Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-01-22

BEYOND SUCCESS: WHY FAILURE MATTERS MORE THAN WE THINK

It is widely acknowledged that failure is often perceived as a negative outcome and people of all ages avoid making mistakes throughout their life. However, in the demanding nature of modern life, real-life experiences suggest that that failure plays a vital role in personal development and shaping individuals’ character. This article examines the importance of failure by demonstrating its educational value and its significant role in building string practical skills and building resilience in the long run. Through real-world examples, the article pushes people to embrace failure as an essential component of growth rather than negotiating with excuses.

Sevinch Rakhimkulova

4-5

2026-01-22

BOLALARDA GIDROSEFALIYA KASALLIGI

Ushbu maqola bolalarda gidrosefaliya kasalligini diagnostika, patogenez va davolash nuqtai nazaridan ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Gidrosefaliya — bu bosh miya shilliq pardasi ostida suyuqlik (serebrospinal suyuqlik) ortiqcha to‘planishi natijasida bosh miya ventrikullari kengayishi bilan tavsiflanadigan kasallik bo‘lib, asosan chaqaloqlar va bolalarda uchraydi. Ishda kasallikning etiologiyasi (irsiy va orttirilgan shakllar), klinik belgilari, diagnostik usullari, jumladan, ultratovush, kompyuter tomografiya va magnit-rezonans tomografiya orqali aniqlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, jarrohlik va konservativ davolash usullari ham tahlil qilinib, bolalarda kasallikning asoratlarini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Umarova Nargiza Abdujabbor qizi, Zilola Chalaboyeva

6-9

2026-01-22

QAND LAVLAGINI SAQLASHDAGI ISTIQBOLLI USULLAR: ZAMONAVIY ILMIY YONDASHUVLAR TAHLILI

Qand lavlagi qand sanoatining asosiy xomashyosi bo‘lib, uni saqlash jarayonida yuzaga keladigan sifat va miqdor yo‘qotishlari ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Saqlash davrida ildizmevalarda fiziologik va biokimyoviy jarayonlar davom etadi, natijada saxaroza miqdori kamayadi va texnologik ko‘rsatkichlar yomonlashadi. Mazkur maqolada xorijiy ilmiy tadqiqotlar asosida qand lavlagini saqlashning istiqbolli usullari tahlil qilinadi. Haroratni boshqarish, faol ventilyatsiya, gaz muhitini nazorat qilish, biologik himoya vositalari, mexanik shikastlanishni kamaytirish hamda raqamli monitoring texnologiyalarining afzalliklari ilmiy jihatdan yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari ushbu texnologiyalarni joriy etish saqlash davridagi shakar yo‘qotilishini sezilarli darajada kamaytirishini ko‘rsatadi.

Mirzaikromov Mirzo Bobur, Sodiqova Gulshodaxon

10-11

2026-01-22

RECURRENT MYOCARDIAL INFARCTION

Recurrent myocardial infarction (RMI) is defined as the occurrence of a new myocardial infarction in a patient with a previous history of myocardial infarction. Despite significant advances in cardiology, recurrent MI remains a major contributor to cardiovascular morbidity and mortality worldwide. This thesis provides a comprehensive overview of recurrent myocardial infarction, including its epidemiology, pathophysiology, clinical features, diagnostic approach, management strategies, prevention, and prognosis. Emphasis is placed on secondary prevention and evidence-based clinical guidelines.

Javohirbek Abdusattorov

12-14

2026-01-22

СТРАТЕГИЯ ВНЕШНЕЙ ПОЛИТИКИ ТУРЕЦКОЙ РЕСПУБЛИКИ НА ЮЖНОМ КАВКАЗЕ

В тезисах рассматриваются стратегии внешней политики Турецкой Республики на Южном Кавказе в условиях трансформации региональной и глобальной системы международных отношений. Южный Кавказ, обладающий высоким геополитическим и геоэкономическим потенциалом, рассматривается Турцией как одно из приоритетных направлений внешнеполитической активности. В исследовании раскрываются ключевые идейно-концептуальные основы турецкой политики в регионе, включая элементы пантюркизма, неоосманизма и геоэкономического прагматизма, а также анализируются практические механизмы реализации данной стратегии.

