Joriy son
Jild 5 Nomeri 2 (2026): Центральноазиатский журнал образования и инноваций
Центральноазиатский журнал образования и инноваций - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Nashr qilingan: 2026-02-05
Maqolalar
ДИАГНОСТИКА И ЛЕЧЕНИЕ КРИПТОРХИЗМА У ДЕТЕЙ НА СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ
Крипторхизм, или неопущение яичка в мошонку, является одним из наиболее распространённых врождённых пороков у мальчиков, встречающимся у 3% доношенных и до 30% недоношенных новорождённых. Своевременная диагностика и лечение этого состояния имеют решающее значение для предотвращения таких осложнений, как бесплодие и рак яичка. В данном обзоре представлены современные подходы к диагностике и лечению крипторхизма у детей, основанные на данных исследований за 2014-2024 годы. Рассматриваются этиология, патогенез, клиническая картина, методы диагностики, показания к лечению, а также консервативные и хирургические подходы. Особое внимание уделено оптимальным срокам орхипексии и сравнению эффективности методов. Подчёркивается важность раннего вмешательства и долгосрочного наблюдения.
2026-02-04
QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLARDAN IJARA HUQUQI ASOSIDA FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH (JIZZAX VILOYATI ZOMIN TUMANI MISOLIDA)
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan ijara huquqi asosida foydalanishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari Jizzax viloyati Zomin tumani misolida tadqiq etiladi. Tadqiqotda yer ijarasi munosabatlarini liberallashtirish, ijara huquqini iqtisodiy aktiv sifatida muomalaga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda ijarachilarning mas’uliyatini oshirish masalalari ilmiy tahlil qilingan. Zomin tumanining agrar salohiyatidan kelib chiqib, yer resurslarini boshqarishni raqamlashtirish va shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2026-02-04
ОЦЕНКА КЛИНИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ РЕГЕНЕРАЦИИ КОСТНОЙ ТКАНИ С ПРИМЕНЕНИЕМ БИОМАТЕРИАЛА Β-ТРИКАЛЬЦИЙФОСФАТА ПРИ АТРОФИИ АЛЬВЕОЛЯРНОГО ОТРОСТКА
В исследование были включены 84 пациента, наблюдавшиеся в трёх клинических центрах. После удаления зуба в лунку вводили либо композиционный материал rhBMP-2/β-TCP (n = 41; тестовая группа), либо β-TCP (n = 43; контрольная группа). Для защиты трансплантата использовали резорбируемую барьерную мембрану. Изменения высоты и ширины альвеолярной кости оценивали с применением компьютерно-томографических данных, полученных сразу после операции и через 12 недель. Показатели каждой группы анализировались отдельно, а также проводилось межгрупповое сравнение.
2026-02-04
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR
Mazkur ilmiy maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni shakllantirishga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik deontologiya tushunchasi, o‘qituvchi kasbiy axloqining psixologik asoslari, shaxsiy motivatsiya, empatiya, refleksiya, kasbiy mas’uliyat va emotsional barqarorlik kabi omillarning deontologik kompetentlik rivojiga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, oliy pedagogik ta’lim jarayonida ushbu omillarni rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllantirishda psixologik tayyorgarlik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
2026-02-04
LEXICAL-SEMANTICAL AND MENTAL FEATURES OF ENGLISH AND UZBEK PROVERBS WITH THE COMPONENTS "ZOONYMS".
This article investigates the lexical-semantic and mental (cognitive-cultural) features of English and Uzbek proverbs containing zoonymic components. Zoonyms (names of animals) play a significant role in paremiology, reflecting national mentality, worldview, moral values, and cultural stereotypes. The study is based on a comparative analysis of selected English and Uzbek proverbs, focusing on semantic motivation, metaphorical transfer, and mental representations associated with animals. The research relies on authoritative paremiological dictionaries and linguistic studies. The results reveal both universal and culture-specific features in the use of zoonyms, demonstrating how language encodes collective experience and cultural cognition.
