XALQARO AVTOMOBIL YUK TASHISHDA ADR VA ATP SHARTNOMALARI BO‘YICHA JAVOBGARLIKNI TARTIBGA SOLISH

Main Article Content

Аннотация:

Maqolada xalqaro avtomobil transportida xavfli yuklar (ADR) va tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari (ATP) tashilishi bilan bog‘liq javobgarlikning normativ-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yuk jo‘natuvchi, tashuvchi, qadoqlovchi, yuklovchi va qabul qiluvchining majburiyatlari ADRning 1.4-bo‘limi va ATPning texnik reglamentlari asosida ochib beriladi. Muallif ushbu shartnomalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy tovon belgilamasligini, balki xavfsizlik, texnologik moslik va hujjatlashtirish standartlari orqali javobgarlikning taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi. Shuningdek, transport vositasining texnik muvofiqligi, yorliqlash va temperatura rejimlariga rioya qilish amaliyotda CMR doirasidagi fuqarolik-huquqiy nizolarda aybni aniqlash mezoniga aylanishi yoritilgan. Maqola ADR va ATP normalarining xalqaro tashishlarda xavfning boshqarilishi, ishtirokchilarning mas’uliyat zanjiri va transportda xavfsizlik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rnini asoslaydi.

Article Details

Как цитировать:

Sheraliyeva , . S. (2025). XALQARO AVTOMOBIL YUK TASHISHDA ADR VA ATP SHARTNOMALARI BO‘YICHA JAVOBGARLIKNI TARTIBGA SOLISH. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 4(10 Part 2), 14–18. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/64452