«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2024-12-06

BOSHLANG`ICH SINFLARDA FE’L SO`Z TURKUMINI O`RGANILISHI

Boshlang`ich sinf o`quvchilariga fe’l so`z turkumi haqida asosiy tushunchalar. Fe’l so`z turkumini o`rganishning o`quvchilarga ta`siri, ularning til ko’nikmalarini rivojlantirishdagi roli shuningdek o`yinlar va interaktiv mashqlar orqali qiziqishni oshirish usullari.

Omonturdiyeva Shodiya Farxod qizi

4-6

2024-12-05

SHAXSLARARO IDROKNING YOSH VA JINSGA OID XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada shaxslararo idrokning yosh va jinsga oid o'ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Turli yoshdagi va jinsdagi shaxslarning bir-birini qanday qabul qilishi, ularning munosabatlariga ta'siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yosh va jins faktorlarining xodimlariaro idrokka qanday ta'sir qilishini yoritadi va bu jarayonning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini oshirishga yordam beradi.

Yo'ldosheva Kamolaxon

7-10

2024-12-09

MUSIQA TA’LIMIDA INDIVIDUAL VA GURUH YONDASHUVLAR SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada musiqa ta’limida individual va guruhiy yondashuvlarning samaradorligi o‘rganilgan. Individual yondashuv talabaning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘ziga xos o‘quv jarayonini tashkil etish imkonini beradi. Guruhiy yondashuv esa o‘quvchilarning ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish, birgalikdagi ijodiy jarayon orqali jamoaviy mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi. Maqolada ushbu yondashuvlarning afzalliklari, cheklovlari va ularni uyg‘unlashtirishning samarali usullari ilmiy va amaliy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, musiqa ta’limida individual va guruhiy yondashuvlarning pedagogik natijadorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Masharipova Gulbahor Tairjanovna

11-14

2024-12-10

OʻQITUVCHINING SHAXSLARARO MULOQOTI ETIKASI VA MADANIYATI

Ushbu maqolada o‘qituvchining shaxslararo muloqoti etikasi va madaniyatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Pedagogik jarayonlarda o‘qituvchi nutqining madaniyati, muloqot qoidalariga rioya etishi, shaxslararo muloqot orqali ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqolada o‘qituvchining etikasi va muloqot madaniyati pedagogik mahoratning muhim elementi sifatida qaraladi.

Inoyatova Nargiza Nishonboyevna

15-17

2024-12-10

ENHANCING VOCABULARY ACQUISITION OF PRIMARY SCHOOL LEARNERS THROUGH THE INTEGRATION OF VIDEOS AND FLASHCARDS

Language acquisition is a fundamental aspect of early education, where vocabulary development plays a pivotal role in shaping learners' overall linguistic competence. Primary school learners, characterized by their cognitive malleability and innate curiosity, represent a unique demographic requiring engaging and effective teaching methodologies. However, conventional instructional approaches, such as rote memorization and textbook-based exercises, often fail to capture their attention or facilitate deep, long-term retention.

Xurliman Amanbaeva , Aqsingu’l Muratbaeva

18-20

2024-12-10

INFLUENCE OF FASHION INDUSTRY TERMINOLOGY ON ENGLISH: STUDY OF GLOBALIZATION AND LINGUISTIC ADAPTATION

This thesis is aimed at studying the influence of the terminology of the fashion industry on the English language, studying how loanwords in the fashion world are added to the English language, how their meanings change and adapt, and how they reflect broad trends in globalization and cultural exchange. Analyzing semantic changes in borrowed terms and their structural adaptation to English grammar, this study seeks to shed light on the intersection of language, culture and fashion.

Barno Boymurodova, N.N. Panjieva

21-23

2024-12-10

KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHGA YO‘NALTIRILGAN MUSTAQIL TA’LIMNING TARKIBIY TUZILISHI VA USULLARI

Mustaqil ta’lim jarayonida fanga oid bilimlarni qidirish, o‘rganish, ularni anglab yetish, mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirish, bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish jarayoni yuzaga kelib, uni tashkil etishni samarali yo‘lga qo‘yish muayyan metodlardan foydalanishni talab etadi. Ushbu maqolada kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limning tarkibiy tuzilishi va usullari haqida fikr yuritilgan.

Turdiyeva Xayriniso Aliyevna, Fayziyeva Hurriyat Baxtiyor qizi

24-27

2024-12-11

O‘SMIRLIK, ILK O‘SPIRINLIK VA YOSHLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada o‘smirlik va yoshlik davrlarida psixik rivojlanishning xususiyatlari tahlil qilinadi, bu davrlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, emotsional va ijtimoiy jarayonlar, shuningdek, yoshlar rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi.

