oqsillar insonlar uchun qimmatli manbaa hisoblanadi. Shu sababdan ham ushbu ekin turi ikkinchi non deb ataladi. Kartoshkadan yuqori hosil olishda uni kasallik, zararkunanda, begona o‘t va tashqi ta‘sirlardan himoya qilish zarurligi bizga ma‘lum. Ammo kartoshkani himoya qilishda yer tanlash, agrotexnik tadbirlar juda muhindir. Kartoshkachilikda hosildorlikni oshirishda agrotexnik tadbirlar hozirda asosiy mezon sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada 2023 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Qibray salar fayz” fermer xo‘jaligida “Sante” navida agrotexnik tadbirlari qo‘llanilgan va qo‘llanilmagan sharoitda zamburug‘li kasalliklarning hosildorlikga ta‘siri o‘rganildi.
2025-07-07
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA OZIQ-OVQAT KONSEPTIGA OID ATAMALARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada glutonik frazeologik birliklarning stilistik funksiyalari, ularning til, madaniyatlar va xalqlar orasida tutgan o‘rni atroflicha misollar yordamida yoritildi va ularning turli tillardagi o‘xshash va farqli jihatlari, tarixiy rivojlanishiga oid misollar qisqacha bayon qilindi.
2025-07-08
ANDIJON VILOYATIDA MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Ushbu maqolada Andijon viloyatidagi musiqa va san‘at maktablarining tashkil topishi, dastlabki faoliyati, o‘qitish yo‘nalishlari tavsifi, o‘quvchilarni qamrab olish ko‘lami, shuningdek, musiqa va san‘at maktablarida kadrlar masalasi haqidagi ma‘lumotlar yoritilgan.
2025-07-08
"ANOR" HIKOYASIDA KINOYANING QO‘LLANILISHI (ABDULLA QAHHOR)
Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasida kinoyaning badiiy vosita sifatida qo‘llanilishi tahlil qilingan. Hikoya syujeti oddiy hayotiy voqea asosida qurilgan bo‘lsa-da, muallif uni chuqur ijtimoiy va axloqiy ma’noga ega kinoyaviy ifodalar bilan boyitgan. Asarda kinoya orqali halol mehnatning qadrsizlanishi, jamiyatdagi sustkashlik, ayyorlik va adolatsizlik holatlari fosh etiladi. Anor ramzi mehnat va barakaning timsoli sifatida o‘rtaga chiqadi, biroq undan boshqalar foydalanishi — kinoyaviy tarzda muallifning ijtimoiy tanqidini bildiradi. Qahhorning xalqona, sodda, lekin mazmunan teran tili kinoyaning ta’sirchanligini yanada oshiradi.
2025-07-08
QURILISHDA BAHONI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI
Mazkur ilmiy maqolada qurilish obyektlarining qiymatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar va narx belgilash mexanizmlarining nazariy hamda amaliy jihatlari tizimli tahlil qilingan. Shu bilan birga, milliy iqtisodiyotning tarmoqlararo integratsiyasi doirasida qurilish sohasining funksional roli, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish asosida yuzaga kelayotgan innovatsion yechimlar kontekstida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida narx shakllanishi jarayonining institutsional va iqtisodiy mezonlari baholab borilib, tarmoqda narxlarni shakllantirishning amaldagi uslublarini takomillashtirish, samaradorlikni oshirish hamda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-07-08
ПРОЕКТНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ИНТЕРЕСОВ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ В УЗБЕКИСТАНЕ
В статье рассматривается проектная деятельность как эффективный инструмент развития познавательных интересов младших школьников в контексте модернизации образовательной системы Узбекистана. Проанализированы особенности применения метода проектов в начальной школе, обозначены этапы проектной деятельности и её влияние на формирование познавательной мотивации, универсальных учебных действий и самостоятельности. Подчёркивается важность роли учителя как организатора и фасилитатора проекта. Приводятся примеры реализации проектной работы с учётом возрастных и культурных особенностей школьников. Статья отражает актуальные подходы в рамках Национальной образовательной программы и реформ в системе народного образования Республики Узбекистан.
