«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-11-07
Статьи
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ДЕТЕРМИНАНТЫ ЭФФЕКТИВНОСТИ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ В УСЛОВИЯХ НЕОПРЕДЕЛЁННОСТИ
Социальные явления, происходящие сегодня, отражаются в человеческом мышлении. Наука, как форма общественного сознания, также отражает особенности своего времени. В этом смысле в развитии современной психологии происходят крутые повороты. Психология, которая до определенного периода концентрировалась преимущественно на теоретических вопросах, сегодня сделала шаг к решению ряда практических задач. Эти задачи, в конечном счёте, связаны с интересами человечества и осуществлением благих дел, направленных на создание благ для людей. Современная история Республики Узбекистан основана на становлении демократического государства. В процессе, требующем демократических преобразований во всех сферах общественной жизни страны, активное участие народа в этом важном процессе имеет большое значение. Как независимое государство, Узбекистан меняет систему управления в соответствии с национальным развитием, переходом к рыночной экономике, становлением новых форм экономических отношений и собственности.
2025-11-10
IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING COMMUNICATIVE-MANAGEMENT COMPETENCIES IN FUTURE TEACHERS
This article analyzes the theoretical foundations and practical approaches to improving the methodology of developing communicative-management competencies in future teachers. The study emphasizes the significance of communication culture, leadership skills, and emotional intelligence in the educational process. It also discusses effective pedagogical technologies and interactive methods that ensure the formation of communicative and managerial abilities during teacher training. Examples of practical exercises and innovative teaching tools are provided to demonstrate their impact on developing professional competence.
2025-11-10
O‘QUVCHILARNING AXLOQIY TARBIYALANGANLIK DARAJASINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Mazkur maqolada o‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik darajasini shakllantirish, baholash va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy asoslari tahlil qilinadi. Axloqiy tarbiya shaxs kamolotining muhim tarkibiy qismi sifatida talqin etilib, uni ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali integratsiyalash yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot doirasida kuzatuv, diagnostik test, suhbat, so‘rovnoma va pedagogik tajriba metodlaridan foydalanilgan. Natijalar o‘quvchilarda axloqiy ong, xulq madaniyati va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishda interfaol va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning samaradorligini tasdiqlaydi.
2025-11-10
TEXNIKA OLIY O’QUV YURTLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARI
Mutaxassislik fanlar talabalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish, chuqur kasbiy bilimlarni egallashning asosiy omili hisoblanadi. Bu ularga to‘g‘ri ma’lumotni noto‘g‘ri ma’lumotdan ajratish, nazariyalarni tushunish, o‘z g‘oyalarini yaratish va asosli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Taхsil olgan yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil fikrlash qobilyatiga ega mutaxassis, mehnat faoliyati yurgizayotgan ish joyida, korxonaning ish samaradorligini o‘sishi va rivojlanishiga xizmat qiladi, aksi esa, ish unumdorligini o‘sishini sustlashtiradi. Bundan ma’lumki keng jamiyat, ishlab chiqarish umuman olganda, innovatsion rivojlanish bosqichidagi har bir mamlakat malakali va qobilyatli kadrlarni talab qiladi. Mana shu muxim masalaga yechim, avvalo ta’lim jarayonlarida talabalarni mutaxassis sifatida qanday yondoshuv asosidagi shakllantirishga bog‘liqdir. O‘qitish jarayonlarida, ta’limning turli shakllaridan bir qancha davrdan boshlab faoliyat yurgizib kelinayotgan bo‘lsa, boshlang‘ish o‘qitishning usullari hozir ham mavjud.