Toxirjonova Mubina Azamatjon qizi, Zaylobiddinova Mohlaroy Ahrorbek qizi, Ibragimova Hurshida, Abdurahimova Shaxnoza

28-31

2024-12-12

OILA PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqolada oila psixologiyasi va uning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, oilaviy munosabatlar, tarbiya, konfliktlarni boshqarish, stressni yengish hamda qadriyatlarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, sog‘lom oila muhitini yaratish bo‘yicha tavsiyalar va psixologik yordamning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan. Maqola oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.

Xalimjanova Muqaddas Kamoliddin qizi, Azamjonova Gulzoda Ahrorbek qizi, Xabibullayeva Feruza Hamidullo qizi, Abdurahimova Shahnozaxon

32-34

2024-12-12

TALABALARNI INTELLEKTUAL KASBIY RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI VA HAMIYATI

Sun’iy intellekt ta’lim jarayoniga faol kirib kelmoqda va shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu ilg‘or texnologiyalarning qo‘llanish ko‘lami har yili faqat kengayib boradi. Ayni vaqtda sun’iy intellektning ta’limdagi asosiy qo‘llanish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilsa, bu avvalambor o‘qituvchilarning zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi, talabalarning akademik natijalarini nazorat qilish, standart topshiriqlarni tekshirish, ularning bilim darajasi va mashg‘ulotlarga tayyorgarligini baholash va boshqalar. Bunday muntazam vazifalar darslardagi muhim ta’lim jarayonidan ko‘p vaqtni olib qo‘yadi. Endi ta’lim samaradorligi va sifati oshishi uchun bunday muntazam vazifalarni sun’iy intellektga topshirish mumkin.

Ismoilova Nilufarxon Ibroximjon qizi

35-38

2024-12-12

TIL – XALQ MADANIYATI KO’ZGUSI

Mazkur maqolada har bir xalqning o’z ona tili borligi va bu til mana shu xalq ko’zgusi ekanligi, o’z ona tilini har bir xalq asrashi va qadrlashi, uni sof tutgan holda avlodlarga yetkazishi hamda bizning o’z ona tilimiz haqida qabul qilingan qarorlar va til  haqida bir nechta chet el olimlarining fikrlari keltirilib o’tildi va tilning xalq hayotida tutgan o’rni masalalari ko’rib chiqildi.

Reimbayeva Mehribon Quvondiq qizi

39-41

2024-12-16

JOHN MILTON'S POETIC STYLE IN ENGLISH LITERATURE

This study delves into the influence of John Milton's Poetic Style on English Literature. John Milton's poetic style and its influence on English literature are characterized by their profound philosophical depth, majestic language, and enduring thematic resonance. As one of the greatest poets of the English Renaissance, Milton's works, particularly "Paradise Lost," have left an indelible mark on the literary landscape, shaping both the form and content of subsequent English literature.

Shakhlo Khalilova , Umida Bozorova

42-45

2024-12-16

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA EKOPSIXOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha har xil ma`lumotlar keltirib o‘tilgan.

Yaxshiboyeva Xoliniso Ne’mat qizi, B.N.To‘raqulov

46-49

2024-12-16

THE PROBLEM OF SPEECH DEVELOPMENT IN PRESCHOOL CHILDREN

This article discusses the problem of speech development in preschool children. Such concepts as: speech, speech development, language are disclosed. The tasks of speech development by different authors are also presented. The question of the importance of the formation of correct and good oral speech in preschool children has been studied.

Shokhsanam Urolbaeva

50-53

2024-12-16

KOLLABORATIV YONDASHUV O’QUVCHILARNING ADABIY-NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI VOSITA SIFATIDA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida kollaborativ yondashuvning ahamiyati va uning o'quvchilarning adabiy va nutqiy kompetentsiyalarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada kollaborativ yondashuvning nazariy asoslari, uning ijtimoiy-madaniy, kognitiv rivojlanish va tajriba asosidagi o'rganish nazariyalariga tayanib tushuntirilgan. Lev Vygotsky, Jean Piaget va John Deweyning ta'limdagi yondashuvlari orqali bu metodning samarali ekanligi isbotlangan. Shuningdek, kollaborativ yondashuvning o'quvchilarning ijodiy, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash va nutq kompetentsiyalarini rivojlantirishdagi o'rni ko'rsatilgan. Maqola shuningdek, kollaborativ yondashuvning pedagogik va psixologik imkoniyatlarini, ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qo'llanilishi uchun amaliy tavsiyalarni ham o'z ichiga oladi.