2025-07-09
ELEKTRON TIJORATNI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Ushbu ilmiy tezisda elektron tijoratni soliqqa tortish sohasidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilingan. Xususan, raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi fiskal muammolar, xorijiy raqamli xizmat ko‘rsatuvchilarning soliq majburiyatlari, norasmiy onlayn savdoning ortib borishi kabi masalalarga e’tibor qaratilgan. Muallif tomonidan elektron tijorat subyektlarini ro‘yxatga olish, real vaqtli monitoring tizimlarini joriy etish, elektron invois tizimining ahamiyati, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurati ilmiy asosda asoslab berilgan. Tezisda ilgari surilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekistonda soliq bazasini kengaytirish va elektron tijoratni rasmiylashtirish orqali davlat byudjetiga tushumlarni oshirishga qaratilgan.
2025-07-10
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AUDITORLIK FAOLIYATINING TRANSFORMATSIYASI
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida auditorlik faoliyatida yuz berayotgan transformatsion jarayonlar tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining, xususan sun’iy intellekt, Big Data, blokcheyn va avtomatlashtirilgan audit tizimlarining auditorlik amaliyotiga kirib kelishi bu sohada sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab berdi. Maqolada xalqaro tajribalar asosida auditorlik faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari yoritilib, O‘zbekistonda raqamli auditni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiyani jadallashtirish orqali auditorlik faoliyatining samaradorligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
2025-07-10
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA KOGNITIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHGA OID AUTOGEN XUSUSIYATLI TOPSHIRIQLAR TIZIMINI ISHLAB CHIQISH METODIKASIDA ASOSIY TAYANCH METODIK TAMOYILLAR
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kognitiv faollikni rivojlantirishga oid autogen xususiyatli topshiriqlar tizimini ishlab chiqish metodikasidagi asosiy tayanch metodik tamoyillar hamda ularning ilmiy-psixologik va pedagogik asoslari haqida soʻz yuritiladi.
2025-07-11
SUG‘URTA KOMPANIYALARINING INVESTITSION SALOHIYATI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Sug‘urta kompaniyalarining investitsion faoliyati bu nafaqat vaqtincha bo‘sh mablag‘larni daromadli yo‘nalishlarga yo‘naltirish jarayoni, balki butun moliyaviy tizimning barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydigan strategik faoliyat yo‘nalishidir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarda sug‘urta kompaniyalari o‘zining asosiy daromad manbaini investitsiyaviy faoliyatdan olmoqda va iqtisodiyotning turli sohalarini sarmoya bilan ta’minlovchi muhim institutlar sifatida faoliyat yuritmoqda.
2025-07-11
SABR VA CHIDAM FRAZEOLOGIZMLARINING TARIXIY-LINGVISTIK ILDIZLARI
Ushbu maqola sabr va chidam frazeologizmlarining tarixiy va lingvistik ildizlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Sabr va chidam inson ruhiyatining mustahkamligi, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga qarshi turish qobiliyatini ifodalovchi muhim frazeologik birliklardir. Maqolada bu frazeologizmlarning turli tillarda va madaniyatlarda qanday rivojlanganligi, ularning tarixiy ildizlari va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, sabr va chidam frazeologizmlarining o‘zbek tilidagi o‘rni va rivojlanish jarayoni hamda ularning xalq an’analaridagi o‘rni ko‘rsatilgan.
2025-07-11
BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA MOLIYAVIY NAZORATNING ROLI
Davlat budjeti mamlakat moliyaviy tizimining markaziy elementi bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Budjet orqali jamiyat ehtiyojlariga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslar shakllantiriladi, taqsimlanadi va maqsadli sarflanadi. Biroq ushbu jarayonlarning samaradorligi davlat tomonidan olib boriladigan moliyaviy nazoratning mavjudligi va sifatiga bevosita bog‘liqdir. Moliyaviy nazorat - bu davlat resurslarining to‘g‘ri, oqilona va maqsadli ishlatilishini ta’minlashga qaratilgan nazorat faoliyati bo‘lib, u budjet mablag‘larining noqonuniy ishlatilishining oldini olishda muhim vosita hisoblanadi.
