Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-06-24

TURARJOY BINOLARINI QAYTA TIKLASH VA ULARNING XOZIRGI ZAMONGA MOSLASHTIRISH YECHIMLARI

O‘zbekiston hududi iqlimlari turlicha bo‘lgan regionlardan iborat bo‘lib, uy-joy qurilishi bu regionlarda turlicha tarkib topgan bo‘lib, o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega. O‘rta asrlarda rivojlangan markazlar Buxoro, Xiva, Samarkand, Toshkent va Fargona vodiysida uy-joy qurilishining o‘ziga xos turlicha yo‘llar bilan rivojlanganligini.

Jamoliddin Usarov Tulqinovich, Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li

4-7

2025-06-24

YO’LLARINI KO’KALAMZORLASHTIRISH VA MANZARALASHTIRISH BO’YICHA MUAMMOLARNING YECHIMLARI

Maqolada avtomobil yo’llarini ko’kalamzorlashtirish tadbirlarining maqsadlari, daraxtlarning  turlarini tanlashda daraxtlar shaklining  odamlarga ruhiy ta’sir qilish xususiyatini hisobga olish, daraxt va butalarni joylashtirishda kommunikasiya va inshootlarni hisobga olish masalalari  yoritilgan.  

Jamoliddin Usarov Tulqinovich, Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li

8-12

2025-06-24

INVESTITSIYA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BORASIDAGI NAZARIY QARASHLAR

Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiy tizimda mavjud moliyaviy resurslarni muayyan vaqt davomida ko‘paytirish imkonini beruvchi strategik iqtisodiy instrument sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ular bo‘sh moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan xo‘jalik subyektlari uchun kapitalni samarali joylashtirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining farovonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shuningdek, investitsiya faoliyatining tizimli boshqaruvi va resurslarning oqilona yo‘naltirilishi iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror va uzluksiz o‘sishini ta’minlashda muhim makroiqtisodiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Investitsiyalarning istiqbolli va innovatsion yo‘nalishlarga yo‘naltirilishi esa texnologik yangilanish, raqobatbardoshlikning oshishi va yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishiga turtki bo‘ladi.

Jo‘rayev O‘ktam Panji o‘g‘li

13-15

2025-06-24

QARAQALPAQ ÁDEBIYATÍNDA PEYZAJLÍQ OBRAZ JASAWDÍŃ ÓZGEShELIGI

Maqalada qaraqalpaq prozasındaǵı peyzajlıq súwretlewdiń ózgesheligi hám  qaharman kózqarası haqqında ilimiy teoriyalıq jaqtan pikirler berilgen. Qaraqalpaq ádebiyatındaǵı peyzajlıq súwretlewge insan xarakteriniń tásiri, sonday-aq, qaharman kózqarasınıń tábiyat penen baylanısı analizlengen.

Seytniyazov Tursınbay

16-18

2025-06-24

5-KLASLARDA MUZIKADA VOKAL-SIMFONIYALÍQ JANRÍN INTERAKTIV METODTAN PAYDALANÍP OQÍTÍW

Zamanagóy tálim sistemasında oqıwshılardıń ǵárezsiz pikirlewin rawajlandırıw, olardı belsendilikke úyretiw hám tálim procesin nátiyjeli shólkemlestiriw úlken áhmiyetke iye bolmaqta. Sol tárepten ınteraktiv metodlar - yaǵnıy, oqıwshı hám oqıtıwshı arasındaǵı óz-ara aktiv baylanısqa tiykarlanǵan sabaq metodları tálimde zárúrli orın tutadı. Bul maqalada ınteraktiv metodtıń teoriyalıq tiykarları, abzallıqları hám de onı qóllanıwda itibar beriliwi kerek bolǵan tárepleri haqqında sóz júritiledi.