Sevinj Jafarova

15-17

2026-01-22

STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA QO‘LLASH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR

Mazkur maqolada STEAM ta’lim texnologiyasining mazmun-mohiyati, uning boshlang‘ich ta’lim tizimidagi pedagogik imkoniyatlari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida qo‘llanish mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqot jarayonida AQSh, Finlyandiya, Janubiy Koreya va Yaponiya ta’lim tizimlarida STEAM yondashuvining boshlang‘ich sinflarda joriy etilish shakllari tahlil qilinadi. STEAM ta’limining o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, muammoni hal qilish, tanqidiy tafakkur va fanlararo integratsiyani rivojlantirishdagi roli asoslab beriladi. Shuningdek, mazkur texnologiyani milliy ta’lim tizimiga moslashtirish masalalari yuzasidan ilmiy xulosalar beriladi.

Bobojonova Dano Ravshanbek qizi

18-20

2026-01-22

ZAMONAVIY KASBLAR VA YOSHLAR

Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida zamonaviy kasblar jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar bu jarayonning markazida turib, yangi kasblarni egallash orqali nafaqat o‘z kelajagini, balki mamlakat rivojini ham belgilab bermoqda. An’anaviy kasblar bilan bir qatorda zamonaviy kasblarning paydo bo‘lishi mehnat bozorida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.Zamonaviy kasblar, avvalo, axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq. Dasturchi, veb-dizayner, mobil ilovalar ishlab chiquvchi, ma’lumotlar tahlilchisi, sun’iy intellekt mutaxassisi kabi kasblarga talab yildan-yilga oshib bormoqda. Bu sohalar yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi, chunki ular ijodkorlik, mantiqiy fikrlash va doimiy o‘rganishni talab qiladi. Eng muhimi, bunday kasblarni egallash uchun faqatgina diplom emas, balki bilim va amaliy ko‘nikmalar muhim ahamiyatga ega.

Zaripova Muyassar Hamro qizi

21-22

2026-01-22

YURAK YETISHMOVCHILIGI BO'LGAN BEMORLARDA DIURETIKLARNI UZOQ MUDDAT QO'LLASH FONIDA MUSHAK GIPERKINEZLARINING RIVOJLANISH MEXANIZMLARI

Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolashda diuretik preparatlar asosiy dori vositalaridan biri hisoblanadi. Ularni uzoq muddat qo‘llash suv-elektrolit muvozanatining buzilishiga olib kelib, neyromushak qo‘zg‘aluvchanligining ortishi bilan namoyon bo‘ladigan turli xil mushak giperkinezlariga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu tezisda diuretiklar fonida rivojlanadigan gipokaliemiya, gipomagnezemiya va metabolik alkalozning patofiziologik ahamiyati, shuningdek, ularning markaziy va periferik asab tizimiga ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Mushak giperkinezlarining klinik ahamiyati va ularni erta aniqlashning profilaktik ahamiyati yoritilgan.

Xoshimov Muslimbek Toxirjon o’gli, Karimjonov Jaloliddin Abdusattor o’g’li, Inomov Kamoliddin Mamasoli o’g’li, Xoshimova Rohilabonu Jumanazar qizi

23-25

2026-01-23

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARINING SO‘Z BIRIKMASI VA GAP USTIDA ISHLASH KO‘NIKMASI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z birikmasi va gap ustida ishlashning vazifalari hamda asosiy bosqichlari haqida fikr yuritilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z birikmasini ajrata olish, gapni to‘g‘ri tuza olish, ulardan nutq paytida to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirish haqida, hamda gapda so‘zlarning bo‘g‘lanishi, so‘z birikmasini o‘quvchilarga tushuntirishda foydalanish mumkin bo‘lgan metodlar haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi.

Nishonova Kamola Shokirjon qizi

26-29

2026-01-23

TALABALARDA MUSTAQIL TA’LIM KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada oliy ta’lim talabalarida mustaqil ta’lim kompetensiyasini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni, tamoyillari va oliy ta’lim jarayonidagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, mustaqil ta’lim kompetensiyasining tarkibiy qismlari, uni shakllantirish omillari hamda davlat ta’lim siyosatida mazkur masalaning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosida yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari talabalarning shaxsiy faolligi, o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji va ta’lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhim pedagogik imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatadi.

