Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-12-06
Статьи
TRANSLATION CHALLENGES IN THE PROCESS OF TRANSLATION
This article examines the challenges encountered during the translation process, with particular attention to difficulties arising between closely related languages. It explores the issues of false equivalents and their proper handling in translation, emphasizing the relevance of addressing problems that occur in successive translation between related languages
2025-12-05
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘SMIR SHAXSINING PSIXOLOGIK SHAKLLANISHI VA IJTIMOIY MOSLASHUVI XUSUSIYATLARI”
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya jarayonining o‘smir shaxsining psixologik shakllanishi va ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn o‘yinlar, sun’iy intellekt texnologiyalari hamda raqamli aloqa vositalari o‘smir hayotining ajralmas qismiga aylangan. Raqamli muhitda voyaga yetayotgan o‘smirlarning tafakkuri, hissiy dunyosi, o‘zini anglash darajasi va ijtimoiy munosabatlari yangi shakllar kasb etmoqda. Shu bois, raqamli texnologiyalar o‘smir shaxsining kognitiv (bilish), emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy hamda salbiy jihatdan bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ilmiy tahlilni talab qiladi.
2025-12-05
MOTIVATSIYA PSIXOLOGIYASI: NEGA AYRIM INSONLAR MAQSADIGA TEZ YETADI, BOSHQALAR ESA YO‘LDA TO‘XTAB QOLADI?
Ushbu maqola motivatsiya psixologiyasi, ichki va tashqi motivatsiya, odat shakllanishi va irodaviy sifatlarning inson hayotidagi roli haqida yoritadi. Maqolada ba’zi insonlarning maqsadlariga tez yetishi, boshqalarning esa yo‘lda to‘xtab qolishining sabablari publisistik-uslubda tahlil qilinadi. Shuningdek, muvaffaqiyatga erishishdagi motivatsiya, odat va iroda uyg‘unligining ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
2025-12-05
JANUBIY ОRОLBO‘YI ХUDUDI TОSH ASRI TURAR-JОYLARINING ARХЕОLОGIK JIHATIDAN O‘RGANILISHI BO‘YICHA BA’ZI MULOHAZALAR
Maqolada Janubiy Оrоlbo‘yi хududi tоsh asri turar-jоylarining arхеоlоgik jihatidan o‘rganilishi bo‘yicha ba’zi mulohazalar keltirilgan bo‘lib, hudud tarixini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab arxeologik izlanishlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar orqali mintaqaning tarixiy rivojlanishi, tosh asri jamiyatining ijtimoiy tuzilishi va ekologik sharoitlari haqida yangi bilimlar olish imkoniyati yaratiladi. Maqola, shuningdek, arxeologik izlanishlarning ahamiyatini va ularni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni ham muhokama qiladi.
2025-12-05
ANORZORLARDA APROBATSIYA OʻTKAZISH VA HISOB-KITOB ISHLARI
Anorzorlarda aprobatsiya oʻtkazish va hisob-kitob ishlari agrar iqtisodiyot va bog‘dorchilik sohasida muhim tahliliy jarayon hisoblanadi. Mazkur maqolada anorzorlarni tekshirish, urug‘likdan foydalanish, hosilni baholash va moliyaviy hisob-kitoblarni yuritish metodlari tahlil qilinadi. Aprobatsiya jarayoni orqali sifatli va samarali hosilni aniqlash, resurslarni optimallashtirish va hosildorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi.
2025-12-05
ALOE VERA O‘SIMLIGI: KIMYOVIY TARKIBI, DORIVOR XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY TADQIQOTLAR TAHLILI
Ushbu maqolada dorivor o‘simliklardan biri — Aloe veraning botanik tavsifi, tabiatda uchrashi, kimyoviy tarkibi, tibbiyotdagi ahamiyati, biologik faolligi yoritildi. Bundan tashqari, farmatsevtika va kosmetologiyada yara bitkazuvchi gel, maz va namlovchi vositalar sifatida muhim o‘rin tutadi.