2025-07-14
БОЗОР ХИЗМАТЛАРИНИНГ МОЛИЯВИЙ ЙЎНАЛИШИДА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ ХУСУСИЯТЛАРИ
Иқтисодий фанда сўнгги йилларда ўтказилган тадқиқотларни таҳлил қилиш асосида молиявий хизматлар кўрсатиш соҳасининг таркибий элементи ҳисобланган банк тизимида инновацион хизматлар кўрсатиш амалиётининг шаклланиши билан боғлиқ бўлган хусусиятни аниқлашга эришилди. Унга кўра, инновацион молиявий, жумладан, банк хизматлари замонавий рақамли технологиялар билан молиявий хизмат кўрсатиш соҳасини ўзаро интеграциялашуви натижасида шаклланган янгича форматдаги “FinTech” технологияларига асосланган бўлиб, бундан кўзланган мақсад молиявий ташкилотлар томонидан кўрсатилаётган хизматларни мижозларга қулайлик яратиш, ҳамда рақобат муҳитини ривожлантириш орқали кўрсатилаётган хизматларнинг самарадорлигини оширишга қаратилганлиги билан характерланиши аниқланди.
2025-07-14
ASSESSING THE ROLE OF CLINICAL-RELEVANT CONTENT IN ANATOMY CURRICULUM FOR MEDICAL UNDERGRADUATES
Human anatomy is the foundational discipline that explores the structure and organization of the human body. With the growing demand for medical professionals across areas such as public health, healthcare policy, clinical delivery, and multidisciplinary medicine, mastering anatomy has become an essential competency for medical graduates.
2025-07-14
РОЛЬ ИНВЕСТИЦИОННОГО КЛИМАТА В РАЗВИТИИ РЕГИОНОВ УЗБЕКИСТАНА
В статье рассматриваются актуальные вопросы улучшения инвестиционного климата в Узбекистане в условиях рыночной экономики и цифровой трансформации. Особое внимание уделено законодательным мерам и институциональным механизмам, способствующим созданию благоприятной среды для отечественных и иностранных инвесторов. Отмечается значимость Закона Республики Узбекистан «Об инвестициях и инвестиционной деятельности», вступившего в силу 26 января 2020 года, как важного шага в рамках реализации масштабных социально-экономических реформ. Анализируются стратегические подходы к повышению эффективности инвестиций и развитию инвестиционного потенциала регионов.
2025-07-14
ZAMONAVIY NEYRO O‘YINLAR ORQALI TALABALARDA AQLIY RIVOJLANISH VA O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
Bugungi kunda ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, neyrotexnologiyalarga asoslangan o‘yinlar (neyro o‘yinlar) talabalarda aqliy faollik, diqqat, xotira va tanqidiy fikrlash kabi muhim psixik funksiyalarni rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tezisda zamonaviy neyro o‘yinlarning turlari, ularning o‘quvchilarning kognitiv (aqliy) salohiyatiga ta’siri, shuningdek, ta’lim jarayoniga integratsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda eksperimentlar, kuzatishlar va anketalar asosida neyro o‘yinlarning talabalarning o‘quv motivatsiyasi, muammoli vaziyatlarda mustaqil fikrlash, tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli asoslab beriladi.
2025-07-14
SIRDARYO VILOYATI SHO‘RLANISHGA MOYIL TUPROQLARINING KIMYOVIY HOLATI
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlarining sho‘rlanishga moyil eskitdan o‘zlashtirilgan och tusli bo‘z tuproqlarining kimyoviy tarkibi,sho‘rlanish darajalari keltirilgan.
