Joriy son
Jild 3 Nomeri 16 (2024): Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Nashr qilingan: 2024-12-18
Maqolalar
POLIETILEN CHIQINDISINING FIZIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASH
Ushbu maqola polietilen chiqindilarining fizik va kimyoviy xususiyatlarini o‘rganadi. Polietilen, o‘zining yuqori molekulyar og‘irligi (10,000 - 500,000 g/mol), erish nuqtasi (120°C - 130°C) va mexanik kuchi (30 - 40 MPa) bilan keng qo‘llaniladi. Polietilen chiqindilari ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki ularning biologik parchalanish jarayoni juda sekin. Ularning qattiqligi (50 - 60 Shore D) va kimyoviy barqarorligi (kislorod va namlik ta'siriga qarshi yuqori chidamlilik) materialni uzoq vaqt davomida saqlanib qolishga olib keladi. Shuningdek, polietilenning izolyatsiya xususiyati va kimyoviy barqarorligi uni qayta ishlashni murakkablashtiradi. Ushbu tadqiqotda polietilen chiqindilarining qayta ishlash imkoniyatlarini yaxshilash va ularning atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish bo‘yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqish zarurligi ta'kidlanadi. Maqola polietilen chiqindilarining ekologik xavfini kamaytirish uchun muhim tahlillarni o‘z ichiga oladi.
2024-12-17
HAYVON VA O'SIMLIK NOMLARI ISHTIROK ETGAN MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARI
Ushbu maqolada o'zbek va nemis tillaridagi hayvon va o'simlik nomlari ishtirok etgan maqollarning lingvokulturologik jihatlari o'rganiladi. Tadqiqot jarayonida ikki tildagi maqollar tahlil qilinib, ularning o'xshash va farqli tomonlari, madaniy xususiyatlari va til egalarining dunyoqarashini aks ettiruvchi jihatlari ochib beriladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, har ikki tildagi maqollarda hayvon va o'simlik nomlari keng qo'llanilgan bo'lib, ular orqali xalqlarning turmush tarzi, qadriyatlari va an'analari ifodalangan.
2024-12-17
MOLIYAVIY BARQARORLIK TUSHUNCHASI VA UNING BANKLAR FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
В данном тезисе раскрывается понятие финансовой устойчивости, ее сущность, а также значение в деятельности банков. Приведены финансовые показатели, отражающие влияние финансовой устойчивости банков на стабильность национальной экономической системы, а также степень финансовой стабильности банков.
2024-12-18
IKKIYOQLAMA SOLIQQA TORTMASLIK PRINSIPINING AHAMIYATI
Ushbu maqolada xalqaro xususiy huquqning asosiy prinsiplaridan biri sanalgan ikkiyoqlama soliqqa tortmaslik prinsipining mazmuni, mohiyati, shuningdek mazkur prinsipning globallashuv jarayonidagi ahamiyati huquqiy tahlillar asosida ochib berilgan. Mazkur maqolada ikki yoqlama soliqqa tortishning kelib chiqish sabablari, turlari va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar, shu bilan birga ikkiyoqlama soliqqa tortmaslik prinsipini qo`llash bilan bog`liq nazariyalar, ilmiy qarashlar va xalqaro xususiy huquq normalari o`rganilgan.
2024-12-18
MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI
Mazkur maqolada mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida tashqi iqtisodiy faoliyatning oqilona tashkil etilishi, investitsiyalar, xususan, xorijiy investitsiyalari haqida tushuncha va ularning ahamiyati, chet el investitsiyalarini jalb etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, mamlakatimizning jahon savdosida o’z o’rniga ega bo’lish uchun qilinayotgan sa’y harakatlar haqida keltirib o’tilgan.
2024-12-18
АНАЛИЗ ЗАБОЛЕВАЕМОСТИ ГИМЕНОЛЕПИДОЗОВ СРЕДИ ПАРАЗИТОЗАМИ У АМБУЛАТОРНЫХ И СТАЦИОНАРНЫХ БОЛЬНЫХ
Гельминтозы населения остаются важнейшей проблемой краевой патологии. Об этом свидетельствуют результаты работы последних лет районных и городских паразитологических отделов Бухарской области, а также многолетний собственный опыт. Согласно официальным данным в структуре паразитарных заболеваний гельминтозы занимают 75,2% с удельным весом детей до 14 лет 76,1%. На 100 тыс. населения показатели заболеваемости превышают средне федеральные по аскаридозу в 8,2 и трихоцефалезу -, 37,2 раза. Инвазированные аскаридозом дети до 14 лет составляют - 67,4%. Высоким остается уровень заболеваемости трихоцефалезом 53,1 на 100 тыс. населения. Доля детей больных трихоцефалезом составляет 68,7%. Заболеваемость энтеробиозом 238,0 на 100 тыс. населения, ниже средне российских показателей. Заболеваемость гименолепидозом превышает средне федеральные показатели в 15 раз. При контагиозных гельминтозах в основном страдают дети 87,1% и 68,5% соответственно.
2024-12-18
ГЕОГРАФИЯГА ОИД СТАТИСТИК КЎРСАТКИЧЛАРНИ ЎҚИТИШ БОСҚИЧЛАРИ
Иқтисодий ва ижтимоий география дарсларида талабаларга статистик кўрсаткичларнинг моҳиятини, уларни ҳисоблаш, таҳлил қилиш ва изоҳлаш малакаларини шакллантиришнинг тўрт босқичи ажратилган. Ҳар бир босқичда амалга ошириладиган ишлар ва уларнинг хусусиятлари изоҳланган.