2025-12-05
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JINSIY ERKINLIKLARGA QARSHI JINOYATLAR PROFILAKTIKASI BO'YICHA SOHAVIY XIZMATLAR BILAN O'ZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining jinsiy erkinlik va jinsiy daxlsizlikka qarshi sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish borasidagi faoliyati, uning sohaviy xizmatlar, xususan, sog‘liqni saqlash muassasalari, ta’lim tizimi, psixologik xizmatlar, mahalla fuqarolar yig‘ini va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada statistik holatlar, mavjud muammolar, hamkorlikdagi koordinatsiya yetishmovchiligi, axborot almashinuvidagi uzilishlar hamda profilaktika inspektorining vakolatlardan samarali foydalanish imkoniyatlari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlar xavfini erta aniqlash, xavf guruhiga mansub shaxslar bilan tizimli ishlash hamda sohaviy xizmatlar bilan integratsiyalashgan yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
2025-12-05
PYCHARM MUHITI VA UNING DASTURLASHDAGI O'RNI
Ushbu maqolada Pycharm integrallashgan dasturlash muhiti (IDE) ning Python dasturlash jarayonidagi o‘rni, uning imkoniyatlari, afzalliklari hamda qo‘llanilish sohasi yoritilgan. Pycharmning Community va Professional versiyalari o‘rtasidagi farqlar, web - dasturlash, ma’lumotlar tahlili, ilmiy tadqiqotlar va Machine Learning yo‘nalishlarida uning qo‘llanilishi batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, dasturchilar va o‘quvchilar uchun pycharmning qulayliklari, kod tahlili, debugging, refactoring va virtual muhitlar bilan integratsiya kabi funksiyalarining ahamiyati ko‘rsatib berildi.
2025-12-05
FAMILY AND IMMIGRATION IN JHUMPA LAHIRI’S INTERPRETER OF MALADIES
This article examines how Jhumpa Lahiri portrays the intersection of family and immigration in her short story collection Interpreter of Maladies. Focusing on the experiences of Indian immigrants in the United States, it explores how cultural displacement, generational conflict, and emotional alienation shape her characters’ identities and relationships. Through stories such as “A Temporary Matter,” “Mrs. Sen’s,” and “When Mr. Pirzada Came to Dine,” Lahiri reveals the quiet struggles of individuals torn between tradition and adaptation, belonging and isolation. Yet, alongside loss and disconnection, her narratives also suggest the possibility of empathy, healing, and self-understanding. By analyzing these themes, the article argues that Lahiri transforms the immigrant experience into a universal meditation on love, identity, and the search for home.
2025-12-05
ARXEOLOGIYADA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING QO‘LLANILISHI: ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR VA MUAMMOLAR
Ushbu maqolada arxeologiyada zamonaviy raqamli texnologiyalar — 3D skanerlash, fotogrammetriya, dronlar, LiDAR, GIS va sun’iy intellekt asosidagi tahlil usullarining imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilinadi. Daly & Evans, Klinkenberg, Hostettler kabi olimlar ishlari hamda so‘nggi ilmiy tadqiqotlar asosida xalqaro tajribalar O‘zbekiston sharoitiga moslab baholanadi.
2025-12-05
CHALLENGES IN WRITING RESEARCH PAPERS IN ENGLISH FOR EFL LEARNERS
This academic article comprehensively examines the impact of writing instruction on reading comprehension. The paper begins with theoretical foundations emphasizing the cognitive interconnections between reading and writing skills. It then analyzes empirical studies on various writing strategies that positively influence reading comprehension, particularly focusing on meta-analyses demonstrating the significance of effective writing instruction for secondary school students. The interaction of different student demographics and contextual factors, including the impact on second language learners, is discussed. The article concludes by proposing advanced pedagogical practices for integrating writing instruction to improve reading, while also identifying current challenges, research gaps, and future directions. The paper affirms the intrinsic link between reading and writing skills and the necessity of teaching them together for literacy development.
