«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-10-06

BO‘LAJAK TARIX FANI O’QITUVCHILARINI TESTOLOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI

Ushbu maqolada testologiya tushunchasi, uning tarix fani o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, bo‘lajak o‘qituv-chilarni testlarni tuzish, tahlil qilish va samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar, o‘quvchilarni baholashda testlar turini tanlash, baholash jarayonini tahlil qilish va test natijalarini samarali foydalanish yo‘llari yoritilgan.

Xamidova Rislig’oy Faraxadovna

4-6

2025-10-06

XX ASR AYOLI XADICHA SULAYMONOVA

Mazkur maqola asosan, Hadicha Sulaymonova hayoti va ijodi. Uning huquqshunoslikdagi tutgan oʻrni. Ilmiy adabiy merosi haqida yozilgan.

Benazir Xomidova

7-9

2025-10-06

IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARNI O‘QITISHDA MULTIMEDIYA VOSITALARDAN SAMARALI FOYDALANISH METODIKASI (“TEXNOLOGIYA” FANI MISOLIDA)

Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni o‘qitishda multimediya vositalaridan foydalanishning samarali usullari tahlil qilinadi. “Texnologiya” fanida qo‘llash imkoniyatlari, amaliy misollar, jadval va grafiklar asosida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqiladi.

Ibragimova Durdona Raxmatdjanovna

10-12

2025-10-06

O‘SPIRIN YOSHDAGI QIZLARNING OTALIK OBRAZIGA NISBATAN PSIXOLOGIK QARASHLARI VA OILAVIY ROLI

Maqolada o‘spirin qizlarning oiladagi rollar tizimida otalik makomi haqidagi tasavvurlari, ularning psixologik shakllanish jarayonidagi o‘ziga xos jihatlar tahlil qilingan. Ota shaxsining o‘spirin qizlarning emotsional rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va shaxsiy identifikatsiyasiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqotda otalikning avtoritar, demokratik va indifferent modellari farqlanib, ularning psixologik oqibatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda otalik obrazining transformatsiyasi va o‘spirin qizlarda otalik haqidagi tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari yoritilgan. Natijada, ota–qiz munosabatlarining ijobiy rivojlanishi shaxsning emotsional barqarorligi va sog‘lom ijtimoiy moslashuvini ta’minlovchi muhim omil ekanligi isbotlanadi.

Abdupattaxova Dilafruz Baxadirxanovna, Botirova Dilafro’z Bozorovna

13-18

2025-10-08

O’SMIRLIK DAVRIDA DEVIANT XULQNI YUZAGA KELTIRUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida deviant xulq shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy va psixologik omillar tahlil qilingan. O‘smir shaxsining ijtimoiylashuvi jarayonida oilaviy muhit, tengdoshlar guruhi, maktabdagi munosabatlar, ommaviy axborot vositalari va internet makonining o‘rni yoritilgan. Shuningdek, deviant xulqning paydo bo‘lishida shaxsning ichki motivlari, o‘z-o‘zini anglash inqirozi, hissiy beqarorlik, psixologik travmalar kabi omillarning o‘rni izohlangan. Tadqiqotda o‘smirlik davridagi og‘ishgan xulqning profilaktikasi bo‘yicha psixologik tavsiyalar berilgan.

Ergasheva Shahnoza G‘ayrat qizi, Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘li

19-23

2025-10-08

GEMATOLOGIYADA RAQAMLI MA’LUMOTLAR ALMASHINUVI PLATFORMALARINI INTEGRATSIYALASH: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

Zamonaviy gematologiya klinikalar, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida tibbiy ma’lumotlarning uzluksiz almashishini talab etadi. Biroq, mavjud raqamli platformalar tarqoqligi, yagona standartlarning yo‘qligi va muvofiqlik darajasining pastligi bilan ajralib turadi. Bu esa tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini pasaytiradi. Maqolaning maqsadi gematologiyada ma’lumotlar almashish uchun raqamli platformalarni integratsiyalashning asosiy muammolarini aniqlash va ularni hal etishning istiqbolli yo‘llarini belgilashdan iborat. Maqolada gematologiyadagi mavjud tibbiy axborot tizimlari va raqamli platformalar tahlil qilingan, integratsiyaga to‘sqinlik qiluvchi texnologik, tashkiliy va huquqiy jihatlar aniqlangan. Tibbiy ma’lumotlar almashishini standartlashtirish zarurligini, shuningdek, integratsiya samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalari va bulutli yechimlarni joriy etish kerakligini ko‘rsatib o‘tilgan. Gematologiyada raqamli platformalarni integratsiyalash tashxis qo‘yishni tezlashtirish, shaxsiylashtirilgan terapiyani yaxshilash va bemorlarning ijtimoiy himoyasini rivojlantirishni ta’minlaydigan istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Muvofiqlik, kiberxavfsizlik va me’yoriy tartibga solish muammolarini hal qilish sog‘liqni saqlashning yagona raqamli ekotizimini shakllantirish imkonini beradi.