Islomova Nodira Toshpölat qizi

30-32

2026-01-23

TALABALARDA IJTIMOIY-SHAXSIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Mazkur tadqiqotda o‘qituvchilarning ijtimoiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, pedagogik ta’lim tizimidagi muammolar hamda zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik ta’limda ijtimoiy va shaxsiy kompetensiyalar muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa-da, mavjud o‘quv jarayonlari asosan tor kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. rivojlanish,

Soliyev Ilxomjon Sobirovich, Aripova Sevaraxon Ibrohimjon qizi

33-37

2026-01-23

MA‘NAVIYAT FENOMENI: SHAXS ONGIDAN JAMIYAT RAVNAQIGACHA

Mazkur maqolada ma‘naviyat fenomeni shaxs ongida shakllanuvchi murakkab ijtimoiy – huquqiy va axloqiy hodisa sifatida tahlil  barqarorlikni ta‘minlashdagi ahamiyati ilmiy-nazariy asosida yaratib beriladi.Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy ma‘naviyatini yuksaltirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. Maqolada ma‘naviyatning jamiyat ravnaqi uchun hal qiluvchi omil ekani asoslab berilgan.

O‘rinboyeva Elnora Furqat qizi

38-39

2026-01-23

EPIK ASARLAR TAHLILIDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MAZMUNI, TURLARI VA IMKONIYATLARI

Zamonaviy axborot jamiyatida ta'lim sohasida raqamli transformatsiya keng ko'lamda olib borilmoqda. Adabiyotshunoslik, xususan, epik asarlarni o'rganish va tahli qilish jarayonida yangi texnologiyalarning joriy etilishi mutlaqo zarur va dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu maqolada muallif epik asarlar tahlilida raqamli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning mazmuni, turlari va imkoniyatlarini kompleks tarzda o'rganishga qaratilgan.Maqola epik matnlarni tahlil qilishda interaktiv platformalar, multimedia vositalari, sun'iy intellekt, virtual haqiqat kabi zamonaviy texnologiyalarning qo'llanilishi, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek O'zbekiston ta'lim tizimidagi amaliy qo'llash imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot beradi. Tadqiqot nafaqat adabiyotshunoslik, balki pedagogika va axborot texnologiyalari sohalarini uyg'unlashtirgan holda amaliy yechimlar taklif etadi.

Nabiyeva Feruza Akramjon qizi

40-44

2026-01-23

KLASSIK PSIXOLOGIYA MAKTABLARIDA ONG MUAMMOSI

Ushbu tezisda klassik psixologiya maktablarida ong muammosining talqini o‘zbek tilidagi psixologiya darsliklari asosida yoritiladi. Klassik yo‘nalishlarda ongning psixik faoliyatdagi o‘rni, uni tushunishdagi asosiy yondashuvlar va qarama-qarshi fikrlar tahlil qilinadi. Ong muammosining psixologiya fanining shakllanishidagi ahamiyati ochib beriladi.

Ergasheva Guliraʼno

45-46

2026-01-23

QURILISH SOHASIDA STANDARTLASHTIRISHNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI

Ushbu maqolada qurilish materiallarini standartlashtirish, standartlarni mohiyati hamda bugungi kunda qurilish sohasida standartlashtirishning holati, ularni tadbiq etish va ishlab chiqish bosqichlari, standartlashtirish tizimidan samarali foydalanish imkoniyatlari alohida ta’kidlangan.

