YEVROPA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM FALSAFASI: QADRIYAT VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR QIYOSI

Main Article Content

Abstract:

Ushbu maqolada Yevropa va O‘zbekiston ta’lim falsafasining tarixiy shakllanish jarayoni, qadriyat tizimi hamda metodologik asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Ta’lim falsafasi shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi ma’naviy-intellektual aloqalarni ifoda etuvchi nazariy yo‘nalish bo‘lib, uning mazmuni milliy qadriyatlar bilan global tamoyillar uyg‘unligida shakllanadi. Yevropa ta’lim falsafasi inson markaziyligi, tanqidiy fikrlash, sekulyar va kompetensiyaga asoslangan yondashuv bilan tavsiflansa, O‘zbekiston ta’lim falsafasi milliy-ma’naviy qadriyatlarga, komil inson g‘oyasiga va integratsion tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotda falsafiy-metodologik, tarixiy-komparativ va aksiologik tahlil uslublari qo‘llanildi.

Article Details

How to Cite:

Karimov , Z. . (2025). YEVROPA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM FALSAFASI: QADRIYAT VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR QIYOSI. Innovative Research in the Modern World: Theory and Practice, 4(33), 75–77. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/62663

References:

Dewey, J. Democracy and Education. New York: Macmillan, 1916. – p. 47.

Habermas, J. Knowledge and Human Interests. London: Heinemann, 1972. – p. 123.

Kant, I. On Education (Über Pädagogik). Boston: D.C. Heath & Co., 1899. – p. 62.

Avloniy, A. Turkiy Guliston yoxud axloq. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 1992. – 87-bet.

Rasulov, I. O‘zbekiston ta’lim falsafasi: milliy qadriyat va zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 56-bet.