2025-12-05
THE FUTURE ROLE OF TOURISM
This article examines the future role of tourism as a key driver of global economic growth, cultural exchange, and sustainable development. It explores how technological innovation, environmental awareness, and digital transformation are reshaping the tourism industry in the 21st century. The study highlights the growing importance of eco-tourism, virtual tourism, and smart destinations, as well as the role of governments and private sectors in promoting sustainable practices. The article also discusses the challenges and opportunities that will define the tourism industry’s future in an increasingly interconnected world.
2025-12-05
ENOKI QO'ZIQORININI ETISHTIRISHNING TEXNOLOGIYASI YUQORI HOSIL GAROVI
“Flammulina velutipes” qo‘ziqorini yoki Enokitake, O‘zbekistonda "enoki" deb ataladi) – o'sishi oson va ko‘plab foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan qo'ziqorin turi. Ushbu qo‘ziqorinlar tarkibida ko‘p miqdorda vitaminlar, minerallar va sog‘lomlik uchun muhim bo‘lgan boshqa moddalar mavjud.
2025-12-05
ДЕСТРУКТИВ ПНЕВМОНИЯ ЧАҚИРИЛГАН КАЛАМУШЛАР МОРФОЛОГИК ЎЗГАРИШЛАРИ
Ҳозирги кунда нафас олиш тизими касалликлари болалик патологиялари орасида етакчи ўринни эгаллайди. Ушбу ҳолатлар нафақат ўпка – бронх тизимда морфологик ва функционал ўзгаришларга, балки бошқа органлар ва тизимларнинг фаолиятига негатив таъсир қилиб, улар фаолияти бузилишига ҳам олиб келади [1,2,6]. Болаларда пневмония – ўпка паренхимасига таъсир қилувчи ўткир респираторли инфекциянинг бир шакли бўлиб, алвеолалар, алвеоляр тўсиқ ҳамда бронхиал дарахт терминал қисмида яллиғланиш билан кечадиган оғир, септик касаллик ҳисобланади [3,4,5].
2025-12-05
ГЕНРИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РЕЧЕВОГО ЭТИКЕТА (НА ПРИМЕРЕ РУССКО-УЗБЕКСКОГО КОММУНИКАТИВНОГО ПРОСТРАНСТВА)
Статья посвящена генристическому анализу речевого этикета русского и узбекского языков. Рассматриваются основные жанры этикетной коммуникации и их структурно-прагматические особенности. Выявляются национально-культурные различия в формах обращений, стратегиях вежливости и ритуалах приветствия.
2025-12-08
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СЕРВИСОВ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В МЕТОДИКЕ ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА
В статье рассматриваются современные сервисы искусственного интеллекта (ИИ) как инструменты методики преподавания русского языка. Анализируются преимущества их применения, потенциальные сложности и рекомендации по внедрению на уроках русского языка. Делается вывод, что грамотная интеграция ИИ-систем в учебный процесс способствует индивидуализации обучения, повышению мотивации учащихся и эффективности усвоения языковых навыков.
2025-12-08
LOYIHA BOSHQARUVIDA KIBERXAVFSIZLIK INTEGRATSIYASI: AMALIY TAJRIBALAR, CHEKLOVLAR VA SIGNAL-TASVIR LOYIHALARIDAGI QO‘LLANILISHI
Loyihalarni boshqarishda raqamli texnologiyalar ko‘paygani sababli kiberxavfsizlik muhim masalaga aylandi. Ayniqsa, videomonitoring, biometrik tizimlar va IoT qurilmalari signal va tasvir ma’lumotlarini qayta ishlashda turli xavflarni keltirib chiqaradi. Adabiyot tahlili shuni ko‘rsatadiki, loyiha menejerlari bu xavflarni boshqarish bo‘yicha tajribaga yetarlicha ega emas. Tadqiqot uch yo‘nalishni ajratadi: kiberxavfsizlikni rejalashtirishga integratsiya qilish, tashkilotda xabardorlikni oshirish va kichik korxonalarda resurs cheklovlari. Amaliy tadqiqotlar va aniq metodikalar yetishmaydi.
