«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-05-30
Статьи
SINGAPUR UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA REFLEKSIV YONDASHUV TAJRIBASI: O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA JORIY ETISH MASALALARI VA QIYOSIY TAHLILI
Singapurda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, O‘zbekistonda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, pedagogik jarayonlarni boshqarish, refleksiv yondashuv tajribasi, qiyosiy tahlil, afzalliklar va tavsiyalar kabi masalalar atroflicha yoritib berilgan.
2025-05-29
TARBIYACHI NUTQIGA QO’YILADIGANPEDAGOGIK TALABLAR
Maqolada nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat qilmog'i lozim. Shundan kelib chiqqan holda nutq madaniyati: o'z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli sharoitlarda bayon eta olish vositalarini, ma'noni turli shakllarda bera olish yo'llarini, badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikrmulohazani, shaxsiy munosabatni og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri bayon eta olish madaniyatini ifodalaydi.
2025-05-29
OPPORTUNITIES FOR IMPROVING THE SYSTEM OF PERSONNEL TRAINING IN THE TOURISM SECTOR AND EXPANDING INTERNATIONAL COOPERATION
As one of the priority sectors of the global economy, tourism is considered a strategic direction that can bring high income to the national economy. This article explores various opportunities for improving the system of personnel training in Uzbekistan’s tourism sector. It analyzes the issues of aligning educational programs with international standards and expanding intergovernmental cooperation. Based on recent scientific research in the field of tourism, the study emphasizes the importance of enhancing the practical skills of specialists and strengthening international collaboration.
2025-05-29
“XAMSA” DOSTONIDA O‘ZBEK BADIYI TAFAKKUR CHO‘QQISI
Mazkur maqolada Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan “Xamsa” asari o‘zbek badiiy tafakkurining eng yuksak namunasi sifatida tahlil etiladi. Undagi besh dostonda aks etgan falsafiy, axloqiy, estetik va ijtimoiy g‘oyalar o‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyotida tutgan o‘rni nuqtayi nazaridan baholanadi. Maqolada shuningdek, “Xamsa”ning Nizomiy va Xusrav Dehlaviy an’analariga tayanilgan holda o‘zbekona ruhda takomillashgani, obrazlar tizimi, poetik san’at, til va uslub xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Asar o‘zbek xalqining ma’naviy merosi, axloqiy mezonlari, adolat, muhabbat va donishmandlikka bo‘lgan e’tiborining badiiy timsoli sifatida yoritiladi.
2025-05-29
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA GEYMIFIKATSIYANI JORIY ETISH VA BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBALARI
Jahonda iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi natijasida inson kapitaliga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va kreativ metodikalar bilan uyg‘unlashgan o‘qitish uslublarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi esa inson shaxsining shakllanishidagi eng muhim bosqich sifatida, o‘z mazmun-mohiyatini qayta ko‘rib chiqishni va zamonaviy yondashuvlar bilan boyitishni talab qilmoqda. Geymifikatsiya – ya’ni o‘yin mexanizmlarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash – bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish, ijodiy fikrlash va raqamli savodxonlikni erta shakllantirishga xizmat qiladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’limda geymifikatsiyalash orqali zamonaviy mehnat bozoriga mos, muammoli vaziyatlarda yechim topa oluvchi, adaptiv fikrlaydigan avlodni shakllantirishga erishmoqda.
2025-05-31
XOTIN-QIZLAR FAOLLIGINI OSHIRISHDA PSIXOLOGLAR VA PEDAGOGLAR O‘RNI
Ushbu maqolada xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik va psixologik asoslari yoritilgan. Ayol shaxsini shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning tutgan o‘rni, o‘ziga ishonchni rivojlantirish, ijtimoiy moslashuv, liderlik va tashabbuskorlik kabi fazilatlarni tarbiyalashning samarali yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘qituvchi va psixologlarning bu jarayondagi roli, qizlarning psixologik salomatligi va motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlashning amaliy usullari tahlil qilingan. Maqola pedagoglar, psixologlar va ta’lim sohasidagi mutaxassislar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydalidir.