2025-07-14
YURİDİK TA’LİMDA AXLOQİY TARBİYA
Maqolada yuridik kadrlarni tayyorlashda axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari tahlil qilinadi. Axloqiy tarbiya natijasida shakllangan fazilatlar yuridik kadrlarga o‘z kasbiy burchlarini halol va vijdonan bajarish, korrupsiya hamda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi salbiy holatlardan uzoq bo‘lish, fuqarolarga sadoqat bilan xizmat qilishi asoslab beriladi.
2025-07-14
ЯЗЫК И ЭМОЦИИ В КОГНИТИВНОМ АСПЕКТЕ
Статья посвящена когнитивному анализу взаимодействия языка и эмоций как взаимосвязанных элементов человеческого сознания. Рассматриваются нейропсихологические, лингвистические и социокультурные аспекты, определяющие, как язык не только отражает эмоциональное состояние, но и влияет на его формирование и регуляцию. Анализируются теоретические положения когнитивной лингвистики, теория воплощённого познания, гипотеза лингвистической относительности, а также данные нейронаучных исследований, подтверждающие тесную связь между вербальной активностью и эмоциональной обработкой информации. Показано, что язык выполняет роль когнитивного интерфейса, связывающего субъективный эмоциональный опыт с общественно значимыми формами коммуникации. Отдельное внимание уделено дискурсивным стратегиям выражения эмоций, роли просодии, механизмам эмпатии и вербализации как способу эмоциональной регуляции. Обоснована необходимость междисциплинарного подхода для глубокого понимания феномена языковой репрезентации эмоций.
2025-07-14
THE FUTURE OF FRUIT CULTIVATION IN CENTRAL ASIA
This article provides information about the potential of Central Asian countries in the field of fruit production, their place in the world, current problems in the field and their solutions, necessary measures, and future plans.
2025-07-18
REDEFINING THE ROLE OF THE UNIVERSITY EDUCATOR: A SHIFT TOWARD MENTORSHIP IN COMPETENCY-BASED LEARNING ENVIRONMENTS
As higher education shifts toward competency-based and experiential models, the traditional role of the university educator is being redefined. No longer solely a transmitter of knowledge, the educator is increasingly expected to serve as a mentor, coach, and facilitator. This thesis investigates how mentorship-based pedagogical models impact student engagement, critical thinking, and real-world readiness in higher education. Primary research was conducted through a structured survey of 100+ students at Webster University Tashkent and in-depth interviews with participants of the YouLP leadership development program organized by Mahorat and Management and Friedrich-Ebert-Stiftung Uzbekistan. Results show strong student preference for mentorship approaches, especially those involving personalized feedback, collaborative projects, and leadership reflection.
2025-07-18
MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI OʻQITISH JARAYONIDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitish jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalari, uning afzalliklari va kamchiliklari hamda ta`lim jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berilgan.
2025-07-21
ДАРД ВА МАЪНАВИЙ КАМОЛОТ
Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi markaziy qahramon – Farhod obrazi orqali ifodalangan ruhiy kamolot, ma’naviy yuksalish va ishq sinovlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan dard tushunchasining tasavvufiy-irfoniy tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada dardning poetik mazmuni va uning Farhod shaxsiyatining shakllanishidagi o‘rni muhokama qilinadi. Xususan, Farhod va dard o‘rtasidagi bog‘liqlik, dardning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritiladi.
2025-07-21
BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘QITUVCHI NUTQINING O‘QUVCHILAR MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDAGI PSIXOPEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot kompetensiyasini shakllantirishda o‘qituvchi nutqining psixopedagogik ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Muloqot kompetensiyasi boshlang‘ich sinf o‘quvchisida o‘z fikrini aniq ifodalash, suhbatdoshni tinglash, ijtimoiy vaziyatga mos muloqot shaklini tanlay olish kabi ko‘nikmalarning shakllanishini nazarda tutadi. Shuningdek, o‘qituvchi nutqi orqali sinfda sog‘lom psixologik va lingvistik muhitni yaratish, o‘quvchilarda nutqiy faollikni oshirish hamda ijtimoiy muloqotda qatnashish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha samarali yo‘llar ko‘rsatib beriladi. Tezisda mahalliy va xorijiy psixopedagog olimlarning qarashlari asosida metodik tavsiyalar ham keltirildi.