2025-11-11
TEXIKA FANLARINI O‘QITISHDA “TEXNIK KROSSVORD” DAN OQILONA FOYDALANISH
Jahonda eng zamonaviy ixtiro, texnik yutuq, yangi loyixa va samarali g‘oyalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, bu oliy ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunini innovatsion natijalar bilan boyitib borishni taqozo etmoqda. Bu borada, texnika fanlarini o‘qitishda pedagogik yondoshuvlarning texnika va texnologik jarayonlarga mos usulda qo‘llanishiga e’tibor qaratish, metodik va didaktik shart-sharoitlarni muhandislarni o‘qitishga mo‘ljallab tanlash masalalarida bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ta’lim jarayonlarini yangi dastur va loyihalar asosida olib borishga e’tibor qaratilib, pedagogikada modellashtirishning turli ko‘rinishlari ishlab chiqilmoqda. O‘qitish shakllarida masofaviy ta’limning ahamiyati, elektron darsliklarni joriy etish masalalari, virtual laboratoriyalardan foydalanishni jadallashtirish, talabalarning mustaqil ta’limni bajarilishliklarida yangicha tavsiyalar borasida tegishlicha izlanishlarga alohida e’tibor berilmoqda.
2025-11-11
TEXIKA FANLARINI O‘QITUVCHILARINING MEHNAT FAOLIYATIDAGI ASOSIY JIHATLAR
Bugungi kunda ta’lim tizimida texnika fanlarini o‘qitish jarayoni nafaqat nazariy bilimlarni yetkazish, balki amaliy ko‘nikma va innovatsion tafakkurni shakllantirishga ham qaratilgan. Texnika fanlari o‘qituvchilari zamonaviy texnologiyalarni chuqur bilishi, ishlab chiqarish jarayonlari va muhandislik yondashuvlarini o‘quvchilarga yetkazishda faol, ijodkor va yangilikka intiluvchi bo‘lishi zarur. Ularning mehnat faoliyati o‘qituvchilik mahorati, metodik tayyorgarligi, texnik tafakkuri hamda innovatsion pedagogik yondashuvlarni qo‘llay bilish darajasi bilan belgilanadi. Texnika fanlari o‘qituvchisining kasbiy faoliyatida muhim o‘rin egallaydigan jihatlar — bu o‘quvchilarda texnik tafakkurni rivojlantirish, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, ilg‘or o‘qitish metodlarini tatbiq etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda ilmiy-ijodiy izlanishlarni yo‘lga qo‘yishdir.
2025-11-11
TEXIKA YO‘NALISHI TALABALARINING BILIM-KO‘NIKMALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Texnika sohasining jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi zamonaviy mutaxassislardan keng qamrovli nazariy bilim, amaliy ko‘nikma hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini talab etadi. Shu bois, texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishi, texnik tafakkurni rivojlantirishi va muhandislik yondashuvini amaliyotda qo‘llay olishi zarur.
2025-11-11
TEXNIKA OLIY O‘QUV YURTLARIDA ZAMONAVIY TA’LIMNI JORIY ETISH
Hozirgi davrda texnika oliy o‘quv yurtlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — bu ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishdir. Raqamli iqtisodiyot sharoitida malakali, ijodkor va texnik tafakkurga ega mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ta’limning yangicha yondashuvlarini talab etadi. Shu bois, texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, ilg‘or axborot-kommunikatsiya vositalarini, virtual laboratoriyalarni, raqamli ta’lim platformalarini va masofaviy o‘qitish tizimlarini tatbiq etish zarurati ortib bormoqda. Zamonaviy ta’limni joriy etish texnika yo‘nalishidagi talabalarning mustaqil o‘rganish, ijodiy fikrlash, amaliy faoliyatda muammolarni hal etish, hamkorlikda ishlash va innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bunday yondashuv o‘quv jarayonining sifatini oshiradi, o‘quvchi-talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantiradi hamda xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
2025-11-11
ANALYSIS OF PEDAGOGICAL AND HISTORICAL ASPECTS IN THE DEVELOPMENT OF MORAL VALUES IN STUDENTS
To develop students’ moral education, teachers can implement step-by-step programs. In the first stage, the concept of universal human values — such as compassion, justice, kindness, and legal culture — is introduced. In the second stage, students become familiar with national values, traditions, and customs, which helps to foster critical thinking, as through critical reflection they learn to express a conscious attitude toward their cultural heritage. In the third stage, the focus is on practical application of moral values — through group projects, volunteering, and practical activities aimed at enhancing students’ sense of individual responsibility. In the fourth stage, students are encouraged to develop a global outlook, participating in international forums and scientific conferences to understand the broader significance of moral concepts on a global scale.