Abdirayimov Azizbek Ro‘ziqul o‘g‘li, Shuxratov Azamat Shuxrat o‘g‘li

47-51

2026-01-23

OʻZBEKISTONDA MILLIY HISOBLAR TIZIMI, HOLATI VA ISTIQBOLLAR

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda milliy hisoblar tizimining shakllanish jarayoni, uning hozirgi holati hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Milliy hisoblar tizimining mamlakat iqtisodiyotini baholashdagi ahamiyati, yalpi ichki mahsulot va boshqa asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazmuni tahlil qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonda milliy hisoblar tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqola iqtisodiy tahlil, rejalashtirish va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi talabalar hamda mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Ushbu ishda Oʻzbekistonda milliy hisoblar tizimining nazariy asoslari, uning shakllanish bosqichlari hamda amaldagi holati yoritilgan. Milliy hisoblar tizimi orqali mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash, yalpi ichki mahsulot, daromadlar va xarajatlar ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, milliy hisoblar tizimini takomillashtirishda uchrayotgan muammolar va ularni hal etishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiyotni boshqarish va strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samiyev M.A., Mamadaliyev Hojiakbar Baxtiyor o`g`li

52-56

2026-01-26

SOLIQLAR, ULARNING VAZIFALARI VA TURLARI

Ushbu maqolada soliq tushunchasi, ularning davlat iqtisodiyotidagi o‘rni va jamiyat hayotidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada soliqlarning asosiy vazifalari yoritilgan hamda bevosita va bilvosita soliqlar o‘rtasidagi farqlar sodda misollar bilan tushuntirilgan. Ma’lumotlar talabalar va iqtisodiyotga qiziquvchilar uchun tushunarli tilda bayon etilgan.

Samiyev M.A., Qushiyev G’ayrat

57-58

2026-01-26

“ВЛИЯНИЕ ФРАКЦИОННОГО СОСТАВА ХЛОПКОВОГО СЕМЕНИ НА КАЧЕСТВО ВЫСОКОБЕЛКОВОГО ШРОТА”

В статье исследовано влияние степени измельчения хлопковых семян и содержания лузги на процесс прямой экстракции. Оптимальная степень измельчения (60%) при использовании смеси растворителей экстракционный бензин и этанол (70:30) обеспечивала выход масла 97% и содержание белка в шроте 54,37%. Установлено, что оптимальное содержание лузги составляет 8%, что позволяет проводить экстракцию за 120–130 минут, близко к традиционной экстракции. Содержание лузги выше 10% снижает белковый выход.

Д.Насрединов, А.Б.Йўлчиев, Қ.П.Серкаев

59-62

2026-01-26

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA XORIJIY TAJRIBALAR VA ULARNI O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA MOSLASHTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Mazkur ilmiy maqolada xorijiy davlatlarning maktabgacha ta’lim tizimini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimiga moslashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida ta’lim mazmuni, pedagogik yondashuvlar, kadrlar tayyorlash hamda ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Boltaxujayeva Shabnambonu Sobirxoʻja qizi

63-65

2026-01-26

DESIGN AND OPTIMIZATION OF COMPOSITE WING STRUCTURES FOR NEXT-GENERATION UAVS

The rapid expansion of unmanned aerial vehicle (UAV) applications in surveillance, environmental monitoring, logistics, and defense has intensified the demand for lightweight, high-strength, and aerodynamically efficient wing structures. Composite materials, particularly fiber-reinforced polymers, have become central to next-generation UAV wing design due to their superior strength-to-weight ratio, fatigue resistance, and tailoring capabilities. This article reviews the principles of composite wing structural design and optimization, focusing on material selection, laminate configuration, structural topology, and computational optimization methods. Emphasis is placed on finite element modeling, aeroelastic considerations, and multi-objective optimization approaches that balance weight, stiffness, strength, and manufacturability. The study synthesizes findings from established aerospace research to highlight current best practices and future trends in composite wing development for UAV platforms.

Jasur Qarshiyev

66-70

2026-01-26

UZBEKISTAN’S RAPID SOCIO-ECONOMIC TRANSFORMATION: ASSESSING ITS TRAJECTORY TOWARD DEVELOPED-COUNTRY STATUS

Over the past decade, Uzbekistan has undergone a profound socio-economic transformation characterized by market-oriented reforms, institutional restructuring, and increased integration into the global economy. Since 2016, wide-ranging policy changes have been implemented to liberalize foreign exchange markets, improve the business environment, modernize public administration, and stimulate private sector development. According to international financial institutions, these reforms have significantly improved macroeconomic stability, economic growth, and social welfare indicators. This article analyzes Uzbekistan’s transformation trajectory through key socio-economic indicators such as GDP growth, structural reforms, foreign direct investment, poverty reduction, and human capital development. The study evaluates whether current reform dynamics position Uzbekistan on a sustainable path toward developed-country status.