Temirova Iqbol Sadriddinovna

54-57

2024-12-17

MONTESSORI SINFLARIDA INGLIZ TILIDA GAPIRISH VA ESHITISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Ushbu tezis Montessori ta’lim tizimi asosida ingliz tilida gapirish va eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Montessori sinflarining o‘ziga xosligi, ya’ni bolalarning erkin faoliyati, mustaqil ta’lim olishi va tabiiy til muhiti orqali kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda amaliy faoliyatlar, audio-materiallardan foydalanish, til o‘yinlari va ingliz tili muhitini yaratish usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. Montessori pedagogikasining asosiy tamoyillari til o‘rgatish jarayoniga moslashtirilgan holda, bolalarning muloqot va eshitish qobiliyatlarini takomillashtirish mexanizmlari ochib beriladi. Tadqiqot xulosalarida mazkur usullarning samaradorligi va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Yusupova Makhbuba Rustam qizi

58-62

2024-12-17

TEXNIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA ONLAYN VA MASOFAVIY O‘QITISH

Ushbu tezisda texnik tafakkurni rivojlantirish jarayonida onlayn va masofaviy o‘qitish texnologiyalarining o‘rni va samaradorligi tahlil qilingan. Tezisda raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, masofaviy treninglar va interaktiv texnologiyalar orqali texnik ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashning innovatsion yondashuvlari o‘rganilgan. Shuningdek, texnik tafakkurni rivojlantirishda o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish, motivatsiyasini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun onlayn ta’limning metodik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari texnologiyalar yordamida o‘qitish samaradorligini baholash va texnik ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Rahimova Naima Sobirjon qizi

63-66

2024-12-17

SOLIQ YUKI VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Bugungi  dunyo iqtisodiyotni jadal rivojlanayotgan bir vaqtda mamlakatimizning soliq tizimini soddalashtirish shuningdek soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish orqali soliq tizimining samaradorligini oshirish alohida ahamiyatga ega. Ushbu yondashuv nafaqat iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi, balki davlat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Soliq yuki bu hukumatni yuritish uchun zarur mablag’ning soliq siyosatining eng asosiy maqsadi bo’lgan adolatli va xolisona ravishda yig’ilishini ifodalaydigan ko’rsatkichdir. Darhaqiqat soliq yukining adolatli ravishda taqsimlanishi soliq to’lovchilarning soliq tizimiga bo’lgan ishonchini oshirib ularning soliq to’lashga rag’batlantiradi.  Ayniqsa korxonalar faoliyati uchun soliq yukining optimal belgilanishi uning  xo’jalik faoliyatining o’sishiga va davlat daromadlarining o’sishiga olib keladi. Aksincha soliq yukining adolatsiz ravishda taqsimlanishi nafaqat soliq to’lovchilarning o’z majburiyatlarini bajara olmasligi balki ularning yashirin iqtisodiyot tomon harakatiga asosiy sabab bo’lishi mumkin.

Jovliyeva Zuhra Chori qizi

67-69

2024-12-17

INFLYATSIYA VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan global iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyaning o‘sishi tabiiy jarayon sifatida qaraladi. Har qanday inflyatsiyaning negizida iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi, ya’ni talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi yoki pul-kredit siyosatidagi muayyan kamchiliklar yotadi. Shu bois inflyatsiyaga qarshi kurashni faqatgina uning ko‘rinadigan belgilarini bosib qo‘yish, narxlarning o‘sishini vaqtinchalik to‘xtatish yoki qisqa muddatli choralar bilan cheklash emas, balki iqtisodiyotda chuqur ildiz otgan muammolarni aniqlab, ularga samarali yechim topishga yo‘naltirilgan tarkibiy siyosatni amalga oshirish zarur.

Navro’zov Azizbek Toshtemir o’g’li

70-72

2024-12-17

BOSHLANG’ICH SINFLARDA GAPNING BOSH VA IKKINCHI DARAJALI BO’LAKLARINI O’RGATISH

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari haqidagi tushunchalar ,o’quvchilarning ega kesm haqidagi umumiy ma’lumotlari va mavzu o’quvchilarning til o’rganish jarayoniga ta’siri mavzu yuzasida metodlar va interaktiv mashqlarni qo’llash haqida so’z yuritiladi 

Rashidova Zarina

73-75

2024-12-18

BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH DARSINING O’QITISH MAQSADI VA VAZIFASI

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’qish darsining o’qitish maqsadi va vazifasi haqida ma’lumotlar keltirib o’tiladi.

Tulyaganova Madina , M.A. Hamrayev

76-78

2024-12-18

XORAZM VOHASI O‘ZBEKLARINING ZAMONAVIY EKOLOGIK MADANIYATI

Xorazm vohasi azaldan o‘zining boy tarixi, madaniyati va noyob tabiiy sharoitlari bilan mashhur. Bu yerda yashagan xalqlar asrlar davomida o‘zlarining etnoekologik madaniyatini shakllantirdilar, ya'ni tabiat bilan uyg’unlikda yashab, uning xususiyatlariga moslashishga o’rganishdi. 

