Central Asian Journal of Education and Innovation is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, Kazakh, Tajik, English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.

Опубликован: 2022-12-19

TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SURXON VOHASI

Amir Temur va uning vorislari uchun Surxon vohasi katta ahamiyatga ega ekanligi ko’p manbalarda isboti bilan aytib o’tilgan . Bu asosan harbiy holat bilan bog’liq bo’lib , ayniqsa mug’ullar bosqinida muhim chiziq bo’lgan . Amir Temur bevosita taxtga kelishidan oldin aynan Termiz lashkar to’plagani ham tarixdan ayon .  

Abdulazizov Muhammadali, Husanboyev Azizjon Rustamjon o’g’li, Xabibullayev To’lqin

4-7

2022-12-20

SURXONDARYO VILOYOTI VA UNING IKKINCHI JAHON URUSHIDAGI O’RNI

Surxondaryo ahli Ikkinchi jahon urushi yillarida ham frontda, ham front ortida alohida jonbozlik ko‘rsatib, mashaqqatli azob-uqubatlar va yo‘qotishlarga bardosh berdi. Yer yuzini fashizm balosidan asrab qolishdek muqaddas ishda ishtirok etib, o‘ziga xos qahramonlik namunasini namoyish etdi. Voha ahli birinchilardan bo’lib  urush boshlanganligi to’g’risidagi xabarni eshitgan zahotiyoq fashizm balosini yuqotish maqsadida mittinglarni boshlab yuborganliklari ham diqqatga sazovordir

Narinov Norbek Norinovich, Husanboyev Azizjon Rustamjon o’g’li, Choriyev Sardor To’xtamish o’g’li

8-11

2022-12-20

SURXANDARYODA JEZ DAVRI YUTUQLAR .

Inson aql-zakovatining o'sib borishi tabiatga bo'lgan qiziqishni oshirdi. Odamlar endilikda tabiatning sir-asrorlarini o'rgandi, natijada asta-sekin tabiatni o'zlashtirishga kirishib katta mehnat muvaffaqiyatlariga erishdi.Chin (Xitoy), Misr, Hindiston, Bobil (Vavil-Vaviloniya) davlatlari kabi qulay tabiiy iqlimga ega bo'lgan Surxon vohasida ham dehqonchilikni rivojlantirish uchun nihoyatda yaxshi imkoniyatlar mavjud edi. Shu tufayli, tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, miloddan avvalgi III ming yillik oxiri va II ming yillik boshlarida bronza asriga doir mexnat qurollarining takomillashib borishi tufayli Surxondaryoning deyarli hamma joylarida ziroatchilik va chorvachilik yaxshi rivojlangan.

Vafoqulov Shohrux shavqiddin o’g’li, Kattaboyev Xurshid Xurram o’gli, Yakubov O’ktam Sa’dulla o’g’li

12-15

2022-12-20

SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA SURXON VOHASI

Amir Temur vorislari o‘rtasidagi o‘zaro toju taxt kurashi, ichki nizolarning  jidsiy keskinlashuvi Temuriylar saltanatining inqiroziga sabab bo‘ladi. Bu esa temuriylarga qarashli yerlarning, jumladan Surxon vohasining birin-ketin  Shayboniylar va Ashtarxoniylar tomonidan istilo qilinishiga olib keladi. Bu ikki sulola davrida voha shaharlari , ayniqsa Termizning saltanatdagi ijtimoiy – iqtisodiy o’rni katta bo’lganligi manbalarda isbotlangan .

Daminov Salim, Toshov G’ayrat, Murodulloyev Murodullo

16-18

2022-12-20

OILAVIY MULOQOT G'ARBDA VA SHARQDA

Maqola g'arbiy va sharq madaniyatlarida oila tuzilishi va  oilaviy muloqot masalasiga bag'ishlangan. Maqolada "oila" tushunchasi, g'arbiy va sharqiy oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlardagi farqlar, g'arbiy va sharqiy tarbiya usulidagi farqlar, shuningdek, G'arb va Sharqda ota-onalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlardagi farqlar ko'rib chiqiladi.

Nosirova Dilfuza Nabiyevna

19-23

2022-12-22

SURXONDARYO IJTIMOIY-IQTISODIY MADANIY HAYOT 1946-1990 YILLARDA

O’zining vatanparvar, elparvar va ayni paytda sof sevgi va muxabbatini tarannum etuvchi serqirra lirik ijodi bilan xalq hurmatiga sazovar bo’lgan g’azalnafis shoirlardan biri Erkin Vohidovdir (1936). Shoirda she'riyatga havas juda erta, o’n besh yoshlardan boshlab uyg’ongan. 1990 yilga qadar Erkin Vohidovning o’ndan ortiq she'riy va dostonlar to’plamlari matbuot yuzini ko’rdi. Bular: «Tong nafasi», (1961), «Qo’shiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963, «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1965), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1967), «Yoshlik devoni» (1969), «Chirog’bon» (1970), «Dostonlar» (1973), «Hozirgi yoshlar» (1971), «Muxabbat», «Tirik sayyoralar» (1980), «Sharqiy qirg’oq» (1982), ikki jildlik saylanma-«Muxabbatnoma» va «Sadoqatnoma» (1986), «Shoiru she'ru shuur» (1989) va «Kuy avjida uzilmasin tor» kabilar xalqimizning eng sevib o’qiladigan asarlariga aylandi.Ushbu Maqolada  Surxondaryo Ijtimoiy-Iqtisodiy Madaniy Hayot 1946-1990 Yillarda haqida bayon etilgan.