2026-02-04
NATIONAL POLICY IN THE SOVIET ERA AND ITS CONSEQUENCES
The Soviet Union implemented a comprehensive national policy aimed at managing the diversity of its multi-ethnic population. This policy combined elements of centralized governance, cultural promotion, and social engineering with strategies designed to integrate various ethnic groups into the Soviet state. While the official narrative emphasized equality, internationalism, and cultural development, the practical implementation of these policies often resulted in significant social, political, and cultural consequences. The policy included measures such as korenizatsiya (indigenization), the promotion of local languages and elites, territorial delimitation, and later periods of Russification. These policies had both positive and negative effects: they facilitated literacy, urbanization, and economic participation among national minorities but also led to the suppression of local traditions, forced migrations, and social hierarchies favoring certain groups.
2026-02-04
YER MONITORINGINI YURITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AXAMIYATI
Ushbu maqolada yer monitoringi tushunchasining nazariy asoslari, uning shakllanish tarixi hamda zamonaviy sharoitdagi ahamiyati yoritilgan. Monitoring atamasining kelib chiqishi, BMT va YUNESKO doirasida olib borilgan dastlabki ilmiy-amaliy tashabbuslar tahlil qilingan. Yer monitoringining asosiy ko‘rsatkichlari, yer fondidagi o‘zgarishlarni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, yer monitoringini tashkil etishda geografik axborot tizimlari, masofaviy zondlash, kosmik va aerosuratlardan foydalanishning afzalliklari asoslab berilgan. Maqolada qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringini takomillashtirish, yagona ma’lumotlar bankini shakllantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali davlat yer monitoringi samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
2026-02-04
ARAB MATBUOTIDA TASHRIFLAR, UCHRASHUVLAR VA MUZOKARALAR HAQIDAGI XABARLARNING TEMATIK TUZILISHI
Mazkur maqolada arab davlatlari matbuotida tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralar haqidagi xabarlarning tematik, leksik va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy davlat tashriflari, ko‘p tomonlama uchrashuvlar, xalqaro vositachilik va tinchlik muzokaralari hamda iqtisodiy va savdo muzokaralari kabi asosiy tematik guruhlar ajratib ko‘rsatiladi. Arab ommaviy axborot vositalarida mazkur voqealar qanday diskursiv strategiyalar orqali yoritilishi, diplomatik tilning o‘rni, rasmiylik va emotsionallik o‘rtasidagi muvozanat masalalari ochib beriladi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni – Eron munosabatlari, Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi tashriflar va iqtisodiy hamkorlikka oid misollar asosida arab matbuotining geosiyosiy jarayonlarni aks ettirish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari arab matbuotida diplomatik xabarlar nafaqat axborot berish, balki mintaqaviy va global siyosiy jarayonlarni talqin qilish hamda jamoatchilik fikrini shakllantirish vositasi sifatida xizmat qilishini ko‘rsatadi
2026-02-05
ШАХСНИНГ КАСБ ЮЗАСИДАН ЎЗ ВАЗИФАЛАРИНИ ЛОЗИМ ДАРАЖАДА БАЖАРМАГАНЛИГИ ОҚИБАТИДА ОИВ НИ ЮҚТИРИШ ЖИНОЯТЛАРИНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ ЎРНИ ВА ИСТИҚБОЛЛАРИ
ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 113-моддаси 5-қисмида назарда тутилган жиноятларни стоматология клиникалари, гўзаллик салонлари ва сартарошхоналар мисолида тергов қилишнинг методологик асослари таҳлил қилинади. Касбий вазифаларни лозим даражада бажармаслик натижасида ОИВ инфекцияси юқтирилишини исботлашда рақамли далиллар, видео-аналитика ва биоинформатик моделлардан фойдаланиш истиқболлари ёритилган. Мақолада аниқ казуслар орқали тергов тактикасини такомиллаштириш бўйича тавсиялар берилган.