2025-11-11
PEDAGOG VA PSIXOLOGNING INTELLEKTUAL RIVOJLANISHI ORQADA QOLGAN BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH JARAYONIDAGI HAMKORLIGI MASALALARI
Maqolada intellektual rivojlanishi orqada qolgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash jarayonida pedagog va psixologning o‘zaro hamkorligi masalalari yoritilgan. Tadqiqotda bolalar intellektual rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar, ularni o‘qitish va tarbiyalashda ko‘p tarmoqli yondashuv zaruriyati asoslab beriladi. Pedagog va psixolog hamkorligining samaradorligi o‘qituvchi faoliyatining pedagogik jihatdan, psixolog esa diagnostik, maslahat va korreksion jihatdan uyg‘unligiga bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi.
2025-11-11
“QISMAT” ROMANIDA SYUJET VA ICHKI KECHINMALAR TAHLILI
Mazkur maqolada turkman adabiyotining yirik vakili Xidir Deryayevning “Qismat” asarining mazmun-mohiyati, badiiy xususiyatlari va falsafiy g‘oyaviy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Asarda inson taqdiri bilan xalq taqdiri o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, milliy uyg‘onish ruhi, adolat, mehnat va ma’rifat g‘oyalari yoritilgan. Muallif “qismat” tushunchasini shaxsiy taqdir chegarasidan chiqarib, uni xalq va jamiyat hayoti bilan bog‘lab talqin etadi. Maqolada roman qahramonlari xarakteri, muallifning uslubiy mahorati, xalqona til va ramziy ifodalarning badiiy qiymati tahlil asosida yoritilgan.
2025-11-13
ICHKI ISHLAR XODIMINI KASBIY FAOLIYATGA MOSLASHISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ichki ishlar xodimlarini kasbiy faoliyatga moslashtirish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u ham individual, ham ijtimoiy omillarni hisobga olishni talab qiladi. Yosh xodimlar yangi vazifalarga duch kelishadi va ko‘pincha bunday vazifalarni bajarish stress darajasining oshishi, vaqt tanqisligi sharoitida tez va samarali qarorlar qabul qilish zarurati va boshqalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil oxiriga kelib, ichki ishlar xodimlarining kadrlar bilan ta’minlanmaganligi ichki ishlar xodimlari shtat sonining 18,8 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, ichki ishlar organlarida katta ish stajiga ega bo‘lmagan yosh xodimlar ham ishdan bo‘shatiladi. Bunday hodisani qisman kasbiy faoliyatga moslashish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan izohlash mumkin. Ichki ishlar organlari yosh xodimlarining moslashuvchanlik salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Ular yangi qabul qilingan xodimlarning xizmatga psixologik tayyorgarligining zaifligida, xodimlarning xizmat faoliyati jarayonida fuqarolar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligida va nihoyat, xizmatga bo‘lgan motivatsiyasining pastligida ifodalanadi [1].
2025-11-13
INKLYUZIV TA’LIMNING PSIXOLOGIK O‘ZIGA XOSLIKLARI
Maqolada inklyuziv ta’lim jarayonining psixologik xususiyatlari, o‘quvchilarning individual rivojlanishiga ta’siri, pedagogik va psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning o‘quvchilarda ijtimoiy moslashuv, o‘ziga ishonch, hamkorlik qobiliyatini shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, inklyuziv muhit yaratishda psixologik xavfsizlik, o‘quvchilarning psixologik himoyasi va maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlash usullari muhokama qilinadi.
2025-11-14
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ИНТЕРЕСА СТУДЕНТОВ К МИРОВЫМ ХУДОЖЕСТВЕННО-ИСТОРИЧЕСКИМ ЦЕННОСТЯМ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ “ИСТОРИИ СРЕДНИХ ВЕКОВ”
В данной статье рассматриваются педагогические основы развития интереса студентов к мировым художественно-историческим ценностям в процессе изучения истории Средних веков в высших учебных заведениях. Исследование сосредоточено на интегративных подходах, объединяющих исторические знания с эстетическим воспитанием, подчеркивая роль средневекового искусства как первоисточника для понимания социальных, культурных и религиозных процессов Средневековья. В работе анализируется эффективность различных педагогических методов, включая визуальный анализ средневековых рукописей, архитектурных памятников и декоративно-прикладного искусства для углубления понимания студентами исторических процессов. Через экспериментальную работу, проведенную в четырех университетах Узбекистана, участием 200 студентов, исследование демонстрирует значительное улучшение навыков исторического мышления (42-47%) и культурной осведомленности через систематическую интеграцию художественных материалов в курсы средневековой истории.