Bekbaulieva Feruza Majit qızı

19-21

2025-06-24

ИСЛОМ ФАЛСАФАСИДА ФАЛСАФА ВА ДИН УЙҒУНЛИГИ МАСАЛАСИ

Жаҳонда диний таълимотларни нотўғри талқин этиш, айниқса ислом дини асосларини рационал тафаккур қилмаслик натижасида динийлик ва дунёвийлик, фалсафа ва динни ажратиш ҳолати ўрта асрларда ҳам, бугунги кунда ҳам кузатилмоқда. Шундай вазиятда ислом дини таълимотларини фалсафий талқин этиш, илоҳиёт мавзусини рационал йўл орқали тушунтириш мазкур масалаларни илмий асосда тушунишга ёрдам беради. Ўз даврида Абу Наср Фаробий “Дин ва фалсафа – ҳақиқатга олиб борувчи икки йўл” иборасидан келиб чиққан ҳолда диний ҳақиқатларни фалсафий қонунлар орқали тушунтириш кишиларда дин борасида мўътадиллик ёндашувини шакллантирган. Абу Али ибн Синонинг илоҳиёт мавзусидаги гносеологик тамойиллари, динни рационал тушунтириши мавжуд муаммога ечим топишда муҳим аҳамият касб этган. Шундан келиб чиқиб диний ҳақиқатларни мантиқий талқин қилиш, илоҳиёт мавзусини ёритишда рационал тамойиллардан фойдаланиш дин ва фалсафа масалаларни тўғри англашга ёрдам беради.

Рамзиддин Исакджанов

22-24

2025-06-24

TA'LIM JARAYONIDA RAG'BATLANTIRISH METODINING TASHKILIY TEXNOLOGIYALARI

Zamonaviy ta'lim tizimida o'quvchilarning o'quv faoliyatiga qiziqishini oshirish va ularni rag'batlantirish muhim pedagogik vazifa hisoblanadi. Ushbu maqolada ta'lim jarayonida qo'llaniladigan rag'batlantirish metodlarining tashkiliy texnologiyalari, ularning pedagogik asoslari va amaliy qo'llanilishi tahlil qilingan. Tadqiqot pedagogik nazariyalar va zamonaviy ta'lim tajribalariga asoslanadi.

Jumakulova Mavludaxon Xosilovna

25-27

2025-06-24

YAYLOV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON SHAROITIGA MOS INNOVATSION YONDASHUVLAR

Tezisda yaylov resurslaridan samarali foydalanish masalasi global oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida sermahsul zotlar, intensiv texnologiyalar va zonal ixtisoslashuv orqali chorvachilik samaradorligini oshirish imkoniyatlari O‘zbekiston sharoitida tahlil qilinadi.

Qudratov Erali Sherali o‘g'li

28-30

2025-06-24

USAGE OF SMART PARKING SYSTEM IN FERGANA STATE TECHNICAL UNIVERSITY

The implementation of smart parking systems has become a crucial component of modern campus infrastructure, addressing the growing challenges of vehicle management in educational institutions. Fergana State Technical University, recognizing the need for efficient parking solutions, has embraced this technology to enhance the overall campus experience for students, faculty, and visitors. This article explores the usage, benefits, and impact of the smart parking system implemented at the university.

Muhammadrashidkhan Ergashev

31-36

2025-06-24

AHOLINING YOSH QATLAMIDA RAQAMLI SAVODXONLIK VA KIBERXAVFSIZLIK MADANIYATI

Ushbu maqolada raqamli savodxonlikning iqtisodiy va siyosiy hayotdagi ahamiyati, kompyuter savodxonligi, axborotga xavfsiz va mos ravishda kirish, axborotni boshqarish, tushunish, integratsiya qilish, muloqot qilish, baholash va yaratish qobiliyati tahlil qilingan.  Shuningdek, maqola video yozish va yuklash kabi boshqa ommaviy axborot vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha bilimlarni ham o‘z ichiga oladi. 

