Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-09-02

ҚОРАҚАЛПОҚ ТИЛИДА СЎЗЛАШУВЧИ ЎҚУВЧИЛАРГА ТУРК ТИЛИНИ ЧАТ-БОТЛАР ОРҚАЛИ ЎРГАТИШНИНГ МЕТОДИК УСУЛЛАРИ

XXI асрда ахборот технологиялари жамият ҳаётининг барча соҳаларига кириб келди ва уларнинг таъсири, айниқса, таълим тизимида яққол кўзга ташланмоқда. Технологиялардан фойдаланиш орқали таълим жараёни самарадорлиги ортмоқда, ўқувчиларнинг мустақил изланиш имкониятлари кенгаймоқда ва интерфаол воситалар ёрдамида билимни ўзлаштириш янада қизиқарли ва фаол жараёнга айланмоқда.

Алланиязова Меҳрибан

4-5

2025-08-31

“YOZNING YOLGʻIZ YODGORI” QISSASIDA ADASH KARVON OBRAZI: RUHIY DRAMATIZM VA BADIIY TAFAKKUR UYGʻUNLIGI

Ushbu tezisda Xayriddin Sultonning “Yozning yolgʻiz yodgori” qissasi tahlil qilinib, undagi obrazlar poetikasi, ayniqsa psixologik tasvir vositalari orqali yoritilgan ruhiy holatlar o‘rganiladi. Adib o‘z ijodida inson qalbining ichki olami, ruhiy iztiroblari va vijdon to‘qnashuvlarini badiiy ifoda qilishga alohida e’tibor qaratadi. Ayniqsa, Adash Karvon va Sattor obrazlari timsolida insoniyatga xos ichki dramatizm, ma’naviy halokat va poklanish48 jarayonlari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada psixologik detallar, paralingvistik belgilar, ichki monolog va tafakkuriy tasvirlar orqali obrazlarning ochilishi tahliliy yondashuvda ko‘rsatib beriladi. Xayriddin Sulton nasrida portret chizish an’anaviy yo‘ldan farq qilgan holda, ichki kechinmalar vositasida amalga oshirilishi alohida urg‘u bilan yoritiladi. Asarda retrospektiv kompozitsiya va ongiy-assotsiativ bog‘lanishlar asosida inson ongining nozik qatlamlari badiiy tasvirlanadi. Muallifning falsafiy qarashlari, zamonaviy ruhiy-insoniy muammolarga bergan badiiy talqini orqali “Yozning yolgʻiz yodgori” qissasi o‘zbek psixologik nasrining yorqin namunasi sifatida baholanadi. Maqola adabiy obrazlar orqali jamiyat, ma’naviyat va insoniy qadriyatlarni aks ettirishga qaratilgan.

Adilova Fanuza Shodiyor qizi

6-9

2025-08-31

QANDLI DIABET KASALLIGINI ERTA ANIQLASH VA OLDINI OLISH USULLARI

Ushbu maqolada qandli diabet kasalligini erta aniqlash va uning oldini olish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Kasallikning asosiy turlari, dastlabki belgilari, tashxislash usullari hamda profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Sog‘lom turmush tarzi, muntazam tibbiy nazorat va ovqatlanish madaniyati kasallikning tarqalishini kamaytirishda muhim omil ekanligi isbotlangan.

Asilbek Luqmonov Usmon o’g’li

10-12

2025-08-31

METATIL TUSHUNCHASINING TILSHUNOSLIKKA KIRIB KELISHI VA UNING O’RGANILISH TARIXI

Maqolada lingvopoetikada metaltil tabiiy yoki sun’iy til bo‘lib, uning yordamida boshqa til tasvirlanadi. Ta’riflangan til maqsadli til deb ataladi.  Bu tillar dunyoning predmetlari, hodisalari, holati bilan tavsiflanadi va shuning uchun u tavsiflovchidir. Odatda til orqali tilga murojat qilishga metatil aytiladi va u ob’ekt  tili lingvistik bo‘lmagan ob’ektlardagi til nuqtai nazaridan o’rganiladi.

Xolbekova Nargiza Zoxidjonovna

13-14

2025-08-31

ENHANCING SPEAKING PROFICIENCY OF B1-LEVEL LEARNERS IN SECOND LANGUAGE ACQUISITION: STRATEGIES, INTERVENTIONS, AND PEDAGOGICAL IMPLICATION

Speaking is widely recognized as one of the most challenging skills in second language acquisition (SLA). While learners at the B1 level have reached an intermediate stage of competence, they often struggle with fluency, accuracy, and confidence. This research aims to explore effective pedagogical and technological interventions to improve B1 learners’ speaking performance. The study will employ a mixed-methods approach, comparing traditional instruction with communicative, task-based, and technology-supported strategies. Pre- and post-test speaking assessments, classroom observations, learner reflections, and teacher feedback will be used to evaluate effectiveness. The outcomes are expected to contribute to SLA theory and provide actionable guidelines for educators and curriculum designers.