Sardor Madiyev

71-74

2026-01-26

HOW ARTIFICIAL INTELLIGENCE WILL SHAPE TOMORROW’S CAREERS

Artificial Intelligence (AI) is rapidly transforming labor markets, redefining professional roles, and reshaping the skills required for future careers. This article examines how AI influences employment structures, job creation and displacement, workforce skill transformation, and career adaptability across industries. Using data from international organizations, peer-reviewed studies, and labor market reports, the study analyzes current AI-driven trends and their implications for future employment. The findings indicate that while AI may automate routine tasks and eliminate certain job categories, it simultaneously creates new professions and increases demand for advanced cognitive, digital, and socio-emotional skills. The article concludes that proactive education reform, continuous reskilling, and policy adaptation are essential to ensure inclusive and sustainable career development in the age of artificial intelligence.

Muhammad Ko'charov

75-79

2026-01-26

SURUNKALI GEPATITLAR: DIAGNOSTIKA, DAVOLASH VA PROFILAKTIKA

Surunkali gepatit jigar to‘qimasining olti oy va undan ko‘p davom etadigan doimiy yallig‘lanishi bilan tavsiflangan progresiv kasallikdir. U turli virusli infeksiyalar, autoimmun kasalliklar, metabolik buzilishlar yoki jigar to‘qimasiga zarar yetkazuvchi moddalar bilan uzoq muddatli ta’sir natijasida yuzaga kelishi mumkin. Surunkali gepatit ko‘pincha dastlab belgilanmaydi, bu esa erta tashxisni qiyinlashtiradi. Davolanmasa, kasallik jigar fibroziga, sirrozga yoki gepatosellyulyar karsinomaga o‘tishi mumkin, bu esa dunyo bo‘yicha bemorlik va o‘lim ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqola kasallikni aniqlash usullari, jumladan serologik testlar, jigar funktsional testlari, tasvirlash texnologiyalari va jigar biopsiyasini ko‘rib chiqadi, bu esa kasallik bosqichini aniqlash va davolash strategiyasini belgilashga yordam beradi. Davolash gepatit turiga va kasallik og‘irligiga qarab farqlanadi: antiviral terapiya, immunomodulyator vositalar, hayot tarzi o‘zgarishlari va asoratlarni boshqarish muhim o‘rin tutadi. Profilaktik chora-tadbirlar, jumladan emlash, xavfsiz in’ektsiya amaliyotlari va jamoatchilik salomatligi dasturlari, kasallik yuzaga kelishini va yukini kamaytirishda muhimdir. Erta tashxis, individual davolash va keng qamrovli profilaktika surunkali gepatitda klinik natijalarni yaxshilash va bemorlarning hayot sifatini oshirish uchun zarurdir.

Davlatov Alisher Ulugʻbek o’g’li

80-82

2026-01-26

MAXSUS TA’LIMDA KO‘RGAZMALI-AMALIY METODLARNING EVOLYUTSIYASI VA O‘QUVCHILAR KOGNITIV RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Ushbu tezisda maxsus ta’limda ko‘rgazmali-amaliy metodlarning tarixiy evolyutsiyasi va o‘quvchilar kognitiv rivojlanishiga ta’siri tadqiq etilgan. Ya.A. Komenskiy va J.H. Pestalozzi nazariyalari asosida ko‘rgazmali o‘qitish metodlarining shakllanishi, zamonaviy multisensor yondashuvlar, maxsus ehtiyojli bolalar uchun didaktik materiallar va empirik tadqiqot natijalari tahlil qilingan.

G‘iyosova Zebiniso Avazovna

83-87

2026-01-26

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI KICHIK BIZNES BOSHQARUVIGA JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Ushbu tezisda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini kichik biznes boshqaruviga joriy etishning iqtisodiy samaradorligi tadqiq etilgan. Chatbotlar, avtomatlashtirish va ma’lumotlar tahlili orqali xarajatlarni kamaytirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari SI texnologiyalarining kichik biznes uchun yuqori ROI (investitsiya daromadliligi) ta’minlashini ko‘rsatadi.

