O‘ZBEK VA KOREYS TILLARIDA HOLATGA TAQLID SO‘ZLARNING FONOLOGIK XUSUSIYATLARI
Main Article Content
Abstract:
Maqolada o‘zbek va koreys tillaridagi holatga taqlid so‘zlar (obrazga taqlid)ning fonologik xususiyatlari qiyosiy yoritiladi. O‘zbek tilida holatga taqlid so‘zlar semantikasida unlilarning keng–tor oppozitsiyasi (kuchlilik–kuchsizlik, kattalik–kichiklik), shuningdek undoshlarning ishtiroki (yumshoqlashish, so‘zning CVC tipidagi tuzilishi, qo‘sh undoshlilik) yetakchi omil ekanligi ko‘rsatiladi. Koreys tilida esa holatga taqlid so‘zlarning ohang va ma’no darajasi, asosan, yorug‘/qorong‘u unlilar uyg‘unligi hamda undoshlarning uch turi (평음 (pyeong-eum) — oddiy / tarang bo‘lmagan undoshlar; 경음(gyeong-eum) — qattiq, tarang undoshlar; 격음(gyeok-eum) — kuchli, nafasli (aspiratsiyali) undoshlar) orqali kuchaytirish/qo‘pollashtirish bilan belgilanadi. Misollar asosida har ikki tildagi fonosemantik mexanizmlarning umumiy va farqli jihatlari umumlashtiriladi.
Article Details
How to Cite:
References:
Qo‘ng‘urov R. (1966) O‘zbek tilida tasviriy so‘zlar. Toshkent: Fan.
Kaxarova I. S. (2024). Ingliz va o‘zbek tillaridagi emotive, taqlid va modal so‘zlarning lingvopragmatik tadqiqi. DSc dissertatsiya. Toshkent.
Журавлёв А.П. (1981). Звук и смысл. — М.
타티아, 마나가제. (2012). 한국어와 그루지아어의 의성어·의태어 대조 연구. 경희대학교 대학원 국어국문학과.
호평. (2013). 교육용 한국어 의성어·의태어의 목록 선정 및 유형 분류. 연세대학교 대학원 한국학협동과정.
