Евразийский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках.
Nashr qilingan: 2025-12-06
Maqolalar
MURABBIYNING ROLI DZYUDO SPORTIDA INDIVIDUAL TEXNIKA-TAKTIK MODELNI SHAKLLANTIRISHDA
Ushbu maqolada dzyudochining individual texnika–taktik modelini shakllantirish jarayonida murabbiyning roli ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot IMRAD formatida olib borilib, nazariy tahlil, qiyosiy metod, pedagogik kuzatuv va analitik modellashtirish asosida olingan ma’lumotlar umumlashtirilgan. Natijalar murabbiy sportchining texnik repertuarini shakllantirish, taktik qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, psixologik tayyorlovni boshqarish hamda individual kurash modelini yaratishda markaziy figura ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston dzyudo maktabi tajribasi xalqaro yondashuvlar bilan qiyoslangan holda, samarali pedagogik usullar aniqlangan. Tadqiqot natijalari murabbiylik tizimini takomillashtirish va sportchilarni individuallashtirilgan tayyorlash jarayonini yanada rivojlantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
2025-12-05
ТАДБИРКОРЛИК СУБЬЕКТЛАРИНИНГ ФАОЛИЯТИНИ ТЕКШИРИШ ВА МОЛИЯ-ХЎЖАЛИК ФАОЛИЯТИНИ ТАФТИШ ҚИЛИШ ТАРТИБИНИ БУЗИШ ЖИНОЯТИНИНГ ТУШУНЧАСИ ВА ЖАВОБГАРЛИК БЕЛГИЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ ЗАРУРАТИ
Мазкур мақолада тадбиркорлик субьектларининг фаолиятини текшириш ва молия-хўжалик фаолиятини тафтиш қилиш тартибини бузиш жиноятининг тушунчаси ва жавобгарлик белгилашнинг ижтимоий зарурати билан боғлиқ масалалар таҳлил этилган.
2025-12-05
QORAQOLPOGʻISTON HUDUDI USTYURT PLATOSI FIZIK-GEOGRAFIK TAVSIFI
Maqolada Janubiy Ustyurtning geobotanik rayonlari ko‘rib chiqiladi. Borsakelmas, Qorabovur-Muzbel, Assakeaudan, Shordjin, Goklen-Quyun va Qaplanqir platosi hududlarining o‘simlik qoplami va florasining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Iqlim o‘zgarishi va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq o‘simlik qoplamining mintaqalashuvi, tuzlarning ko‘chishi va to‘planishi jarayonlari, antropogen omillar ta’siri va ekotizimlar degradatsiyasiga alohida e’tibor qaratildi. Hududlarning xilma-xilligiga qaramasdan biyurg‘un, tog‘olcha va shuvoq jamoalarining ustunligi hisobiga flora monotonligini saqlab qolishi ko‘rsatilgan.
2025-12-08
"ZAMONAVIY RUS DUNYOSIDA TIL TURBULENSIYASI"
Ushbu maqolada zamonaviy rus diskursidagi “til turbulentsiyasi” hodisasining nazariy asoslari, uning ijtimoiy-madaniy omillar bilan bog‘liqligi, lingvistik dinamikasi hamda kommunikativ jarayonga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Turbulentlik metaforasi asosida rus tilidagi o‘zgaruvchanlik, normadan chekinishlar, yangi nutq modellari, internet-diskursning o‘rni va ijtimoiy tarmoqlar ta’siri chuqur yoritiladi. Maqola IMRAD tamoyili asosida qurilgan bo‘lib, ilmiy tahlil, kuzatuv, so‘zshakllanish jarayonlari va nutq amaliyotlaridagi o‘zgarishlar orqali tilning real holati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari rus tilini o‘rganish, ta’lim, media tilini normativ boshqarish, nutq madaniyatini rivojlantirish va lingvistik xavfsizlikni ta’minlash kabi yo‘nalishlarda qo‘llanishi mumkin.
2025-12-08
TEACHING TECHNOLOGIES AIMED AT DEVELOPING LOGICAL THINKING
Logical thinking is a foundational cognitive skill essential for success in mathematics, science, computer science, and real‑life decision‑making. This article explores modern teaching technologies aimed at improving students’ logical reasoning abilities. It reviews theoretical foundations, cognitive development theories, and evidence-based approaches. Furthermore, it analyzes the practical integration of digital tools, problem-based learning, inquiry-based learning, and collaborative technologies. The study concludes with recommendations for enhancing logical thinking skills across different educational levels.