2026-02-05
MINIMAL QON DOG‘LARIDAN XROMATOGRAFIK USULDA QON GURUHINI ANIQLASHNING LABORATOR SAMARADORLIGINI BAHOLASH”.
Ushbu maqolada mikro-miqdordagi qon dog‘laridan (1-5 mkl) AB0 tizimi bo‘yicha qon guruhini aniqlashda xromatografik usullarning laborator samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida immunoxromatografik testlarning an’anaviy absorbsiya-elyutsiya metodiga nisbatan sezgirligi va selektivligi qiyosiy baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xromatografik usul qon namunalari eskirgan yoki tashqi muhit ta’sirida ifloslangan holatlarda ham yuqori aniqlikni (98,5%) ta’minlaydi
2026-02-05
DOCUZBASE LOYIHASI UCHUN MA’LUMOTLAR BAZASINI ISHLAB CHIQISH
Maqolada "DocUzBase" elektron hujjatlar ombori misolida ma’lumotlar bazasini loyihalash, optimallashtirish va xavfsizlik masalalari tadqiq etiladi. Tizim samaradorligini oshirish uchun relyatsion model, 3-normal shakl (3NF) va gibrid fayl saqlash strategiyasi asoslab berilgan. Shuningdek, B-Tree hamda GIN indekslari yordamida so‘rovlar unumdorligini oshirishning texnik yechimlari tahlil qilingan.
2026-02-06
KIBERXAVFSIZLIKDA INSON OMILI: IJTIMOIY-DEMOGRAFIK GURUHLAR KESIMIDA RAQAMLI SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH MODELLARI
Maqolada aholini to‘rtta guruhga ajratib, interaktiv raqamli platforma va branching scenario metodi orqali kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish va inson omili bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish masalasi o‘rganiladi
2026-02-06
BUXORO SHAHRIDA TURIZMNING TARIXIY SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLAR
Mazkur maqolada Buxoro shahrida turizmning shakllanishi va rivojlanish jarayoni tarixiy bosqichlar kesimida tahlil qilinadi. Qadimgi davrlardan boshlab Buyuk Ipak yo‘li tizimidagi o‘rni, o‘rta asrlarda ilmiy va ziyorat markaziga aylanishi, Buxoro amirligi davrida mehmonnavozlik an’analari, Rossiya mustamlakachiligi va sovet davrida turizm infratuzilmasining paydo bo‘lishi hamda mustaqillik yillarida xalqaro turizm markazi sifatida rivojlanishi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Maqolada tarixiy-taqqoslash va manbashunoslik metodlaridan foydalanilgan.
2026-02-06
РАҚАМЛИ ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШЛАРИ ВА УЛАРНИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ
Мазкур мақолада рақамли технологиялар орқали содир этилаётган жиноятларнинг жаҳон ҳамжамияти учун долзарб ва мураккаб муаммо сифатида шаклланаётгани, кибержиноятлар трансмиллий хусусият касб этиб, давлат институтлари, халқаро ташкилотлар, тижорат ва молия секторлари ҳамда фуқароларга жиддий хавф туғдириши атрофлича таҳлил қилинган. Киберҳуқуқбузарликларнинг турлари, замонавий йўналишлари ва уларнинг тез ўсиш динамикасига халқаро манбалар, қонунчилик ҳамда илғор таҳлиллар асосида баҳо берилган. Шунингдек, фишинг, фирибгарлик, зарарли дастурлар, deepfake ва кибертерроризм каби таҳдидлар, уларга қарши курашнинг ҳуқуқий, техник ва ташкилий йўналишлари, рақамли хавфсизликни таъминлашда жамият ва давлат органларининг ўзаро ҳамкорлиги, ахолининг саводхонлиги ва миллий қонунчиликдаги янгиликлар ёритилган. Мақолада рақамли хавфсизлик соҳасидаги долзарб тенденциялар ва муаммолар таҳлил қилиниб, уларга қарши самарали ёндашувлар таклиф этилган
2026-02-06
QURILISH TARMOG‘IDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada qurilish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Asosan, BIM (axborot-modellashtirish), dronlar, 3D skanerlash, sun’iy intellekt va IoT (Narsalar Interneti) kabi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash natijalari, afzalliklari va ularni joriy qilishdagi muammolar yoritilgan. Qurilish jarayonlarining avtomatlashtirilishi va optimallashtirilishi orqali sifat, tejamkorlik va xavfsizlikning oshishi ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston tajribasi misolida, raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari ham muhokama qilinadi.
