«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-08-05

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MULTIMODAL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: RAQAMLI ASR TALABLARI

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida multimodal kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar va global tarmoqlar rivojlangan hozirgi davrda axborot almashinuvi vizual, audial va kinestetik elementlarni o‘z ichiga olgan multimodal xarakterga ega bo‘lib, bu holat ta’lim jarayoniga yangi talablar qo‘ymoqda. Multimodal kommunikatsiyaning nazariy asoslari yangilanadi, boshlang‘ich ta’limdagi mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinadi va o‘quvchilarning kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli pedagogika hamda sun’iy intellekt (AI) asosidagi innovatsion o‘qitish strategiyalari taklif etiladi. Maqola multimodal matnlar bilan ishlash, tanqidiy media savodxonligini rivojlantirish va raqamli vositalar yordamida ijodiy faoliyatni rag‘batlantirishga oid amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Salimova Dilbar Halim qizi

4-6

2025-08-05

XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARI VA ULARNING ESTETIK QOBILIYATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Ertak, maqol, topishmoq, afsona va dostonlarning estetik tarbiya vositasi sifatidagi imkoniyatlari yoritiladi. Xalq ogʻzaki ijodini zamonaviy taʼlimga uygʻunlashtirishning metodik asoslari koʻrsatib beriladi.

Kaxarova Gulnora Saʼdullayevna

7-9

2025-08-06

BADIIY-ESTETIK TAFAKKUR TAKOMILIDA KONSEPSIYA VA MILLIY QADRIYATLAR HAMDA O'ZBEK NASRI

Ushbu maqola badiiy-estetik tafakkur takomilida konsepsiyaning o'rni va milliy qadriyatlarning o'zbek nasriga ta'sirini tadqiq qiladi. Tadqiqot o'zbek adabiyotining taraqqiyotida milliy qadriyatlar va badiiy-estetik konsepsiyalarning o'zaro ta'sirini tahlil etadi. Maqolada zamonaviy o'zbek nasrining shakllanishida milliy o'zlikni anglash, madaniy merosning badiiy interpretatsiyasi va estetik tafakkurning transformatsiya jarayonlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida milliy qadriyatlarning badiiy-estetik konsepsiyalarga integratsiyasi o'zbek nasrining o'ziga xos xususiyatlarini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi.

Zaripova Moxiniso Mirazim qizi

10-13

2025-08-06

BOLALAR PSIXOLOGIYASINING BOLA HAYOTIDAGI O‘RNI

Bolalar psixologiyasi inson shaxsining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, chunki inson shaxsining kelgusidagi shakllanishi va hayotdagi o‘z o‘rnini topishi bevosita bolalik davrida qanday tarbiya olganiga bog‘liq. Aynan bolalar psixologiyasi zamonaviy jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi. Ushbu maqolada bolalar psixologiyasi tushunchasi, uning asosiy vazifalari va zamonaviy jamiyatdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi, bu orqali mavzuning naqadar dolzarb ekani yaqqol namoyon bo‘ladi.

Mirsaitova Go`zal Baxodirovna

14-15

2025-08-11

BOLALAR PSIXOLOGIYASI

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘smirlar orasida xavotir va o‘z joniga qasd qilish holatlari ortib bormoqda. O‘smirlik davrida keraksiz janjallar orqali bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish maqsadga muvofiq emas. Har bir ota-ona va maktab xodimi bolalar bilan ishlashda o‘z bilim va ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashishi zarur.

Mirsaitova Go`zal Baxodirovna

16-17

2025-08-11

TEXNOLOGIYA FANINING O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Fanga doir zamonaviy interfaol metodlar texnologiya   fan o‘qituvchilari uchun darslar davomida va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni yahshi o‘zlashtirishlariga, o‘quv materiallarini va berilgan mavzularni tezroq va osonroq o‘zlashtirishiga yordam beradi.