Qurbonova Farzona, Boymirova gulshan, Ashuraliyeva shohsita

24-28

2022-12-22

CHEMICAL PROPERTIES OF SILVER ELEMENT AND INFLUENCE ON HUMAN HEALTH

In traditional medicine, silver has been used to treat diseases of the digestive and nervous systems. Nowadays, many effective drugs based on silver are being developed.  In particular, eye, throat, tissue inflammation and inflammation, and cancer are successfully treated with the help of drug which includes silver.

Tayirova Dilobar Bakhtiyarovna, Shermatova Khilola Bakhtiyarovna

29-35

2022-12-21

BUYUK IPAK YO'LI TARIXIY GEOGRAFIYASI

Buyuk Ipak yo’li – insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashu vga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo – yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o’ziga xos bo’lgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: «O’tirgan – bo’yra, yurgan – daryo». Harakatlanish – bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan edi.

Vaxobova Baxtigul Valijon qizi, Boboniyozov Sardor Xolmo’min o’g’li, Abdurahmonov To’raqul Erkin o’g’li

36-40

2022-12-24

TURLI FIZIKАVIY TАBIАTGА EGА BO‘LGАN TEBRАNISHLАRGА UMUMIY MUNOSАBАT.

Jismning hаrаkаt trаektoriyasini  vаqt bo‘yichа o‘zgаrishi sinus yoki kosinuslаr  qonuni  bo‘yichа  o‘zgаrаdigаn  tebrаnishlаrgа gаrmonik tebrаnishlаr deyilаdi. Tаbiаt xodisаlаri orаsidа dаvriy jаrаyonlаrni uchrаtib  turаmiz. Mаsаlаn: kun bilаn tunning аlmаshishi, sаyyorаlаrning Quyosh vа o‘z o‘qi аtrofidа аylаnishi, soаt mаyatnigining  hаrаkаti, ichki  yonish  dvigаtel tsilindridа porshenning hаrаkаti, dutor, rubob kаbi musiqа аsboblаri torlаrining tebrаnishi vа shungа o‘xshаshlаr dаvriy jаrаyonlаrgа misol bo‘lаdi.

Qosimov Abduxoshim Abduqaxxorovich, Muratov Navro’zbek Abdulazizovich

41-44

2022-12-24

MUSIQA FOLKLORINI BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIGA O‘RGATISHNING VOSITA VA USULLARI.

Hozirgi kunda unib o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy ananalarimizga sodiq qolgan holda kamol toptirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qoyar ekanmiz, bunda milliy ananalarimiz, kuy – qo‘shiqlarimiz, qolaversa, folklor qo‘shiqlarimizning o‘rni beqiyosdir. O‘quvchilarga musiqa folklorini o‘rgatishning o‘ziga xos vositalari mavjjud bo‘lib ularni ma’lum usullar yordamida o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday ekan, boy merosimizni kelajak avlodga yetkazib berishda muhim vazifalarimizni belgilab olishimiz kerak.

Hamidova Hafiza Nabiyevna

45-47

2022-12-24

O‘ZBEK MUSIQIY FOLKLORINI BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIGA O‘RGATISH MEZONLARI.

Ushbu maqolada O‘zbek musiqa folklori orqali o‘quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash, san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, qolaversa, dunyoqarashini boyitishga va badiiy didini yoritishga yordam beradi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek folklor san’ati o‘quvchi yoshlarga meros qoladigan qo‘shiqlarning salmoqli turi mavsumiy mehnat qo‘shiqlaridir. Bundan tashqari o‘quvchilarni mavsumiy qo‘shiqlarga bo‘lgan mehrini oshiruvchi janr sifatida millatimizning bebaho boyligi bo‘lib qoladi.

Hamidova Hafiza Nabiyevna

48-51

2022-12-24

ENGLISH FOR RESEARCH PURPOSES

The pаper is concerned with the centrаl frаmework component of “English for Reseаrch Purposes” course development, nаmely, conceptuаlizаtion of instruction content. Lаnguаge of science, reseаrch discourse аnd performаnce in scientific setting hаve been cаtegorized аs the most аdequаte, bаsic content elements. Their further structuring аnd detаiled description аre proposed.

