«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Nashr qilingan: 2025-11-01
Maqolalar
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SO‘Z O‘YININING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi so‘z o‘yinlarining (wordplay) pragmatik xususiyatlari, ularning muloqotdagi kommunikativ ahamiyati hamda madaniy omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. So‘z o‘yini nutqning estetik, emotsional va ijtimoiy jihatdan ta’sirchanligini oshiruvchi vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlar solishtirilib, tarjimada yuzaga keladigan pragmatik muammolar yoritiladi.
2025-10-31
OILADA EMOTSIONAL INTELLEKT DARAJASINING FARZAND IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI
Mazkur maqolada oilaviy muhitda emotsional intellekt darajasining farzandlarning ijtimoiylashuv jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri nazariy va psixologik jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda shaxsning emotsional intellekti — ya’ni o‘z hissiyotlarini anglash, boshqarish hamda boshqalarning hissiy holatini to‘g‘ri tushunish qobiliyati — bolaning ijtimoiy moslashuvi va kommunikativ ko‘nikmalari shakllanishida muhim omil sifatida baholanadi. Oilaning hissiy iqlimi, ota-onalarning emotsional madaniyati, farzand bilan muloqot uslubi bolaning ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishi, hamdardlik, hamkorlik va o‘zini ifoda etish qobiliyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan. Maqolada ijtimoiy psixologiya, pedagogika va oilaviy tarbiya sohasidagi ilmiy yondashuvlar uyg‘unlashtirilib, emotsional intellektni rivojlantirishning metodik yo‘nalishlari ham tavsiya etilgan.
2025-10-31
TA’LIM JARAYONLARIDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDAGI INNOVATSIYA VA YANGILIKLAR
Mazkur maqola ta’lim jarayonlarida pedagogik dasturiy vositalar asosida qo‘llanilayotgan innovatsiyalar va yangiliklarni tahlil qiladi. Ushbu vositalarning ta’lim jarayonida samaradorligini oshirishdagi roli va ularning zamonaviy pedagogika amaliyotiga kiritilgan yangicha usullar bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi. Maqolada texnologiyalarning ta’limdagi integratsiyasi, elektron ta’lim platformalari hamda virtual o‘quv muhitlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur yondashuvlar o‘quv jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim darajasini ko‘tarishga xizmat qiladi.
2025-10-31
O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS MAKTAB O'QUVCHILARIGA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ORQALI TA’LIM BERISHNI QANDAY RIVOJLANTIRISH MUMKIN?
Ushbu maqolada o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim maktablarida o‘quvchilariga pedagogik dasturiy vositalar orqali ta’lim berishni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi, pedagogik dasturiy vositalarning o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va dars samaradorligini oshirishga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Maqolada elektron ta’lim portallari, mobil ilovalar, interaktiv dars vositalari va masofaviy ta’lim texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi o‘rni va ularni kengaytirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etiladi. Ushbu vositalarning ta’limdagi afzalliklari, xususan, individual ta’lim, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish imkoniyatlari va interaktivlik orqali ta’lim jarayoniga qo‘shadigan ijobiy ta’siri yoritiladi.
2025-10-31
INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIM DARSLARIDA JISMONIY FAOLLIK ELEMENTLARINI QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI.
Ushbu tezis boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quv fanlariga jismoniy faollik elementlarini integratsiyalashgan yondashuv asosida kiritishning o‘quvchilarning kognitiv, jismoniy va psixologik rivojlanishiga ta’sirini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. So‘nggi yillarda ta’lim tizimida o‘quv yuklamasining ortishi va bolalarning kam harakatchanlik muammosining global miqyosda o‘sishi kuzatilmoqda, bu esa o‘z navbatida, o‘quvchilarning diqqatini jamlash qobiliyati, akademik muvaffaqiyati va salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotimizning asosiy maqsadi — sinf sharoitida amalga oshiriladigan qisqa muddatli, maqsadli jismoniy mashqlarning dars materialini o‘zlashtirishga va o‘quv motivatsiyasini oshirishga ijobiy ta’sirini empirik ma’lumotlar asosida isbotlashdan iborat.
2025-10-31
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O`QUVCHILARDA MULOQAT TA’SIRCHANLIGINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI.