Aziza Boboqulova

37-40

2025-06-25

QASHQADARYO VILOYATIDAGI SANOAT SUBYEKTLARINING RAQAMLI MARKETINGGA O‘TISHDAGI TO‘SIQLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Mazkur tadqiqot Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari uchun raqamli marketingga o‘tishdagi asosiy to‘siqlarga e’tibor qaratadi. Tadqiqotda, viloyatning sanoat subyektlarining raqamli texnologiyalarni qo‘llash jarayonidagi muammolar tahlil qilinadi, jumladan, texnologik cheklovlar, xodimlarning raqamli marketing sohasidagi bilim va ko‘nikmalarining yetishmasligi, resurslarning cheklanganligi va raqamli infratuzilmaning rivojlanmasligi kabi omillar. Shuningdek, to‘siqlarni bartaraf etishning samarali yo‘llari, masalan, raqamli marketing bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy raqamli vositalar va platformalarni joriy etish, hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali raqamli transformatsiyani amalga oshirish usullari taklif etiladi. Tadqiqot viloyatdagi sanoat korxonalari uchun raqamli marketingni muvaffaqiyatli qo‘llashda zarur bo‘lgan strategik choralarni ko‘rsatadi va raqamli transformatsiya jarayonini yanada samarali qilish yo‘llarini belgilaydi.

Sharipov Gʻulomjon Qarshi oʻgʻli

41-49

2025-06-25

ANTROPONIMIK TIZIMNING SHAKLLANISHIGA TA’SIR QILUVCHI EKSTRALINGVISTIK VA LINGVISTIK OMILLAR

Mazkur maqolada antroponimik tizimning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar – lingvistik va ekstralingvistik omillar tahlil qilinadi. Ismlar tizimi har bir xalqning madaniyati, dini, tarixi va ijtimoiy tuzumini ifoda etuvchi muhim lingvomadaniy birliklardan biri sifatida ko‘riladi. Maqolada lingvistik omillarning fonetik, morfologik, semantik va sintaktik jihatlari hamda ekstralingvistik omillarning tarixiy, diniy, ijtimoiy, madaniy va hududiy ta’siri misollar orqali tahlil etiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, antroponimik tizim til va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni yoritib beruvchi ko‘zgudek xizmat qiladi.

Ergashev Ulug‘bek Akbarali o‘g‘li

50-51

2025-06-25

MODERN RADIO-ELECTRONIC SYSTEMS IN THE TERAHERTZ RANGE

In the ever-evolving landscape of technology, the terahertz band (THz) has emerged as a powerful and versatile frontier, unlocking a myriad of opportunities across diverse sectors. Terahertz technology, once a lesser-known part of the electromagnetic spectrum, is now stepping into the spotlight, driving innovation and revolutionizing industries worldwide. This article delves into the remarkable role of terahertz technology in our contemporary world.

D.B. Ibragimov

52-55

2025-06-25

KATTA HAJMDAGI MA’LUMOTLARDA TOZALASH VA NORMALLASHTIRISH ALGORITMLARINING SAMARADORLIGI

Katta hajmdagi Ma’lumotlar (Big Data) zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu Ma’lumotlarning hajmi, xilma-xilligi va tezkor o‘sishi (Volume, Variety, Velocity) tahlil jarayonlarida yuqori sifatli Ma’lumotlarni talab qiladi. Ma’lumotlarning sifati to‘g'ridan-to‘g'ri tahlil natijalarining aniqligiga ta'sir qiladi. Ma’lumotlarni tozalash (data cleaning) va normallashtirish (data normalization) jarayonlari Ma’lumotlar sifatini oshirishning asosiy vositalaridir. Ushbu maqola katta hajmdagi Ma’lumotlarda tozalash va normallashtirish algoritmlarining samaradorligini kengroq tahlil qiladi, ularning afzalliklari, kamchiliklari, amaliy qo‘llanilishi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqadi.