2025-12-08
SO‘FI OLLOYORNING "SABOT UL-OJIZIN"ASARIDA ISHQ TAFSIFI
Ushbu maqolada So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asarida ishqning badiiy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Asarda ishqning ma’naviy kamolotga eltuvchi kuch sifatida talqin etilishi, tasavvufiy ma’no qatlamlari, shuningdek oshiq va ma’shuq o‘rtasidagi ruhiy aloqaning ramziy ifodasi ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Muallifning ishqni nafsni poklovchi, insonni Haqqa yaqinlashtiruvchi ilohiy ne’mat sifatida ko‘rsatishi asarning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida matndagi poetik unsurlar, ruboiy va hikmatlarda namoyon bo‘lgan ma’no uyg‘unligi hamda So‘fi Olloyor dunyoqarashining o‘ziga xosligi ilmiy asosda tahlil etiladi.
2025-12-08
“OLIY TA’LIM MUASSASASI RAHBAR KADRLARINING BOSHQARUV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING O‘RGANILGANLIK DARAJASI”
Oliy ta’lim muassasasining faoliyati rahbar kadrlar tomonidan boshqariladi. Boshqaruv jarayonining qanchalik darajada muvaffaqiyatli kechishi rahbar kadrlarning boshqaruv madaniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu masalaning so‘nggi yillarda qay darajada o‘rganilganlik darajasi va ushbu mavzuda kimlar ishlar olib borganini o‘rgangan holda mavzuning dolzarblik darajasini aniqlab olishimiz mumkin bo‘ladi.
2025-12-08
MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINING O‘QUV JARAYONIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Mazkur maqola muhandislik grafika fanining texnik oliy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur tahlil qiladi. Unda fan mazmuni, fazoviy tasavvur va konstruktiv fikrlashni shakllantirishdagi roli, grafik savodxonlikning muhandislar tayyorlashdagi metodik asoslari, shuningdek, zamonaviy kompyuter grafikasi va raqamli texnologiyalar bilan integratsiya masalalari yoritiladi. Tadqiqotda muhandislik grafikasi fani ta’lim jarayonining ajralmas qismi ekani asoslab beriladi.
2025-12-08
СОДЕРЖАТЕЛЬНАЯ ЕДИНИЦА КУРСА БИОЛОГИИ В ШКОЛАХ КАК ПОНЯТИЕ
В статье представлена информация об основных (фундаментальных) научных понятиях биологии, всей системе понятий, основах науки, отраженных в школьном предмете, особенностях процесса формирования понятий, основных положениях теории развития биологических понятий.
2025-12-09
ЖИНОЯТ ПРОЦЕССИДА КЎРСАТУВЛАРНИ ОЛДИНДАН МУСТАҲКАМЛАБ ҚЎЙИШ ИНСТИТУТИНИНГ ҲУҚУҚИЙ АҲАМИЯТИ
Мазкур мақола жиноят процессида кўрсатувларни олдиндан мустаҳкамлаб қўйиш институтининг процессуал-ҳуқуқий аҳамиятини комплекс таҳлил қилишга бағишланган. Тадқиқотда ушбу институтнинг асосий мақсади — далилларнинг йўқолиш хавфи (гувоҳнинг оғир касаллиги, узоқ муддатга чиқиб кетиши ёки бошқа объектив сабаблар) мавжуд бўлган шароитда, кўрсатувларнинг ишончлилиги, ўзгармаслиги ва мақбуллигини таъминлашдан иборат эканлиги асосланади. Мақолада кўрсатувларни олдиндан мустаҳкамлашнинг процессуал асослари, ваколатли субъектлари, амалга ошириш тартиби ва олинган далилларнинг кейинги суд муҳокамасидаги юридик кучи батафсил ўрганилади. Шунингдек, мазкур институтнинг томонларнинг состязательность (тортишув) принципини таъминлашдаги роли, яъни ҳимоя ва айблов томонларининг далилларни мустаҳкамлаш жараёнида иштирок этиш кафолатлари кўриб чиқилади. Хулосаларда ушбу процессуал восита орқали адолатли судловга эришиш ва ҳақиқатни қарор топтиришдаги аҳамиятини янада ошириш бўйича илмий-амалий тавсиялар берилган.
