IJTIMOIY HIMOYANI IJTIMOIY SUG‘URTA ORQALI YO‘NALTIRISH
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tasdiqlangan taraqqiyot strategiyasining “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” nomli to‘rtinchi yo‘nalishida belgilangan “54 maqsad –pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda fuqarolarning pensiya miqdorlari mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga muvofiq izchil oshib borishini ta’minlash vazifasi belgilab quyilgan”. Pensiya ta’minoti tizimi har bir mamlakatning aholini ijtimoiy himoya qilishda muhim dastagi hisoblanadi. Bunda, asosan belgilangan muddatlarda pensiya uchun badallar o‘tkazib borgan, mehnat layoqatini butunlay yoki vaqtincha yo‘qotgan, boquvchisidan mahrum bo‘lgan shaxslarni pensiyalar orqali ularni moddiy ta’minlash tushuniladi, ya’ni pensiya ayrim toifadagi shaxslar uchun davlatning eng muhim ijtimoiy kafolatlaridan biridir.