Mazkur tezisda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muloqot jarayonida ta’sirchanlikni namoyon etish xususiyatlari, ularning ijtimoiy va psixologik rivojlanishida pedagogik omillarning roli yoritilgan. Muloqot ta’sirchanligi bolaning shaxsiy rivojlanishida, o‘qituvchi va tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ish davomida o‘quvchilarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali metodlari, shuningdek, muloqotda psixologik ta’sirchanlikni oshirish omillari tahlil qilingan. Tadqiqotda kuzatuv, suhbat va diagnostika metodlaridan foydalanilgan hamda natijalar statistik tahlil asosida keltirilgan.
2025-10-31
TABIIY FANLAR VA GEOGRAFIYANI O`QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Maqolada tabiiy va geografiya fanlarini o’qitishda interfaol metodlarning qo’llanilishi haqida bayon etilgan. Muallif tomonidan maktab o`quvchilarga darsliklarida berilgan ma`lumotlarni tushunarli va oson o`zlashtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida interfaol metodlardan mashg`ulotni olib borish haqida tavsiyalar berilgan.
2025-10-31
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA DO‘STONA MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHDA O‘YIN FAOLIYATINING IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda do‘stona munosabatni shakllantirish jarayonida o‘yin faoliyatining ahamiyati va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida bolalar psixologik xususiyatlari, o‘yin orqali ijtimoiy his-tuyg‘ularni rivojlantirish, hamda o‘yin faoliyatida hamkorlik, muloqot va empatiya ko‘nikmalarining shakllanishi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin faoliyati bolalarda ijobiy hissiy muhitni yaratadi, o‘zaro hurmat, yordam, hamdardlik va do‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
2025-10-31
SUFI ANTROPOLOGIYASI VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK HUMANIZM: UMUMIY METODOLOGIK ASOSLAR.
Ushbu tezisda sufi tafakkurida shakllangan inson haqidagi tasavvurlar – ya’ni insonning ilohiy manbadan kelib chiqqanligi, uning ruhiy-poklanish imkoniyati cheklanmaganligi, qalb markaziy aksiologik mezon sifatida talqin etilishi va inson kamolotining ijtimoiy xizmat bilan yakun topishi – zamonaviy pedagogik humanizm konsepsiyalari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Sufi antropologiyasi insonni “ichki imkoniyatlari uyg‘otilishi kerak bo‘lgan mavjudot” sifatida ko‘rsa, humanistik pedagogika ham shaxsni o‘zini ro‘yobga chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan, erkinlik, hurmat va dialog orqali kamol topadigan subyekt sifatida talqin etadi. Tadqiqotda matnshunoslik, aksiologik tahlil va konseptual rekonstruksiya metodlari asosida ikki an’ananing ontologik (inson tabiati haqidagi), gnoseologik (bilish usullari haqidagi) va aksiologik (qadriyatlar iyerarxiyasi haqidagi) umumiyliklari yoritiladi. Xulosada sufi antropologiyasining zamonaviy ta’limni insonparvarlashtirish, dars muhitida hurmat va xizmat tamoyillarini kuchaytirish hamda o‘qituvchining yo‘lboshlovchi rolini asoslashdagi metodologik salohiyati ko‘rsatib beriladi.
2025-10-31
O’ZBEKISTONDA CHET TILLARINI O’QITISH TIZIMI (2021-2025)
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida 2021–2025 yillar davomida chet tillarini o‘qitish tizimini isloh qilish va takomillashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, davlat qarorlari, yangi yondashuvlar hamda ularning natijalari yoritiladi. Maqolada, shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, xalqaro standartlar (CEFR) asosida o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish, raqamli texnologiyalarni tatbiq etish hamda o‘quvchilarda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalarida O‘zbekiston ta’lim tizimida chet tillarini o‘qitish sifati bosqichma-bosqich oshib borayotgani ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.
2025-10-31
AJRIM YOQASIDA TURGAN ER-XOTIN PSIXOLOGIYASI
Er-xotin munosabatlari muammoli nuqtaga kelib qolgan boʻlsa, uni faqat ularning oʻzlarigina hal qilishi mumkin. Er va xotinning oilani asrab qolish niyatining oʻzigina yetarli emas, bunda ular birgalikda harakat qilishi kerak boʻladi. Munosabatlarni qayta tiklash uchun sabr-toqat, birdamlik bilan uzoq va samarali hayot sinovlariga tayyor boʻlishi muhim hisoblanadi. Oilaviy munosabatlarda sevgi saqlanib qolgan boʻlsa, u oilani asrab qolishi mumkin.