2025-12-10
REALIZM VA ROMANTIZM O‘RTASIDAGI BADIIY TAFAKKUR MUAMMOSI (RUS VA JAHON ADABIYOTI MATERIALLARI ASOSIDA)
Ushbu maqolada realizm va romantizm oʻrtasidagi badiiy tafakkur muammosi rus va jahon adabiyoti misolida ko‘rib chiqiladi. Realizm va romantizmning falsafiy-estetik asoslari, ularning qarama-qarshi va o‘zaro bog‘liq jihatlari aniqlanadi. Turli adiblar (M. Yu. Lermontov, V. Gyugo, F. M. Dostoevskiy, I. V. Gyote) misolida ikki yo‘nalishning ijodiy sintezi namunalari keltirilib, romantik dunyoqarashning realistik tasvir bilan uyg‘unlashuvi ko‘rsatiladi. Xulosa oʻrnida romantizm va realizm oʻrtasidagi badiiy ziddiyat adabiyot taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgani, adabiy uslublarni boyitgani va inson tabiatini anglashni chuqurlashtirgani ta’kidlanadi.
2025-12-11
GEYMIFIKATSIYA JARAYONIDA KOGNITIV YONDASHUVLAR VA METAKO’NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Ushbu tadqiqot til o‘qitishda geymifikatsiya (o‘yinlashtirish) orqali o‘quvchilarning kognitiv jarayonlari (bilish, xotira, tafakkur) va metako‘nikmalarini (o‘z o‘rganishini boshqarish) rivojlantirishning nazariy asoslarini ko‘rib chiqadi. Geymifikatsiya an’anaviy kognitiv yondashuvlarning motivatsion kamchiligini bartaraf qilib, o‘yin mexanikasi (missiyalar, ballar, darajalar) orqali bilimni faol qayta ishlashni rag‘batlantiradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, geymifikatsiyalashgan topshiriqlar Bloom taksonomiyasining barcha bosqichlarini faollashtirib, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlash, strategiya ishlab chiqish va refleksiya qilishga undaydi.
2025-12-11
FURTHER DEVELOPING STUDENTS' LEADERSHIP SKILLS BASED ON ARTIFICIAL INTELLIGENCE
This in the article artificial intellect from technologies used without students leadership ability develop opportunities covered. In the article Artificial Intellect of tools in education transformation, leadership competencies in formation role, modern platforms through trainings organization to grow methods and artificial from the intellect in use advantage and dangers analysis Research results artificial intellect using personal approach develop and leadership potential systematic assessment opportunity to give shows.
2025-12-12
LEARNING MOTIVATION IN ELEMENTARY STUDENTS PSYCHOLOGICAL FACTORS OF FORMATION
This article examines the learning motivations of primary school students. The problem of formation is highlighted. Also, the problems of primary school students Problems of finding the composition of other psychological characteristics and volitional qualities and their indicative effects on motivation formation are discussed.
2025-12-12
THE ROLE OF GAME ACTIVITY IN THE COGNITIVE DEVELOPMENT OF PRIMARY SCHOOL CHILDREN
The article extensively covers the role of game activity in the cognitive development of primary school children. The concept of cognitive development, types of play and stages of development of children's play were analyzed, showing the relationship between play and cognitive development. It was also analyzed in detail how play activities affect the learning process, creative thinking, social and emotional development of children.ation: the article extensively covers the role of game activity in the cognitive development of primary school children. The concept of cognitive development, types of play and stages of development of children's play were analyzed, showing the relationship between play and cognitive development. It was also analyzed in detail how play activities affect the learning process, creative thinking, social and emotional development of children. The article also provides effective ways to use games through pedagogical recommendations and practical examples.
2025-12-12
THE IMPORTANCE OF GAME IN THE ACTIVITIES OF PRESCHOOL CHILDREN
This article examines the use of games in preschool, the role of play in the lives of children.
2025-12-12
ГЛОБАЛЬНЫЕ ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ
В статье рассматриваются основные глобальные экологические проблемы, вызванные деятельностью человека: загрязнение окружающей среды (в том числе атмосферного воздуха), изменение климата, утрата биоразнообразия, деградация земель и истощение природных ресурсов. Проанализированы причины их возникновения, последствия для природы и человечества, а также представлены возможные пути решения - от личных действий до международного сотрудничества. Материал подчёркивает важность осознанного отношения к окружающей среде для устойчивого будущего планеты.
2025-12-12
IN EDUCATION DIGITAL TECHNOLOGIES CURRENT TO GROW AND EDUCATION EFFICIENCY IN PROGRESS PLACE
This in the article digital of technologies advantages dated to be used to the fields stopped passed. Education to the field separately looking around in the field current done and to practice implementation to be waiting digitaltechnologies about word Education efficiency in progress modern technologies also mentioned about passed. Digital of technologies in education place, application to examples separately accent given.
