Joriy son
Jild 6 Nomeri 2 Special Issue (2026): INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “GENDER EQUALITY: INTERNATIONAL EXPERIENCE AND NATIONAL PRACTICE”
Eurasian Journal of Academic Research is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.
Nashr qilingan: 2026-03-10
Maqolalar
ЎЗБЕКИСТОН ИЛМ-ФАНИДА ГЕНДЕР СИЁСАТИНИНГ АМАЛГА ОШИРИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ
Илмий мақолада Ўзбекистонда гендер сиёсатига оид норматив-ҳуқуқий
ҳужжатлар мавжудлиги ҳамда хотин-қизларни илмий тадқиқотлар олиб бориш учун
шароитлар яратилганлиги кўрсатилган. Соҳани бошқарув тизими жойларда ва тегишли
ташкилотларда тузилганлиги ҳақида маълумот келтирилган. Мақолада ишончли
статистик маълумотлар асосида турли илмий йўналишлардаги олима-аёллар сони
кўрсатилган. Номлари келтирилган олималарни ютуқлари нафақат Ўзбекистонда,
балки хорижий давлатларда ҳам тан олинган
2026-02-20
ЭКОЛОГИК ҲУҚУҚ ВА ҲОЗИРГИ ЗАМОН ЭКОЛОГИК МУАММОЛАРИ: ЖАМИЯТ ОЛДИДАГИ УМУМИЙ МАСЪУЛИЯТ
Илмий мақолада экологик ҳуқуқ давлат органлари ёки экологлар учун эмас, балки
ҳар бир фуқаро учун ҳам муҳимдир. Чунки соғлом муҳитда яшаш — инсоннинг асосий
ҳуқуқларидан биридир. Экологик қонунларга риоя қилиш орқали табиатни асраш,
жамоат саломатлигини муҳофаза қилиш ва иқтисодий барқарорликка эришиш мумкин.
Ўзбекистон Республикасида атроф-муҳитни муҳофаза қилишга оид қонунлар, давлат
дастурлари ва миллий стратегиялар қабул қилинмоқда. Бу ҳужжатлар экологик
маданиятни ошириш ва экологик хавфсизликни таъминлашга хизмат қилади
2026-02-20
O‘ZBEKISTON QISHLOQ HUDUDLARIDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH UCHUN MOLIYAVIY VA TA’LIMIY QO‘LLAB-QUVVATLASH
Ushbu maqola O‘zbekiston qishloq hududlarida ayollar tadbirkorligini
rivojlantirish uchun mavjud moliyaviy va ta'limiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini tahlil
qiladi. Qishloq ayollarining mehnat bozoridagi moliyaviy resurslarga cheklangan kirish, oilaviy
yuklamalar, infratuzilma muammolarini bartaraf etishga qaratilgan. Ayollar tadbirkorlik
markazlari orqali biznes savodxonligi, marketing va raqamli ko‘nikmalar treninglari, qishloq
hududlarida onlayn ta’limni kengaytirish va infratuzilmani yaxshilash orqali samaradorlikni
oshirishga qaratilgan
2026-02-20
PEDAGOGICAL MECHANISMS FOR INVOLVING WOMEN IN THE SPHERE OF INFORMATION TECHNOLOGY THROUGH STEAM EDUCATION
This article examines pedagogical mechanisms and educational approaches aimed at
increasing women's participation in information technology through STEAM education. It
analyzes the social, cultural, and educational barriers faced by girls when choosing an IT career
and identifies ways to overcome them. The work draws on contemporary research in gender
pedagogy, digital literacy, and innovative educational methods
2026-02-20
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH SOHASIDAGI XALQARO STANDARTLAR
Mazkur maqolada korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi xalqaro
standartlar tahlil qilinib, ularning davlat boshqaruvida shaffoflik va adolatni ta’minlashdagi
o‘rni yoritilgan. Shuningdek, gender tengligi tamoyillarining korrupsiyani kamaytirishdagi
ahamiyati asoslab berilgan. Ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali
boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan
2026-02-20
BUXORO AMIRLIGI RASMIY HUJJATLARIDA AYOLLARGA DOIR MASALALAR
Ushbu maqolada o‘rta asrlar O‘zbekiston tarixida ayollar huquqlari
muntazam ravishda poymol etilgan va ularning jamiyatdagi mavqei past bo‘lgan, degan
biryoqlama yondashuvlar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida bunday qarashlarga
muqobil bo‘lgan tarixiy dalillar keltiriladi va ular tanqidiy yondashuv asosida yoritiladi.