Asqarov Elbek

56-60

2025-06-26

BIOPESTITSIDLAR ISHLAB CHIQARISHNING MIKROBIOLOGIK ASOSLARI VA ULARNING EKOLOGIK AFZALLIKLARI

Biopestitsidlar — tirik mikroorganizmlar yoki ularning metabolitlari asosida yaratilgan zararkunandalarga qarshi vositalar bo‘lib, ular ekologik xavfsizligi, selektivligi va foydali hasharotlarga ta’sir qilmasligi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada biopestitsidlarning mikrobiologik turlari, ishlab chiqarish texnologiyasi va O‘zbekistonda ulardan foydalanish istiqbollari yoritilgan.

Aminjonova Gulmira Karimjonovna, Safarov Muxtorjon Alijon o‘g‘li

61-63

2025-06-26

«МАЛЕНЬКИЙ ПРИНЦ» КАК ФИЛОСОФСКАЯ АЛЛЕГОРИЯ О ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЯХ ЧЕЛОВЕКА

Антуан де Сент-Экзюпери в повести-сказке «Маленький принц» создаёт произведение, которое выходит далеко за рамки детской литературы и представляет собой глубокую философскую притчу о любви, дружбе, ответственности и смысле жизни. Несмотря на внешнюю простоту и сказочную форму, текст наполнен символами и аллюзиями, делающими его многослойным и универсальным по содержанию.

Гаппарова Шохсанам Мураджан кизи

64-65

2025-06-26

THE BENEFITS OF USING SONGS FOR LANGUAGE LEARNING AND TEACHING

This article explores the multidimensional benefits of using songs in language learning and teaching, particularly in enhancing children's linguistic, cultural, and cognitive development. Drawing on recent research and classroom practice, it outlines how songs facilitate vocabulary acquisition, improve pronunciation, support grammar learning, boost motivation, and foster intercultural awareness. The use of music as a pedagogical tool creates a dynamic and engaging environment that enhances memory, emotional connection, and creativity among learners.

Nodira Mamaniyazova

66-68

2025-06-26

MODERN RADIO-ELECTRONIC SYSTEMS IN THE TERAHERTZ RANGE

In the ever-evolving landscape of technology, the terahertz band (THz) has emerged as a powerful and versatile frontier, unlocking a myriad of opportunities across diverse sectors. Terahertz technology, once a lesser-known part of the electromagnetic spectrum, is now stepping into the spotlight, driving innovation and revolutionizing industries worldwide. This article delves into the remarkable role of terahertz technology in our contemporary world.

D.B. Ibragimov

69-72

2025-06-26

ГФР, ФРАНЦИЯ, БЕЛГИЯ ВА ИТАЛИЯ КАБИ ДАВЛАТЛАРДА ХУСУСИЙ АЙБЛОВ ИНСТИТУТИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Ушбу мақолада ГФР, Франция, Белгия ва Италия каби давлатларда хусусий айблов институтининг ўзига хос хусусиятларини таҳлил қилинган. Суд-ҳуқуқ тизимини либераллаштириш бўйича ислоҳотларни оғишмай давом эттираётган Ўзбекистон Республикаси амалга оширилаётган ислоҳотлар самарадорлигига урғу берилган. Шунингдек, Бельгия, Франция ва Италия каби мамлакатлар ҳуқуқ тизимида хусусий айблов билан боғлиқ хусусиятлар ўрганилган. 

Каюмов Шуҳрат Мўминович

73-77

2025-06-26

АДОЛАТ ВА ҲАҚИҚАТ ЖИНОЯТ ПРОЦЕССИНИНГ АХЛОҚИЙ НЕГИЗИ СИФАТИДА

Судьяларимизнинг адолатни ва қонун стуворлигини таъминлаш борасида оқлов ҳукмларини чиқараётгани, ҳеч шубҳасиз, суд-ҳуқуқ соҳасидаги энг катта ютуғимиздир. Мен, Президент сифатида, судьяларнинг бундай жасорати ва қатъиятини бундан кейин ҳам тўлиқ қўллаб-қувватлайман. Бугунги кунда ҳалқимиз адолатли қарор қабул қиладиган юксак маънавиятга эга бўлган судьяларни кўришини ҳохлайди.

