YURAK ISHEMIK KASALLIGI, SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGI VA 2 TIP QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNING HAYOT SIFATI XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Main Article Content
Аннотация:
Yurak ishemik kasalligi (YIK), surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) va 2-tip qandli diabet (2TQD) global sog‘liqni saqlash uchun eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib, ular nafaqat o‘lim va nogironlikka olib keladi, balki bemorlarning hayot sifatini keskin pasaytiradi. 2021-yilda YIK bilan 254 milliondan ortiq kishi, SBY bilan 670 milliondan oshiq kishi, 2TQD esa 589 million kattalarda aniqlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu kasalliklarning birgalikda uchrashi bemorlarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy faoliyatini sezilarli darajada pasaytiradi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida YIK, SBY va 2TQD bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini kompleks baholash bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emas.
Article Details
Как цитировать:
Shoymurodova, G., & Nuritdinova, S. . (2025). YURAK ISHEMIK KASALLIGI, SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGI VA 2 TIP QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNING HAYOT SIFATI XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(40), 27–28. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/67905
