PO’LAT ISHLAB CHIQARISHDAN HOSIL BO’LAYOTGAN CHANGLARNI PIROMETALLURGIK QAYTA ISHLASH
Main Article Content
Abstract:
Hozirgi vaqtda qora metallurgiyada hosil bo’layotgan changlarning miqdori sezilarli darajada ko'payishi bilan bog'liq muammo mavjud. Har yili ushbu metallurgik korxonalarda tarkibidagi rux miqdori yuqori bo'lgan changlar chiqindixonaga chiqarib yuboriladi, ularning massasi ishlab chiqarilgan metall umumiy massasiga nisbatan 5 – 10 % ni tashkil qiladi. Dunyo bo'ylab tarkibida rux saqlagan changning yillik umumiy miqdori 10-15 million tonnani tashkil etadi. Bunday changlarda rux miqdori juda keng diapazonda o'zgarib turadi: 2 dan 20% gacha; Ruxdan tashqari, chang tarkibida temir oksidlari (30-60%) va jami 20% gacha qo’shimcha oksidlar (kremniy, kaltsiy va qo'rg'oshin) mavjud. Yuqorida keltirilgan tarkibli changni to'g'ridan-to'g'ri asosiy metallurgik ishlab chiqarishga qaytarish texnologik jarayonning buzilishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi paytgacha kashf qilingan usullar bilan bunday changlarni qayta ishlash unchalik samara bermayapti shu sababli ko’pchilik metallurgik zavodlar bu turdagi changni shunchaki yig’ib qo’yishmoqda. Ushbu maqolada esa bu changni qayta ishlashning bir qancha zamonaviy usullari ko’rib chiqiladi.
Article Details
How to Cite:
References:
Yusupxodjayev A.A., Muhametdjanova Sh.A Po‘lat va ferrosplav elektrometallurgiyasi fanidan ma‘ruza matni. –ToshDTU, 2015, 108 – bet. [2] Большина Е.П. Экология металлургического производства [Текст] / Е.П. Большина // Курс лекций. – Новотроицк: НФ НИТУ «МИСиС», 2012. – 155 с. [3] Guézennec A.-G., Huber J.-Ch., Patisson F. et al. Dust formation in Electric Arc Furnace: Birth of the particles // Powder Technology. – 2005. – Vol. 157. – P. 2–11. [4] Sammut M.L., Rose J., Fiani E. Determination of zinc speciation in basic oxygen furnace flying dust by chemical extractions and X-ray spectroscopy // Chemosphere. – 2008. – Vol. 70. – P. 1945–1951. [5] Machado. J. G.M.S., Brehm F. Andrade, Mendes Moraes C. A. et al. Chemical, physical, structural and morphological characterization of the electric arc furnace dust // J. of Hazardous Materials. – 2006. – B. 136. – P. 953–960. [6] Доронин И.Е. Экспериментальное исследование испарения компонентов сталеплавильной пыли [Текст] / И.Е. Доронин, А.Г. Свяжин // Металлург. –2014. - № 10. – С. 37-41. [7] Валавин B.С., Юсфин Ю.С., Подгородецкий Г.С. Поведение цинка в агломерационном процессе // Сталь. 1988. №4. C. 12 – 17. [8] Курунов И.Ф., Греков В.В., Яриков И.С. Производство и проплавка в доменной печи агломерата из железоцинкосодержащих шламов. // Черная металлургия. 2003. №9. C. 33 – 37.
Камил В., Ян С., Яна В. Отгонка цинка из сталеплавильной пыли // Операции химических технологий 2010. №21. с. 739-744. [10] Оустадакис П., Тсакиридис П.Е., Катслапи А., Агатзини-Леонардоу С. Гидрометаллургический процесс извлечения цинка из пыли электродуговой печи (ПЭДП), Часть 1: Характеристика и выщелачивание разбавленной серной кислотой // Журнал опасных материалов. 2010. №179. С. 5-8.
