KEYT SHOPEN BADIIY METODIGA TA’SIR KO‘RSATGAN ADABIY OQIMLAR
Main Article Content
Abstract:
Mazkur maqolada amerikalik yozuvchi Keyt Shopen ijodining badiiy metodiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy adabiy oqimlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozuvchi asarlarida realizm, naturalizm, regionalizm (local color) hamda feministik g‘oyalarning aks etish xususiyatlari o‘rganilgan. Xususan, Shopen asarlarida inson psixologiyasi, ayol shaxsiyati, ijtimoiy muhit hamda shaxs erkinligi masalalarining badiiy talqini realizm va naturalizm tamoyillari asosida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, yozuvchining Luiziana hududining madaniy muhitini tasvirlash orqali regional adabiyot an’analarini davom ettirgani hamda ayol erkinligi va gender tengligi masalalarini yoritishi proto-feministik qarashlar bilan bog‘liqligi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijalari Keyt Shopen ijodining Amerika realizmi va feministik adabiyot rivojidagi muhim o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi.
Article Details
How to Cite:
References:
Abrams M. H. A Glossary of Literary Terms. Boston: Cengage Learning, 2015.
Seyersted P. Kate Chopin: A Critical Biography. Baton Rouge: Louisiana State University Press, 1969.
Zola E. The Experimental Novel and Other Essays. New York: Haskell House, 1964.
Toth E. Kate Chopin. New York: William Morrow, 1990.
Pizer D. Realism and Naturalism in Nineteenth-Century American Literature. Carbondale: Southern Illinois University Press, 1984.
Baym N. The Norton Anthology of American Literature. New York: W.W. Norton, 2017.
