«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2025-12-05

XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR VA OʻZBEKISTONNING ULAR BILAN MOLIYAVIY MUNOSABATLARI

Milliy iqtisodiyotda ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar va islohotlar bilan bir qatorda, mamlakatimizning xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan muvozanatli va tizimli hamkorligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, institutsional islohotlarning takomillashtirilishida muhim o‘rin tutadi. Mazkur islohotlar o‘zaro hamkorlikning institutsional muhitini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, ushbu jarayonda mavjud mexanizmlarni yangilash, ularning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash va yuzaga kelayotgan bo‘shliqlarni o‘rganish zarur.

Mirkomil Abdulaxatov

4-5

2025-11-30

QARINDOSHLIK NOMLARINING GENDER IFODASI

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi qarindoshlik nomlarining gender kategoriyasini ifodalashdagi lingvistik, madaniy va ijtimoiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Qarindoshlik terminlarida xalqning dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari va qadriyatlar tizimi aks etadi. Tadqiqotda erkak va ayol jinsini bildiruvchi nomlarning semantik, morfologik va pragmatik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, badiiy matnlardagi va ijtimoiy hayotimizdagi gender rollari va ularning lingvokulturologik mazmuni tahlil qilinadi. Maqolada qarindoshlik tizimi orqali jamiyatda gender rollarining shakllanish jarayoni yoritiladi.

Nigora Axtamova

6-9

2025-11-30

ПРОКУРАТУРА ОРГАНЛАРИНИНГ ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ БАРВАҚТ ПРОФИЛАКТИКАСИНИ АМАЛГА ОШИРИШДАГИ ИШТИРОКИ

Мамлакатимизда ёшларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш, уларнинг қонуний манфаатларини муҳофаза этиш, энг асосийси, баркамол, ватанпарвар авлодни тарбиялаш масаласи давлат сиёсати даражасига кўтарилган. Ёшлар манфаатларини ҳимоя қилиш борасида мустаҳкам ҳуқуқий база яратилгани самарали ижтимоий ҳимоя тизимини жорий этиш ҳамда ёшларни моддий-маънавий қўллаб-қувватлашда муҳим омил бўлмоқда.

Джахонгир Ураков

10-12

2025-11-30

KORPUS ASOSIDA TERMINLARNI AVTOMATIK AJRATIB OLISH METODOLOGIYASI

Maqola parallel korpuslardan terminologik birliklarni avtomatik ajratib olish metodologiyasini o'rganadi. Tadqiqotda statistik, lingvistik va gibrid yondashuvlar tahlil qilinadi hamda 4,400 gap va 1,468 termindan iborat ingliz-o'zbek korpusi asosida Sketch Engine vositasining imkoniyatlari ko'rsatiladi. Natijalar gibrid yondashuv (precision=89.7%, recall=86.2%) terminologiya ajratishda eng samarali ekanligini tasdiqlaydi.

Madina Asqarova

13-14

2025-11-30