2025-11-17
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KOGNITIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MULTIMODAL TA’LIMNING O‘RNI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini rivojlantirish jarayonida multimodal ta’limning didaktik va psixologik ahamiyati ilmiy tahlil etiladi. Tadqiqot multimodal yondashuvning idrok, diqqat, xotira, assotsiativ fikrlash kabi bilish jarayonlariga ta’sirini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, chet tilini o‘qitishda vizual, audial, kinestetik va raqamli modalitetlarning o‘zaro integratsiyalashuvi orqali o‘quvchi faolligini oshirish mexanizmlarini ochib beradi. Natijalar multimodal ta’lim boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining motivatsiyasi, tilni idrok etish tezligi, nutqiy faoliyat va mantiqiy fikrlashini sezilarli darajada faollashtirishini ko‘rsatadi. O‘rganilgan ma’lumotlar zamonaviy lingvodidaktik yondashuvlar, kognitiv psixologiya tamoyillari hamda chet tili o‘qitishning amaliy metodlari bilan uzviy bog‘liqdir.
2025-11-17
PEDAGOGIK PUBLITSISTIKADA EKOLOGIK MADANIYAT VA BARQAROR RIVOJLANISH G‘OYALARINING IFODALANISHI
Ushbu maqolada pedagogik publitsistikada ekologik madaniyat va barqaror rivojlanish g‘oyalarining ifodalanishi chuqur tahlil qilinadi. Unda ekologik ong, ekologik mas’uliyat, ekologik xulq-atvor va barqaror rivojlanish konsepsiyasining ta’lim jarayoniga ta’siri izchil yoritiladi. Shuningdek, pedagog-mualliflarning ekologik mavzuni publitsistik uslubda shakllantirishdagi yondashuvlari, ommaviy ma’rifiy materiallarning jamiyatning ekologik tafakkuriga ta’siri hamda yosh avlodda ekologik qadriyatlarni rivojlantirishdagi o‘rni batafsil ko‘rib chiqiladi. Maqolada ekologik muammolarni badiiy-publitsistik, analitik va ilmiy yondashuvlar orqali yoritish uslublari o‘rganiladi.
2025-11-17
INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH METODLARI.
Tezisda inklyuziv ta’lim tizimida psixologik qo‘llab-quvvatlash metodlari, ularning samaradorligi va o‘quvchilarning ijtimoiy-emosional rivojlanishidagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagoglar va psixologlar tomonidan qo‘llaniladigan metodlar, individual yondashuv, sinfdagi interaktiv faoliyat va oilaviy hamkorlikning ta’lim sifatiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari inklyuziv muhitni rivojlantirishda psixologik yordamning ahamiyatini ochib beradi.
2025-11-17
QOBILYAT VA IQTIDOR
Ushbu tezis qobiliyat va iqtidor tushunchalarini psixologik, pedagogik va ijtimoiy nuqtai nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda qobiliyat va iqtidorning mohiyati, ularning shakllanishi, rivojlanishi va individual xususiyatlarga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtidorli shaxslarni aniqlash metodlari, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish strategiyalari ham ko‘rib chiqiladi. Tezis shaxsning ijtimoiy va kasbiy muvaffaqiyatga erishishida qobiliyat va iqtidorning o‘rni va ahamiyatini yoritadi. Shu bois, qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish masalasi ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va shaxsiy taraqqiyotning asosiy masalalaridan biridir.