2026-02-09
KOMMUTATIV BANAX ALGEBRALARINING LOKAL AVTOMORFIZMLARI UCHUN NORMANI SAQLASH SHARTLARI
Maqolada kommutativ Banax algebralarida lokal avtomorfizmlarning xossalari, ularning global avtomorfizm bo‘lish shartlari va normani saqlash xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sohadagi o‘zbek va xorijiy olimlarning so‘nggi yillardagi tadqiqotlariga tayangan holda ilmiy xulosalar keltiriladi..
2026-02-09
XVI-XVIII ASRLARDA XIVA XONLIGINING DIPLOMATIK VA SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLARI
XVI–XVIII asrlar Markaziy Osiyo tarixida murakkab siyosiy jarayonlar, davlatlararo munosabatlarning kuchayishi va xalqaro savdo aloqalarining kengayishi bilan xarakterlanadi. Ushbu davrda Xiva xonligi mintaqaning muhim siyosiy va iqtisodiy markazlaridan biri sifatida shakllandi. Xonlikning geografik joylashuvi – Amudaryo quyi oqimi, Kaspiy dengizi va Yevroosiyo savdo yo‘llariga yaqinligi uning tashqi siyosati va savdo-iqtisodiy munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur maqolada XVI–XVIII asrlarda Xiva xonligining yirik davlatlar va qo‘shni mamlakatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalari, savdo munosabatlari, iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro munosabatlardagi o‘rni yoritiladi.
2026-02-09
JADID ISLOHOTI MARIFAT ORQALI MILLATNI UYGʻOTGAN HARAKAT
Maqolada jadidchilik harakati va asosiy gʻoyalari maʼrifatparvarlik faoliyati yoritib berilgan. Jadidlarning marifat, ta‘lim va madaniyat sohalaridagi islohotlari jamiyat tafakkurini yangilashga qaratilgan faoliyati yoritiladi. Jadidlar harakatining asosiy maqsadi-ma‘rifat, yangi usuldagi ta’lim, ijtimoiy fikrni uygʻotish va jamiyatni yangilash orqali millat taraqqiyotiga yoʻl ochish boʻlgan. Jadidlar tomonidan olib borilgan islohotlar, ularning ta’lim, madaniyat va jamiyat ongini oʻzgartirishga qaratilgan faoliyati, shuningdek bu harakatning zamonaviy yoshlar tarbiyasi uchun ahamiyati yoritiladi. Jadidchilikning tarixiy ahamiyatini ochib berish bilan birga bugungi kunda manaviy maʼrifiy jarayonlari uchun ham muhim maʼlumotlar beriladi.
2026-02-09
BAXTSİZ HODİSALAR VA TRANSPORT AVARİYALARİDA ZARARLANGANLARGA BİRİNCHİ TİBBİY YORDAM KO’RSATİSH
Ushbu maqolada, turli baxtsiz hodisalar va transport avariyalarida zararlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish yo’llari, baxtsiz hodisalarning yuzaga kelish sabablari, jarohatlanish turlari va darajalari, transport avariyalarida qanday qilib birinchi yordam ko’rsatish kerakligi haqida so’z yuritilgan.