Djalilov Bahrom Odilovich, Boqijonov Sultonbek Ulug'bek o'g'li

24-26

2025-10-08

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA O‘YINNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish jarayonida o‘yin faoliyatining psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘yin insonning tabiiy ehtiyoji sifatida ijodiy tafakkur, tasavvur va emotsional-intellektual rivojlanish uchun muhim omil ekanligi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, bolalarda mustaqil fikrlash, ijtimoiy moslashuv, nutqiy faollik va estetik didni shakllantirishda o‘yin texnologiyalarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Mualliflar tomonidan o‘yin jarayonining psixologik mexanizmlari, kreativlikni rag‘batlantiruvchi usullari hamda pedagogik amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari tahlil etilgan. Natijalar o‘yin faoliyatining ijodkorlikni rivojlantirishdagi o‘rnini kengaytirish va maktabgacha ta’lim tizimida samarali metodlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Muxammadaliyeva Kamolaxon Xabibullo qizi, Axmadov Nazirjon Rahmatovich

27-31

2025-10-08

JADIDLAR TOMONIDAN YARATILGAN KITOB VA DARSLIKLAR

Ushbu tezisda Turkiston jadidlari tomonidan XX asr boshlarida yaratilgan darsliklar tahlil qilinadi. Jadidlar zamonaviy dunyoqarashga asoslangan ta’lim tizimini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan bo‘lib, ularning darsliklari orqali milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik va islohot g‘oyalari ilgari surilgan. Maqolada darsliklarning mazmuni, metodik yondashuvi va tarixiy ahamiyati o‘rganiladi hamda ularning o‘z davri uchun yangilik bo‘lgani, bugungi tarixiy-huquqiy qadri tahlil qilinadi. Tadqiqot tarixshunoslik manbalariga asoslanib olib boriladi.

Qodirova Feruza Mamurovna

32-34

2025-10-08

“O’QUVCHILARNING HUQUQLARINI IJTIMOIYLASHTIRISH JARAYONIDA IJTIMOIY INSTITUTLARNING TA’SIRI: NAZARIY VA PEDAGOGIK TAMOYILLAR”

Ushbu ishda o’quvchilarning huquqlarini ijtimoiylashirish jarayonida ijtimoiy insitutlar-oila, maktab, OAV va jamoat tashkilotlarining roli nazariy –pedagogik asosda tahlil qilinadi va dunyoning ko’plab mamlakatlarida bu jarayonga qanday ahamiyat berilishi haqida to’xtalib o’tiladi.   Mavzuda huquqiy tarbiya mazmuni va pedagogic tamoyillar asosida ijtimoiy institutlar hamkorligining ahamiayti yoritiladi hamda amaliy tavsiyalar beriladi.

Nasiba Saidova Sadriddinovna

35-36

2025-10-08

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA O‘RTA BIZNESNING RIVOJLANTIRISH TAHLILI VA MODELLARI.

Kambag‘allikni qisqartirish va o‘rta biznesni rivojlantirish tahlili va modellari iqtisodiy o‘sishni, ijtimoiy barqarorlikni va davlatning iqtisodiy siyosatini kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu tahlil va modellarda bir nechta asosiy yondoshuvlar mavjud. Quyida kambag‘allikni qisqartirish va o‘rta biznesni rivojlantirishga oid asosiy yondoshuvlar va modellarga qisqacha to‘xtalamiz. Kambag‘allikka qarshi kurashishda davlat tomonidan turli yordam va subsidiya dasturlari, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu dasturlar ko‘pincha daromadi past bo‘lgan oilalarga ma’lum mablag‘lar yoki xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.