Barchinoy Mahmudova

18-21

2025-08-11

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O'QITISHDA AMALIYOTGA YO'NALTIRILGAN YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada miqdorlarni o‘qitish jarayonida real hayotiy misollar, didaktik o‘yinlar va interfaol mashg‘ulotlardan foydalanish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, o‘lchov birliklari, vaqt, pul va massa kabi miqdorlarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va pedagogik usullar keltirilgan.

Ikromova Sevinch Elniyoz qizi

22-24

2025-08-11

MILLIY CHOLG'U ASBOBLARI ORQALI O'QUVCHILARNING MUSIQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada milliy cholg'u asboblari orqali o'quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish texnologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili metodiga asoslanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning milliy cholg'u o'qitishdagi qo'llanilishi, musiqiy madaniyat shakllanishining nazariy asoslari va interfaol o'qitish metodlari ko'rib chiqilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, milliy cholg'u asboblari orqali musiqiy madaniyat shakllantirishda kompleks yondashuv zarur bo'lib, bu jarayon an'anaviy va zamonaviy texnologiyalarning uyg'unlashuviga asoslanishi kerak. Maqolada musiqiy madaniyatni rivojlantirishning samarali texnologik modellari va pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.

Abduraxmonov Xusan Botirovich

25-28

2025-08-11

БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ

XXI асрда жамият ривожи билимли, танқидий фикрлайдиган ва янгича ечимлар топа оладиган шахсларга эҳтиёж сезмоқда. Шу боис, таълимнинг илк босқичиданоқ ўқувчиларнинг интеллектуал саводхонлигини ривожлантириш масаласи муҳим аҳамиятга эга. Бошланғич синфлар боланинг фикрлаш, англаш, таҳлил қилиш ва ижодий ёндашиш қобилияти асоси қўйиладиган давр ҳисобланади.

Абдалиева П.И.

29-31

2025-08-11

O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MUAMMOLI SAVOLLAR ORQALI FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada o‘qish savodxonligi darslarida muammoli savollardan foydalanish orqali o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish masalasi tahlil etiladi. Muammoli savollar – bu o‘quvchini tayyor javob emas, balki izlanishga, tahlil qilishga, muqobil yechimlar taklif etishga undovchi savollardir. Ular orqali o‘quvchida mustaqil fikrlash, sabab-oqibat bog‘lanishini tushunish, dalillash va xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllanadi.

Anarbayeva Dildora Ahmetovna

32-34

2025-08-11

БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ

XXI асрда жамият ривожи билимли, танқидий фикрлайдиган ва янгича ечимлар топа оладиган шахсларга эҳтиёж сезмоқда. Шу боис, таълимнинг илк босқичиданоқ ўқувчиларнинг интеллектуал саводхонлигини ривожлантириш масаласи муҳим аҳамиятга эга. Бошланғич синфлар боланинг фикрлаш, англаш, таҳлил қилиш ва ижодий ёндашиш қобилияти асоси қўйиладиган давр ҳисобланади.

Абдалиева П.И.

35-37

2025-08-13

LEKSIK ANTONIMLAR VA ULARNI ANIQLASH MEZONLARI

Mazkur tezisda leksik antonimlarning til tizimidagi o‘rni, ularning semantik va grammatik xususiyatlari, hamda aniqlash mezonlari yoritiladi. Antonymiya hodisasiga oid turli olimlarning nazariy qarashlari tahlil qilinib, ilmiy yondashuvlar qiyosiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Leksik antonimlarni aniqlashda semantik, grammatik, paradigmatik, kontekstual va lingvokulturologik mezonlarning uyg‘unligi asosiy talab sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.

X. Mamatkulova

38-39

2025-08-15

SHAXS MA’NAVIY-AHLOQIY RIVOJLANISHIDA INTELLEKTUAL TARAQQIYOTNING O‘RNI

Ma’lumki, kognitiv yo‘nalishda axloqiy ongni taraqqiyoti muammosi, intellektni rivojlantirish va axloqiy e’tiqodni shakllantirishning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan tahlil qilingan.