2026-02-09
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАРНИНГ ЖИНСИЙ ЭРКИНЛИГИГА ҚАРШИ СОДИР ЭТИЛАЁТГАН ЖИНОЯТЛАРНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШ ХОС ЖИҲАТЛАРИ
Мақолада вояга етмаганларнинг жинсий дахлсизлигига қарши жиноятларни фош этиш ва тергов қилишда юзага келаётган, илгари кам тадқиқ этилган муаммолар таҳлил қилинади. Хусусан, ушбу турдаги жиноятларнинг латентлик даражасининг юқорилиги, вояга етмаган жабрланувчи кўрсатувларининг ишончлилик даражасини баҳолашдаги мураккабликлар, суд-психологик экспертизасининг аҳамияти ва шу каби муаммолар тадқиқ этилган.
2026-02-10
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ
Ушбу мақолада ҳозирги кунда жуда тез суратлар билан ривожланиб бораётган рақамли криминалистиканинг тергов фаолияти билан ўзаро боғлиқлиги ёритиб ўтилади. Муаллифнинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ахборот-коммуникatsiя воситаларидан жиноят содир этишда кўпроқ фойдаланилмоқда. Ушбу қурилмаларда қолган излар, улар билан тергов ҳаракатларини ўтказиш, улардан фойдаланиш билан содир этилган жиноятларни тергов қилиш усуллари кўриб чиқилди.
2026-02-10
ҲУДУДЛАРДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ТАШКИЛИЙ-НАЗОРАТ ЧОРА-ТАДБИРЛАР
Мазкур мақолада ҳудудларда жиноятчиликни олдини олиш борасидаги ташкилий-назорат чора-тадбирларнинг назарий ва амалий жиҳатлари таҳлил қилинган. Жиноятчилик профилактикаси тизимида барвақт огоҳлантириш, институционал мувофиқлаштириш, маҳалла даражасида хавфсиз муҳит яратиш ҳамда электрон мониторинг механизмларининг ўрни илмий манбалар асосида ёритилган. Шунингдек, Республика идоралараро мувофиқлаштириш ишчи гуруҳи фаолияти, ҳудудий “йўл хариталари” механизми ва натижадорлик индикаторларига асосланган назорат тизимининг аҳамияти таҳлил этилган. Халқаро тажриба, жумладан, community policing ва situational crime prevention концепциялари мисолида профилактиканинг самарали моделлари қиёсий ўрганилган. Тадқиқот натижасида ҳудудларда жиноятчиликни камайтиришда комплекс, манзилли ва илмий асосланган ташкилий-назорат чоралари ҳал қилувчи аҳамият касб этиши асослаб берилган.
2026-02-11
TA’LIM JARAYONIDA MADANIY MEROS RESURSLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MA’NAVIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida madaniy meros resurslaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Unda madaniy merosning shaxs ma’naviy kamolotidagi o‘rni, uning tarbiyaviy imkoniyatlari hamda ta’lim mazmuniga integratsiya qilishning nazariy jihatlari tahlil qilingan. Ma’naviy dunyoqarashning tarkibiy qismlari ochib berilib, o‘quvchilarda bilim, hissiy munosabat va xulqiy faoliyat birligini ta’minlashda madaniy meros resurslarining ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, madaniy merosdan foydalanishga doir tarbiyaviy yo‘naltirilganlik, integrativlik, faoliyatga va shaxsga yo‘naltirilganlik kabi pedagogik tamoyillar ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida madaniy meros asosida o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarixiy tafakkur va ma’naviy mas’uliyatni shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilad.