2025-07-21
TASVIRIY SAN’AT TERMINOLOGIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada tasviriy san’at terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning shakllanishi, rivojlanishi va amaliyotdagi ahamiyati tahlil etilgan. Tasviriy san’at atamalari oddiy so‘zlardan farqli o‘laroq, estetik va texnik ma’noni ifodalovchi tushunchalardir. Ular san’at asarlarining mazmuni, shakli, texnikasi va uslubiy xususiyatlarini aniq tasvirlashda xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy san’at rivoji bilan bog‘liq yangi terminlar tizimi, o‘zbek tilidagi san’at atamalarining shakllanishidagi muammolar ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu tadqiqot tasviriy san’at tili va tafakkurini chuqurroq anglashda, san’atshunoslikka oid ilmiy ishlarda va san’at ta’limida terminologik yondashuvning ahamiyatini ochib beradi.
2025-07-21
SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDA DXSH LOYIHALARI, QASHQADARYO TAJRIBASI
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida amalga oshirilgan loyihalarning samaradorligi, ularning ijtimoiy ta’siri hamda sog’liqni saqlash xizmatlarining qamrovini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda DXSh mexanizmlarining tibbiyot infratuzilmasiga ta’siri, xususiy investorlarning ishtiroki va aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatidagi o’zgarishlar empirik ma’lumotlar asosida o’rganilgan. Tahlillar natijasida Qashqadaryo tajribasi asosida ushbu sohadagi hamkorlikni takomillashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-07-21
STYLISTIC FEATURES IN UZBEK AND ENGLISH NEWS TEXTS
This study examines the linguistic and stylistic features of news media in English and Uzbek languages. It explores the role of journalistic language in shaping public discourse and highlights key lexical characteristics in both languages.
2025-07-21
RAQAMLI INNOVATSIYALAR ASOSIDAGI BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA STEM: KELAJAK KO‘NIKMALARI UCHUN ZAMIN YARATISH
Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limda STEM asosidagi o‘qituv tizimlarini mustahkamlashda raqamli innovatsiyalarning o‘rnini chuqur ilmiy tahlil qiladi. Texnologik taraqqiyotning tezlashuvi va u bilan bog‘liq holda erta bolalik davrida ta’lim jarayonlarining tobora raqamlashib borayotgani inobatga olinib, mazkur tadqiqot STEM o‘qitish samaradorligini oshiruvchi raqamli vositalar, metodlar va infratuzilma yo‘nalishlarini baholaydi. Xalqaro tajribalar, turli madaniy pedagogik yondashuvlar va zamonaviy psixologik nazariyalar asosida tahlil qilinadigan ushbu maqolada kodlash platformalari, robototexnika to‘plamlari, sun’iy intellektli o‘quv yordamchilari, virtual laboratoriyalar va gamifikatsiyalashgan o‘quv texnologiyalari orqali o‘quvchilarda qanday ko‘nikmalar shakllanishi o‘rganiladi. Tahlil davomida turli ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy kontekstlardagi yutuqlar va mavjud tizimli muammolar ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari siyosat ishlab chiquvchilar, pedagoglar va o‘quv dasturlarini tuzuvchilar uchun amaliy tavsiyalar beradi. Umuman olganda, maqola shuni ko‘rsatadiki, raqamli integratsiya strategik tarzda va zaruriy pedagogik qo‘llab-quvvatlash bilan joriy etilgan taqdirdagina, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va emotsional intellekt kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
2025-07-21
PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH JARAYONIDA MUSIQA TERAPIYASI BO‘YICHA BILIM VA KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mazkur maqolada pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida musiqa terapiyasiga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishning ahamiyati, metodik yondashuvlari va zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni tadqiq etilgan. Musiqa vositasida bolalar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, stress, qo‘rquv va agressiyani kamaytirish, ijtimoiylashuvni ta’minlash kabi vazifalarni pedagog kadrlar orqali amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan.