Mirxoliqova Charos Xabibullaevna

40-43

2025-08-18

JAHON PSIXOLOGLARI TADQIQOTLARIDA BOSHQARUV KOMPETENSIYASI TUSHUNCHASINING MAZMUNI

Kompetentlik - shaxsning faoliyat predmetiga shaxsiy munosabatini o‘z ichiga olgan tegishli kompetensiyaga ega bo‘lishi. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari mehnat, tashkilot, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zaro ta’sirning asosiy tushunchalari bilan bog‘liq. Bu esa “kompetensiya” va “ijtimoiy jarayonlar” fenomenlariga yagona harakat mexanizmi xos degan fikrni mustahkamlaydi. Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv kompetentligining mazmuni va ma’nosi haqida turli xil qarashlar mavjud.

Ravshan Ashurov

44-47

2025-08-22

TARIX DARSLARIDA O`QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA O`RGATISH

Mustaqillik atalmish tarixiy ne’mat xalqimizning tarixiy an’ana va ma’naviy boyliklarini qayta tiklovchi, uni yangi mazmun bilan boyituvchi muhim omil bo‘ldi. O‘z navbatida ta’lim tizimi mazkur omil doirasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ta’lim jarayonida esa tarix fanini o‘qitish, unda milliy asosga tayanish, xalqimizning ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik kabi an’analari, andishalilik, iymon-insof, mehr-oqibat, or-nomus kabi fazilatlarini chuqur o‘rganish va ularni yoshlar qalbiga singdirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.

Sultamuratova Xurliman Joldasbay qizi

48-50

2025-08-25

ADABIY MATN TAHLILIDA NEYROPEDAGOGIKA BILAN UZVIY ALOQADORLIK

Mazkur maqolada neyropedagogika va adabiy savodxonlikni integratsiyalashtirishning metodologik asoslari tahlil qilingan. Muallif ta’limda ushbu ikki yo‘nalishning o‘zaro uyg‘unligi inson ongidagi bilish, his qilish va ma’no yaratish jarayonlarini samarali faollashtirishini asoslab bergan. Neyropedagogikaning kognitiv va affektiv neyroyondashuvlari, adabiy matnni hissiy va mantiqiy qabul qilish, shaxsiy munosabat shakllantirish kabi jarayonlar bilan bog‘langan holda tavsiflangan.

Duschanova Nilufar Sabirbayevna

51-53

2025-08-25

KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi. Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi.

Isroilov Farxodjon Ilxomjon og‘li

54-56

2025-08-25

ОИВ ИНФЕКЦИЯСИГА МАЖБУРИЙ ТИББИЙ ТЕКШИРУВДАН ЎТКАЗИШ ТАРТИБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Дунёда таносил ёки ОИВ инфекциясининг тарқалиши глобал ҳодиса бўлиб, у кўп томондан барча мамлакатларга таъсир қилиб, ҳаётнинг турли жабҳаларида ўзининг жиддий таъсирини кўрсатмоқда. Бу эса ушбу касалликларнинг тарқалишига қарши курашиш ҳамда касалликка чалинган шахсларнинг қонуний манфаатларини ишончли ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий асосларини тубдан такомиллаштириш заруратини тақозо этмоқда.

Рўзиев Иззатулло Неъматуллоевич

57-60

2025-08-26

BOLALARDA IJTIMOIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH UCHUN KOOPERATIV O‘YINLAR METODIKASI

Ushbu maqolada bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda kooperativ o‘yinlar metodikasining ahamiyati tahlil qilinadi. Kooperativ o‘yinlarning an’anaviy raqobatga asoslangan o‘yinlardan farqli jihatlari, ularning muloqot, empatiya va jamoaviy ish malakalarini rivojlantirishdagi roli izohlanadi. Shuningdek, pedagogik yondashuvning muhim jihatlari, o‘yinlarni tashkil etish bosqichlari va metodik talablari bayon etiladi. Amaliy misollar orqali mazkur metodikaning samaradorligi yoritiladi hamda tadqiqot natijalariga asoslangan holda kooperativ o‘yinlarning bolalar shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’siri asoslab beriladi. Maqola umumlashtirilgan xulosalar bilan yakunlanadi va ta’lim amaliyotida ushbu metodikaga kengroq o‘rin berish tavsiya etiladi.