Egamberganova Matluba Jobborgonovna

79-81

2024-12-19

SHE’RIY TARJIMADA MUVIZANAT VA MUVOFIQLIK

The research aims at investigating the phenomenon of adequacy and equivalency in poetic translation from English into Uzbek. The work addresses such aspects of adequacy as semantic adequacy, structural adequacy, pragmatic adequacy, and so on.

Iskandar Sattibaev

82-83

2024-12-19

PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH ORQALI KASBIY MA`SULIYATNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

Ushbu tezis "Pedagogik Kompetensiyalarni Rivojlantirish Orqali Kasbiy Mas'uliyatni Shakllantirish Muammolari" mavzusida bo'lib, ta'lim tizimida o'qituvchining kasbiy ma'suliyatini shakllantirishning ahamiyati va pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali bunga erishish yo'llari ko'rib chiqiladi. Pedagogik kompetensiyalar o'qituvchining ta'lim jarayonidagi bilim va ko'nikmalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularning rivojlanishi nafaqat o'qituvchining o'z faoliyatini samarali amalga oshirishiga, balki ta'lim tizimining sifatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tezisda pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va bu jarayonning ta'lim tizimidagi o'zgarishlarga, shuningdek, o'qituvchining kasbiy ma'suliyatini shakllantirishdagi muammolar tahlil qilinadi. Asosiy muammolar sifatida o'qituvchilarning pedagogik tayyorgarligi, yangi pedagogik metodlarni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar va pedagogik faoliyatni baholashdagi tizimning yetarli darajada rivojlanmaganligi ko'rsatilgan. Bunga qarshi sifatli pedagogik tayyorgarlik, innovatsion metodlarni joriy etish va samarali baholash tizimlarini ishlab chiqish orqali pedagogik kompetensiyalarni oshirish va kasbiy ma'suliyatni kuchaytirish mumkinligi ta'kidlanadi.

Botirova Odina

84-85

2024-12-19

PEDAGOGIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI

Mazkur tezis pedagogika darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish texnologiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda didaktik o‘yinlarning tushunchasi, ta’lim jarayonidagi o‘rni va samaradorligi ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Didaktik o‘yinlarning turlari, ulardan samarali foydalanish texnologiyalari va o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri batafsil tahlil qilingan. O‘yin texnologiyalarining qo‘llanilishi ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Qodirova Feruza

86-87

2024-12-19

“KICHIK BIZNESDA AYOLLARNING MUVAFFAQIYATIGA TA'SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR.”

Ushbu maqola kichik biznesda ayollarning muvaffaqiyatiga ta'sir etuvchi psixologik xususiyatlarni tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada ayollarning tadbirkorlik sohasidagi muvaffaqiyatiga ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy psixologik omillar, masalan, izchillik, qat'iyatlilik, empatiya, kreativlik, stressga bardoshlik va o‘ziga bo‘lgan ishonch kabi xususiyatlar o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada ayollarning biznesdagi qaror qabul qilish jarayoni, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirishdagi roli va motivatsiya faktorlariga ham alohida e'tibor qaratiladi. Tadqiqot, ayollarning kichik biznesdagi muvaffaqiyatiga olib keladigan psixologik aspektlarni chuqur o‘rganishga va tadbirkorlik sohasidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga oid tavsiyalar berishga yordam beradi.

Muxammadiyeva Xurshida

88-91

2024-12-19

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA JISMONIY TARBIYANING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi kursining asosiy maqsadi bo’lajak kadrlarga Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi bo’yicha atroflicha va chuqur kasbiy  bilimlar bilan qurollantirish  mazmuni yoritilgan.

Shodiboyeva Mohinur Abdurahmon qizi

92-95

2024-12-20

XOTIRA VA UNING ISHLASH MEXANIZMLARI

Xotira insonning muhim psixologik funksiyalaridan biri bo'lib, kundalik hayotda davomiy ravishda ishlatiladi. Xotira ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash va eslashga yordam beradi. Xotira  odamning o'z tajribasini, bilimlarini va o'rganilgan ko'nikmalarini saqlashini ta'minlaydi. Yaxshi ishlash uchun, yaxshi uxlash va doimiy fikrli mashqlar qilish zarur, chunki bu jarayonlar miya faoliyatini yaxshilaydi.

Najmiddinova Fotimaxon Omoliddin qizi , Ibragimova Xurshida Xusanbayevna

96-98

2024-12-20