ESTETIK ZAVQ VA MA’NAVIY MOHIYAT UYG‘UNLIGI
Main Article Content
Аннотация:
Maqolada arbain mavzusidagi she’riyat estetik uyg‘unlik va ma’naviy-axloqiy birlik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Unda shoirlarning mahorati, fikr va his-tuyg‘u uyg‘unligi, tarkib va ifoda hamohangligi o‘rganiladi. Ayrim asarlarda estetik lazzat bilan ma’naviy chuqurlikning uyg‘unlashib, g‘oya va badiiy ifodaning bir butun holda namoyon bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda qalb bilan nafs o‘rtasidagi ichki kurash, ma’naviy kamolot jarayonlari, ushbu holatlarni ifodalashda dramatik va allegorik vositalardan foydalanish masalalari ham muhokama etiladi. Ishda arbain she’riyatini badiiy-estetik mezonlar asosida tahlil qilishning ahamiyati ta’kidlanadi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Камол, Жамол. Шеър санъати. Сайланма. Олти жилдлик. Тўрт жилд. – Тошкент: Yangi asr avlodi, 2018.
Ҳожиаҳмад, Анвар. Жаннат калити: Муҳаммад алайҳиссаломнинг 33 масаладаги 333 ҳадисларига 333 шеърий иқтибос. – Тошкент: Чўлпон, 1994.
Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010.