2024-12-19
SHE’RIY TARJIMANING O`ZIGA XOS JIHATLARI
The research intends to examine the specific features of poetical translation from English into Uzbek. It also focuses on the methods of achieving a poetical effect similar to the original in the language of translation.
2024-12-19
ЛЕКСИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ СРЕДСТВА ВЫРАЖЕНИЯ КОНЦЕПТА «ЛЮБОВЬ» В ПРОИЗВЕДЕНИИ АВТОРА
В романе «Бутылка» автор старается раскрыть многие проблемы современного общества, особенно проблемы женщин и их свобод. Роман рассказывает о двух войнах, возникших параллельно: Война против чувств женщины, которую вел её возлюбленный. Она живет любовью, и это раскрывается во всех подробностях и деталях, после чего она обнаруживает измену возлюбленного, который приблизился к ней, чтобы отомстить её брату
2024-12-19
JIZZAX VILOYATIGA KIRITILGAN INVESTITSIYALARNING IQTISODIYOTDAGI O’RNI
Mazkur maqola soliqlar va ijtimoiy tenglik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qiladi. Unda soliq siyosati vositasida jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, progresiv soliqlash tizimining aholining turli qatlamlariga ta’siri, soliq imtiyozlari orqali kam ta'minlangan guruhlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va bu siyosatning iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan ijobiy ta’siri o‘rganiladi. Shu bilan birga, maqolada adolatli soliq tizimini shakllantirishda duch kelinayotgan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari soliqlarning nafaqat davlat byudjetini shakllantirishda, balki ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashda ham muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.
2024-12-19
O‘ZBEK TILI VA XORIJIY TILLARDA YOZMA ISH TURLARINING O‘RGANILISHI
Ona tilini oʻqitish metodikasida oʻquvchilarning yozma nutqini oʻstirish insho yozish ustidagi ilmiy ishlar bilan bogʻlangan. S.Dolimovning “Bayon va insho”, O.Madayev va boshqalarning “Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant” nomli metodik qoʻllanmalari va U.Dolimovning “Insho qanday yoziladi?” nomli metodik koʻrsatmalari[1:32], N.Sattorovaning “Oʻquvchilarning insho yozish malakalarini takomillashtirish (5-sinfda ona tili oʻqitish jarayonida)” mavzusidagi tadqiqoti[2:141] shular jumlasidandir.
2024-12-19
TECHNOLOGY FOR IMPROVING METHODS OF ORGANIZING QUALITY EDUCATION AND UPBRINGING IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS
The integration of technology in general education schools has revolutionized traditional teaching and learning methods, enhancing both the quality of education and the upbringing of students. This essay explores how innovative tools such as digital learning platforms, interactive technologies, artificial intelligence, and gamification are transforming classrooms. It highlights the role of these technologies in fostering personalized learning, increasing student engagement, and promoting holistic development, including moral and social growth. Additionally, it addresses the challenges of implementation, such as the digital divide and the need for teacher training, while emphasizing the potential of data-driven decision-making to improve outcomes. By adopting a balanced approach, schools can leverage technology to create inclusive and effective educational environments that prepare students for the demands of the 21st century.
2024-12-19
IMOM BUXORIY VA IMOM TERMIZIYNING HADIS ILMIGA QO'SHGAN HISSALARINI QIYOSIY TAHLILI
Mazkur maqolada hadis ilmining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan ikki buyuk muhaddis, Imom Buxoriy va Imom Termiziylarning ilmiy merosi qiyosiy tarzda tahlil etiladi. Maqolada, har ikkala muhaddisning hadis to‘plamlaridagi metodologik yondashuvlar, hadislarni tanlash va ularning ishonchliligini baholash usullari chuqur tahlil qilinadi. Imom Buxoriyning "Sahih al-Buxoriy" va Imom Termiziyning "Sunan al-Termiziy" asarlari asosida hadis ilmiga qo‘shgan hissalari, ayniqsa, sanad va matnni tahlil qilishdagi yondashuvlaridagi o‘xshashliklar va farqlar ko‘rib chiqiladi. Maqola, shuningdek, bu ikki muhaddisning ilmiy merosining ahamiyatini, ularning hadis ilmi sohasidagi yuksak darajadagi metodologik tafovutlarini va ularning ilmiy ishlarining bugungi kunda davom ettirilayotgan ilmiy tadqiqotlarga ta’sirini o‘rganadi.
2024-12-19
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING O ‘QUV FAOLIYATIGA MOSLASHISHI
Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi va bolalarning maktabga moslashish jarayonida sodir bo’ladigan psixologik o’zgarishlar yoritilgan.
2024-12-20
VINTLI KONVEYER VINTLARIGA O‘RNATILADIGAN QOZIQ KONSTRUKSIYASINI PAXTA TOZALASHDAGI AHAMIYATI
Paxta hom ashyosidan iflosliklarni ajratib olish paxtani qayta ishlash jarayonida muhim jarayon hisoblanadi. Buning uchun undagi mayda va yirik iflosliklarni dastlabki jarayonida aksariyat paxta tozalash zavodlarida birinchi navbatda vintli konveyerlardan so’ngra universal paxta tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Vintli konveyerlarning qo’shimcha turli konstruksiyadagi qoziqlar bilan ta’minlanishi konveyerda paxta titish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2024-12-20
TASAVVUF TA’LIMOTIDA AKSIOLOGIK FIKRLARNING AKS ETISHI
Ushbu maqolada Tasavvuf ta’limotida aksiologik fikrlarning aks etishi yoritilgan. Sharq va g‘arb olimlarining qarashlari tahlili keltirilgan. Sharq falsafiy tafakkuri tarixida komil insonga bag‘ishlangan qator kitoblari tahlili ketlirilgan.
2024-12-20