 

Ш.Хакназаров

78-80

2025-06-26

ABDULLA ORIPOV ASARLARIDA ONA VATAN IFODASI

Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatining eng yirik nomoyondalaridan biri sifatida ona Vatanga muhabbat, xalqparvarlik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni yurakdan kuylagan shoirdir. Uning ijodida Vatan mavzusi doimo markazda  bo‘lgan. Shoir Vatanga oddiy hudud yoki yer emas,balki muqaddas ona,jonajon yurti,deb qaraydi. Shoirning “Vatan” she’rida quyidagi satrlar bor.

Raxmonova Surayyo

81-83

2025-06-26

O‘ZBEK VA TURK TILLARIDAGI QARINDOSHLIK TERMINLARINING SEMANTIK-STRUKTURAVIY XUSUSIYATLARI: TIPOLOGIK VA SOTSIOLINGVISTIK TAHLIL

Mazkur maqolada o‘zbek va turk tillaridagi qarindoshlik terminlari semantik va strukturaviy jihatdan tahlil qilinadi. Terminlar mavzuiy guruhlarga ajratilib, ularning shakliy umumiyliklari va semantik mansubliklari asosida tasniflanadi. Qarindoshlik atamalarining integral va differensial semalari aniqlanib, ularning morfemik tarkibi, tarixiy ildizlari va fonetik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sotsiolingvistik kontekstda bu terminlarning ijtimoiy va madaniy vazifalari yoritiladi. O‘zbek va turk tillaridagi terminlarning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlari boshqa turkiy tillar bilan qiyosiy tahlil orqali o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari bu atamalarning umumturkiy leksik fondga mansubligini ko‘rsatib, ularning tilshunoslik va madaniyatshunoslikdagi ahamiyatini ochib beradi.

Maxsudova Dilorom Idrisovna

84-89

2025-06-27

INNOVATIONS IN BIOTECHNOLOGY BIOLOGICAL PROCESSES AND SUSTAINABLE SOLUTIONS

This article explores the latest innovations in biotechnology and their contributions to various fields, particularly sustainable development. Biotechnology is an interdisciplinary field aimed at producing products, developing technologies, and providing services using biological systems, living organisms, or their derivatives. The article analyzes modern biotechnological solutions used in such areas as agriculture, medicine, industry, and environmental protection. Particular attention will be paid to achievements in such areas as genetic engineering, synthetic biology, biofuel production, biopharmaceuticals, and bioremediation.The importance of these innovations in achieving sustainable development goals, such as environmental cleanliness, rational use of resources, and economic efficiency, will also be discussed. The article defines promising directions in the field of biotechnology and assesses its role in solving global problems in the future.

Araztaj Atajanova

90-92

2025-06-30

THE IMPORTANCE OF RADIOLOGICAL METHODS IN THE DIAGNOSIS OF DIABETIC FOOT SYNDROME: A CASE STUDY FROM KHOREZM REGION

Diabetic foot syndrome (DFS) is among the most serious and common complications of diabetes mellitus, often leading to infection, ischemia, and lower limb amputation. The lack of a unified and accessible diagnostic protocol in regional healthcare settings, such as the Khorezm region, significantly delays timely diagnosis and treatment. This study aims to evaluate the effectiveness of radiological and functional diagnostic methods—particularly transcutaneous pulse oximetry (TcpO₂) and color duplex scanning (CDS)—in identifying and classifying DFS in 100 patients across various medical institutions. Based on TcpO₂ levels and arterial pulsation, patients were divided into four groups, revealing that the TcpO₂ + CDS combination provides a cost-effective, informative tool for early detection and treatment planning. The results support the development of a simplified protocol suitable for primary care use to reduce the risk of complications and improve patient outcomes.

Jonibek Yangibayev, Intizor Avazmetova, Niginabonu Khajiqurbanova

93-95

2025-06-30

ABDULLA QAHHORNING “BEMOR” HIKOYASIDA PEYZAJNING BADIIY FUNKSIYASI

 Ushbu maqolada badiiy adabiyotda koʻp qoʻllaniladigan tabiat tasviri ya’ni peyzaj va uning badiiy asarlardagi ahamiyati, uning vazifasi, qahramon ruhiyatiga ta’siri va roli haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi olingan.