2026-02-13
ЭВОЛЮЦИЯ ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ НЕФРОЛИТИАЗА У ДЕТЕЙ: ОБЗОР СОВРЕМЕННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ
В обзоре представлен анализ эволюции хирургических методов лечения педиатрического нефролитиаза за последние три десятилетия. Рассмотрены ключевые этапы развития: от эры открытой хирургии с высокой травматичностью и частотой осложнений до современных минимально-инвазивных эндоурологических технологий. Подробно освещены технические характеристики, показания, эффективность и безопасность дистанционной ударно-волновой литотрипсии, перкутанной нефролитотомии и её миниатюризированных вариантов (mini-PCNL, micro-PCNL, ultra-mini PCNL), а также ретроградной интраренальной хирургии. Представлен сравнительный анализ методов с акцентом на показатели полного очищения от камней, частоту осложнений, длительность госпитализации и долгосрочные последствия для растущей почки. Обсуждаются современные тренды, включая внедрение одноразовых инструментов, tubeless-техник и минимизацию лучевой нагрузки. Подчеркивается важность индивидуализированного подхода к выбору метода лечения с учетом размера, локализации и состава камня, анатомических особенностей и метаболического профиля пациента.
2026-02-13
HUJJATCHILIKNING PAYDO BO‘LISH TARIXI
Ushbu maqolada hujjat va hujjatchilikning shakllanishi, tarixiy ildizlari hamda taraqqiyot bosqichlari yoritilgan. “Hujjat” atamasining lug‘aviy mazmuni hamda Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarida hujjatchilik tizimining rivojlanishi ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Turkiy xalqlardagi hujjatchilik an’analari, qadimgi yozma manbalar, arxeologik topilmalar va o‘zbek davlatchiligidagi hujjat turlari o‘rganiladi.
2026-02-16
JAMOADA AHOLI O‘RTASIDA DISPANSER KO‘RIGINI TASHKILLASH
Muayyan kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni aniqlash va hisobga olish uchun xizmat qiladigan davolash-profilaktika muassasasi dispenser hisoblanadi.. Mamlakatimizda silga qarshi, kardiologik, teri-tanosil, onkologik, psixonevrologik, narkologik va endokrinologik dispanserlar mavjud. Dispanserda ixtisoslashgan davolash ishlari olib boriladi.
2026-02-16
OLIY TA’LIMDA KOGNITIV VA METAKOGNITIV FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR SINERGIYASI
Ushbu maqolada oliy ta’lim jarayonida kognitiv va metakognitiv faoliyatni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalar sinergiyasining mohiyati yoritiladi. Turli innovatsion yondashuvlar uyg‘unligi talabalarning mustaqil fikrlash, refleksiya, o‘zini boshqarish va ijodiy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi.
2026-02-17
TALABALARDA XALQARO PEDAGOGIK ATAMALARNI QO‘LLASH KO‘NIKMALARINI HOSIL QILISHDA MUSTAQIL ISHLARNING ROLI
Maqolada talabalarda xalqaro pedagogik atamalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishda mustaqil ishlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Mustaqil ta’lim jarayoni orqali terminologik kompetensiyani rivojlantirish, kasbiy fikrlashni shakllantirish hamda madaniyatlararo muloqotga tayyorgarlikni oshirish masalalari yoritiladi.
2026-02-17
МИРАНДА ҚОИДАСИНИНГ ПРОЦЕССУАЛ ХУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу мақолада сукут сақлаш ҳуқуқи, яъни ўзига нисбатан қўйилган гумон хусусида ҳамда ишнинг бошқа ҳар қандай ҳолатлари тўғрисида кўрсатмалар беришдан бош тортиш ҳуқуқи ҳақида маълумот берилган. Бундан ташқари ушбу ҳуқуқ Жиноят-процессуал кодекснинг 48-моддасида қатъий кафолатланганлиги тўғрисида тўхталиб ўтилган.