2025-12-15
BUGUNGI KUNDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN SAMARADORLIK
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Xususan, sohani boshqarishning innovatsion mexanizmlari, madaniy muassasalarni raqamlashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda kadrlar tayyorlash tizimidagi o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, milliy madaniy merosni xalqaro miqyosda targ‘ib etish va kreativ iqtisodiyot elementlarini joriy etish orqali erishilayotgan iqtisodiy va ma’naviy natijalar ilmiy asosda ochib berilgan.Bugungi kunda Yurtimizda madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samaradorligi, innovatsion yondashuvlar, yoshlarning ma’naviy-estetik tarbiyasiga ta’siri hamda xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga oid ilmiy tahlillar yoritiladi. Tadqiqot davomida tahliliy, qiyosiy va tizimli yondashuvlardan foydalanilgan.
2025-12-15
RUS TILINI CHET TILI SIFATIDA O‘QITISH JARAYONIDA TIBBIYOT TALABALARI OG‘ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Maqolada rus tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida tibbiyot talabalari og‘zaki nutqini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning dolzarbligi bo‘lajak shifokorlarning kasbiy muloqotida rus tilining ahamiyati tobora ortib borayotgani bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalarida tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirishda kommunikativ yondashuvning samaradorligini aniqlash va asoslab berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish hamda pedagogik tajriba usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar tibbiyot oliy ta’lim muassasasida og‘zaki nutqni kasbiy yo‘naltirilgan holda o‘qitish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
2025-12-15
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA HISSIY INTELLEKT OMILINING ROLI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayonida hissiy intellekt (EQ) omilining ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hissiy intellektning tarkibiy qismlari — emotsiyalarni anglash, boshqarish, motivatsiya, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalar — o‘quvchining matnni qabul qilish, tushunish va baholash jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. EQ darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar matn mazmunidagi hissiy holatlarni chuqurroq anglay olishi, badiiy obrazlarni tasavvur qilishda faolroq bo‘lishi hamda matnni tahlil qilishda yuqori natijalar ko‘rsatishi aniqlanadi. Shuningdek, o‘qituvchi tomonidan emotsional qo‘llab-quvvatlangan o‘quv muhitini yaratish, qahramonlarning hissiyotlarini tahlil qilish, rolda o‘qish, refleksiya mashqlari kabi metodlarning o‘qish savodxonligi va EQ rivojiga ijobiy ta’siri ko‘rsatiladi. Maqola yakunida o‘qish savodxonligi va hissiy intellektning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga doir amaliy tavsiyalar beriladi.
2025-12-15
BRONXO-OBSTRUKTIV SINDROMLI BOLALARDA VITAMIN D SAMARADORLIGINI BAHOLASH XUSUSIYATLARI
Bronxo-obstruktiv sindrom (BOS) pediatriya amaliyotida eng keng tarqalgan klinik holatlardan biri bo'lib, yallig'lanish, bronxial giperreaktivlik va shilimshiq ishlab chiqarishning ko'payishi tufayli havo oqimining cheklanishi bilan tavsiflanadi. Ushbu sindrom ko'pincha bolalarda o'tkir respirator infeksiyalar, bronxial astma va takroriy xirillash buzilishlari bilan birga keladi. So'nggi yillarda, ayniqsa, bolalar populyatsiyasida D vitaminining immunitetni tartibga solish va nafas olish salomatligidagi roliga ilmiy qiziqish ortib bormoqda. D vitamini immunomodulyator, yallig'lanishga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatishi ma'lum, bu bronxo-obstruktiv holatlarning kechishi va og'irligiga ta'sir qilishi mumkin. D vitamini yetishmasligi bolalar orasida keng tarqalgan va nafas olish yo'llari infektsiyalariga moyillikning oshishi, bronxial obstruktsiyaning tez-tez kuchayishi va klinik natijalarning yomonlashishi bilan bog'liq. Biroq, bronxo-obstruktiv sindromli bolalarda D vitamini qo'shimchalarini qabul qilishning terapevtik va profilaktika salohiyati faol tadqiqot sohasi bo'lib qolmoqda.