2025-10-31
NEMIS MAQOLLARIDA MILLIY MENTALITET VA MADANIY QADRIYATLAR IFODASI
Til millatning ruhiyati va tarixiy xotirasining ifodasidir. Nemis tili maqollarida xalqning dunyoqarashi, hayotiy falsafasi, mehnat, vaqt, intizom va jamiyatdagi o‘zaro hurmatga asoslangan qadriyatlari mujassamdir. Ushbu tadqiqot nemis xalqining mentalitetini maqollar orqali yoritish, ularning semantik va kognitiv asoslarini aniqlash hamda madaniyatlararo kontekstda tahlil qilishga qaratilgan.
2025-10-31
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIMNI BOSHQARISH YO‘LLARI
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning zaruriyati, boshqaruv samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda xorijiy ilg‘or tajribalar asosida raqamli boshqaruvning innovatsion yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonida pedagogik, tashkiliy va texnologik yondashuvlar asosida boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
2025-10-31
RAQAMLI TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
Raqamli ta’lim zamon talabi ekanligi hamda ushbu talabni bajarish uchun o’qituvchilar hamda talabalarning zamonaviy bilimlarini, raqamli platformalardan foydalanish savodxonligining muntazam ravishda rivojlantirish zarurligi hamda o’quv dasturlarining zamonaviylashishi orqali ta’limni yuqori bosqichlarga olib chiqish haqida malumotlar berilgan.
2025-10-31
BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KOMMUNIKATIV KO’NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Mazkur maqolada boʻlajak oʻqituvchilarda kommunikativ koʻnikmalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etilgan. Kommunikativ kompetensiyaning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, uni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida talabalarda samarali muloqot qilish malakasini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion metodlar, amaliy mashgʻulotlar va treninglar samaradorligi asoslab berilgan.
2025-10-31
MAXSUS PEDAGOGIKA FANLARINI O‘QITISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Ushbu maqolada maxsus pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonining nazariy va metodik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada maxsus ta’lim tizimidagi zamonaviy talablar, pedagogik va psixologik yondashuvlar, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan samarali o‘qitish usullari yoritib berilgan. Shu bilan birga, o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, differensial va individual yondashuvning ahamiyati keng tahlil qilingan. Tadqiqotda maxsus pedagogika fanlarini o‘qitishda metodik ta’minot, amaliy mashg‘ulotlar tizimi va integrativ yondashuvlar orqali ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-10-31
TARBIYA METODLARI VA TURLARI
Maqolada tarbiyaning asosiy metodlari, tarbiya haqida umumiy tushunchasi, tarbiyaning turlari bolalardagi tarbiyaning xususiyatlari, tarbiyada ota onaning o‘rni, tarbiyada pedagoglarning o‘rni, tarbiyaga xos metodikalar, rag‘batlantirish va jazolash metodlari, jamoa ta’siri metodlari haqida fikr boradi.
2025-10-31
REKLAMA PSIXOLOGIYASI VA SHAXS
Bugungi kunda ‘‘Marketing‘’, ‘‘Reklama’’ so‘zlari shiddat bilan hayotimizga kirib keldi. Ayniqsa bu tushunchalar XX asrga kelib juda rivojlanib ketdi. Marketing so‘zi inglizcha bozor ma’nosini anglatsa, reklama so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib,
2025-10-31
РОЛЬ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В ПОДГОТОВКЕ ВОЕННЫХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА
В статье рассматривается роль мультимедийных технологий в подготовке военных кадров в Узбекистане в рамках Стратегии «Новый Узбекистан – 2026» и «Узбекистан – 2030». Анализируется использование цифровых и мультимедийных технологий для создания аутентичной языковой среды, повышения мотивации обучаемых и развития всех языковых компетенций. Также рассматриваются методы применения мультимедийных средств, включая геймификацию, ситуационные тренажёры и онлайн-платформы, а также вызовы внедрения таких технологий.