Hakimova Risolat Hamza qizi

88-91

2026-01-26

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MARKETING QARORLARINING ILMIY ASOSLANGANLIGINI TA’MINLASHDA ISTE’MOLCHILAR XULQ-ATVORINI MODELLASHTIRISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur tadqiqotda raqamli transformatsiya jarayonlarining marketing qarorlarini qabul qilish tizimiga ta’siri, xususan, iste’molchilar xulq-atvorini modellashtirish metodologiyasini takomillashtirish masalalari ilmiy jihatdan asoslanadi. An'anaviy marketing paradigmasining raqamli ekotizim sharoitidagi epistemologik cheklovlari tanqidiy tahlil qilinib, iste’molchi xatti-harakatlarini algoritmik va ekonometrik modellashtirish yondashuvlarini integratsiyalash bo‘yicha nazariy-metodologik takliflar ishlab chiqilgan.

D.O.Yoriyeva

92-94

2026-01-26

SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA TABIAT UNSURLARINING O‘ZIGA XOS KO‘RINISHLARI

Maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yirik vakili — Shavkat Rahmon ijodida tabiat unsurlarining poetik talqini va ularning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari ilmiy-nazariy hamda tahliliy jihatdan tadqiq etildi. Tadqiqot jarayonida shoir she’riyatida tabiat tasviri an’anaviy peyzaj doirasidan chiqib, ichki ruhiy holat, falsafiy mushohada va g‘oyaviy izlanishlarni ifodalovchi ramziy tizimga aylangani asoslab berildi. Shavkat Rahmon she’rlarida tog‘, shamol, osmon, tun, yorug‘lik va sukunat kabi tabiat unsurlarining poetik funksiyalari tahlil qilinib, ularning lirik qahramon kechinmalari va muallif pozitsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi ochib berildi. Shoir tabiat obrazlari orqali inson va borliq munosabatlarini, vaqt va mavjudlik masalalarini falsafiy-estetik jihatdan umumlashtiradi. Natijada tabiat unsurlari shoir poetikasida mustaqil badiiy belgi sifatida shakllanib, g‘oyaviy mazmunni chuqurlashtiruvchi muhim vositaga aylanadi. Tadqiqot natijalari Shavkat Rahmon she’riyatida tabiat unsurlarining individual poetik talqini, ularning ramziy-semantik imkoniyatlari va o‘zbek she’riy tafakkuri taraqqiyotidagi o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur maqola shoir ijodining poetik xususiyatlarini chuqurroq anglash hamda zamonaviy o‘zbek she’riyatida tabiat obrazlari poetikasini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Jumanova Shaxnozaxon Ikromjonovna

95-100

2026-01-26

ZAMONAVIY SHAROITLARDA KORXONA IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING USLUBIY JIHATLARI

Ushbu tezis zamonaviy iqtisodiy muhitda korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash masalalarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Raqamli iqtisodiyot va globallashuv jarayonlari ta’sirida korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan iqtisodiy tahlillar aniqlanib, ularni bartaraf etishda innovatsion boshqaruv yondashuvlarning o‘rni asoslab berilgan. Iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashda raqamli texnologiyalar, zamonaviy risk-boshqaruv mexanizmlari hamda axborot xavfsizligi joriy etish zarurligi ilmiy jihatdan yoritilgan.

Jamoliddinov Jobirbek Bohodir o‘g‘li

101-102

2026-01-26

МЕХАНИЗМЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО ЗДОРОВЬЯ СОТРУДНИКОВ АВИАКОМПАНИИ В УСЛОВИЯХ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ, СВЯЗАННОЙ С ПОВЫШЕННОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТЬЮ

В современных авиационных компаниях сотрудники постоянно находятся под влиянием множества стрессогенов: высокой ответственности за безопасность пассажиров, интенсивного ритма работы, нерегулярных графиков, а также давления со стороны профессионального и организационного окружения. В результате такие условия могут оказывать значительное влияние на их психологическое здоровье, проявляясь в повышенной тревоге, эмоциональном истощении и снижении общего субъективного благополучия. Исследование механизмов формирования психологического здоровья в подобных условиях позволяет определить ключевые факторы, способствующие устойчивости и адаптации персонала, а также разработать эффективные методы психологической поддержки и профилактики стрессовых реакций. Особое внимание уделяется роли социальных ресурсов поддержки, психологических стратегий совладания и личностных ресурсов (например, самооценки и психологической устойчивости) в обеспечении психического благополучия авиационных работников.

