BUYUK IPAK YO’LI - MULOQOT YO’LI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
1987 yil YUNESKO madaniy taraqqiyot bo’yicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida “Ipak yo’li — muloqot yo’li” xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur O’rta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi — Sharq bilan G’arb o’rtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar o’rnatish, ushbu buyuk qit’alarda yashovchi ko’p sonli xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Ko’plab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferentsiya (jumladan, Samarqand, 1990 yil oktabr; Buxoro, 1996 yil Fevral) va seminarlar o’tkazildi. Buyuk ipak yo’li bo’ylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, ba’zi arxeologik va me’moriy yodgorliklar ta’mirlandi. Ba’zi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, O’zbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yo’lini o’rganish bo’yicha maxsus ilmiy institutlar barpo etilgan.