2025-11-17
HISSIYOT TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIYALAR
Mazkur tezisda hissiyot tushunchasining psixologik mohiyati, uning inson faoliyati va xulq-atvoridagi o‘rni, shuningdek, hissiyotning shakllanish mexanizmlari yoritilgan. Hissiyotning fiziologik asoslari, psixik jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, emotsional holatlarning turli ko‘rinishlari hamda ularning shaxs rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. U odamning atrof-muhitga munosabati, xulq-atvori, qaror qabul qilishi va shaxsiy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Hissiyotlar insonning ichki holatini ifodalash, tajriba va motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
2025-11-17
SEZGI XUSUSIYATLARI VA SEZGI QONUNIYATLARI
Ushbu maqolada sezgi psixologiyasining asosiy tushunchalari, uning fiziologik va psixologik asoslari, shuningdek sezgi jarayonlarining xususiyatlari va ularga xos qonuniyatlar ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Insonning tashqi muhitdan axborot qabul qilishida sezgi jarayonining o‘rni, sezgilarning turi, ularning intensivligi, adaptatsiya, sensibilizatsiya, kontrast va sinesteziya kabi hodisalar tahlil qilingan.
2025-11-17
XAYOLNING TURLARI VA RIVOJLANISHI JARAYONLARI
Ushbu maqolada xayolning psixologik jarayon sifatidagi mohiyati, uning turlari va rivojlanish bosqichlari ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Xayol inson tafakkurining ijodiy shakli bo‘lib, voqelikni qayta ishlash, yangi obrazlar yaratish, muammolarga noodatiy yechimlar topish imkonini beradi. Maqolada reproduktiv, produktiv, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol turlari izohlab berilib, ularning kognitiv faoliyatdagi ahamiyati yoritiladi.
2025-11-17
TEMPERAMENT TIPLARI VA ULARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI
Ushbu maqolada temperamentning asosiy turlari - sangvinik, xolerik, flegmatik va melanxolik tiplari hamda ularning psixologik xususiyatlari ilmiy asosda yoritilgan. Temperamentning nerv tizimi faoliyatidagi fiziologik asoslari, individual farqlanish jarayonlaridagi roli va shaxsning xulq-atvori, emotsional barqarorligi, ijtimoiy moslashuvi hamda faoliyat samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan.
2025-11-17
DIQQATNING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA QONUNIYATLARI
Ushbu maqolada diqqatning psixologik mohiyati, uning asosiy xususiyatlari hamda faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladigan qonuniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Diqqatning barqarorligi, ko‘lamdorligi, taqsimlanishi, ko‘chishi va ixtiyoriy-ixtiyorsiz shakllari haqida tushunchalar beriladi.
2025-11-17
IJTIMOIY XULQ MOTIVLARI VA ULARNING SHAKILLANISHI
Ushbu tezisda ijtimoiy xulq motivlari va ularning shakllanish jarayonlari psixologik hamda sotsiologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotda motivlarning mazmun-mohiyati, insonning jamiyatdagi xulq-atvoriga ta’sir etuvchi omillar, shaxsning ijtimoiy tajribasi va atrof-muhitning motivlarni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi.
2025-11-17
FAOLIYAT TUSHUNCHASI VA UNING TUZILISHI
Ushbu tezis faoliyat tushunchasining mazmuni, uning shakllanishi va inson hayotidagi metodologik ahamiyati keng yoritilgan. Faoliyat insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy tajriba asosida shakllanuvchi tashqi va ichki harakatlari majmui sifatida talqin etilib, uning psixologik, pedagogik hamda falsafiy jihatlari tahlil qilinadi.
2025-11-17
PSIXOLOGIYANING ASOSIY VAZIFALARI VA TADQIQOT YO‘NALISHLARI
Ushbu tezis psixologiya fanining mohiyati, uning asosiy vazifalari hamda zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlarini yoritishga bag‘ishlangan. Psixologiyaning bosh vazifasi inson ruhiy jarayonlari, individual xususiyatlari va xulq-atvorining qonuniyatlarini ilmiy asosda o‘rganishdan iborat bo‘lib, mazkur ishda aynan ushbu jarayonlarning mazmuni, o‘ziga xosligi va tahlil mexanizmlari keng yoritiladi. Psixologiyaning ilmiy bilish va amaliy ahamiyati shundan ham ko‘rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida bir qancha maxsus tar moqlar ajralib chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda mus taqil fanlar darajasiga ko‘tarildi.