Maqolada asosiy manba sifatida Buxoro amirligiga oid rasmiy hujjatlardan foydalanilgan.
Ushbu hujjatlar o‘z davrida davlat boshqaruvida muhim o‘rin tutgan yuqori lavozimli
amaldorlar tomonidan tasdiqlanib, muhrlar bilan rasmiylashtirilgan. Keltirilgan manbalar
ayollarning huquqiy va ijtimoiy mavqeiga oid masalalarni qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi
2026-02-20
РЕШЕНИЕ ГЕНДЕРНЫХ ПРОБЛЕМ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН: СОЦИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И СОВРЕМЕННЫЕ СТРАТЕГИИ
В статье проводится социологический анализ гендерных проблем в Республике
Узбекистан с использованием статистических данных за последние годы.
Рассматриваются социально-экономические и культурные предпосылки, уровень
участия женщин в трудовой деятельности, органах власти, образовании и
предпринимательстве. Особое внимание уделяется механизмам государственной и
международной поддержки, а также роли гражданского общества. Статья
предназначена для международной научной конференции и ориентирована на
комплексное понимание гендерной политики Узбекистана
2026-02-20
AYOLLARNING SIYOSIY HUQUQLARINI QO‘LGA KIRITISHI TARIXI (JAHON TAJRIBASI)
Ushbu maqolada xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqlik uchun kurashi,
shuningdek, ayollarning saylov huquqlarini qo‘lga kiritish tarixi dunyo davlatlari misolida
o‘rganilgan. Qolaversa, har bir davlatda gender tenglikka erishish, saylash va saylanish
huquqlarini qo‘lga kiritish uchun olib borilgan harakatlar tahlil qilingan
2026-02-20
AYOLLAR HUQUQLARINI TA’MINLASHDA GENDER TENGLIGI MEXANIZMLARI
Ushbu ilmiy maqolada gender tengligi masalasi zamonaviy ilmiy-nazariy yondashuvlar,
huquqiy mexanizmlar va xalqaro hamda mintaqaviy tajriba asosida kompleks tahlil qilinadi.
Tadqiqotning asosiy e’tibori ayollar huquqlarini ta’minlashning huquqiy kafolatlari, ularning
siyosiy faolligi hamda gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurash mexanizmlarining
samaradorligini baholashga qaratilgan. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari misolida
gender tengligini ta’minlash bo‘yicha shakllangan normativ-huquqiy baza, institutsional
yondashuvlar va amaliy natijalar tahlil qilinib, xalqaro standartlar bilan qiyosiy solishtirish
amalga oshiriladi. Maqolada gender tengligi faqat deklarativ huquqiy normalar emas, balki
ijtimoiy ong, davlat siyosati va institutsional barqarorlik orqali ta’minlanishi ilmiy asosda
yoritiladi
2026-02-20
GENDER TENGLIGI – MAMLAKAT RIVOJIGA ASOS BO‘LUVCHI OMIL
Mazkur maqolada gender tengligi masalasiga oid O‘zbekistonda olib borilayotgan
islohotlar hamda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning tarixiy jarayon bilan qiyoslanishi aks
ettirilgan. Fikrlarning asosli bo‘lishi uchun shoir va yozuvchilar ijodidan bu masalaga oid ijodiy
namunalarga murojaat qilingan
2026-02-20
INSON HUQUQLARI TIZIMIDA GENDER TENGLIGI: BMT VA MINTAQAVIY TASHKILOTLAR TAJRIBASI
Ushbu maqolada inson huquqlari tizimida gender tengligi masalasi Birlashgan Millatlar
Tashkiloti hamda mintaqaviy xalqaro tashkilotlar tajribasi asosida kompleks va tizimli tahlil
qilinadi. Tadqiqotda gender tengligi prinsipining xalqaro-huquqiy asoslari, ayollarga nisbatan
kamsitishni bartaraf etish mexanizmlari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda teng
imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ilmiy jihatdan yoritiladi.