2025-12-08
ELEKTR ENERGIYANING KIMYODAGI O'RNI
Ushbu maqolada elektr energiyasining kimyo fanidagi o‘rni, uning jarayonlarni boshqarish, qayta tiklash, tahlil qilish va modernizatsiya qilishdagi dolzarbligi yoritiladi. Elektr energiyasi kimyoviy reaksiyalarni chuqur o‘rganishda, moddalarning xossalarini aniqlashda va sanoat jarayonlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
2025-12-08
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHINI TAKOMILLASHTIRISHDA O‘YIN TEXNOLOGIYALARINING ROLI
Ushbu ilmiy ishda maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanish jarayoniga zamonaviy o‘yin texnologiyalarining ta’siri chuqur tahlil qilinadi.
2025-12-08
MAKTAB-OILA-JAMIYAT HAMKORLIGINING BOSHLANG‘ICH TAʼLIMDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada maktab, oila va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikning boshlang‘ich ta’lim jarayonidagi o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilim olishga bo‘lgan motivatsiya, ijtimoiy faollik, ma’naviy-axloqiy fazilatlar hamda shaxsiy mas’uliyatning shakllanishida uch tomonlama hamkorlikning ta’siri ochib berilgan.
2025-12-08
PSIXOLOGIYADA IDROKNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada idrok jarayonining nerv-fiziologik asoslari, uning hissiy axborotni qabul qilish, qayta ishlash va ma’noli obrazlarga aylantirishdagi neyrobiologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Idrokning shakllanishida bosh miya po‘stlog‘ining oliy nerv faoliyati, sezgi organlari reseptorlaridan kelayotgan impulslarning neyron tarmoqlarda qayta ishlanishi, shuningdek, analizatorlar tizimi - ko‘ruv, eshituv, taktil, hid va ta’m analizatorlarining o‘zaro integratsiyasi ilmiy asosda yoritiladi.
2025-12-08
XOTIRA – INSON ONGIDAGI ASOSIY JARAYONLARDAN BIRI
Ushbu maqolada xotira tushunchasi, uning psixologik va fiziologik asoslari, turlari hamda o‘quv jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Xotiraning shakllanish mexanizmlari, uni rivojlantirishning ilmiy asoslangan usullari va inson faoliyatidagi ahamiyati tahlil qilingan.
2025-12-08
ALOHIDA EHTIYOJLI BOLALARNING DIQQAT FAOLIYATINI TEKSHIRISH
Ushbu maqolada alohida ehtiyojli bolalarning diqqat faoliyatini o‘rganish, baholash va rivojlantirish masalalari ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan yoritilgan. Diqqatning psixologik tuzilishi, uning turlari, alohida ehtiyojli bolalarda uchraydigan diqqat buzilishlari hamda ularni diagnostika qilish usullari tahlil etiladi. Shuningdek, maktab sharoitida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan samarali psixologik metodikalar, o‘yinli mashg‘ulotlar va korreksion yondashuvlar amaliy asosda ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari pedagog va psixologlarga alohida ehtiyojli bolalarda diqqat sifatlarini aniqlash va rivojlantirish jarayonini takomillashtirishga yordam beradi.
2025-12-08
IDROKDA KUZATUVCHANLIKNING ROLI
Ushbu maqolada idrok jarayonining tarkibiy qismi bo‘lgan kuzatuvchanlikning psixologik mohiyati, uning idrokiy faoliyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu maqolada idrok jarayonining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan kuzatuvchanlikning psixologik mohiyati, uning insonning bilish faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil etilgan.