2025-11-17
MILLIY QADRIYATLARGA ASOSLANGAN AYOLLAR TARBIYASINING OILA AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI O’RNI
Maqolada milliy qadriyatlarimiz,ular asosida tarbiyalangan ayol-qizlarimizning o’zbek oilalaridagi o’rni shuningdek oilada milliy qadriyatlarni va axloqiy madaniyatni shakllantirishdagi ayol-qizlar ahamiyati,yosh avlod tarbiyasidek mas’uliyatli jarayondagi ayollarning va tarbiyali qizlarning tutgan o’rni haqida so’z boradi.
2025-11-18
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ НА ОСНОВЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
В статье рассматриваются современные методы преподавания русского языка с использованием цифровых технологий. Оценка эффективности применения цифровых инструментов, таких как онлайн-платформы, мобильные приложения и электронные учебники, в учебном процессе показывает значительное улучшение знаний учащихся и повышение их мотивации. В работе также анализируются вызовы, связанные с недостаточной подготовленностью преподавателей и техническими проблемами, возникающими в процессе внедрения цифровых технологий. Исследование подтверждает, что при правильном подходе цифровизация образования может значительно повысить качество обучения русскому языку.
2025-11-18
AUTIZM SINDROMLI BOLALARNI MULOQOTGA O‘RGATISHDA O‘YIN TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Autizm sindromi bo‘lgan bolalarni muloqotga o‘rgatishda o‘yin texnologiyalari samarali vosita hisoblanadi. Bu yondashuv bolaning individual xususiyatlari va qobiliyatlarini inobatga olib, uning diqqatini jalb qilish, ko‘rishga, tushuntirishga va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. O‘yin orqali bola o‘zining qiziqishlari asosida faol ishtirok etadi, bu esa uning muloqotga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi va nutqiy hamda noan'anaviy muloqot vositalarini rivojlantirishda qo‘llaniladi.
2025-11-19
OPPORTUNITIES OF USING SOCIAL NETWORKS FOR FOREIGN LANGUAGE EDUCATION
This article examines the opportunities of using social networks for foreign language education. It discusses how digital platforms such as Instagram, YouTube, Telegram, and TikTok help learners improve vocabulary, pronunciation, grammar, and communicative skills. The study also explores interactive learning methods, learner motivation, and the role of online communities in language practice. Special attention is given to the effectiveness of user-generated content, authentic materials, and real-time communication. The article concludes that social networks, when used purposefully, can significantly enhance the language-learning process and create new educational possibilities.
2025-11-20
UMUMIY PEDAGOGIKA FANI ASOSIDA BOLAJAK XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARINING AXBORIY-TAHLILIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI
Bugungi globallashuv jarayonida xorijiy tillarni o‘qitish tizimi yangi mazmun va yondashuvlarni talab qilmoqda. Xususan, bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining professional tayyorgarligida nafaqat lingvistik bilimlar, balki axboriy-resurslardan samarali foydalanish, o‘quv jarayonini tahlil qilish hamda pedagogik vaziyatlarga refleksiv yondashish ko‘nikmalarining shakllanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, “Umumiy pedagogika” fani bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxsiy, kasbiy va kommunikativ kompetensiyalar bilan bir qatorda axboriy-tahliliy kompetentlikni tarkib toptirishga xizmat qiluvchi ilmiy-nazariy asoslarni o‘z ichiga oladi.
2025-11-20
INGLIZ TILINI O’QITISHDA TIL O’YINLARINING AHAMIYATI
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida til o‘yinlarining ahamiyati yoritilgan. Til o‘yinlari o‘quvchilarning nutq faoliyatini rivojlantirish, so‘z boyligini kengaytirish, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, maqolada til o‘yinlarining o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, dars jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ingliz tili darslarida o‘yin texnologiyalarini qo‘llash til o‘rganish samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.
2025-11-20
SOME DIFFICULTIES OF USING THE MOTHER TONGUE IN THE ENGLISH CLASS
This article is explored the difficulties teachers and students face when using the mother tongue in English classes. It focuses on how overuse of the native language can limit students’ English communication and slow down language development. The study suggests finding a balance between English and the mother tongue for more effective learning.