2025-12-15
CLINICAL COURSE OF TUBERCULOUS MENINGITIS IN THE CONTEXT OF HIV INFECTION
Tuberculous meningitis is one of the most severe forms of tuberculosis and poses a significant life-threatening risk, particularly for patients living with HIV. HIV-associated immunodeficiency markedly alters the pathogenesis and clinical progression of the disease, resulting in atypical presentations, rapid progression, and a high incidence of severe neurological complications. Patients often present with prolonged fever, headache, changes in mental status, and focal neurological deficits, while classical meningeal signs may be less noticeable, leading to delays in diagnosis. Laboratory and cerebrospinal fluid findings are frequently nonspecific, and distinguishing the disease from other opportunistic central nervous system infections remains a major diagnostic challenge. Early recognition of tuberculous meningitis, timely initiation of appropriate antimicrobial therapy, and careful management of antiretroviral treatment-including prevention and control of immune reconstitution inflammatory syndrome-are critical for improving clinical outcomes in HIV-infected patients.
2025-12-15
KOLOPROKTOLOGIYADA BEMORLARNI BOSHQARUVCHAN YO‘NALTIRISH UCHUN PRESENTMED RAQAMLI PLATFORMASINI YARATISH VA JORIY ETISH
Tadqiqot koloproktologiya sohasida bemorlarni boshqaruvchan va uzluksiz yo‘naltirishni ta’minlashga qaratilgan PresentMed raqamli platformasining ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishini yoritadi. Platforma ambulator, statsionar va telemeditsina bosqichlarini yagona axborot tizimiga birlashtirib, elektron tibbiy yozuvlar, standartlashtirilgan klinik yo‘nalishlar, masofaviy maslahatlar va real vaqt rejimidagi analitik monitoringni ta’minlaydi. 2020–2025 yillar davomida O‘zbekistonning bir nechta hududlarida 630 nafar bemor ishtirokida o‘tkazilgan pilot joriy etish natijalari diagnostika muddatining qisqarishi, nosog‘lom yo‘nalishlar sonining kamayishi, zamonaviy tekshiruvlar qamrovining kengayishi va telekonsultatsiyalar hajmining ortganini ko‘rsatdi. Klinik natijalar ham yaxshilandi: erta tashxis qo‘yish ulushi oshdi, jarrohlik aralashuvlariga ehtiyoj kamaydi, asoratli holatlar soni sezilarli darajada qisqardi. Bemorlarning qoniqish darajasi, tibbiy tavsiyalarga amal qilish ko‘rsatkichlari va tizimga bo‘lgan ishonchi sezilarli ravishda oshdi. Olingan natijalar PresentMed platformasi koloproktologik yordam sifatini, mavjudligini va muvofiqligini oshirishda samarali vosita ekanini hamda uni boshqa sohalarga kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.
2025-12-16
PSIXOANALITIK YONDASHUVDA OILAVIY MUNOSABATLAR VA DEVIANT XULQ GENEZISI
Mazkur maqolada deviant xulqning shakllanish jarayoni psixoanalitik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy munosabatlar, xususan, erta bolalik tajribasi, ota-ona bilan emotsional aloqalar va ongsiz psixik jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’siri ochib beriladi. Freyd, Bovlbi, Fromm va Erikson konsepsiyalari asosida deviant xulq genezisining psixodinamik mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslanadi.
2025-12-17
ZAMONAVIY SAN’AT TA’LIMIDA 3D-MUZEY TURLARINING INTERAKTIV DIDAKTIK VOSITA SIFATIDAGI ROLI
Maqolada san’at ta’limi jarayonida 3D-muzeylardan interaktiv didaktik vosita sifatida foydalanishning metodik imkoniyatlari va ularning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Virtual va 3D-muzeylar vositasida talabalarda badiiy-estetik dunyoqarash, tafakkur va ijodiy yondashuvni shakllantirish usullari ochib beriladi.
2025-12-17
OLTIN KONLARIDAGI MA’DAN TANALARINING STRUKTURASI VA MARFOLOGIYASI (Markaziy Qizilqum misolida)
ВMazkur ishda yaxshi o‘rganilgan ammo yanada chuqur izlanishlar o‘tkazilishi lozim bo‘lgan Markaziy Qizilqum hududidagi oltin konlarining marfologiyasi strukturasi hamda oltin ma’danlashuvining qanday omillarga bog’liqligi, oltinga ma’danlashgan hududlari va ma’dan tanalari, ularning mineralogiyasi foydali komponentlarining uchrash shakllari va geokimyosi qiyosiy ma’lumotlari Oqjetpes va Dovgiztov konlari misolida qisqacha yoritilib berilgan
2025-12-19