2025-12-08
HISSIY HOLATLARNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari, ularning paydo bo‘lish mexanizmlari, bosh miya tuzilmalari faoliyati va neyron jarayonlar bilan bog‘liq xususiyatlari ilmiy asosda yoritiladi. Emotsional reaksiyalar limbik tizim, miya po‘stlog‘i, gormonlar va neyrotransmitterlar faoliyati orqali qanday boshqarilishi batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, hissiy holatlarning organizmga ta’siri, stress jarayonlari, affekt va emotsional zo‘riqishning fiziologik ko‘rsatkichlari ham izohlanadi. Maqola psixologiya, neyrofiziologiya hamda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
2025-12-08
PSIXOLOGIYADA FAOLIYAT TURLARI VA SHAXS FAOLLIGI
Ushbu maqolada inson faoliyatining asosiy turlari, ularning psixologik mazmuni hamda shaxs faolligining shakllanish omillari tahlil qilinadi. Faoliyat - shaxsning maqsadga yo‘naltirilgan, ongli harakatlari majmui bo‘lib, uning ijtimoiy rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Maqolada mehnat, o‘yin, o‘qish, ijodiy faoliyat kabi turlarining psixologik asoslari hamda ularning shaxs rivojlanishiga ta’siri yoritiladi.
2025-12-08
PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA MAQSADI
Ushbu maqolada psixologiya fanining predmeti, uning ilmiy mohiyati hamda asosiy maqsadlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Psixologiya inson ongining, xulq-atvorining va ruhiy jarayonlarining ilmiy o‘rganilishi sifatida ko‘rib chiqilib, fan oldida turgan vazifalar turli psixologik yondashuvlar kontekstida yoritiladi. Maqolada psixologiyaning nazariy rivojlanish bosqichlari, uning ilmiy-metodologik asoslari, shuningdek, amaliy hayotdagi qo‘llanish doiralari tahlil qilinadi.
2025-12-08
KAYFIYATLAR, STRESS, DEPRESSIYA VA EYFORIYA: TAHLILIY YONDASHUV
Ushbu maqolada insonning psixologik holatlari - kayfiyatlar, stress, depressiya va eyforiya -ning nazariy asoslari va ularning psixologik hamda fiziologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Kayfiyatlarning barqaror va o‘zgaruvchan holat sifatidagi o‘rni, stressning turli ko‘rinishlari va organizmga ko‘rsatadigan ta’siri, depressiyaning psixopatologik xususiyatlari, shuningdek, eyforiyaning nevropsixologik tabiati ilmiy manbalar asosida yoritiladi.
2025-12-08
TEMPERAMENT TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIYA FANIDAGI MAZMUNI
Ushbu maqolada temperament tushunchasining psixologiya fanidagi mazmuni, uning inson xulq-atvori va psixik jarayonlaridagi o‘rni keng yoritiladi. Temperamentning ilk tushunchalari qadimgi yunon tabobati va falsafasidan boshlab, temperament tipologiyasi bo‘yicha Gippokrat–Galеn ta’limotidan tortib, zamonaviy fiziologik yondashuvlargacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyoti tahlil qilinadi.
2025-12-08
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РУССКОЯЗЫЧНЫХ ЧАТ-БОТОВ
Статья посвящена лингвистическому анализу русскоязычных чат-ботов как участников цифрового дискурса. Рассматриваются особенности их языковой организации, стратегии имитации человеческой коммуникации и ограничения в воспроизведении естественного речевого поведения. На материале двух коммерческих чат-ботов - «Алисы» (Яндекс) и «Сбербанка Онлайн» - выявляются доминирующие синтаксические конструкции, модели вежливости и способы управления диалогом. Анализ показывает, что лингвистическая архитектура чат-ботов определяется не столько грамматической корректностью, сколько прагматической эффективностью и соответствием ожиданиям пользователя.
2025-12-08
ЭМОДЗИ И МЕМЫ КАК ЭЛЕМЕНТЫ В РУССКОЯЗЫЧНОЙ КОММУНИКАЦИИ
Статья посвящена анализу эмодзи и мемов как лингвокоммуникативных единиц в русскоязычном цифровом дискурсе. Рассматриваются их функции, структурные особенности и роль в формировании новых форм экспрессивности и идентичности. На материале двух интернет-текстов демонстрируется, как визуально-вербальные гибриды участвуют в конструировании эмоциональной оценки, иронии и социального комментария. Выявляется тенденция к семиотическому сближению эмодзи и мемов с традиционными лингвистическими средствами: с парцелляцией и метафорой.