2025-05-31
KREATIV TAFAKKUR TUSHUNCHASI VA UNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MAZMUNI
Ushbu maqolada kreativ tafakkur tushunchasining zamonaviy talqini va uning psixologik-pedagogik mazmuni chuqur tahlil qilinadi. Muallif kreativ tafakkurni nafaqat yangi g‘oyalarni yaratish, balki o‘quvchilarda hayotni tahlil qilish, muammolarga yangicha yondashuv topish, hissiy barqarorlikni saqlash va intellektual jur’at ko‘rsatish qobiliyati sifatida ko‘rib chiqadi. Tadqiqotda kreativ tafakkur inson tafakkurining kompleks shakli sifatida qaralib, uni rivojlantirishda o‘qituvchining psixologik yondashuvi, raqamli ta’lim vositalari va ijtimoiy muhitning o‘zaro bog‘liqligi asosida yangi nazariy model taklif etiladi. Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlovchi pedagoglar, psixologlar hamda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni izlayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
2025-05-31
ПСИХОЛОГНИНГ РИВОЖЛАНТИРУВЧИ ВА КОРРЕКЦИОН ИШЛАРИ
Психологик хизматнинг ушбу йўналиши психологдан инсон шахси ва индивидуаллигини таркиб топтириш жарёнида фаол ўиштирок этишни тақозо қилади. Халқ таълими тизимидаги психологнинг вазифаси психологик хизматни муайян ҳолда, мезонга асосланиб ташкил қилишдан иборат бўлиб, ёш давр хусусиятларига биноан психиканинг ривожланиши, шахснинг шаклланиши қонуниятларини амалиётга татбиқ этиш, ўқитувчилар жамоасига болалар, ўқувчилар ва ўқувчилар таълим ва тарбиясини индивидуаллаштиришда ёрдамлашиш, уларнинг қобилияти, майлини ўсиш даражасига қараб ўқитувчиларга коррекцион ишларни амалга оширишда кўрсатмалар бериш. Психологик хизматнинг ушбу йўналишида алоҳида аҳамият касб этадиган нарса-бу болалар, ўқувчилар, ўқувчилар ўсишида кечикиш, уларда хулқнинг бузилиши, таълимда ўзлаштиришнинг ёмонлашуви кабиларни ўрганиш ҳисобланади.
2025-05-31
АГРЕССИЯ ВА ЭГРЕССИЯ: САБАБ ВА ОҚИБАТ
Агрессия ёки кишилар ўртасидаги келишмовчилик оқибатида келиб чиқадиган важоҳат ҳолати – бу шундай йўналишки, унга оид хулосалар нафақат психологларни, балки социологлар, ҳуқуқшунослар, педагоглар, файласуфлар, ижтимоий соҳа ходимлар, турли бўғин раҳбарларининг барчасини қизиқтиради. Зеро, инсон табиати ва унинг бошқа инсонларга боғлиқ жиҳатларини ўрганиш учун хулқнинг айнан шу томонини ҳам ўрганиш, билиш ва бошқара олиш керак.
2025-05-31
МАКТАБ ПСИХОЛОГИНИНГ ЎЗИНИ РЕКЛАМА ҚИЛИШ
Психолог мактабда жон деб ишлаб, ўзининг иш вақтини ҳамда ишдан бўш вақтини мактабда ўтказса-да, баъзан ўқитувчиларнинг «психологимиз нима қиляпти?», «Психолог мактабда бўлади-ми ўзи?» деган кинояли гапларини эшитиш мумкин. Агар психолог ўз фаолиятини ўзини реклама қилишдан бошламаса, ўқитувчиларнинг бундай кинояларини кўпроқ эшитиш мумкин.
