IOT-DAGI ALOQA MODELLARI YORDAMIDA QURILMALAR O‘RTASIDA MA’LUMOTLARNI UZATISH VA QABUL QILISH
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu tezisda Internet of Things (IoT) tizimlarida aloqa modellari yordamida qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni yuborish va qabul qilish jarayonlari o‘rganiladi. IoT (Internet of Things) texnologiyasi kundalik hayotimizda turli qurilmalar va tizimlar o‘rtasida ma’lumotlar uzatish va qabul qilish imkonini beradi. Ushbu texnologiyaning muhim jihati – qurilmalar o‘rtasida samarali va xavfsiz aloqa o‘rnatishdir. IoT-dagi aloqa modellari, asosan, qurilmalar orasidagi ma’lumot almashinuvi usullarini ta’minlaydi. Bunda turli xil tarmoqlar va protokollar yordamida qurilmalar bir-biri bilan bog‘lanadi va real vaqt rejimida ma’lumotlarni almashadi. IoT-da foydalaniladigan asosiy aloqa modellariga markazlashtirilgan, distribyutsiyalangan va aralash modellari kiradi. Markazlashtirilgan modelda barcha ma’lumotlar bir markaziy server orqali boshqariladi. Distribyutsiyalangan modelda esa qurilmalar o‘zaro bevosita ma’lumot almashadi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Mohammed, A., & Ismail, A. (2021). IoT Communication Protocols: A Comparative Study. Journal of Internet Services and Information Security, 11(3), 65-80. doi:10.22667/jisis.2021.06.11.3.65.
Zhang, Q., & Li, S. (2020). Security Challenges in IoT Systems: Attacks, Countermeasures, and Future Directions. IEEE Internet of Things Journal, 7(9), 7631-7642. doi:10.1109/JIOT.2020.3001784.
Gupta, V., & Agrawal, A. (2022). An Efficient IoT-Based Framework for Smart Cities Using MQTT Protocol. IEEE Access, 10, 65402-65412. doi:10.1109/ACCESS.2022.3178790.
Boulos, M. N., & Zhang, P. (2020). Smart Health IoT: Development, Applications, and Security Issues. Future Generation Computer Systems, 105, 699-712. doi:10.1016/j.future.2019.12.003.
Patel, K., & Mehta, N. (2023). Emerging Trends in IoT Communication Models and their Impact on Smart Systems. IEEE Communications Surveys & Tutorials, 25(1), 324-342. doi:10.1109/COMST.2023.3214587.