SALOMATLIK PSIXOLOGIYASINING INSON HAYOTIDAGI O’RNI
Main Article Content
Abstract:
Bugungi kunda salomatlik psixologioyasi mexanizmlarini shakllanishi katta ijtimoiy – psixologik axamiyat kasb etadi.O’zbek oilasi azaldan sog’lom turmush tarzi, muomala madaniyatini saqlab kelgan. Bu o’z navbatida ota-ona va farzandlar munosabatlarida hamda uy tutish, o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish, ro’zg’orni bikir va saranjom tutish, ozodalik tamoyillarida o’z aksini topgan. Albatta, zamon bu an’analarga biroz o’zgarishlar kiritdi. Masalan, ko’pgina shahar oilalarida bitta yagona farzand tug’ilgan, bu bolaga (qizmi, o’g’ilmi farqi yo’q) onasi bir umr xizmatchi bo’lib qoladi, yoki bolaning o’qish yumushlari ko’p, uning o’z ko’rpasini, yegan ovqatini yig’ishtirish, yuvish, ko’ylagini dazmollash kabi odatlarga o’rgatish malol keladi, yaxshisi uni onasi qilgani ma’qul, deb hisoblanadi.