Zarina Dilmurotova

15-16

2025-08-31

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA OILA HAQIDAGI MAQOLLARNING O’XSHASH VA FARQLI TOMONLARI

Ushbu tezisda tilshunoslikning paremiologiya sohasiga qarashli bo'lgan maqollar tadqiqot markaziga olinadi. Ma'lumki, o'zbek tili azaldan maqollar va hikmatli so'zlarga boy til hisoblanadi. Izlanish mobaynida ona tilimizdagi asrlar davomida xalq og'zaki ijodining katta qismini tashkil etuvchi paremiologik birliklarni hozirda keng qamrovda o'rganilayotgan ingliz tili bilan solishtirib, o'xshash va farqli jihatlari ochib beriladi.

Islomova Go'zal

17-18

2025-08-31

OLIY TA’LIMNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI

Bugungi globallashuv davrida inson kapitalining rivojlanishi davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotini belgilab bermoqda. Shu nuqtai nazardan, oliy ta’lim tizimi nafaqat mutaxassis tayyorlash, balki ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, milliy kadrlar bazasini mustahkamlash va yoshlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashning muhim omilidir.

Asadova Shahnoza Vahobjon qizi

19-20

2025-08-31

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKINI MINIMALLASHTIRISHDA KAFOLAT VA TA’MINOT MEXANIZMLARINING ROLI

Tijorat banklarining asosiy faoliyati kreditlar berish bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonda doimo kredit tavakkalchiligi (kredit xavfi) yuzaga keladi. Kredit tavakkalchiligi qarz oluvchining kredit bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi natijasida bankning moliyaviy yo‘qotishlarga uchrashi xavfini anglatadi. Bunday risk banklarning barqaror ishlashi va daromadliligiga bevosita ta’sir qiladi, chunki olinadigan daromad miqdori qarz portfelidagi xavflar darajasiga bog‘liq. Shu bois, banklar faoliyatida risk va foyda o‘rtasidagi optimal muvozanatni saqlash va kredit siyosatini izchil boshqarish muhim masalalardan biridir. Umuman olganda, kredit tavakkalchiligini samarali boshqarish banklarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Botirova Sadoqatxon

21-23

2025-08-31

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI XALQ TABOBATI TERMINOLOGIYASIDA OMONIMLIK HODISASI

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida xalq tabobati terminlarida uchraydigan omonimlik hodisasi lingvistik va lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillarida xalq tabobati bilan bog‘liq terminlarning omonim shakllari ko‘rib chiqilib, ularning xalq dunyoqarashidagi marosimiy va metaforik mazmunlari ochib beriladi. Qiyosiy tahlil natijasida ikki til terminologiyasida omonimlik hodisasi xalqning madaniy merosi, dunyoqarashi va amaliy tabobatdagi tajribasini aks ettiruvchi lingvomadaniy hodisa sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatildi.

Tadjiboyeva Gulzoda Baxromjon qizi

24-28

2025-08-31

QURILISH SOHASIDA MEHNAT VA MOLIYAVIY XARAJATLARNING TARKIBI VA O‘ZGARISH TENDENSIYALARI

Mazkur tadqiqot ishida qurilish sohasida mehnat va moliyaviy xarajatlar tuzilmasi hamda ularning dinamikasi ilmiy-iqtisodiy tahlil qilindi. Qurilish jarayonlarida mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning samarali taqsimlanishi iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois, tadqiqot davomida xarajatlar tarkibi, ularning o‘zgarish sabablari, ichki va tashqi omillarning ta’siri, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish yo‘llari o‘rganildi. Tahlil natijalari asosida qurilish sohasida resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlarni samarali boshqarish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan.

Asadova Maftuna Sa’dullayevna

29-31

2025-08-31

EYE LANGUAGE IN LITERATURE: NON-VERBAL COMMUNICATION AS A WAY TO CONVEY EMOTIONS AND MEANING

Eye language is an important aspect of non—verbal communication that plays a key role in interpersonal interactions. In literature, this element is used to convey deep emotions, create an atmosphere and reveal the inner conflicts of the characters. The purpose of this article is to analyze how the authors use eye language to enhance the expressiveness of the text and deepen the understanding of the characters.

