VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO‘RSATISH MARKAZINING BUGUNGI HOLATI
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarining bugungi holatini tahlil qiladi. “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” (2022-2026) doirasida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy hayotga integratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘rib chiqiladi. 2022 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 6,3 foizga oshgan bo‘lsa, 2024 yilning dastlabki ikki oyida 8,1 foizga kamaygan. Markazlarning faoliyati, ular tomonidan 2022 yilda 89 098 nafar tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan olib borilgan profilaktik ishlar va 2024 yilda 1 321 nafar voyaga yetmaganlarga ko‘rsatilgan yordam natijalari tahlil etiladi. Muammolar sifatida profilaktik tadbirlarning yetarli emasligi, oilaviy muhitning salbiy ta’siri va ijtimoiy-iqtisodiy omillar keltiriladi. Maqolada markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha byudjet mablag‘larini maqsadli ajratish, ijtimoiy buyurtmalar tizimini joriy etish, jamoatchilik bilan hamkorlikni kengaytirish kabi takliflar beriladi
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni // elektron manba: http://old.lex.uz/docs/5841063