Muminov Fazliddin Shoymardonovich, Jamilova Nargiza Xurramovna

37-43

2025-10-09

BO’LAJAK MUHANDIS-TEXNOLOGLARDA ISHLAB CHIQARISH TA’LIMIDA UMUMIY METODOLOGIK KO‘RSATMALARNI O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI

Ishlab chiqarish ta`limining tashkiliy shakli deganda o`quv-ishlab chiqarish faoliyati uchun o`quvchilar jamoasini tashkil etish yo`llari, bu faoliyatga raxbarlik qilish shakllari, shuningdek o`quv mashg’ulotlarini qurilish strukturasi tushuniladi. Ishlab–chiqarish ta`lim jarayoni ta`limning turli shakllari bilan ta`minlanadi. Ta`limning asosiy formasi dars xisoblanadi. Bu o`quv ishini tashkil etishning nazariy va ishlab chiqarish ta`limidagi asosiy shaklidir.

Sharipova Nilufar Mavlonovna

44-48

2025-10-09

“O’QUVCHILARNING HUQUQLARINI IJTIMOIYLASHTIRISH JARAYONIDA IJTIMOIY INSTITUTLARNING TA’SIRI: NAZARIY VA PEDAGOGIK TAMOYILLAR”

Ushbu ishda o’quvchilarning huquqlarini ijtimoiylashirish jarayonida ijtimoiy insitutlar-oila, maktab,OAV va jamoat tashkilotlarining roli nazariy –pedagogik asosda tahlil qilinadi va dunyoning ko’plab mamlakatlarida bu jarayonga qanday ahamiyat berilishi haqida to’xtalib o’tiladi.   Mavzuda huquqiy tarbiya mazmuni va pedagogic tamoyillar asosida ijtimoiy institutlar hamkorligining ahamiayti yoritiladi hamda amaliy tavsiyalar beriladi.

Nasiba Saidova Sadriddinovna

49-50

2025-10-09

ALLERGIK KASALLIKLAR, ULARNING KO‘PAYISH SABABLARI VA DAVOLASH CHORALARI.

Allergiya yer yuzida juda keng tarqalgan patologiya. Sog’liqni saqlash tashkilotlari ma’lumotiga binoan Shimoliy Amerika va G’arbiy Yevropada taxminan 20% odamlar pollinozga (allergik rinokonyuktivit, allergik rinit) duchor bo’lishgan. Butun dunyoda allergiya bilan kasallanganlar soni oshishi kuzatilmoqda. «Allergy UK» ma’lumotlariga ko’ra, taxminan 30-40% odamlar hayotining muayyan bir qismida allergiyaga to’qnash keladi. Ushbu holatdan bolalar eng ko’p aziyat chekadi. Ushbu maqolamizda allergiyaning kelib chiqish sabablari va ularning davolash usullari haqida malumot beramiz.

Bahodirova Mohichehra , Yusupova Sevinch

51-54

2025-10-10

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI PSIXIKASINING RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixikasining shakllanish bosqichlari, ularning yoshga xos individual va emotsional xususiyatlari hamda psixologik rivojlanish dinamikasi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchi faoliyatining o‘quvchi shaxsining intellektual, hissiy va ijtimoiy yetukligiga ta’siri yoritiladi.

Amirova Nodira Shamshiyevna

55-57

2025-10-10

PROFESSIONAL MOBILITY IS THE MAIN ISSUE IN THE AREA OF PEDAGOGY

Hozirgi vaqtda ta’lim tizimi va elektron ma’lumotlar bazasi hamda keng ko‘lamli ma’lumotlar asosida aholi ma’lum bir bilimga ega  bo‘lmoqda. Talaba-muhandislar nafaqat universitetda o‘qishga, balki ish joylarida ham har qachongidan ham ko‘proq amaliyot o‘tashga intilyaptilar, chunki o‘qishni kasbiy mobillik bilan integratsiya qilish talabalar bilimi va amaliyot tajribasini oshirishning asosiy mezonidir. Shu sababli, qishloq xo'jaligida talaba-muhandislarning kasbiy mobilligini oshirish uchun integratsiyalashgan ta'limning pedagogik metodologiyasi zarurdir. Bundan tashqari, kelajakda kerakli mutaxassis bo'lish uchun kasbiy mobillik bilan universitetda tahsil olish zarurdir.

Xidirova Muhabbat Murodillayevna

58-61

2025-10-10

DESIGN THINKING IN TECHNOLOGY AND DESIGN EDUCATION: AN ACADEMIC PERSPECTIVE

Design Thinking is a human-centered methodology increasingly implemented across diverse fields as a structured approach to problem-solving and innovation. This paper examines the core stages of Design Thinking, its interrelation with creativity, its integration within educational environments – particularly in technology and design courses and its contribution to 21st-century skill development. Emphasizing the educational value of empathy, ideation, prototyping, and iterative testing, this study highlights how Design Thinking fosters critical thinking, collaboration, and innovative competence among learners.