2025-05-31
ПСИХОЛОГИЯ ИЛМИДАГИ “МИЛЛИЙ ХАРАКТЕР” МУАММОСИ
Маданиятларни психологик изоҳлашга интилиш - эволюционизмнинг асосий белгиси ҳисобланади. Тадқиқотлар маркази бӯлган “халқлар психологияси” ни мустақил йӯналиш каби асослашга ҳаракат ХIХ аср ӯрталаридан бошланган. Янги фан соҳасининг асосчилари немис олимлари М.Лацарус (1824-1903) ва Х.Штейнталлардир (1823-1899). Уларнинг концепциясини асосий мазмуни қуйидагича: келиб чиқиш ва истиқомат муҳитининг ягоналиги натижасида “бир халқнинг барча индивидлари қалби ва вужудида ӯз халқи табиатининг алоҳида там²аси босилади”; бунда “вужуднинг қалбга таъсири натижасида барча индивидларда бир ҳил бӯлган руҳ хусусиятлари, мойилликлар ту²илиб, пировардида, уларнинг барчаси бир ҳил халқ руҳига эга бӯладилар” (Этнопсихологические проблемы: вчера и сегодня. стр. 34)
2025-05-31
КАСБ ЭГАЛЛАШИНИНГ ПСИХОЛОГИК МУАММО СИФАТИДА ЎРГАНИШ
Мактаб битирувчиларининг келажак ҳаёт режаларини ўрганиш юзасидан олиб борилган изланишларда (айнан қаерда ўқиш ва ишлаш ҳоҳишини ўрганиш юзасидан) ўзига хос натижалар олинди. Уларда касб танлашда қизиқишлар асосий ўрин тутиши қайд этилган. Бу ҳолат ташхис маркази фаолиятида амалий хусусият касб этади.
2025-05-31
ЎСМИРЛАРДАГИ ИНҚИРОЗ ХОЛАТЛАРИНИ ЮЗАГА КЕЛИШ САБАБЛАРИ
Ёшларимиз эркин фикрлайдиган, ҳар қандай салбий таъсирчан ғоялардан, онг, тафаккур қарамлигидан озод, оилада, атроф-муҳитда бўлаётган воқеа-ҳодисаларни ҳаққоний баҳолайдиган ва уларга эркин муносабатларини билдира оладиган, ўзининг илғор фикрлари, наъмунаси билан оила аъзолари, синфдошлари, дўстларига таъсир қила оладиган, интеллектуал кучга эга, тиришқоқ, билимли, жасур ва одобли бўлмоғи назарда тутилади.
2025-05-31
THE EVOLUTION OF INTERNET SLANG AND ITS SOCIOLINGUISTIC IMPLICATIONS
This article, The Evolution of Internet Slang and Its Sociolinguistic Implications, explores the rapid development of internet slang and its broader effects on language and society. Drawing from six recent academic sources, the paper traces the historical emergence of online slang, its unique linguistic characteristics, and its role in shaping social identities, particularly among digital generations like Gen Z and Gen Alpha. It examines how internet slang functions as a tool for self-expression, cultural distinction, and group affiliation, while also addressing challenges it poses for formal education and language policy. The article highlights the fluid nature of slang, emphasizing its contribution to semantic change and lexical innovation in digital communication. It serves as a resource for researchers and educators interested in language change, youth culture, and the intersection of technology and linguistics.
2025-05-31
JADID PEDAGOGIK MEROSIDAN FOYDALANIB O‘QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada jadid pedagogik merosining o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Jadidlar ta’lim-tarbiya sohasidagi konseptual g‘oyalari va ularning milliy ma’naviyatni rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Tarbiya fanida jadid merosidan foydalanish yo‘llari, amaliy metodlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, muallimning yoshlarni ma’naviy barkamollikka yetaklashdagi o‘rni va vazifalari ta’kidlanadi.
2025-05-31
BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINI KREATIV KOPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarni amalga oshirish uchun ta'lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish va shu yo‘lda qator islohotlarni amalga oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun ta'lim sifatini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish” kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq o‘qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ushbu maqolada aks etgan.
2025-05-31
THE ROLE OF TECHNOLOGY IN MODERN ENGLISH LANGUAGE TEACHING
This article explores the transformative influence of technology on modern English language teaching (ELT), emphasizing how digital tools enhance both teaching practices and learner outcomes. It highlights the integration of Information and Communication Technologies (ICT), such as interactive whiteboards, mobile applications, online platforms, and multimedia resources, which have revolutionized classroom dynamics. The article explains how technology supports the communicative approach by providing authentic materials and encouraging student-centered learning through collaboration, autonomy, and interaction.