Косарева Анастасия

103-105

2026-01-26

“O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Mazkur maqolada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning asosiy maqsad va vazifalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda fan orqali talabalarda mustaqil va tanqidiy tafakkurni shakllantirish, tarixiy ong va milliy o‘zlikni anglash jarayonlarini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, eng yangi tarixni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarining ahamiyati ochib beriladi. Maqolada fan mazmunining ta’lim jarayonidagi o‘rni, uning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashdagi roli asoslab beriladi.

Mavlyanov Ulug‘bek Sayidqosimovich

106-108

2026-01-26

ZEBINING SUKUTI: MAJBURIYATMI YOKI ICHKI TANLOV?

Ushbu maqolada Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” romani bosh qahramoni Zebi obrazining ruhiy holati va uning fojiasiga sabab bo‘lgan omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada Zebining otasi taqiqiga qaramay qo‘shiq aytishi voqeasi fojialar zanjirining boshlang‘ich nuqtasi sifatida ko‘rib chiqiladi va qahramonning sukuti ham majburiyat, ham ichki tanlov mahsuli ekanligi dalillanadi.

Nilufar Baxtiyorova

109-110

2026-01-26

NON MAHSULOTINING SIFATINI OSHIRISHDA DONNI SAQLASH JARAYONLARI VA SHAROITLARINING ROLI

Non mahsulotlarining sifati asosan xomashyo sifatiga, ya’ni donning saqlanish darajasi va texnologik holatiga bog‘liqdir. Donni saqlash jarayonlari va sharoitlari uning fizik-kimyoviy tarkibini, fermentativ faolligini va texnologik xususiyatlarini shakllantiradi, bu esa tayyor non mahsulotining sifat ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada donni saqlash jarayonlari va sharoitlarining un sifatiga, hamda nonning fizik-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlariga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari donni saqlash texnologiyalarini optimallashtirish non mahsulotlarining sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Karimov Xamdam, Narkabulova Nargiza

111-112

2026-01-26

NOTO‘LIQ OILADAGI ONA VA BOLA MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

ushbu maqola noto‘liq oilalarda ona va bola munosabatlarining farzand yoshi va jinsiga bog‘liq xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda otasiz muhitda o‘sayotgan bolalarning psixologik rivojlanishidagi o‘zgarishlar, onaning tarbiya uslublari va bolaning ijtimoiy moslashuvi tahlil qilinadi.

Muqumova Nodira Avazmurotovna

113-115

2026-01-26

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING JAMIYAT RIVOJIGA TASIRI

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni keng tahlil qilingan. Maqolada raqamli texnologiyalarning mohiyati, ularning ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, biznes va ijtimoiy hayotdagi qo‘llanilishi yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning afzalliklari bilan bir qatorda kiberxavfsizlik, raqamli tafovut va internetga qaramlik kabi muammolari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli texnologiyalar jamiyat taraqqiyotining asosiy drayveri sifatida kelajakda yangi imkoniyatlar yaratishi bilan birga, ularni oqilona va xavfsiz qo‘llashni ham talab etishi alohida ta’kidlangan.

Erkinova Ruxshona Ergash qizi, Boboqulov Sherzod Sherqulovich

116-119

2026-01-26

UY-RO’ZG’OR BUYUMLARIGA OID SO’ZLARNING LUG’ATLARDA BERILISHI

Ushbu maqolada  turkiy tillarda  uy-ro’zg’or buyumlari leksikasining oshxonaga oid birliklari va ularning leksik,semantik jihatlari yoritib berilgan.Maqoladan ko’zlangan maqsad turkiy tillardagi ro’zg’or buyumlari nomini, ularning ba’zi tillardagi  farqlarini solishtirish,hamda turli madaniy jihatlarni o’rganishdan iborat.