TETİK Ugur

62-65

2025-10-13

DARS JARAYONIDA ILMIY VA BADIIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Tezisda dars jarayonida ilmiy va badiiy tafakkurni integrativ rivojlantirish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Ilmiy tafakkur kuzatish, muammo qo‘yish, gipoteza ilgari surish, dalillash va xulosa chiqarish kabi mantiqiy operatsiyalarni faollashtirsa, badiiy tafakkur estetik idrok, obrazli mushohada, empatiya va interpretatsiya ko‘nikmalarini kuchaytiradi. Tadqiqotda konstruktivizm, sotsiokonstruktiv yondashuv va dialogik pedagogika tamoyillari asosida darsning uch bosqichdan iborat dizayni taklif etiladi: muammoli kontekst yaratish va oldindan faollashtirish; matn bilan chuqur ishlash hamda ilmiy-badiiy tahlilni uyg‘unlashtirish; refleksiya va ijodiy sintez. Metodlar sifatida savol-javobning sokratik modeli, dalilga asoslangan fikrlash, konseptual xaritalash, yaqin rivojlanish zonasi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlovchi scaffold strategiyalari, shuningdek, o‘quvchilarni o‘quvchi—matn—muallif uchburchagi doirasida faol subyektga aylantiruvchi reader-response amaliyoti qo‘llanadi. Natijalar murakkab matnlarni idrok etish tezligi va aniqligining oshishi, dalil va obraz o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘ra olish, bahs-munozarada pozitsiyani asoslash hamda ijodiy yozuvda metafora va intertekstuallikni maqsadli ishlatish ko‘nikmalarining mustahkamlanishi bilan ifodalanadi. Xulosa sifatida, ilmiy va badiiy tafakkurni bir vaqtning o‘zida rivojlantirish darsning mazmuni, metodikasi va baholash usullarida uzviylikni taqozo etishi, integrativ rubrikalar va formatif baholash vositalari esa o‘sishni doimiy kuzatish imkonini berishi ta’kidlanadi.

Bazarova Dilnoz Bazarovna

66-68

2025-10-13

BOSHLANG‘ICH SINF DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI VA O‘QUV DASTURLARIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarida o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish masalalarini IMRAD strukturasida tahlil qiladi; tadqiqotda rasmiy hujjatlar tahlili, ekspert suhbatlari va pilot maktablarda kuzatuv-uslubiy sinovlar (2022–2024) kombinatsiyalangan; natijalar kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan dars va tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarning fuqarolik faolligida va ijtimoiy-ko‘nikmalarida sezilarli o‘sish (taxminan 35–40%) ko‘rsatganini tasdiqlaydi; maqola pedagogik metodlarni takomillashtirish, o‘qituvchilarni maqsadli metodik tayyorlash va o‘quv dasturini integratsiyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

Rustambekova Nigora Abduganisovna

69-73

2025-10-13

РАЗВИТИЯ МАЛОГО И СРЕДНЕГО БИЗНЕСА В АГРАРНОМ СЕКТОРЕ

Одним из направлений реформирования сельскохозяйственной отрасли является развитие малого и среднего бизнеса на селе. Функционирования дехканских и фермерских хозяйств и индивидуальных предпринимателей. Вместе с тем, развитие малого  и среднего бизнес на селе осуществляется медленными темпами, его доля в производстве сельскохозяйственной продукции является незначительной. Такая ситуация обусловлена спецификой аграрного производства в разрезе отраслей и подотраслей, влиянием природно-климатических условий на цепочку создания добавленной  стоимости, а также отставанием сельской местности от города, где находится основной малый и средний бизнес по различным отраслям.

Насретдинова Мамура Нигматовна

74-77

2025-10-13

INTEGRATING STORYTELLING WITH ROLE-PLAY TO IMPROVE COMMUNICATIVE COMPETENCE IN PRIMARY EFL PRIMARY CLASSROOM

Developing true communicative competence in young learners of English as a Foreign Language (EFL) remains a significant challenge. Traditional methods often fail to bridge the gap between theoretical knowledge and practical use. This article proposes the integrated use of storytelling and role-play as an effective strategy to address this issue. Storytelling provides meaningful, context-rich language input, while role-play creates a safe environment for purposeful output. Together, they form a synergistic cycle that enhances all aspects of communicative competence: linguistic, sociolinguistic, discourse, and strategic. Grounded in theories of comprehensible input and social learning, the article also presents a practical three-stage framework for classroom implementation: pre-activity (story presentation), during-activity (role-play preparation), and post-activity (performance and reflection). The study concludes that this integrated approach not only improves students' speaking skills and confidence but also fosters essential 21st-century skills like creativity and collaboration.