Djoldasbaeva Nabira Dauletbaevna

61-62

2025-08-28

TALABALARDA MILLIY VA UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Maqolada talabalarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Jamiyatning globallashuvi, ta’lim tizimidagi modernizatsiya jarayonlari, shuningdek, shaxsni har tomonlama rivojlantirish zarurati kompetensiyalarni shakllantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilab bermoqda. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar o‘zida nafaqat madaniy meros va qadriyatlarni anglashni, balki ularni zamonaviy ijtimoiy hayot sharoitida samarali qo‘llashni ham nazarda tutadi. Maqolada milliy qadriyatlarni yosh avlod ongida mustahkamlash bilan bir qatorda, dunyo madaniyati yutuqlaridan foydalanish orqali keng dunyoqarash va tolerantlikni rivojlantirish masalalari pedagogik yondashuvlar asosida yoritilgan. Shu orqali ta’lim jarayonida talabalarni har tomonlama tayyorlash, ularni milliy g‘urur va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda tarbiyalash imkoniyatlari ochib beriladi.

Tolibjonova Ozodaxon Isroiljon qizi

63-65

2025-08-31

TIL, TAFAKKUR VA DAVR UYG‘UNLIGI: XAYRIDDIN SULTONNING QISSACHILIK USLUBI

Mazkur tezis Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Ajoyib kunlarning birida” qissasining badiiy xususiyatlari, janr poetikasi, til va uslubiy yondashuvlari hamda asarda ifodalangan davr ruhi tahliliga bag‘ishlangan. Asarda 1970–80-yillar Sovet O‘zbekistoni hayotining realistik manzaralari, insoniy iztiroblar, ma’naviy bo‘shliq va milliy o‘zlikni anglash jarayonlari chuqur badiiy ifodasini topgan. Qahramonlar, xususan Sulton obrazi orqali muallif ichki monolog, ruhiy kurash, vijdon va burch, hayot mazmuni kabi falsafiy masalalarni yoritadi. Botir Zokirov obrazida esa milliy g‘urur, ma’naviyat va san’at ifodasi mujassam. Asarning tili sodda, xalqona, ammo mazmunan chuqur; har bir obraz nutqi individuallashtirilgan. Tadqiqotda qissa janrining zamonaviy evolyutsiyasi, psixologizm va lirizm singari tendensiyalar ham yoritilib, muallif uslubining yuksak badiiy madaniyati namoyon etiladi. Shu jihatdan, qissa o‘zbek adabiyotida falsafiy-lirik qissachilikning yorqin namunasi sifatida baholanishi mumkin.

Adilova Fanuza Shodiyor qizi

69-72

2025-08-31

INTERFAOL USULLAR, ULARNING TURLARI VA ULARNI DARS JARAYONIDA QO`LLASHNING SAMARADORLIGI

Ushbu tezisda ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishning nazariy asoslari, ularning turlari hamda amaliyotda qoʻllash imkoniyatlari yoritilgan. Interfaol usullar — oʻquvchilarni faol fikrlashga, mustaqil ishlashga va jamoaviy muloqotga jalb etuvchi zamonaviy pedagogik yondashuvlardan biridir. Ishda interfaol metodlarning turlari, jumladan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Blits-soʻrov”, “Munozara”, “Rol oʻynash” kabi usullar haqida ma’lumot berilgan va ularning dars samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan.

