INVESTITSION SALOHIYAT VA IJTIMOIY INFRATUZILMA RIVOJI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIKNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Main Article Content
Abstract:
Mazkur tadqiqot investitsion salohiyat va ijtimoiy infratuzilma rivoji o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish asosida ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion salohiyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning hududiy rivojlanishdagi o‘rni hamda ijtimoiy infratuzilmaning asosiy tarkibiy yo‘nalishlari tizimli ravishda o‘rganiladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport va kommunal infratuzilma ko‘rsatkichlarining mintaqalarning investitsion faolligiga ta’siri panel ma’lumotlar asosida baholanadi. Ekonometrik modellar yordamida ijtimoiy infratuzilma rivoji investitsion salohiyatni oshirishda muhim omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Olingan natijalar mintaqaviy investitsiya siyosatini takomillashtirish, infratuzilmaga investitsiyalarni ustuvor yo‘naltirish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Article Details
How to Cite:
References:
North D. Institutions, Institutional Change and Economic Performance. Cambridge University Press, 1990, pp. 55–65.
Aschauer D. Is public expenditure productive? Journal of Monetary Economics, 1989, Vol. 23, pp. 137–160.
World Bank. World Development Report: Learning to Realize Education’s Promise. Washington DC, 2018, pp. 95–110.
OECD. Regional Outlook: Productivity and Infrastructure. Paris: OECD Publishing, 2020, pp. 65–80.
Calderón C., Servén L. Infrastructure, growth, and inequality. World Bank Policy Research Working Paper, 2014, No. 7034, pp. 1–25.
Karimova D.Sh. Ijtimoiy infratuzilma va hududiy investitsion jozibadorlik. Iqtisodiyot va innovatsiyalar, 2021, №3, 35–45-betlar.
Murodov Sh.X. Hududiy rivojlanishda infratuzilmaning o‘rni. O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi, 2020, №5, 50–60-betlar.