Melsovа Sevinch Ikrom qizi

52-55

2022-12-26

OʻRTA OSIYONING IBTIDOIY JAMOA VA ANTIK DAVRDAGI TARIXIY GEOGRAFIYASI VA KARTOGRAFIYASI

Hozirgi kunda aynan O'rta Osiyo hududida joylashgan tarixiy viloyatlar, davlatlar, arxeologik komplekslar va arxeologik madaniy yodgorliklarning joylashgan o'rnini, chegaralarini o'rganilish masalasi dolzarb muammo bo'lib kelmoqda. Uning ibtidoiy va  antik davri tarixiy geografiyasiga oid manbalar yunon mualliflari tomonidan yaxshi o’rganilgan.

Abdusodiqov Javohir Jaloliddin oʻgʻli, Vaxobova Baxtigul Valijon qizi, Boboniyozov Sardor Xolmo’min o’g’li

56-61

2022-12-27

BOBUR LIRIKASIDAGI O'ZIGA XOS YO'NALISHLAR

Ushbu maqolada ulug' bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning boy adabiy merosi,she'riy asarlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari ifodalab beriladi.Bobur lirikasining tengsiz namunalari orqali mumtoz adabiyotning serqirra tomonlari haqida fikr yuritamiz.

Saburova Umida Kuanishbay qizi

62-64

2022-12-28

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINI MAQOM QO‘SHIQLARI VOSITASIDA ESTETIK TARBIYALASHNING IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada maqomlar haqidagi ma’lumotlar, A.Boboxonov to‘plamining hozirgi bosqichdagi asosiy ilmiy-amaliy ahamiyati, Maqomlarning vokal bo‘limi bir necha shubadan iboratligi, qo‘shiqlarda audja qo‘llanish qoliplari haqida, usul doira haqida, she’r ritmi haqida, cholg‘u muqaddimasi — mustahal, cholg‘u ijrolari va boshqa musiqa hodisalari, Cholg‘u bo‘limining  qismlari haqida ma’limotlar yoritilgan

Yahyoyeva Shaxnoza Sharopovna

65-70

2022-12-29

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINI MAQOM QO‘SHIQLARI VOSITASIDA ESTETIK TARBIYALASH

Mazkur maqolada ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarini maqom qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalash masalasiga bag’ishlangan bo’lib, shuningdek she’riy matnning ritmini belgilash, she’riy o‘lchamlar har xil bo‘lishi, maqomlar va ularning yaratilishi, doira uslublari maqomlarning shakllanishi va yaratilishi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmа fondida XIX asrda Buxoro va Xorazmda ijro etilgan vokal bo‘limining har bir qismi nomi ko‘rsatilgan maqomlarning she’riy matnlari orqali estetik tarbiyalash muammolari atroflicha yoritilgan.

Yahyoyeva Shaxnoza Sharopovna

71-77

2022-12-29

TILNING PAYDO BO`LISHI VA JAMIYATDAGI O`RNI

Til bu ijtimoiy hodisa. Til jamiyat taraqqiyoti orqali vujudga kelgan. Olimlarning fikricha tilning paydo bo`lganiga besh yuz ming yildan ortiq vaqt bo`lgan. Til ham boshqa narsalarga o`xshab o`zgaruvchandir.Har Har bir xalqning shakllanishi shu tilda so`zlashuvchilarning kelib chiqishiga bog`liq.

Palvonnazarova Hayotxon Jamoladdin qizi

78-80

2022-12-29

MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING HAR XIL TURLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH

Maqola raqamli iqtisodiyotning moliyaviy huquqqa ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida yangi texnologiyalar, bir tomondan, huquqiy tartibga solish predmetining kengayishiga olib keladi, boshqa tomondan, tartibga solish, boshqarish, moliyaviy nazorat va nazoratga yordam beradigan vosita ekanligi aniqlandi. Ishda moliyaviy texnologiyalarning har xil turlari, birinchi navbatda tartibga soluvchi (RegTech) va nazorat qiluvchi (SupTech) ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, muallif "tartibga solish texnologiyalari" atamasi umuman muvaffaqiyatsiz degan xulosaga keladi. Bundan tashqari, shuni aytish kerakki, tor ma'noda moliyaviy texnologiyalar bu faqat moliya bozorlarida qo'llaniladigan vositalar va usullarning to'plami, keng ma'noda — moliyaviy tartibga solish, nazorat qilish va nazorat qilish bilan bog'liq barcha sohalarda qo'llaniladi.

Shaxlo Begmatova Faxriddin qizi

81-84

2022-12-31

SOLIQLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH VA KENG QAMROVLI IQTISODIY ISLOHOTLAR

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi o'laroq bugun barcha sohada bir qadam ilgarilaganimizni ko'rish mumkin. Albatta, bu quvonarli xabar soliq sohasidagi yangiliklarni ham chetlab o'tmaydi. Ushbu maqolada egri soliqlarni huquqiy tartibga solish haqida batafsil bayon qilinadi.

Shaxlo Begmatova Faxriddin qizi

85-90

2022-12-31