2025-10-31
NUTQ MADANIYATIDA MUROSA KONSEPTINING ROLI VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI TADQIQI
Ushbu maqolada tilshunoslikda murosa konsepti, asosan, pragmatik, kognitiv va sotsiolingvistik yondashuvlar orqali o‘rganilib, uning ma’no maydoni, diskursdagi ifoda vositalari hamda madaniyatga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, xorijiy tilshunoslikda “compromise”, “agreement”, “conciliation” kabi birliklar orqali ifodalangan murosa jarayoni nutq aktlari, diskurs strategiyalari va ijtimoiy kontekst bilan bog‘liq holda izohlanadi.
2025-10-31
BOSHLANGʻICH TA’LIMDA INTEGRATSIYAVIY YONDASHUVNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI
Mazkur tezisda boshlangʻich ta’limda integratsiyaviy yondashuvning nazariy va uslubiy asoslari yoritilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida integratsiya jarayoni tahlil qilinib fanlararo bogʻliqlikni ta’minlash boʻyicha ilmiy qarashlar bayon etilgan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tadqiqotlarga asoslanib, integratsiyaviy yondashuvning amaliyotdagi qoʻllanilishiga oid misollar keltirilgan.
2025-10-31
BOLALARGA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI OʻRGATISH METODIKASI
Ushbu maqolada bolalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy asoslari keng yoritilgan. Sogʻlom turmush tarzini o‘rgatishda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, interfaol yondashuvlar, o‘quvchi shaxsining yosh xususiyatlarini inobatga olish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, ota-ona va o‘qituvchi hamkorligining ahamiyati, sogʻlom turmush madaniyatini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarning roli yoritilgan.
2025-10-31
SОVET ITTIFОQI INQIRОZI DАVRIDА ОʻZBEKISTОN MILLIY UYGʻОNISH HАRАKАTLАRINING TАRIXIY TАHLILI (1985–1991)
Mаqоlаdа 1985–1991-yillаrdа О‘zbekistоn hududidа yuz bergаn siyоsiy, ijtimоiy vа mаdаniy о‘zgаrishlаr tаhlil qilinаdi. Undа Sоvet Ittifоqining inqirоzi dаvridа milliy uyg‘оnish hаrаkаtlаrining shаkllаnish sаbаblаri, “Birlik” vа “Erk” kаbi jаmоаtchilik tаshkilоtlаrining rоli, “pаxtа ishi”, Оrоl fоjeаsi, til siyоsаti vа mustаqillik g‘оyаsining pishib yetilishi jаrаyоni ilmiy аsоsdа yоritilgаn.
2025-10-31
YOSH DAVRLARINI TASNIFLASH VA ULARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada inson hayotining turli yosh davrlari psixologik jihatdan o‘rganiladi, ularning shaxs shakllanishi, bilish jarayonlari va ijtimoiy moslashuvdagi o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Yosh davrlarini to‘g‘ri tasniflash va ularning psixologik xususiyatlarini bilish pedagogik, psixologik hamda tarbiyaviy jarayonlarda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-10-31
O‘ZBEK ROMANLARI TARJIMALARI TADQIQINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Ushbu tadqiqot o'zbek romanlarining tarjima xususiyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan o'rganishga qaratilgan. Tarjima nazariyasi, adabiyotshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya va lingvistika sohalaridagi asosiy yondashuvlar tahlil qilinadi. O'zbek romanlarining tarjimalari orqali milliy o'zlikni saqlash, madaniy merosni targ'ib qilish va adabiy aloqalarni mustahkamlash masalalari ko'rib chiqiladi. Tarjima strategiyalari, uslubiy xususiyatlar va madaniy moslashuv muammolari aniqlanadi va baholanadi. Tarjima jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo'llari taklif etiladi.
2025-10-31
TURK SHOIRI MEHMET EMIN YURDAQULNING LIRIK MEROSI
Maqolada XX asr boshlarida zamonaviy turk she’riyatining rivojiga hissa qo’shgan zabardast shoirlardan biri Mehmet Emin Yurdaqulning ijodi, uning lirik merosi haqida fikr yuritiladi. Shoir ijodi turk she’riyatining yangilanishida muhim ahamiyat kasb etadi, bu borada turk adabiyotshunosligida bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ayrim o’rinlarda ularning nazariy qarashlari ham ta’kidlab o’tilgan. Shuningdek, maqolada shoirning sof turk tilida yozishga intilgan she’rlari tahlil qilingan.
2025-10-31
