MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOV - TAJVID ILMIDA YETUK OLIM
Main Article Content
Abstract:
Ushbu maqolada tajvid ilmi bo‘yicha ikki muhim manba — Munavvar qori Abdurashidxonovning “Tajvidul Qur’on” hamda Abduhakim qori Komiljon o‘g‘lining “Tajvid (Qur’on o‘qish qoidalari)” asarlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda har ikki muallifning ilmiy merosi, darsliklarining tuzilishi, mazmuni va metodologik yondashuvlari o‘rganilib, ularning o‘quv jarayoniga qo‘shgan hissasi aniqlanadi. Munavvar qori asarining qat’iy savol-javob shaklidagi didaktik modeli, tajvid qoidalarini qisqa, lo‘nda va yodlashga qulay tarzda bayon etishi tahlil qilinadi. Abduhakim qori asari esa zamonaviy nashr sifatida vizual materiallar, maxraj diagrammalari va fonetik asosning keng yoritilishi bilan ajralib turishi ko‘rsatib beriladi. Qiyosiy o‘rganish natijasida sukunli nun, sukunli mim, mad turlari, idg‘om qoidalari, “ro” harfining tafxim-tarqiq holatlari, vaqf va sakta masalalarining har ikki manbada yoritilishi o‘rganiladi. Munavvar qorida tajvid qoidalarining amaliy qo‘llanilishiga urg‘u berilgan bo‘lsa, Abduhakim qorida zamonaviy didaktika vositalaridan foydalanilgan. Tadqiqot ushbu ikki manbaning bugungi tajvid ta’limi uchun metodik ahamiyatini yoritib, ular o‘rtasidagi uslubiy farq va o‘xshashliklarni ilmiy jihatdan asoslab beradi.