2025-05-31
ОТА-ОНАЛИК УСТАНОВКАЛАРИ ВА ТАРБИЯ ШАКЛЛАРИ
Ижтимоий тарбиянинг асл маъноси ҳам, вазифаси ҳам боладаги ижтимоий фаолликни ошириш орқали, ундаги ижобий фазилатларни камол топтиришдир. Одатда оилада ижтимоий фаолликни ошириш бола иродасини чиниқтириш орқали амалга оширилади. Чунки кўпинча ота-оналар болаларининг ақлли, фаросатли бўлиб етишларига эътибор бериб, унинг руҳиятини ҳамда жисмоний қуваатини оширишга, иродасини мустаҳкамлашга беэътибор қоладилар. Бунинг оқибатида бола турмуш суқмоқларида тез қоқиладиган, турли ижтимоий вазиятларда қийинчиликларни енга олмайдиган, руҳияти мўрт бўлиб катта бўлади. Шунинг учун ҳам оилавий ижтимоийлашувда боланинг ижтимоий билимдонлиги, ижтимоий кўникмалар ва уларни оширишга қаратилган чора-тадбирларга алоҳида урғу берилади
2025-05-31
YANGI O’ZBEKISTON DUNYO NIGOHIDA
Ushbu maqola hozirgi kunda mamlakatimizda bo’layotgan xalqaro miqyosdagi yig’ilishlar va BMT, YI, Markaziy Osiyo davlatlari nigohida yangi O’zbekistonning keng qamrovli ichki va tashqi siyosati, shu bilan birga mamlakatimiz taraqqiyoti uchun davlatimiz rahbarining sa’y harakatlari natijasida olib borilayotgan davlat boshqaruvining izchil va uzviy tarzda faqat xalq farovonligi, mamlakat tarqqiyoti uchun ekanligiga bag’ishlanadi. Shu bilan birga mamlakatimizda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolariga ko’rsatilayotgan e’tibor hususida so’z boradi.
2025-05-31
ОБУЧАЮЩИЕ УПРАЖНЕНИЯ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ НА ЗАНЯТИЯХ РУССКОГО ЯЗЫКА
В данной статье рассматривается процесс обучения лексике русского языка в вузе, как иностранного, с использованием разных видов упражнений.
2025-05-31
ИГРОВЫЕ ПРИЁМЫ В ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ КАК ИНОСТРАННОМУ
в данной статье рассматриваются использование игровых интерактивных технологий в обучении РКИ. Автор статьи предлагает изучить методику конкретных игр, которые с высокой степенью эффективности могут использоваться на занятиях по РКИ на всех уровнях знания языка.
2025-05-31
НЛП В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ
В данной статье рассматривается применение нейролингвистического программирования (НЛП) в процессе обучения русскому языку как иностранному, изучение возможностей использования НЛП для повышения эффективности обучения.
2025-05-31
TALABALARNI TA'LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING O'RNI
Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi. Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim-tarbiya jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shaklantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir.
2025-05-31
OG‘ISHGAN XULQNING DIAGNOSTIK USULLARI
Mazkur maqolada turli yosh va kategoriyadagi ta'lim oluvchi o'quvchilar va ular bilan amaliy psixologning olib boradigan faoliyati, amaliy psixologning vazifa va burchlari, axloqiy qoidalari va unga qo‘yiladigan talablar haqida bayon qilingan.
2025-05-31
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TEZKORLIK VA KUCH JISMONIY SIFAT KO‘RSATKICH DARAJALARINING TAHLILI
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika vositalarining o‘rganilishi, o‘yinlar va faoliyatlar orqali amalga oshiriladi, bu esa bolalarning qiziqishlarini uyg‘otadi va ularni jismoniy mashqlarga jalb qilishni osonlashtiradi. Shu bilan birga, pedagoglar bolalarning jismoniy faolligini oshirish uchun samarali treninglar va mashqlarni amalga oshirishi kerak.
2025-05-31
TO‘LIQSIZ OILALARDAGI MUAMMOSI MAVJUD TALABALARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI TA’MINLASH
Mazkur maqolada to‘liqsiz oilalardagi muammosi mavjud talabalarni ijtimoiy faolligini ta’minlash mazmuni yoritilgan.
2025-05-31