Nurchayeva Malika Bobomurod qizi

120-123

2026-01-26

ESTETIK ZAVQ VA MA’NAVIY MOHIYAT UYG‘UNLIGI

Maqolada arbain mavzusidagi she’riyat estetik uyg‘unlik va ma’naviy-axloqiy birlik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Unda shoirlarning mahorati, fikr va his-tuyg‘u uyg‘unligi, tarkib va ifoda hamohangligi o‘rganiladi. Ayrim asarlarda estetik lazzat bilan ma’naviy chuqurlikning uyg‘unlashib, g‘oya va badiiy ifodaning bir butun holda namoyon bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda qalb bilan nafs o‘rtasidagi ichki kurash, ma’naviy kamolot jarayonlari, ushbu holatlarni ifodalashda dramatik va allegorik vositalardan foydalanish masalalari ham muhokama etiladi. Ishda arbain she’riyatini badiiy-estetik mezonlar asosida tahlil qilishning ahamiyati ta’kidlanadi.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

124-127

2026-01-26

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TIZIMINING RIVOJLANISHI BO‘YICHA XORIJIY VA MILLIY TAJRIBALAR

Mazkur maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish tushunchasi, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun milliy va rivojlangan xorijiy mamlakatlarda javobgarlik masalalari va korrupsiyani oldini olish bo’yicha ularning tajribasi tahlil qilingan. Xususan, xorijiy davlatlardan Singapur, Malayziya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, va boshqa bir qator davlatlarning qonunchilik hujjatlari o’rganilib, tahlil qilinadi.

Musayev Hamzahon Zokirjon o‘g‘li

128-137

2026-01-26

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA XOTIN-QIZLAR TA’LIMINING HOZIRGI HOLATI: STATISTIK VA EMPIRIK TAHLIL

Mazkur maqolada O‘zbekiston va jahon tajribasi misolida xotin-qizlar ta’limining bugungi holati, dinamikasi va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, "M-simon egri chiziq" nazariyasi va xalqaro modellar (Germaniya, Yaponiya, Skandinaviya) yordamida ayollar ta’limidagi to‘siqlar va ularni bartaraf etish mexanizmlari yoritilgan.

Saipova Tozagul Risboy qizi

138-140

2026-01-26

MEDIA SAVODXONLIK FANIDA MEDIA MAYDONIDA RAQOBAT VA UNING AXBOROT MADANIYATIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada media savodxonlik fani nuqtayi nazaridan media maydonida raqobat tushunchasi, uning shakllari va mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot makonida an’anaviy va raqamli media subyektlari, ijtimoiy tarmoqlar hamda mustaqil kontent yaratuvchilarning auditoriya e’tibori uchun olib borayotgan raqobati yoritiladi. Media raqobatining axborot sifati, tanqidiy fikrlash, feyk axborotlar, manipulyatsiya va axborot madaniyatiga ta’siri media savodxonlik kompetensiyalari asosida ochib beriladi.

Sodiqjonova Zilola

141-143

2026-01-26

УМУРТҚА АРТЕРИЯСИ СИНДРОМИ (УАС) БИЛАН ОҒРИГАН БЕМОРЛАРДА КОГНИТИВ ФУНКЦИЯ ВА ЭМОЦИОНАЛ ҲОЛАТ: ПАТОГЕНЕТИК ВА КЛИНИК ТАҲЛИЛ

Умуртқа артерияси синдроми (УАС) – умуртқа артерияси ёки унинг шохларининг ишламаслиги натижасида мия пояси ва кичик мия тузилмаларининг ишемик шикастланиши билан боғлиқ неврологик ҳолат. УАС нафақат мотор ва сенсор бузилишлар, балки когнитив ва психоэмоционал дисфункцияга ҳам олиб келади. Беморларда диққат ва консентрациянинг заифлашиши, хотиранинг пасайиши, хавотир ва депрессия даражасининг ошиши кузатилади.

Ўринов Мусо Болтаевич, Саидов Сухроб Рустамович

144-146

2026-01-26