Orazbaeva Asal Shaukat qizi

96-97

2025-06-30

APELLYATSIYA KENGASHLARI FAOLIYATI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sudgacha apellyatsiya kengashlari institutini mustahkamlash yo‘nalishidagi islohotlar atroflicha tahlil qilinadi. Ilg‘or xalqaro tajribalar, rivojlangan davlatlar tizimlari o‘rganiladi va ularning muvaffaqiyatli elementlari O‘zbekistonda tatbiq etilishi masalalari o‘rganiladi. Shuningdek mazkur  masala  yuzasidan  olib  borilgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  tahlili va bu borada ilgari surilayotgan takliflar haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildiriladi.

Mamaziyayev Xusniddin Dilshod o‘g‘li

98-102

2025-06-30

O‘ZBEK XALQ TOPISHMOQLARIDA LINGVOMADANIY KODLARNING NAMOYON BO‘LISHI

Ushbu maqolada o‘zbek xalq topishmoqlarida lingvomadaniy kodlarning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan. Topishmoqlar xalqning tarixiy-madaniy dunyoqarashi, urf-odati, qadriyatlari va tafakkur tarzining o‘ziga xos ko‘zgusidir. Maqolada lingvistik birliklar orqali milliy mentalitet, xalq dunyoqarashi, ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq tasavvurlar ochib berilgan. Shuningdek, topishmoqlarda yashiringan ramzlar, metaforalar va timsollar orqali xalq ongidagi lingvomadaniy kodlar tahlil qilingan.

Mahmudova Nilufarxon To‘lqinjon qizi

103-105

2025-06-30

O‘ZBEKISTON – BAG‘RIKENG DIYOR

Xalqimizga azaldan xos bo‘lgan xislat – bag‘rikenglik bir zumda paydo bo‘lgan emas, u biz uchun an’anaviydir. O‘zbekistonning diniy tarixiga qisqacha nazar tashlasak, hozirgi O‘zbekiston hududi insonlarda ilk diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo‘lgan eng qadimgi o‘lkalardan biri ekaniga guvoh bo‘lamiz. Tosh asrining o‘rtalarida ajdodlarimiz orasida turli hayvonlar va Quyoshga topinish, keyinroq fetishizm, animizm, afsungarlik (magiya)  tarqaldi.

Artikova Saxobat Gopurovna

106-108

2025-06-30

O‘ZBEK, QORAQALPOQ VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTIDAGI BUYUK SIYMOLAR IZDOSHI

Ushbu maqolada Ajiniyoz ijodining qoraqalpoq adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z boradi. Ajiniyoz asarlarining badiiyati va o‘rganilish tarixi tadqiq qilinadi.

Kabulova Zamira Adilbayevna, Dadebayeva Malika Miratbayevna

109-111

2025-06-30

FUNDAMENTALS OF LINGUISTICS AND PAREMIOLOGY

The fields of linguistics and paremiology are areas of scholarship that are important in the study of the interrelationships between language and culture. These two areas analyze how language is used in a cultural context, reflecting the worldview, values and traditions of the people. This article provides a broader view of the basic concepts of linguistics and paremiology, their importance, their relationship, and their role in linguistic and cultural studies.