2025-07-21
TURKISTONDA RUS AHOLI QATLAMINING SANOAT ISHLAB CHIQARISHGA KIRIB KELISH JARAYONLARI
Turkiston Rossiya tomonidan zabt etilgach, Turkistoning XIX asrning 2-yarmi- XX asr boshlaridagi ruslaning kirib kelishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol aralashuvi holat haqida so’z boradi.
2025-07-22
ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ЦИФРОВОЙ КРИМИНАЛИСТИКИ ПРИ ПОЛУЧЕНИИ ОБРАЗЦОВ ДЛЯ ЭКСПЕРТНОГО ИССЛЕДОВАНИЯ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
В последние годы, в контексте стремительного развития цифровой экономики, осуществляется всесторонняя и масштабная деятельность, направленная на обеспечение безопасности при использовании инструментов электронной коммерции и цифровых сервисов. Одновременно с этим особую актуальность приобретают задачи по своевременному выявлению и эффективному расследованию преступлений, совершаемых с применением информационно-коммуникационных технологий. Их успешное решение обусловливается необходимостью внедрения специализированных цифровых методов и технических средств, формирования методологии работы с цифровыми доказательствами, подготовки высококвалифицированных кадров, а также создания комплексной научно-исследовательской базы в данной сфере. В настоящее время для изучения и исследования одного и того же объекта используются передовые разработки различных наук, позволяющие получать новые знания и информацию.
2025-07-22
G‘O‘ZANING F2 AVLODIDA VEGETATSIYA DAVRI KO‘RSATKICHINING O‘ZGARUVCHANLIGI
Ushbu maqola o‘rta sho‘rlangan tuproq sharoitida navlararo chatishtirish natijasida yaratilgan F2 duragay kombinatsiyalarning vegetatsiya davrining o‘zgaruvchanligi keltirilgan bo‘lib, bunda ota-ona shakllariga nisbatan ertapishar genotiplarning variatsion qatorning ham o‘ng, ham chap tomonida joylashdi, ushbu belgining irsiylanishida genlar rekombinatsiyasi xilma-xilligini anglatadi.
2025-07-22
O‘ZBEKISTON SSSRDA YENGIL SANOAT SOHASIDAGI ISLOHATLAR VA UNDA POYABZAL SANOATINING AHAMIYATI
Ushbu maqolada O‘zbekiston sanoat sohasiga Sovet mustamlakachiligi davridagi o‘zgarishlar, yengil sanoat sohalarida bo‘lgan o‘zgarishlarga qaratilgan islohatlar va ularning tarmoqlariga shu bilan birga hali yoritilmagan poyabzal sanoatiga ham bir nazar solingan va ilmiy izohlar berish orqali tahlil qilingan.
2025-07-22
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ СПЕЦИАЛЬНЫХ ПЕДАГОГОВ ПО МЕТОДИКЕ ИНДИВИДУАЛЬНОГО СОПРОВОЖДЕНИЯ ДЕТЕЙ С ОСОБЫМИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ ПОТРЕБНОСТЯМИ
С развитием инклюзии требуется внедрение новых профессий. В Казахстане особое внимание уделяется подготовке педагогов-ассистентов. Специфика организации обучения в условиях инклюзии детей с особыми образовательными потребностями требует специальной подготовки будущих специальных педагогов к реализации функций педагога-ассистента.
2025-07-24
MODELLASHTIRILGAN HAYVONLARDA INSULIN REZISTENLIGI KELIB CHIQISHINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada laboratoriya sharoitida insulin rezistenligi (IR) modellashtirilgan hayvonlarda kuzatiladigan asosiy fiziologik mexanizmlar batafsil tahlil qilinadi. Skelet mushaklari, jigar, yog‘ to‘qimasi, pankreas, gipotalamus-gipofizar-adrenal tizim hamda immun-endokrin tizimidagi o‘zgarishlarning IR rivojlanishidagi patofiziologik ahamiyati ko‘rib chiqiladi va ilmiy tadqiqotlar asosida yoritiladi.
2025-07-24