Mohigul Nizomiddinova

78-81

2025-10-13

АДАПТИВНЫЙ ИММУНИТЕТ: КЛЕТОЧНЫЕ И МОЛЕКУЛЯРНЫЕ МЕХАНИЗМЫ

В статье рассматриваются современные данные о механизмах адаптивного иммунитета. Рассматриваются особенности гуморального и клеточного звеньев, роль Т- и В-лимфоцитов, антигенраспознающих рецепторов и молекул главного комплекса гистосовместимости. Освещено клиническое значение адаптивного иммунитета при инфекционных, аутоиммунных и онкологических заболеваниях, а также его использование в иммунотерапии и вакцинации.

Болтаева К.Ш., Резяпова Д.Р., Умарова Х.М.

82-83

2025-10-13

АСЕПТИКА И АНТИСЕПТИКА

В статье рассматриваются основные понятия, принципы и методы асептики и антисептики, используемые в современной медицинской практике. Освещена историческая эволюция данных направлений, их роль в профилактике инфекционных осложнений при проведении хирургических вмешательств и лечебно-диагностических процедур. Отмечено значение правильного соблюдения санитарно-гигиенических норм, стерилизации инструментов и использования антисептических средств. Приведена классификация антисептиков по механизму действия и области применения, а также современные тенденции развития этих методов в условиях роста антибиотикорезистентности.

Мансуров Б.М., Резяпова Д.Р., Умарова Х.М.

84-86

2025-10-13

BO‘LAJAK HARBIY XIZMATCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

Tezisda bo‘lajak harbiy xizmatchilarda deontologik kompetensiya — kasbiy burch, javobgarlik, xizmat intizomi, axloqiy qaror qabul qilish, hurmat va maxfiylikka sodiqlik kabi sifatlarning integrallashgan tizimi sifatida talqin etiladi. Deontologik kompetensiyaning psixologik asoslari sifatida axloqiy rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy-kognitiv o‘rganish, identifikatsiya va o‘zini o‘zi regulyatsiya qilish mexanizmlari yoritiladi; pedagogik asoslarda esa kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘quv dizayni, tajribaga asoslangan o‘qitish, refleksiv tahlil, keys-stsenariylar va simulyatsiyalar hamda formatif baholashning roli ochib beriladi. Raqamli kommunikatsiya sharoitida deontologik kompetensiya axborot etikasi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, OPSEC tamoyillari va ijtimoiy tarmoqlarda kasbiy xulq normalariga rioya qilish orqali hayotga tatbiq etilishi asoslanadi. Muallif deontologik kompetensiyaning to‘rt komponentli konseptual modelini (kognitiv, aksiologik-affektiv, konativ-xulqiy, refleksiv-regulyativ) taklif etib, uni o‘quv modullari, treninglar va baholash mezonlari bilan bog‘laydi. Natijalarga ko‘ra, rol modellashtirish, maqsadli refleksiya va aniq normativ me’yorlarning birlashtirilgan qo‘llanilishi barqaror deontologik odatlarni shakllantiradi hamda xizmat muhitida axloqiy xavfsizlik va ishonchni kuchaytiradi.

Soyibnazarov Bahtiyor Abdunazar o’g’li

87-89

2025-10-14

НЕОБХОДИМОСТЬ БАЗОВЫХ ЗНАНИЙ ПО ФОНИАТРИИ В СФЕРЕ АКАДЕМИЧЕСКОГО ВОКАЛА

В данном тезисе рассматривается значение фониатрических знаний для профессиональной деятельности академических вокалистов и педагогов по вокалу. Обосновывается необходимость включения основ фониатрии в учебные программы, приводятся научные данные и статистика по профессиональным голосовым нарушениям. Подчёркивается роль междисциплинарного подхода в современном музыкальном образовании.