Saltanat Saparbaeva

112-114

2025-06-30

DOʻSTLIK KONSEPSIYASINING LINGVISTIK IFODASI: METAFORIK VA METONIMIK TAHLIL (INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI MISOLIDA)

Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida doʻstlik konsepsiyasining lingvistik ifodasini, xususan, metafora va metonimiya orqali tahlil qiladi. Doʻstlik insoniyatning universal qadriyatlaridan biri boʻlib, turli madaniy va til kontekstlarida oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Tadqiqot metaforalarning mavhum doʻstlik tushunchasini aniq va hissiy tasvirlar orqali ifodalashdagi rolini oʻrganadi. Jumladan, ingliz tilidagi “to cement a friendship” (doʻstlikni mustahkamlash) va oʻzbek tilidagi “doʻstlik daraxti” kabi iboralar doʻstlikning mustaxkamligi va oʻsishini taʼkidlaydi. Shuningdek, maqolada metonimiyaning doʻstlikning tashqi koʻrinishlari, sabab-oqibat munosabatlari va amaliyotlarini tasvirlashdagi ahamiyati yoritiladi. Misol uchun, ingliz tilidagi “shoulder to cry on” (ishonarli va hamdard) va oʻzbek tilidagi “molingga do‘st” kabi iboralar doʻstlikning hissiy va ijtimoiy jihatlarini aks ettiradi. Xulosa qilib aytganda, bu tahlil har ikki tilda ham doʻstlikning qadrliligi, ishonchliligi va inson hayotidagi muhim oʻrni boy lingvistik vositalar yordamida qanday ifodalanishini koʻrsatadi. Ushbu yondashuv madaniyatlararo muloqotda doʻstlikning lingvistik asoslarini chuqurroq anglashga yordam beradi.

G.K. Soatova

115-117

2025-06-30

IQLIM O’ZGARISHIGA VA INSON FAOLIYATINING INSON EKOTIZM XIZMATLARI QIYMATIGA TA’SIRI

Ushbu maqola inson faoliyatining inson ekotizmi xizmatlari qiymatiga ta’siri va iqlim o’zgarishining ushbu jarayonga ta’sirini tahlil qiladi. Iqlim o’zgarishi ekosistemalarning barqarorligiga va ularning inson hayotidagi xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, inson faoliyati, xususan, sanoatlashuv, shaharsozlik va resurslardan noto‘g‘ri foydalanish iqlim o’zgarishini kuchaytirib, ekotizim xizmatlarining kamayishiga olib keladi. Maqolada iqlim o’zgarishi va inson faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning inson hayot sifati va iqtisodiyotiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada, iqlim o’zgarishini kamaytirish va barqaror inson faoliyatini ta’minlash orqali ekotizim xizmatlarini saqlab qolish zarurligi ta’kidlanadi.

Olamgirova Gulshan Saidali qizi

118-121

2025-06-30

САБЗАВОТ ЛОВИЯСИ ҲОСИЛДОРЛИГИГА ЭКИШ МУДДАТИНИНГ ТАЪСИРИ

Ушбу илмий мақолада сабзавот ловиясини экиш муддатларини ҳосилдорликга таъсири баён этилган бўлиб, тажриба давомида баҳорги муддатда сабзавот ловиясини апрельнинг биринчи декадасида 5 та Золушка, Шахика,Томатная, Приусадебной ва Қора шахзода 0.1 нав намуналари танлаб олиниб назорат Маҳсулдор навига нисбатан таққосланган. Тажриба натижасига кўра баҳорги муддат(01.04)да сабзавот ловиясини етиштирганда Махсулдор (назорат)га нисбатан Шахика нави энг юқори натижа кўрсатди.

Хасанов Аброр Пардаевич, Аманова Махфурат Эшмурадовна

122-126

2025-06-30

THE FORMATION OF NEW LEXICAL UNITS IN THE UZBEK LANGUAGE AND THEIR REPRESENTATION IN MODERN MASS MEDIA

This article aims to objectively analyze how new lexical units are formed in the Uzbek language, the main sources and factors contributing to their emergence, and how they are represented in contemporary mass media. Factors Influencing the Formation of New Lexical Units.