2025-11-20
THE EFFECTIVENESS OF VIDEO, AUDIO, AND MULTIMEDIA TOOLS IN FOREIGN LANGUAGE LEARNING
This article analyzes the effectiveness of using video, audio, and multimedia technologies in foreign language teaching. It explains the impact of digital educational tools on the learning process, as well as their didactic value, advantages, and limitations. Video materials help create a real communication environment for learners and provide good conditions for improving pronunciation, intonation, and understanding cultural context. Audio tools play an important role in developing listening comprehension, recognizing different accents, and understanding natural speech. In addition, multimedia technologies make the learning process more interactive, increase learner engagement, and improve memory retention, making them an essential part of modern language education. The article proves that using digital resources purposefully and methodically has raised the quality of foreign language teaching to a new level.
2025-11-24
HISSIYOT TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIYALARI
Maqolada hissiyot tushunchasi, uning psixologik mohiyati va shakllanish nazariyalari tahlil qilinadi. Hissiyotlarning asosiy xususiyatlari, psixologik nazariyalari va ularning insonning psixik faoliyatidagi roli yoritilgan.
2025-11-24
SOTSIOGENETIK NAZARIYA VA UNING MAZMUNI
Maqolada sotsiogenetik nazariya, uning shakllanishi, mazmuni, asosiy tamoyillari va inson psixikasining rivojlanishidagi ahamiyati ilmiy tahlil etilgan. Nazariyaning asoschilari sifatida L.S. Vygotskiy, A.N. Leontyev, S.L. Rubinshteyn va boshqa psixologlar qarashlari o‘rganilgan. Sotsiogenetik nazariyaning asosiy g‘oyasi – shaxsning psixik rivoji ijtimoiy munosabatlar, muloqot va faoliyat jarayonida shakllanishi ekanligi ilmiy misollar bilan yoritilgan.
2025-11-24
PSIXOLOGIYADA INDIVID VA INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI
Ushbu maqolada psixologiyada “individ” va “individuallik” tushunchalari tahlil qilinadi. Maqolada individning psixologik mohiyati, individuallikning shakllanishi, asosiy nazariy yondashuvlar va shaxsning ijtimoiy-madaniy muhit bilan o‘zaro ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, individuallik shaxsning noyob xususiyatlarini ifodalaydi va shaxsiy rivojlanish, ta’lim, kasbiy faoliyat va ijtimoiy moslashuv jarayonida muhim ahamiyatga ega.
2025-11-24
KAYFIYATLAR STRES DEPRESSIYA VA EFORIYA TAHLIL YONDASHUV
Ushbu maqolada inson kayfiyatlari psixologik tahlil qilinadi. Maqolada kayfiyat tushunchasi, uning xususiyatlari, turlari va shakllanish omillari, shuningdek, emotsiyalar bilan farqlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kayfiyat shaxsning psixologik holatini, ijtimoiy faoliyatini va qaror qabul qilish jarayonini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
2025-11-24
SHAXS TUZILISHI VA FAOLIYATINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada shaxsning psixologik tuzilishi, uning tarkibiy qismlari, shaxsning faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladigan ruhiy xususiyatlari, ichki va tashqi omillar ta’siri hamda shaxs rivojlanishining nazariy yondashuvlari keng yoritilgan. Shaxsning fiziologik, kognitiv, ijtimoiy va motivatsion komponentlari psixologiya fanidagi klassik va zamonaviy konsepsiyalar misolida tahlil qilingan.
2025-11-24
KAYFIYATLAR STRES DEPRESSIYA VA EFORIYA TAHLIL YONDASHUV
Ushbu maqolada inson kayfiyatlarining psixologik tahlili, ularning turli shakllari – stress, depressiya va eforiya – ilmiy yondashuvlar orqali tahlil qilinadi. Maqolada kayfiyatlarning biologik, psixodinamik, kognitiv va ijtimoiy omillari, shuningdek ularning inson faoliyatiga, motivatsiyasiga va psixologik barqarorligiga ta’siri yoritilgan.
2025-11-24