Ахмедова Чарос Илхомовна

90-93

2025-10-14

TIL O'RGANISHDA MOTIVATSIYANI OSHIRISH USULLARI

Ushbu maqolada til o'rganish jarayonida motivatsiyani oshirish usullari va ularning pedagogik samaradorligi chuqur tahlil qilingan. Motivatsiya til o'rganishning eng muhim psixologik omillaridan biri bo'lib, o'quvchilarning muvaffaqiyati va o'quv faoliyatining samaradorligini belgilaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, til o'rganishda yuqori motivatsiyani ta'minlash uchun ichki motivatsiyani rivojlantirish, o'quvchi-markazli yondashuvlarni qo'llash, real kommunikativ vazifalardan foydalanish, zamonaviy raqamli vositalarni integratsiya qilish va ijobiy o'quv muhitini yaratish zarur.

Xaydarova Rushana

94-98

2025-10-15

O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM: NAZARIY ASOSLAR VA AMALGA OSHIRISH TAJRIBALARI

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning asoschisi L.S. Vigotskiy nazariyasi bilan bog‘liqligi, O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida yaratilgan imkoniyatlar yoritilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’limning afzalliklari bilan bir qatorda mavjud muammolari, ularni bartaraf etish yo‘llari, ta’lim tizimidagi yangiliklar va sifatli ta’limga erishish masalalari tahlil etilgan. Oliy ta’limdagi islohotlar, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritilgan. Maqolada ta’limning inson salohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni alohida e’tirof etiladi.

Safarova Ozoda Alisher qizi, Abdulazizova Nigina Faxriddin qizi

99-102

2025-10-15

TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA INTERAKTIV TAJRIBALAR VA LOYIHA ASOSIDAGI O‘QITISH USULLARI

Mazkur maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida interaktiv tajribalar va loyiha asosidagi o‘qitish usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. Ushbu yondashuvlar o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilmiy tafakkurni shakllantirish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar asosida darslarni tashkil etishning afzalliklari yoritilgan.

Safarova Ozoda Alisher qizi , Abdulazizova Nigina Faxriddin qizi

103-106

2025-10-15

REAL VAQTDA MA’LUMOTLAR OQIMINI VIZUALIZTSIYA QILISH FREYMVORKINI YARATISH

So‘nggi yillarda streaming data analytics sohasida real-time vizual tahlilga bo‘lgan talab keskin oshdi. Fintech, IoT, transport va kiberxavfsizlik tizimlarida soniyasiga millionlab hodisalar (events) hosil bo‘ladi, lekin ularni vizual shaklda tezkor va intuitiv tarzda ko‘rsatish — arxitekturaviy va algoritmik muammo bo‘lib qolmoqda. An’anaviy BI vositalar (Tableau, PowerBI) real-time oqimlarni ishlov berishda kechikish (latency) muammosiga duch keladi. Shu bois event-driven visualization framework — ya’ni ma’lumot oqimlariga mos ravishda avtomatik yangilanadigan, past kechikishli va o‘lchamlanadigan tizim yaratish zarur. Ushbu muammolarni hal etish uchun biz Apache Kafka, ClickHouse va Java asosidagi aggregator, shuningdek React frontendni birlashtirgan reaktiv arxitekturani taqdim etamiz.

Hotamov F.N.

107-111

2025-10-16

O‘QUV-TARBIYAVIY JARAYONDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNI UYG‘UNLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu ilmiy tezis (yoki maqola) globallashuv davrida shaxsni tarbiyalash muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni milliy o‘zlikni anglash va umuminsoniy gumanistik tamoyillar ruhida takomillashtirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlar – tarix, madaniyat, til, urf-odatlar va ma’naviy meros hamda umuminsoniy qadriyatlar – tinchlik, erkinlik, adolat, bag‘rikenglik kabi universal tushunchalarning dialektik uyg‘unligi ta’lim mazmunini boyitishning asosiy sharti sifatida ko‘rib chiqiladi Tadqiqotda uyg‘unlashtirishning pedagogik asoslari, ta’limga integratsiya qilish metodlari va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shaxsning milliy ildizlaridan uzilmasdan, jahon sivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirishi ta’lim tizimining bosh vazifasi ekanligi ta’kidlanadi.