Bobir Umarov

127-129

2025-06-30

ТРАДИЦИИ ВОСПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ ПОДРОСТКОВОГО ВОЗРАСТА В СЕМЕЙНУЮ ЖИЗНЬ ЧЕРЕЗ СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕНДЕНЦИИ

В статье рассматриваются традиции воспитания учащихся подросткового возраста в семейную жизнь через призму современных социально-педагогических тенденций. Акцент сделан на необходимости системной подготовки молодежи к семейным отношениям, формировании у них ценностных ориентиров, ответственности и навыков взаимодействия. Анализируются как историко-культурные основы воспитания, так и современные методики, используемые в образовательных учреждениях. Особое внимание уделено взаимодействию семьи и школы, а также актуальности интеграции традиционного и инновационного подходов в воспитании.

Ниетуллаева Айсанем Файзуллаевна

130-132

2025-06-30

EVALUATING THE USE OF RUBRICS: A METHODOLOGICAL PERSPECTIVE IN WRITING CLASSES

The current article discusses some effectiveness and priorities in writing classes in teaching English language. The article covers ample theoretical data on rubrics of writing assessment and practical experiment done in language university of Uzbekistan covering language and literature teacher. The study aims to focus more comprehension of writing pieces and task fulfillment of student by means of writing rubrics.

E’zоzа Rаkhmаtоvа

133-136

2025-06-30

TURISTIK XIZMATLAR BOZORINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada turistik xizmatlar bozorining nazariy va metodologik asoslari kompleks ravishda tahlil qilingan. Ishda turistik xizmatlar bozori tushunchasi, uning tuzilishi, shakllanish mexanizmlari, taklif va talab, narx hamda raqobat kabi iqtisodiy kategoriyalar kontekstida yoritib berilgan. Turizm sohasiga xos bo‘lgan marketing yondashuvlar, xizmat sifatini baholash mezonlari va zamonaviy strategik boshqaruv modellari ham o‘rganilgan. Tadqiqotning metodologik asosini statistik tahlil, solishtirma tahlil, iqtisodiy-modellashtirish hamda PESTEL va SWOT tahlil usullari tashkil qiladi. Amaliy qismda O‘zbekiston turizm xizmatlari bozorining rivojlanish holati, mavjud muammolar va istiqbollari tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Ochilova Ozoda Toshquvatovna

137-140

2025-06-30

RESULTS OF THE STUDY OF THE PREVALENCE OF HELICOBACTER PYLORI AMONG PATIENTS WITH HYPERTENSION

Traditional risk factors are not sufficient to explain the increasing rates of arterial hypertension, and attempts to control the problem show that traditional measures may not yet be sufficient or decisive[1,6]. The modern literature puts forward theories that substantiate the influence of the pathogenetics of inflammatory mechanisms on the development of hypertension. There is much experimental and clinical evidence that arterial hypertension is associated with inflammation and activation of immune cells, which are two main processes caused by oxidative stress[3].

Dildora Boboyorova

141-142

2025-06-30

RALPH WALDO EMERSON VA IS’HOQXON TO‘RA IBRAT ASARLARINING G‘OYAVIY-ESTETIK TAMOYILLAR TAHLILI (SELF-RELIANCE VA RISOLAI IBRAT ASARLARI MISOLIDA)

Ushbu maqola amerikalik faylasuf va adib Ralph Waldo Emerson hamda jadidchilik harakatining namoyondalaridan biri, o‘zbek mutafakkiri Is’hoqxon To‘ra Ibratning g‘oyaviy-estetik qarashlarini solishtirma tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tahlil uchun asosiy manbalar — Emersonning mashhur Self-Reliance esse-si va Ibratning didaktik-ma’rifiy asari Risolai Ibrat tanlangan. Inson tafakkurining taraqqiyotida falsafa va adabiyot muhim o‘rin egallaydi.

Ilyasova Nadira Dosmurat qizi

143-145

2025-06-30

GIBRID AVTOMOBILLARINI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI

Ushbu maqolada gibrid avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar tahlil qilinadi. Gibrid texnologiyalarning afzalliklari, ekologik va iqtisodiy samaradorligi, shuningdek, yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning bu boradagi strategiyalari yoritilgan.

Nadjabov Shokir Tursunovich

146-148

2025-06-30