2025-12-08
THE COMPONENTS OF THE PHONETIC STRUCTURE OF ENGLISH
This article discusses the main components of the phonetic structure of the English language. It explains how English sounds are organized and how segmental and suprasegmental features work together to create clear and meaningful speech. The article also highlights the importance of phonetics for learning correct pronunciation and improving communication in English.
2025-12-08
DAVRON RAJAP SHE’RIYATIDA INTERTEKSTUAL TAFAKKUR: YOMG‘IRLI TONGLAR KITOBI MISOLIDA
Mazkur tezis Davron Rajapning “Yomg‘irli tonglar” kitobidagi intertekstual tafakkur ko‘rinishlarini tahlil etishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda shoirning badiiy matnlarida xalq og‘zaki ijodi, diniy manbalar, adabiy an’analar, tarixiy-madaniy qatlamlar va zamonaviy ma’naviy-metaforik ishoralar asosida shakllangan intertekstlarning poetik funksiyalari o‘rganiladi. Lirik matndagi maqol va iboralar, ontroponimik ishoralar, folklor motivlari, diniy va mifologik kodlar, shuningdek adabiy reministsensiyalarning matn mazmunini boyitish, badiiy obrazlarni chuqurlashtirish hamda o‘quvchi idrokiga estetik ta’sirini kuchaytirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi.
2025-12-08
FREEDOM AND ADVENTURE IN JACK KEROUAC'S ON THE ROAD
This paper examines the themes of freedom and adventure in Jack Kerouac’s novel On the Road (1957), one of the defining works of the Beat Generation. The novel chronicles the restless travels of Sal Paradise and Dean Moriarty across postwar America, capturing their search for meaning, identity, and spiritual liberation. This research explores how Kerouac portrays travel as both a physical journey and a philosophical quest for freedom from conformity, social restrictions, and existential emptiness. Through his spontaneous prose style and celebration of movement, Kerouac transforms the road into a symbol of adventure, rebellion, and self-discovery. The study concludes that On the Road presents freedom not as a fixed destination but as a continuous process of exploration and emotional awakening.
2025-12-08
SADNESS AND HOPE IN T. S. ELIOT'S THE WASTE LAND
This paper examines the dual themes of sadness and hope in T. S. Eliot’s The Waste Land (1922), one of the most influential modernist poems of the twentieth century. Written in the aftermath of World War I, the poem captures the profound sense of despair, fragmentation, and loss that defined the modern world. However, beneath its melancholy tone and chaotic imagery lies a subtle yet persistent longing for renewal and spiritual rebirth. This research explores how Eliot juxtaposes emotional desolation with moments of transcendence, using myth, symbolism, and religious references to suggest the possibility of redemption. The study concludes that The Waste Land portrays sadness not as an end in itself but as a necessary stage in the journey toward spiritual regeneration and hope.
2025-12-08
THE IDEA OF AMBITION AND GUILT IN SHAKESPEARE'S MACBETH
This research paper explores the complex relationship between ambition and guilt in William Shakespeare’s Macbeth. Through an analysis of Macbeth and Lady Macbeth, the study examines how excessive ambition leads to moral corruption and psychological destruction. The paper discusses how Shakespeare portrays ambition as both a motivating and destructive force, while guilt serves as the inevitable consequence of moral transgression. By analyzing the play’s imagery, symbolism, and character development, this research reveals that Shakespeare presents ambition and guilt as two inseparable aspects of human nature. Ultimately, Macbeth demonstrates that unrestrained ambition leads not to greatness, but to downfall and despair.