Xudoynazarova Moxira Xakimovna

112-115

2025-10-16

TRANSFORMATSION LIDERLIKNING OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INNOVATSION MUHITGA TA’SIRI

Ushbu maqolada transformatsion liderlikning oliy taʼlim muassasalarida innovatsion muhitni shakllantirish va uning barqaror rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatish usullari batafsil o‘rganiladi. Tadqiqotda rahbarlarning yangicha tafakkuri, jamoani ilhomlantirish qobiliyati va o‘zgarishlarga moslashuvchanligi taʼlim muassasasining taraqqiy surʼatiga qanday ijobiy taʼsir ko‘rsatishi misollar bilan yoritiladi. Bundan tashqari, maqolada transformatsion liderlikning asosiy komponentlari bo’lgan rag‘batlantirish, yetakchining o‘rnakligi, motivatsiya berish va individual yondashuv kabi oliy taʼlimdagi innovatsion jarayonlarni boshqarishda amaliy jihatdan qanday ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi.

Abdulxayeva Xusnidaxon To'xtasinovna

116-118

2025-10-16

ИККИ ТИЛЛИ МАКТАБЛАРДА ОНА ТИЛИ ВА РУС ТИЛИ ФАНЛАРИНИ ИНТЕГРАЦИЯЛАШТИРИШ МЕТОДИКАСИ

XXI аср глобал таълим парадигмаси доирасида интеграция ва билингвизм концепцияларининг тизимли ривожланиши педагогик инновациялар, когнитив фаолият ва лингводидактик ёндашувларнинг янги босқичга кўтарилишига олиб келди. Ҳозирги кунда Ўзбекистонда икки тилли (билингвал) таълим моделини жорий этиш ва рус ҳамда она тили фанларини интеграциялаштириш миллий таълим стратегиясининг устувор йўналишларидан бири сифатида белгиланган. Бу жараён интердисциплинар ва лингвомаданий компетенцияларни шакллантиришга, тилни когнитив восита сифатида ўзлаштиришга ҳамда мултикультурализм ва кроссмаданий мулоқотни рағбатлантиришга хизмат қилади.

Кахорова Нигина Нуридиновна

119-121

2025-10-16

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY TUSHUNCHALAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK ASOSLARI.

Ushbu mavzuda maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarning shakllanish jarayoni,unga ta'sir etuvchi psixologik va ijtimoiy omillar,shuningdek,tarbiya muhitining o'rni tahlil qilinadi.Axloqiy fazilatlarning erta yoshdan shakllanishi bolaning shaxsiy rivojlanishida muhim bosqichlardan biri sifatida izohlanadi.

Karimova Munira Ibodullayevna

122-124

2025-10-17

ПОТЕНЦИАЛ СМЕШАННОГО ОБУЧЕНИЯ (BLENDED LEARNING) В ПОВЫШЕНИИ МОТИВАЦИИ УЧАЩИХСЯ К ИЗУЧЕНИЮ РУССКОГО КАК ИНОСТРАННОГО В УСЛОВИЯХ СЕЛЬСКИХ ШКОЛ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

В статье рассматривается потенциал смешанного обучения (blended learning) как педагогической стратегии, направленной на повышение мотивации учащихся к изучению русского языка как иностранного в сельских школах. Анализируются особенности образовательной среды сельской местности, выявляются ключевые мотивационные барьеры и обосновывается, как интеграция офлайн- и онлайн-компонентов может способствовать преодолению этих ограничений. На основе теоретических положений и эмпирических данных показано, что правильно организованная модель blended learning усиливает когнитивную вовлечённость, поддерживает автономное обучение и создаёт условия для личностно ориентированного подхода, что в совокупности повышает внутреннюю мотивацию учащихся.

Кудбиева Нафисахон Асадилло кизи

125-128

2025-10-17

«РОЛЬ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО И ЭМОЦИОНАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ РУКОВОДИТЕЛЕЙ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ»

Роль психологического и эмоционального интеллекта в работе руководителей вузов становится все более значимой. В условиях инновационной эпохи высоко ценятся такие качества руководителя, как способность понимать свои и чужие эмоции, стрессоустойчивость, коммуникативные навыки в управлении, а также умение сохранять спокойствие даже в самых сложных ситуациях.

Абдусабиров Джамшид Азизжон угли

129-130

2025-10-20

PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA TIZIMINING MOHIYATI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada pedagogik universitetda o‘quv jarayoni diagnostikasining ahamiyati ochib berilgan. “Diagnostika” va “diagnos” tushunchalarini shakllantirishga e’tibor qaratilgan. Bugungi zamonaviy sharoitda davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun Pedagogik oliy o‘quv yurti intelektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, malakali b o‘lajak o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashga e’tibor qaratmoqda. Buning uchun esa, o‘quv jarayonining pedagogik diagnostika tizimini takomillashtirish masalalari, hamda pedagogik diagnostikaning funksiyalari yoritib berildi.