2026-02-17
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH FANLARIDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMALARINI INTERFAOL USULLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish fanlarida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi interfaol usullar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda tinglab tushunish kompetensiyasining mazmun-mohiyati, uning o‘quvchilarning nutqiy va kognitiv rivojlanishidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Rolli o‘yin”, “Savol-javob”, “Baliq skeleti” kabi interfaol metodlarning tinglab anglash jarayoniga ta’siri yoritiladi. Maqolada interfaol yondashuv asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning faolligini oshirishi, matn mazmunini chuqurroq anglashiga xizmat qilishi hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishiga doir ilmiy xulosalar beriladi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim amaliyotida samarali metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2026-02-19
BOSHLANG‘ICH TA’LIM MATEMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA KRITIK VA KREATIV FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY STRATEGIYALARI VA METODLARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim matematika fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kritik va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari hamda samarali metodlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kritik fikrlashning mantiqiy tahlil, dalillash va muammoli vaziyatlarni baholash bilan bog‘liq jihatlari, kreativ fikrlashning esa noodatiy yondashuv, muqobil yechimlar topish va ijodiy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, muammoli ta’lim, loyiha metodi, STEAM yondashuvi, interfaol o‘yinlar, “Baliq skeleti”, “Aqliy hujum” kabi metodlarning matematika darslaridagi amaliy ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada zamonaviy pedagogik strategiyalar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, matematik savodxonligi va ijodiy yondashuvini rivojlantirishda muhim omil ekanligi ilmiy jihatdan xulosa qilinadi.
2026-02-19
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI DIDAKTIK O‘YINLAR VA KREATIV RIVOJLANISH STRATEGIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini didaktik o‘yinlar hamda kreativ rivojlanish strategiyalari asosida shakllantirish masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda matematik savodxonlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning funksional savodxonlik tizimidagi o‘rni hamda boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, didaktik o‘yinlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal etishi va amaliy hisob-kitob ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari asoslab beriladi. Kreativ rivojlanish strategiyalari orqali matematik tushunchalarni o‘zlashtirish jarayonining samaradorligi oshishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada o‘yinli ta’lim va ijodiy yondashuv asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi hamda matematik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi xulosa qilinadi..
2026-02-19
REAKTIV QUVVAT MANBALARINING TOKLARINI O‘LCHOV VA MASOFALI NAZORATI UCHUN ELEKTROMAGNIT O‘ZGARTKICHLARNING METROLOGIK TAVSIFLARI
Ushbu ishda ishlab chiqilgan elektr energiyasining reaktiv quvvati uch fazali toklarining miqdori va sifatini aniqlash, shuningdek reaktiv quvvat manbalarining birlamchi tok elektromagnit o‘zgartkich qurilmalarining elementlarini, modellarini, tadqiqot algoritmlarini va dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqish, reaktiv quvvatning uch fazali toklarini o‘lchash va masofadan nazorat qilishning aniqligi, tezkorligi hamda ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
2026-02-19
IJTIMOIY MUHIT BOLANI TARBIYALASHDA MUHIM OMIL SIFATIDA ЭРИШИШДАГИ АҲАМИЯТИ
Bugungi globallashuv sharoitida bolalar tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar ko’lami kengayib , ularning ijtimoiy muhit bilan o’zaro aloqasi tobora kuchayib bormoqda. Oila ta’lim muassasalari , tengdoshlar jamoasi, ommaviy axborot vositalari va raqamli makon bolani shakillantiruvchi asosiy ijtimoiy muhit komponentlari sifatida namoyon bo’lmoqda.
2026-02-19
O‘YIN TEXNOLOGIYALARINING (GAMIFICATION) O‘QUVCHILAR IJODKORLIGINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Maqolada o‘yin texnologiyalari (gamification) tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. O‘yin elementlaridan foydalanish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi, mustaqil fikrlash, muammolarni ijodiy hal qilish va innovatsion yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, gamification texnologiyasining amaliy qo‘llanishi va uning pedagogik samaradorligi yoritilgan.
2026-02-19
XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONGA KO‘CHIRILGANLARNING MILLIY ETNIK TARKIBI
Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasiga amalga oshirilgan ko‘chirish siyosati va uning natijasida shakllangan ko‘chirilgan aholining milliy-etnik tarkibi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati doirasida Turkistonga ko‘chirib keltirilgan aholi guruhlari, ularning etnik mansubligi, joylashtirish hududlari va mahalliy aholi bilan ijtimoiy-demografik munosabatlari tarixiy manbalar va statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi.
2026-02-17