2025-12-08
RIM IMPERIYASINING QUDRATI VA QULASHI
Rim imperiyasining shakllanishi, uning buyuk qudratga erishish jarayonlari va ko‘p asrlik hukmronligining so‘nggi bosqichlarini chuqur tahlil qiladi. Tadqiqotda imperiyaning siyosiy tizimi, harbiy islohotlari, iqtisodiy modeli, hududiy kengayishi hamda barcha bu omillarning imperiyani dunyodagi eng qudratli davlatlardan biriga aylantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, maqola imperiyaning inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘lgan murakkab jarayonlarni — ichki siyosiy beqarorlik, hokimiyat uchun kurash, soliq tizimidagi izdan chiqish, qullar mehnatiga haddan tashqari tayanish, iqtisodiy tanazzullar, varvar qabilalarning bosqinlari va G‘arbiy Rim imperiyasining yemirilishiga olib kelgan asosiy omillarni batafsil tahlil etadi. Tadqiqot Rim imperiyasining jahon sivilizatsiyasiga ko‘rsatgan ta’siri, davlat boshqaruvi, harbiy san’at, huquqiy tizim, me’morchilik va madaniyatdagi merosini ham o‘rganadi. Maqola imperiyaning ko‘tarilishi va qulashi misolida davlat rivoji va tanazzuli qonuniyatlari haqida muhim xulosalar beradi.
2025-12-08
SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TASVIRLARNI FILTRLASH VA SHOVQINNI KAMAYTIRISH METODLARI
Ushbu maqolada sun’iy intellekt asosida tasvirlarni filtrlash va shovqinni kamaytirishning zamonaviy metodlari tahlil qilinadi. Avvalo, an’anaviy filtrlar — Gaussian, Median va Bilateral filtrlarning imkoniyatlari va ularning cheklovlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Convolutional Neural Network (CNN), Denoising Autoencoder (DAE) va Generative Adversarial Network (GAN) kabi chuqur o‘rganish metodlarining tasvirdagi shovqinni samarali bartaraf etishdagi ustunliklari tadqiq etiladi. Maqolada AI yondashuvlarining yuqori aniqlik, detallarni tiklash va realistik tasvirlar hosil qilishdagi afzalliklari ta’kidlanadi. Yakunda klassik usullar va sun’iy intellekt asosidagi metodlar natijalari taqqoslab, ularning amaliy qo‘llanilish samaradorligi baholanadi.
2025-12-08
AUDIO VIDEO VA MATN AXBOROTLARNI SIQISH ALGORITMLARI VA TUSHUNCHALARI
Audio, video va matn axborotlarini siqish algoritmlari ma’lumotlarni samarali saqlash va tez uzatishda muhim ahamiyatga ega. Yo‘qotishsiz siqish ma’lumotni to‘liq tiklash imkonini beradi va asosan matn hamda dastur fayllarida qo‘llaniladi. Yo‘qotishli siqish esa media fayllarda sifatni deyarli sezilmas darajada saqlab, hajmni kamaytiradi. Siqish tezligi va darajasi axborotni qayta ishlash va saqlash jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, siqish algoritmlari zamonaviy raqamli kommunikatsiya tizimlarining ajralmas qismidir.
2025-12-08
PROFILAKTOKA INSPEKTORINING OILADAGI ZO’RAVONLIK BILAN BO’G’LIQ HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO’YICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu ishda profilaktika inspektorining oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishdagi o‘rni, vazifalari va amaliy faoliyati tahlil qilinadi. Oilaviy zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari, ularning ijtimoiy xavfi hamda bunday holatlarning erta aniqlanishi va barvaqt profilaktik ishlov berishning ahamiyati yoritilgan. Amaldagi huquqiyme’yoriy hujjatlar, jumladan “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ bazalar asosida profilaktika inspektorining vakolatlari o‘rganilgan.
2025-12-08
PROFILAKTOKA INSPEKTORINING OILADAGI ZO’RAVONLIK BILAN BO’G’LIQ HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO’YICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI
Ushbu ishda profilaktika inspektorining oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishdagi o‘rni, vazifalari va amaliy faoliyati tahlil qilinadi. Oilaviy zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari, ularning ijtimoiy xavfi hamda bunday holatlarning erta aniqlanishi va barvaqt profilaktik ishlov berishning ahamiyati yoritilgan. Amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, jumladan “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ bazalar asosida profilaktika inspektorining vakolatlari o‘rganilgan.
2025-12-08