Abdurasulova Feruza Rustamovna

131-134

2025-10-20

MORFOLOGIK BIRLIKLARNING SISTEM TILSHUNOSLIGIDA O'RNI

Ushbu maqola morfologik birliklarning zamonaviy sistem tilshunosligida tutgan o'rni va ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda morfologik birliklar til tizimining ajralmas qismi sifatida tahlil qilinadi va ularning boshqa til darajalari bilan o'zaro bog'liqligi ko'rib chiqiladi. Maqolada morfologik birliklarning tuzilishi, funksiyasi va til tizimidagi o'rni strukturaviy, funksional va kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Natijalar morfologik birliklarning til tizimida markaziy o'rin egallashi va tilning funksional mexanizmlarini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.

Ibratbek Nosirjonov Zokirjon oʻgʻli

135-139

2025-10-20

EVRISTIK METODLAR BOʻLAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI BELGILOVCHI OMIL SIFATIDA

Mazkur maqolada evristik metodlarning mazmun-mohiyati, ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati hamda bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Evristik yondashuv orqali tarbiyachilarni mustaqil fikrlashga, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga va innovatsion qarorlar qabul qilishga yo‘naltirish mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada evristik metodlar yordamida pedagogik jarayonni faol, interaktiv va natijador qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari evristik metodlar qo‘llanilganda bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligida muhim ijobiy o‘zgarishlar kuzatilishini ko‘rsatadi. Ushbu maqola pedagogika sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda talaba-tarbiyachilar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Isroilova Navruza Abdulxamid qizi

140-142

2025-10-20

QO‘CHQOR NORQOBIL QISSALARIDA PSIXOLOGIK TAHLIL VA BADIIY MAHORAT

Mazkur tezisda Qo‘chqor Norqobil ijodida psixologik tahlil va badiiy mahorat masalalari tahlil etiladi. Yozuvchining qissalarida inson ruhiyatining murakkab qatlamlari, urushning inson ongiga ko‘rsatgan ta’siri hamda ichki kechinmalarni tasvirlashdagi uslubiy yondashuvlar o‘rganiladi. Adibning “Daryo ostidagi yig‘i”, “Osmon ostidagi sir” kabi asarlarida qahramonlarning ruhiy iztiroblari, ichki monologlar, shubha va qo‘rquv kabi hissiy holatlarning badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Shuningdek, yozuvchining xalqona til, ramziy obraz va dramatik dialoglardan foydalanish mahorati orqali inson ruhiyatini yoritishdagi uslubi yoritilgan.

Asadova Shahnoza Vahobjon Qizi

143-145

2025-10-20

AHMAD DONISH VA SADRIDDIN AYNIY ASARLARIDA BUXORO AMIRLIGI IQTISODIY HAYOTINING YORITILISHI

Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligi iqtisodiy hayotining tarixnavislikda yoritilishi tahlil qilingan. Ahmad Donish va Sadriddin Ayniy asarlarida amirlikdagi soliq tizimi, suv taqsimoti, dehqonlar va talabalarning og‘ir turmushi, saroydagi isrofgarchiliklar hamda xalqning iqtisodiy ahvoli keng yoritilgan. Tadqiqotda mazkur tarixchilar asarlarining tarixiy manba sifatidagi ahamiyati ochib berilgan.

Ramazonova Nilufar Nurali qizi

146-150

2025-10-20

O‘ZBEKISTONDA INGLIZ TILI TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKT INTEGRATSIYASINING STRATEGIK YO‘NALISHLARI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ingliz tili ta’limi jarayoniga sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini integratsiya qilishning strategik yo‘nalishlari yoritilgan. Tadqiqotda SI asosidagi o‘quv platformalari, adaptiv ta’lim tizimlari va talaffuz, tinglab tushunish, yozma hamda og‘zaki nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv dasturlarning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni kuchaytirish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash hamda o‘qitish sifatini oshirishda SI vositalarining o‘rni ko‘rsatiladi. Maqolada mamlakatimiz ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari bilan bog‘liq muhim strategik yo‘nalishlar, shu jumladan o‘qituvchilar malakasini oshirish, elektron ta’lim resurslarini yaratish va milliy o‘quv dasturlariga SI texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish takliflari ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari SI integratsiyasi orqali ingliz tili ta’limining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Tojiyev Olimjon Haqberdi ug‘li

151-153

2025-10-20