Umida Atamirzaeva

32-33

2025-08-31

KARDIOLOGIYADA ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI

Mazkur maqolada kardiologiyada zamonaviy davolash usullarining ahamiyati yoritilgan. Farmakologik, intervensiyon, jarrohlik va innovatsion texnologiyalar qo‘llanilishining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda sog‘lom turmush tarzining o‘rni muhokama etiladi.

Asilbek Luqmonov Usmon o’g’li

34-36

2025-08-31

JISMONIY RIVOJLANISHNI TEKSHIRISH VA BAHOLASH USULLARI

Ushbu maqolada jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholashning ilmiy-metodik asoslari, antropometrik va funksional ko‘rsatkichlarni aniqlash usullari hamda ularni tahlil qilish mezonlari yoritilgan. Shuningdek, yosh avlod sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarligi darajasini belgilashda zamonaviy diagnostik yondashuvlar va baholash mezonlarining ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Maxramova Umida Shavkat qizi

37-39

2025-08-31

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA "KODLI HARFLAR" METODIDAN FOYDALANISH

Ushbu tezisda boshlang‘ich ta’lim jarayonida “Kodli harflar” metodidan foydalanishning pedagogik ahamiyati va amaliy imkoniyatlari yoritiladi. Ushbu metod o‘quvchilarda o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion yondashuv sifatida namoyon bo‘lib, ularning tafakkurini, eslab qolish qobiliyatini va ijodiy faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Tadqiqotda metodning nazariy asoslari, uni qo‘llash jarayoni hamda o‘quvchilarning nutqiy va kognitiv rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, metodning samaradorligi amaliy kuzatuvlar asosida ko‘rsatib beriladi.

Turdiyeva Shohsanam Maxamadali qizi

40-42

2025-08-31

ФИРИБГАРЛИКНИНГ ВИКТИМОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ

Ушбу тезисда Ўзбекистонда фирибгарлик жиноятларининг виктимологик жиҳатлари таҳлил қилинади. Асосий эътибор рақамли муҳитда содир этилаётган киберфирибгарлик ҳолатларига, уларнинг қурбонларига хос хусусиятларига ва жамиятдаги ижтимоий, иқтисодий омилларга қаратилади. Тадқиқотда жиноят қурбонларининг шахсий ва поведенциал хусусиятлари, уларнинг хатарли вазиятларга тушиб қолиш эҳтимолини оширадиган омиллар кўрсатилади. Шу билан бирга, самарали профилактик чоралар – ахборот ва ҳуқуқий саводхонликни ошириш, технологик ҳимоя воситаларини жорий этиш ҳамда давлат идоралари ва жамиятнинг ҳамкорлигини кучайтиришга оид тавсиялар ишлаб чиқилди. Виктимологик ёндашув орқали жиноят қурбонларини аниқлаш ва уларни ҳимоя қилиш механизмлари такомиллаштириш мақсад қилинган.

Даулетова Динара Даулетовна

43-44

2025-08-31

ULUG‘BEK HAMDAM BADIIY OLAMI: XRONOTOP VA TALQIN XUSUSIYATI

Badiiy asardagi xronotopning badiiy adabiyotdagi funksiyasi, uning asardagi badiiy qahramonlarni ruhiy-ma’naviy olamini ochishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Matn tarkibidagi har bir unsur, asar voqealarini makon va zamondagi dialektik birligini namoyon etuvchi vosita ekanligi, qahramon ma’naviy olamini yuzaga chiqishini ta’minlash bilan bir qatorda, ularning botiniy olamini ham ochib beradi. Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” romanidagi xronotop talqinlari, roman tarkibidan o‘rin olgan xususiyatlari tahlil qilindi.              

Avazov Vahabjon Tolibjon o‘g‘li

45-49

2025-08-31

ORGAN TRANSPLANTATSIYASI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Ushbu maqolada organ transplantatsiyasining zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni, uning ahamiyati hamda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar tahlil qilingan. Donor organlar yetishmovchiligi, immunologik mos kelmaslik, huquqiy va axloqiy muammolar hamda transplantatsiya xarajatlarining yuqoriligi masalalari keng yoritilgan. Muammolarni hal etish uchun donorlik madaniyatini rivojlantirish, sun’iy organlarni yaratish, immunosupressiv dorilarni takomillashtirish va qonunchilikni kuchaytirish kabi yo‘llar taklif qilingan. Maqola transplantologiya sohasining kelajagi uchun muhim ilmiy va amaliy tavsiyalarni beradi.

Asilbek Luqmonov Usmon o’g’li

50-52

2025-08-31