BMT tizimida CEDAW Konvensiyasi, UN Women va monitoring mexanizmlarining o‘rni tahlil
qilinadi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, ASEAN va Afrika Ittifoqi doirasida
gender siyosatini amalga oshirish tajribasi qiyosiy-huquqiy usulda o‘rganiladi. Maqolada
xalqaro standartlarni milliy huquqiy tizimlarga integratsiyalash muammolari va istiqbollari
asoslab beriladi
2026-02-20
AYOLLARNING SIYOSIY TIZIMLARDAGI MAVQEI: TARIX VA HOZIRGI ZAMON
Ushbu maqola ayollarning siyosiy tizimlardagi mavqei, tarixiy rivojlanishi hamda hozirgi
zamondagi holatiga bag‘ishlangan. Tarixiy misollar, feministik harakatlar va zamonaviy
statistik ma’lumotlar asosida ayollarning siyosiy ishtirokining ahamiyati tahlil qilinadi.
Maqolada gender tengligini ta’minlash va ayollarning siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonidagi
ishtirokini kengaytirish zarurligi asoslab beriladi
2026-02-20
O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY MUAMMOLARI
O‘zbekistonda ayollarning jamiyatdagi o‘rni va huquqlarini himoya qilish masalasi davlat
siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, ayollarning real
ijtimoiy ahvoli, ularning oiladagi roli, jamiyatdagi stereotiplar, bandlik va ishsizlik muammolari
murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada ayollarning mustaqillikning dastlabki
yillaridagi umumiy ahvoli murojaatlar asosida tahlil qilinib, mavjud muammolar ijtimoiyhuquqiy nuqtayi nazardan yoritiladi
2026-02-20
DAVLAT BOSHQARUVIDA XOTIN-QIZLAR GENDER TENGLIGINI VA JAMIYATDA AYOLLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGIINI OSHIRISH
Davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida xotin-qizlar salmog‘ini oshirish va gender tenglik
siyosatini ta’minlash nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ham dolzarb masaladir.
Bugungi kunda ayol-qizlarning jamiyat va davlat siyosatidagi faolligi va ilm-ma’rifatga qo‘shgan
hissasi natijasida davlat boshqaruvida soni ortib bormoqda
2026-02-20
LEGAL GUARANTEES OF GENDER EQUALITY AND WOMEN‘S POLITICAL PARTICIPATION
This article analyzes international legal mechanisms for women's political participation,
focusing on CEDAW and UN Sustainable Development Goals (SDG 5). It evaluates the
effectiveness of gender quota and parity models based on the experience of Scandinavian,
African, and Latin American states. Special attention is given to the analysis of reforms in
Uzbekistan from 2015 to 2024. Consequently, practical proposals for improving national
legislation are developed.
2026-02-20
GENDER EQUALITY AS A FACTOR OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF SOCIETY
This article looks at gender equality as an important issue in modern sustainable
development. It identifies a link between the state’s socioeconomic development and ensuring
equal rights and opportunities for men and women in each state. This special attention focuses
on how public policy, the job market, and education are important for creating a gender-equal
society. The study concludes that achieving gender equality is a vital precondition for long-term
social stability and sustainable growth
2026-02-20