Jonibekova Aziza Hatamjon qizi

66-68

2025-08-31

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO'LGAN BOLALARNI KASBGA YO'NALTIRISHDA PSIXOLOGNING VAZIFALARI

Ushbu maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kasbga yo‘naltirish jarayonida psixologning vazifalari ilmiy asosda tahlil qilingan. Psixologning psixodiagnostika olib borishi, individual rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishi, kasbiy maslahat berishi, ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash faoliyati hamda ota-onalar va pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlari yoritilgan.

Eshmonov A’zam Abdurashidovich, Ostanov Shuxrat Sharifovich

73-75

2025-08-31

O’TMISH VA BUGUNNING INDIVIDUAL TAJRIBASI BAHOLASH HOLATLAR, TUR XIL PSIXOLOGIK YO'NALISHLARGA UNING TA’SIR

mazkur maqolada insonning o‘tmish va hozirgi hayotiy tajribalarining psixologik baholanishi, ularning shaxsiy rivojlanish va ruhiy holatga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Har bir shaxsning xatti-harakati va qarorlariga uning ilgari boshidan kechirgan voqealari chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada psixologiyaning turli yo‘nalishlari – psixoanalitik, kognitiv, gumanistik va bihevioristik yondashuvlar orqali individual tajribaning qanday talqin qilinishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, zamonaviy psixoterapevtik amaliyotda o‘tmish tajribalar bilan ishlashning samarali usullari – kognitiv-behavioral terapiya, travma markazli yondashuv va narrativ terapiya haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Maqola shaxsiy o‘sish, o‘zini anglash va ruhiy muvozanatga erishishda o‘tmish tajribasining ahamiyatini ochib beradi.

Ikromxo'jayeva Mubinaxon O'ktamjonovna

76-78

2025-08-31

BOSHLANG'ICH MAKTABDA TABIATSHUNOSLIK FANINI INTERAKTIV O'QITISH: RAQAMLI VOSITALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada boshlang'ich maktab darajasida tabiatshunoslik fanini o'qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalar va interaktiv usullarning ta'siri tahlil qilingan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili asosida amalga oshirilgan bo'lib, virtual laboratoriyalar, multimedia ta'lim vositalari, gamifikatsiya va boshqa innovatsion yondashuvlarning o'quvchi bilim sifatiga ta'siri ko'rib chiqilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, raqamli vositalarning to'g'ri qo'llanilishi o'quvchilarning tabiatshunoslikka qiziqishini oshiradi va bilimlarni chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradi.

Ahmadaliyev Shohruh Bahromjon o’g’li

79-81

2025-08-31

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUVNING UCH ASOSIY TURI VA ULARNING AMALIY TATBIQI

Mazkur tezisda umumiy orta talimda differensial yondashuvning uch asosiy turi — mahsulot, jarayon va material asosida tabaqalashtirish — nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Har bir yondashuv oquvchilarning individual qobiliyatlari va bilish suratlarini inobatga olgan holda talim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi yoritiladi. Shuningdek, talim jarayonida ushbu strategiyalardan foydalanishning afzalliklari va ularni tatbiq etishda uchraydigan muammolar boyicha tavsiyalar beriladi.

Xasanova Zebeniso Sa’dullayevna

82-84

2025-08-31

OLIY TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHDA PEDAGOGIK MAHORAT TALABLARI

XXI asrda insoniyat taraqqiyoti bevosita raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayoniga ham keng ko‘lamda kirib kelmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash nafaqat o‘qitish sifatini oshiradi, balki talabalarni mustaqil bilim olishga, kreativ fikrlashga, raqamli muhitda samarali ishlashga ham o‘rgatadi. Shu boisdan, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar tubdan yangilanmoqda. Endilikda zamonaviy pedagog faqat bilim yetkazuvchi emas, balki raqamli texnologiyalar vositasida ta’lim oluvchilarda mustaqil o‘rganish, tahlil qilish va ijodiy faoliyatni rivojlantiruvchi shaxs sifatida shakllanmoqda.

Xaitova Yulduz Saitovna

85-87

2025-08-31