KREATIV KOMPETENTLIKNI INTEGRATSIYALASHGAN METODLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
Maqolada integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan amaliyot-metodik mexanizmlar tahlil qilingan. Kreativlik faqat individual qobiliyat yoki abstrakt sifat sifatida emas, balki fanlar orasi bilimlar, metodik fikrlash, psixologik sezgirlik va raqamli texnologiyalar uyg‘unligida shakllanadigan kasbiy kompetensiya sifatida talqin qilinadi. Maqolada integrativ metodik loyihalash, muammoli-integrativ vaziyatlar, fanlar orasi kreativ topshiriqlar, metodik laboratoriya, loyiha asosida integrativ o‘qitish, refleksiv-tahliliy integratsiya va kreativ metodik portfolio kabi usullar tafsiloti bilan bayon qilingan. Ushbu usullar talabalarni pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, darsni qayta loyihalash, fanlar orasi bilimlarni uyg‘unlashtirish, ochiq topshiriqlar yaratish, baholash mezonlarini aniqlash va refleksiv tahlil orqali pedagogik qarorlarni takomillashtirishga tayyorlaydi. Maqola kreativ kompetentlikni rivojlantirishda integrativ yondashuvning samaradorligini amaliyot misollari bilan ko‘rsatadi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
##submission.howToCite##:
##submission.citations##:
Kaldibekova A.S., Kamalova D.O. Ta’lim texnologiyalari fanidan o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Toshkent farmatsevtika instituti, 2021. – 128-bet.
Qo‘ysinov O.A., Rajabova S.Yu. Kasbiy pedagogika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari: metodik qo‘llanma / p.f.d., prof. N.A. Muslimov umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. – B. 6.
Беспалько В.П. Проектирование педагогических систем // Проектирование в образовании: проблемы, поиски, гипотезы. – М., 1994. – С. 28–29.
Федорова Н.Б., Кузнецова О.В., Поляков А.С. Межпредметная интеграция в курсе физики: учебно-методическое пособие. – Рязань: Ряз. гос. ун-т им. С.А. Есенина, 2010. – С. 5.
